Чет элга турмушга чиқиш  ( 20636 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Arbuzchi  16 Noyabr 2009, 21:16:13

 :vslm:
Nimey man hulosa chiqarib olishim kerey?! ???
Prichyom zdes bu qissa.... ??? Allahning taqdirini qattadur inkor qilgandey bo'p qoppammi?! ???
Bir biriga bog'liq'lik joyini ko'rsatib beriyla barakatopgirla...  :(

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Noyabr 2009, 22:36:44

:vslm:
Nimey man hulosa chiqarib olishim kerey?! ???
Prichyom zdes bu qissa.... ??? Allahning taqdirini qattadur inkor qilgandey bo'p qoppammi?! ???
Bir biriga bog'liq'lik joyini ko'rsatib beriyla barakatopgirla...  :(

Assalamu alaykum.
Yuqoridagi bir postingizda qizlar 30ga kirganidan keyin, er topolmagnidan keyin.... degan soz'alringiz bor. Fotimaxon shunga qarshilik qildilar menimcha.
Chunki Chustiy aytgan,ALloh harom qilgan bunday ishlarni qilayotgan faqat 30ga kirgan yoki eri yo'q bevalar emas, balki yosh qizlar ham qilishyapti. Bunga o'tirib qolishlikni aloqasi yo'q. Bu narsa hammaning hayosigayu iymoniga bog'liq.
Insonda iymonu hayoda ulush bo'lmasa yoki kam bo'lsa ularni qo'lidan hamma narsa keladi.
Alloh barchamizga insof tavfiq ato qilsin.
Bu muammo juda katta muammo hisoblanadi. Buni esa biz hal qila olmaymiz. Faqat boshqalarni ogohlantirishimiz mumkin, xolos.
Bu mavzuni ochilgani esa yaxshi bo'libdi. Balki kimgadir foydasi tegib qolar,InshaAlloh.

Qayd etilgan


Arbuzchi  16 Noyabr 2009, 22:49:48

 :vslm:
Endi hamma o'z bilgan, ko'rganiga qarab gap qiladide.
Mana mani bir sinfdoshim bo'lardi Nodira degan. Juda chiroyli, qoramag'iz qizladan edi. :)
Nima bo'ldiyu, turmushi o'xshamiy, 2-3 yil ichida uyga qaytib keldi bolasi bilan. Hullas ota onasini uyida 4-5 yildan ko'pro yashadi. Hech qaysi bir erkak unga uylanmadi. Hatto sifdoshla orasida unga ko'ngil qo'yib yurganlar ham, "erga tegib chiqqanidan" keyin chota sovchiliyni o'ylashmadiyam. Hullas o'z uyida yura yura, ohir oqibat Avstarliyaga erga tegib ketibdi.
Kuni kecha sinfdoshlada ko'rib qoldim. :o
Nima, qachon, qaerdalarni so'rab surishtirib bildimki, hech kimdan hech narsa chiqmaganidan keyin, uydagilarga balodey ko'ringani uchunmi, hullas chet ellikka tegib ketibdide... :-[
Ha endi nima diysiz bunaqalaga. "Iymoningda sodiq qol" didik halos. Yana nimayam deyaolardik....

Shunchun, yosh qizlani chet ellik, tem bolee boshqa e'tiqoddagi, boshqa millatdagi boboyga erga tegishligi mumkin bo'magan ish. Ha bo'sayam  1 ta 0,5 ta no'no, so'po qizlardan chiqishi mumkun.
Yosh qizla o'ziga beradigan bahosi ja kotta bo'ladi. Hatta mana shu forumdagi ba'zi qizlaram sal pal qolsa mega yulduzdanam zo'rman divorishi mumkunde... ;D (ma'lum userkaga qaratilmagan ;))

Hullas shunaqa gap.
Erga tegayotganlarni bir "balo"si bor, hamda unaqala vryadli ziyo istab bu forumga adashib kirib qoladi.... ;)

Qayd etilgan


lolo  17 Noyabr 2009, 06:06:46

 :as:
Ruxsat bersela maniyam o'z fikrim bor shu mavzuda, lekin buni yozishdan juda hijolatdaman, chunki doyimgidek mani fikrim hammanikiga TESKARI. Ayb manda emas, hammasi ilmim va dunyoqarashlarim asosida! Va iltimos manga kesatiqla qimeyla, yoqamdanam omela, shunchaki turli hil fikrlardan yana bir fikr ekan... deb ketaverila.

