Ziyouz.com audiokutubxonasi  ( 89353 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


AbdulAziz  13 Noyabr 2009, 08:46:04

Assalomu alaykum!
www.ziyouz.com a'zolari tomonidan yangi bir loyioha boshlandi.
Loyiha nomi: Ziyouz.com audiokutubxonasi

Maqsad: O'zbekcha adabiyotlarning audionusxalarini tayyorlash va xalqqa yetkazish.

Ishtirokchilar: Unda ishtirok etadiganlarga cheklov mavjud emas. Istagan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

Faylni tayyorlash: Buning uchun sizda avvalo kitob matni, mikrofon va ovozni yozib oluvchi dastur bo'lsa bas. Tayyor bo'lgan audiofaylni menga yuborsangiz, uni audiokutubxona omboriga joylab qo'yaman.

Sifat: Fayllar yuqori sifatda bo'lmasligi mumkin. Chunki ular maxsus studiyalarda emas, oddiy sharoitda tayyorlangan.

Tshviq: Barcha kitobsevarlarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2009, 08:47:36

Erkin A'zam - Anoyining jaydari olmasi (hikoya)

Davomiyligi:   47:07 minut
Hajmi: 21.5 Mb
Fayl tipi: mp3
Ijrochi: AbdulAziz

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2009, 11:53:00

Abdulla Qahhor - Bemor (hikoya)

Muallif: Abdulla Qahhor
Davomiyligi: 4:20 minut
Hajmi: 3.97 Mb
Fayl tipi: mp3
Ijrochi: AbdulAziz

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2009, 18:15:18

Hozircha yana ushbu asarlar tayyor bo'ldi:

1. Abdulla Qahhor - O'g'ri (hikoya) (7:40)
2. Abdulla Qahhor - Dahshat (hikoya) (17:21)
3. G'affor Hotamov - Ota (hikoya) (15:35)
4. Muhammad Yusuf - Osmonning oxiri (doston) (16:27)
5. Murod Muhammad Do'st - Dashtu dalalarda (hikoya) (31:20)
6. O'lmas Umarbekov - Qiyomat qarz (hikoya) (17:36)
7. O'lmas Umarbekov - Yer yonganda (hikoya) (67:58)
8. O'tkir Hoshimov - Dehqonning bir kuni (hikoya) (15:57)
9. Qamchibek Kenja - Baliq ovi (hikoya) (21:29)
10. Saodat asri qissalari 1-kitob - 01-Fil va Abobil qushlari (31:14)
11. Saodat asri qissalari 1-kitob - 02-Mavlidi Nabaviy (31:27)
12. Saodat asri qissalari 1-kitob - 03-Bani Sa'd yurtida (43:45)
13. Saodat asri qissalari 1-kitob - 04-Abvoda qazilgan mozor (15:02)
14. Saodat asri qissalari 1-kitob - 05-Abdulmuttalibning mehr quyoshi (19:26)
15. Saodat asri qissalari 1-kitob - 06-Zamzam (18:26)
16. Saodat asri qissalari 1-kitob - 07-Bir qurbon - yuz qurbon (15:01)
17. Saodat asri qissalari 1-kitob - 08-Azim daraxtning qulashi (19:11)

Inshaalloh, yaqin kunlarda internet omboriga jonalanadi.

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2009, 14:12:41

Assalomu-alaykum. AbdulAziz, hikoyalarni kimlar o'qiganini ham yoza olasizmi? İlk ikki hikoyani tingladim. Bazi kamchiliklari bor, lekin shunga qaramay katta rahmat bu ishni boshlaganlarga.

Qayd etilgan


Shokirbek  15 Noyabr 2009, 14:23:32

Bu borada sizlarga bir tuhfa tayyorlashim mumkin. "O'tgan kunlar" romanini ruslarning istilosi vaqtida yurtidan hijrat qilib Saudiyaga kelib qolgan hamshahar otaxonlardan biri bundan 30-40 yilcha burun ovoz bilan eski uslubda o'qigan ekan. U kishining ham o'lib ketganiga 25-30 yillar bo'lgan bo'lsa kerak. Bir nechta kassetalarga joylashgan shu asarni bir kishi bir nusxa ko'chirib olishga menga ruxsat bergan edi, ba'zi sabablarga ko'ra qolib ketgan bu ish yodimdan ko'tarilgan ekan, hozir shu mavzuni o'qib yana yodga keldi.