O'zbek qizlarini chet ellarga boshqa din vakillariga turmushga chiqib ketayotganini salbiy baholabsila. Lekin o'zbek degani musulmon degani emas, shuni ham unutmela. Hozirgi MUSULMONlar ilgarigi MUSULMONlardan yer bilan osmonchalik farq qiladi. Xozirgi odamlar (ayniqsa o'zbeklar) "Musulmonman" degani bilan TV va jurnallardan o'rganib boshqa din vakillarini ibodatlarini hech ikkilanishsiz qilaverishadi. Ko'chada yarim-yalang'och, serenada, to'ylarda uzun taqayotib fonida cherkov musiqalari, tort va ustida sham, YangiYilku mayli - Eski Yangi Yilga nima deydiz... Eski Rojdestvolargacha bilamiz biz musulmon o'zbeklar! Shunday ekan, sizlarga nima farqi bor qayerga va kimga turmushga chiqib ketvatganini?!

Shu o'rinda "Ilgarigi musulmonlar" haqida ham bir og'iz etib o'tmoqchiman. Ilgari musulmonlikni qabul qilgan odam o'sha zahotiyoq islomni arkonlariga to'liq amal qilishni boshlagan. Mana shuning uchun ham mahrga xattoki "Musulmonlikni" so'rashgani bo'lgan. Mana gap qayerda! Xozirda esa bu mahr eng arzon mahrlardan hisoblanadi, ayniqsa biz o'zbeklarda! Musibat! Musibat! Musibat!

Qayd etilgan


Bekmirzo  17 Noyabr 2009, 08:08:19

"Xo'rozqand chet elniki desa, yotvolib yalashadi",  degan gap yodimga tushdi shu mavzudan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:27:12

CHIMILDIQSIZ O'TAYOGAN TO'YLAR

Makoniga sodiq o‘rdaklar

Bir paytlar o‘g‘illarimiz qiziqib o‘rdak boqqandi. Yigirmatacha parrandadan o‘lib-netib, so‘yilib ketib, oxiri bir juft ona-bola o‘rdaklar qolishgandi. Shu jonivorlarni uyimizdan ancha naridagi dala hovli xizmatchisiga qopga solib berib yubordik. Xizmatchi ko‘p o‘tmay o‘rdaklar yo‘qolib qolganini aytdi. Ehtimol, bu mahalladagi sho‘x bolalarning ishlarimikin, degan taxminda e'tibor bermadik.

Shu gapdan keyin oradan bir haftalar o‘tib, shom chog‘i darvoza tomondan "g‘o-g‘o"lagan ovozlar eshitildi. Yopiq eshikni ochgani borib, ne ko‘z bilan ko‘raylikki, o‘zimizning ona-bola o‘rdaklarimiz ostonada "eshikni ochinglar, biz keldik!" degandek basma-bas sayrashardi.

Ularning rangi ro‘yi aftodahol, patlari yulingan, ozib-to‘zigan, go‘yo olis yo‘l yurib horigan yo‘lovchiga o‘xshardi. Eshikni ochishimiz bilan to‘g‘ri kataklari tomon uchib-yugurib ketishdi.

Juda hayratda qoldik. Oddiy tilsiz, ongsiz parranda uchun tug‘ilgan (ya'ni tuxumdan chiqqan) yashagan, tuz totgan go‘shasi - hovlidagi ikki metrli to‘r simli katakchasi shunchalar aziz bo‘lsa! Aslida u yoqda ham sharoitini sozlab bergandik. Shunga qaramay, ona-bolalar bir hafta mo‘lroq yo‘l yurib, izlab-qidirib, yo‘llardagi "hujumlarni" yengib, ko‘z ochib ko‘rgan makonlariga yetib kelishibdi.

Boqayotgan it yoki mushuklaridan bezor bo‘lgan egalari hayvonlarni uzoqlarga olib borib tashlab, adashtirib kelganlarini bilamiz. Oradan ko‘p o‘tmay bu vafodor jonivorlarning yana o‘z "uylarini" topib kelganlarini ham ko‘p eshitganmiz. Aytishlariga qaraganda, it-mushuklar o‘z uyalarini kechasi osmondagi yulduzlarga qarab topishar emish. Bu makon tushunchasi hatto hayvonlar, parrandalar uchun ham o‘zgacha qadrli ekaniga dalolatdir. Insonga esa bu borada ta'rif-tavsifga so‘z yetmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:27:24

O'z uyim - o‘lan to‘shagim

Boshqani bilmadimu shaxsan men mahallaga chiqsam o‘z uy-joyimni, markazga borsam o‘z mahallamni, Toshkentga yoki boshqa viloyat yo shaharga borib qolsam, ona shahrim Namanganni ustun ko‘raveraman, sog‘inaveraman. Biror ish bahona chetga, boshqa respublikaga chiqqanda-ku "O'zbekiston" degan nomni eshitgandayoq yurak tomilib ketaveradi.

Bu vatanparvarlikmi yo yurtparastlik! Ammo shunisi aniqki, qanchalik kengroq doiraga chiqqan sari "Vatan" degan tushuncha ham shunchalik kengayib, qadri yuksalib boraveradi.

To‘y     oqshomi    uzatilayotgan    qiz    yangalarini    xunob    qilib, tug‘ishganlarining ko‘zini yoshlatib, nechun yum-yum yig‘laydi. Buni qizlik olamidan kelinlik olamiga o‘tishdagi qo‘rquv va xavotir, o‘zga xonadondagi muhit va munosabatlardan tashvish yo ota-onasi bag‘ridan uzilish alami ham deylik. Ammo eng muhimi - bular emas. Eng muhimi - tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan go‘shadan uzoqlashish. Har gardi, har burchagi, har bir tup daraxti, guli, giyohi qadrdon, aziz bo‘lgan ota makonidan, kunda mehr bilan supurib, suv sepadigan hovlisidan judolik qayg‘usidir.

Darvoqe, to‘y haqida. To‘y - inson hayotidagi, joiz bo‘lsa bir marta bo‘ladigan, eng esda qoladigan, yigit-qizning turmushini butunlay o‘zgartirib yuboradigan voqea. Ota-ona farzand tug‘ilganidan so‘ng uzoq yillar mobaynida uning to‘yi uchun tayyorgarlik ko‘radi, orzu-havas qiladi. Bu chog‘da u umr bo‘yi yiqqan-terganini sarflab el oldiga dasturxon soladi.

Dunyoda o‘zbekning to‘yichalik chiroyli, go‘zal to‘y bo‘lmasa kerak, fikrimcha. Sovchilikdan boshlanadigan bu tantana to‘ydan oldingi va keyingi urf-odat va rasm-rusumlar, ba'zan biz tanqid qiladigan ovoragarchilik va dabdabaga boy bo‘lsa-da, yer yuzidagi hech bir xalqda uchramasligi aniq.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:27:40

Nikoh to‘yining ramzi

To‘g‘ri, o‘nta odamni bir stol atrofiga o‘tqazib, qadah urishtirib ikki soatda o‘tadigan to‘ylar ham ko‘p. Lekin bizniki boshqacha. Nikoh oqshomi deganda hatto ellik yil birga yashab qo‘ygan bobo-yu momolarimizning ham qalbi bir entikib qo‘yadi. Onalarimizning sochiga oq, yuziga ajin tushsa-da, chimildiqda aytilgan dil izhorlari quloqlari ostida shirin tushday xotira bo‘lib shivirlayveradi.