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2009, 14:36:54

Bu borada sizlarga bir tuhfa tayyorlashim mumkin. "O'tgan kunlar" romanini ruslarning istilosi vaqtida yurtidan hijrat qilib Saudiyaga kelib qolgan hamshahar otaxonlardan biri bundan 30-40 yilcha burun ovoz bilan eski uslubda o'qigan ekan. U kishining ham o'lib ketganiga 25-30 yillar bo'lgan bo'lsa kerak. Bir nechta kassetalarga joylashgan shu asarni bir kishi bir nusxa ko'chirib olishga menga ruxsat bergan edi, ba'zi sabablarga ko'ra qolib ketgan bu ish yodimdan ko'tarilgan ekan, hozir shu mavzuni o'qib yana yodga keldi.

Alloh rozi bo'lsin. İntiqlik bilan kutamiz aka. Bu tariximiz, adabiyotimiz uchun juda katta hissa bo'lar edi. Men ham O'zbek tili darslarimda foydalansam bo'ladimi? Talabalarimga O'zbek tilining xozirgi va eski hollarini ko'rsatish maqsadida bu audioyozuvlarni tinglatishni o'ylab yuribman....

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 09:51:04

Assalomu-alaykum. AbdulAziz, hikoyalarni kimlar o'qiganini ham yoza olasizmi? İlk ikki hikoyani tingladim. Bazi kamchiliklari bor, lekin shunga qaramay katta rahmat bu ishni boshlaganlarga.

Va alaykum assalom!
Kim o'qigani yozilyapti: :)

Erkin A'zam - Anoyining jaydari olmasi (hikoya)

Ijrochi: AbdulAziz

Darhaqiqat, kamchiliklarni aytsangizlar, judayam xursand bo'laman vca keyingi "ijro"larda o'sha nuqsonlarni bartaraf etishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2009, 11:02:55

Abdulla Qahhor - Dahshat (hikoya)

Muallif: Abdulla Qahhor
Versiya: 17:22 minut
Hajmi: 7.95 Mb
Fayl tipi: mp3
Ijrochi: AbdulAziz

Qayd etilgan


Ansora  16 Noyabr 2009, 14:34:45

A.alaykum. Demakki ijrochi siz ekansiz-da : ) rahmat.

Kamchiliklarni aytib o'tadigan bo'lsam quyidagicha, zero tanqid kelajakni mevasidir, shunday emasmi  : )

Hikoyalarni o'qishga boshlar ekansiz ovozingiz juda past tondan boshlanadi.
Hikoyalarning mavzusi bu ovoz toningizga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eng boshda hikoya muallifi va asar nomini tamoman farqli bir "kirish" bilan boshlashangiz yana ham ta'sirchan bo'lar edi.
Yani hali hikoyani "ichiga kirmagan" ovoz bilan boshlang.
 
Hikoyani o'qir ekansiz to'htab-to'htab qolish holatlari bor. Balki ovoz yozish asbobidandir, bilmadim. Men buni hayajonga bog'ladim.
Masalan bugun eng ohirgi joylagan "Dahshat" hikoyasini tingladim. Asarning 02.25-26 soniyalarida shunday "hayajon" bor.
Bazan qisqa so'zlarni joyi almashib ketadi. Yana ayni hikoyaning 02.33 soniyasida shunday xato bor.

Kecha tinglagan ha ikki hikoyalarimda ham bunga o'hshash xatolar bor edi.

1. Ovozingizni to'g'ri qo'llana olishingizni tavsiya etaman.
Hikoya qahramonlarining dialoglarini o'qir ekansiz bir-birindan yana ham aniq shaklda ajrata olishimiz uchun ovozingizni ingichkalashtirish yoki qalinlashtirishdan (xarakterlarning salbiy yoki musbatligiga qarab) yana ham unumli foydalanishingiz mumkin.
 
2. Ovoz yozib oladigan asbobda bazi muammolar bo'lishi mumkin. Bazan harflarni "yutib" yuboryabdi.

Katta rahmat, davomini kutib qolaman  : )

Qayd etilgan