Davlatning o‘z ramzi - gerbi va bayrog‘i bo‘lganidek, chimildiq nikoh to‘ylarining ramziga o‘xshaydi xuddi. Boshqa turkiy xalqlarda qanaqa ahamiyatga egaligini bilmadimu, ammo o‘zbekning nikohida bu odatning nufuzi baland. Ayrimlar haqida "chimildiq ko‘rmagan" deya malomatli, to‘g‘rirog‘i isnodli so‘zlarni yoki "chimildiq ko‘rmay ketdi" degan afsuslarni eshitib qolamiz. Birinchisida o‘z sha'nini bo‘lg‘agan qizlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchisida uylanish nasib etmay bir sabab bilan erta xazon bo‘lgan yigitlar haqida gap boradi. Shu ikki iboradan ham chimildiq millatimiz hayotida or-nomus, g‘urur va sha'n, qadr-qimmat tuyg‘ulariga yo‘g‘rilib ketganini sezish mumkin.

O'zingiz o‘ylang, nikoh to‘yida birgina chimildiq bilan bog‘liq qancha nozik rasm-rusumlar bor. "Oyoq bosish", "pista chaqish", "shirin choy ichish", "oyna ko‘rsatish" singari sirli va sehrli urflar yana qaysi elu elatda bo‘lishi mumkin.

Dunyo go‘zal, rang-barang va qiziqarli bo‘lishi uchun turfa mamlakatlar, millatlar, din va tillarga bo‘linganligi shubhasiz. Bo‘lmasa bir osmon ostidagi butun yer yuzi xalqlarini bir millat va bir e'tiqodga bo‘ysundirib qo‘yish Alloh taolo uchun qiyin emas edi.

Har bir ongli inson ota-bobolari dinu diyonatiga, urf-odat va an'analariga sodiq qoladi. O'z millatining gullab-yashnashi, ravnaq topishi, o‘zga xalqlar ichida eng ilg‘or va peshqadami bo‘lishi uchun harakat qiladi. Oxir oqibatda o‘zidan nasl zurriyot qoldiradiki, umr bo‘yi yiqqan milliy, ruhiy va moddiy-ma'naviy boyliklariga munosib merosxo‘r, shuningdek, bu xazinani ko‘paytiruvchi, rivojlantiruvchi, uni yanada boyituvchi bo‘lsin deb. Chunki, dunyo azaliy raqobat maydoni. Kim kimdan noshud, ojiz, notavon bo‘lsa u o‘shanga tobe bo‘ladi. Tobe odamning shaxsiyati, o‘zligi esa asta-sekin o‘lib boraveradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:27:55

Muhabbat niqobidagi behayolik

Talabalik yillarimizda ayrim o‘ziga bino qo‘ygan qizlarning biri afg‘on, yana biri hatto qora tanli bo‘lgan chet ellik boy yigitlar bilan "do‘stlshganini" ko‘rganmiz. Muhabbat niqobi ostidagi, aslida pul uchun bo‘lgan bu yaqinlikdan biz jirkanardik, o‘sha hamyurt qizlarimizdan nafratlanganmiz. Vaholanki, bu atigi bir-ikki yillik munosabatlar edi xolos.

Qonun buzilmayapti, lekin...

Qaysi qizning qay yigitga ko‘ngil qo‘yishi, qaerga turmushga chiqishi - bu uning ixtiyori. Bu borada hech qanday qonuniy cheklov ham yo‘q. Lekin yozilmagan qonunlar bor... Milliy g‘urur, iftixor degan ulug‘ tuyg‘ularni faqat qalbdan his etish kerak. O'zbek qizlarining Koreyaga turmushga chiqayotganlaridan yaqinda ajablangandik. Endilikda bunday holatni eshitaverib, quloqlarimiz ham o‘rganib qoldi. Chamasi... ko‘nikdik. Faqat oxiri baxayr bo‘lishidan umidvormiz.

Kollejlardan birida rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan tanishim bir voqeani ham kulib, ham afsus bilan aytib berdi.

 - Davlatobod dahasida yashayman, - deydi u. - Ko‘p qavatli uyimizda N ismli xulqi havas qilib bo‘lmaydigan qiz ota-onasi bilan yashardi. G'irt bekorchi bu qiz qachon qaramang bo‘yanib, o‘tgan-ketganga gap otish, bemaza- chuchmal muzikalarni baland qilib qo‘yib, asablarni egovlash bilan ovora edi. Bir kuni ishdan kelayotsam yo‘lakda o‘tirgan qo‘shni ayollar N ning nikoh to‘yi bo‘layotganini, meni ham kafega to‘yga taklif etganini aytishdi. Xursand bo‘ldim, o‘zidan tinib-tinchib ketsin ilohim. Xayriyat qulog‘imiz tinchib qolarkan, dedim. Hayron bo‘lganim - N Koreyaga, koreys yigitga turmushga chiqayotgan emish, qandaydir vositachilar ko‘magida.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:28:14

Kuyov gangib qoldi

"Ko‘ksu" restoranida ikki soatcha 20-30 chog‘li odam ishtirokida to‘y bo‘ldi. Kuyov haqiqatdan xam koreys, yoshi taxminan 40-45 lar atrofida. O'tirishdan so‘ng kelinni Toshkentga kuzatish chog‘ida N ning onasi faryod solib qoldi:

- Voydod, mening qizim chimildiqqa kirmay ketadimi?

Ayollar kuyov-kelinni kvartiraga olib kelib, xonaning bir burchagiga chimildiq tutishga urinishdi. Kelinni kirgizishdi. Til bilmas kuyovni turtib-surtib chimildiqqa kirishga undashdi. Bechora hayron: ko‘zi alang- jalang, nima deyishni, nima qilishni bilmaydi, hech kimning so‘zini tushunmaydi. Bo‘ldi kulgi, bo‘ldi tomosha. Ammo bu kulgu qanchalar achchiq ekanligini o‘sha yerdagilar anglamayotgani yanada alamli edi.

Dunyodagi fan-texnika taraqqiyoti mamlakatlarni mamlakatlar bilan, sarhadlarni sarhadlar-la, hattoki, dillarni dillarga yaqinlashtirdi. Birgina parabolik antenna orqali butun jahon tasviri, voqea-hodisalar kichkina xonadoningizda namoyon. Kompyuterni puxta o‘zlashtirgan, til bilgan, o‘qimishli o‘zbekoyim qizlari dunyoning narigi burchagidagi hamfikr tengdosh yigitlar bilan internet orqali tanishib, do‘stlashib, sevishib turmushga chiqa boshladilar. Ularning aksariyati   rivojlangan mamlakat -  janubiy Koreya yigitlari edi. Shohidlarning guvohlik berishicha, bularning hayoti birmuncha mustahkam poydevor asosiga qurilgan.

Aqlan, ma'nan va jismonan go‘zal o‘zbek qizlari bora-bora koreys yigitlarining qiziqishini orttirgan. O'zlarida uylanish, qiz tanlashda ko‘plab muammolarga uchrayotgan "Jun Sang"lar O'zbekistonning suluvlariga uylanish harakatiga tushib qoldilar. "Ham arzon, ham sifatli" deganday...

Tez orada bu sohada rasmiy-norasmiy idoralar faoliyati ham boshlandi. Internet orqali suratlar yuborish, tanishuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Vositachilar ishga solinadi. Va bu holat uch-to‘rt yil o‘tmay keng yoyildi. Go‘yo u yoqda naqd jannat yo oltin tog‘ kutib turganday ayrim qizlar, yosh juvonlar, hatto ota-onalar ham shoshib qolishdi.

Qayd etilgan