Чет элга турмушга чиқиш  ( 32813 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:28:42

Men qo‘rqqan savol

 - Bu kabi voqealar bizning tumanimizda ham bo‘lib turibdi, -deydi Toshbuloq sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, "Shuhrat medali sohibasi Muhayyoxon Eshonqulova. - Odatda bunaqa to‘ylarga bizlarni taklif etishmaydi. Orqavarotdan eshitib qolamiz. Nafaqat iqlimi-yu shart- sharoiti, balki tili, dini, millati butunlay begona yigitga uzatilayotgan qizlar, ularga rozilik berayotgan ota-onalar faqat bugungi kunni - oyoqlari ostini o‘ylashyapti. Oradan to‘rt-besh yil o‘tgach, ishonchim komilki, ular adashganlarini tan oladilar.

- Men bir narsadan qo‘rqaman, - so‘zida davom etadi Muhayyoxon. -Talabalarga tarix, huquq, milliy istiqlol g‘oyasi fanlaridan saboq beraman. Ularga tinimsiz ravishda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, millatga muhabbat haqida gapiraman. Biror ziyrak o‘quvchim: "Opa, siz shunaqa deysizu, nega falonchi, pistonchilar Vatanimizdan uzoqqa, koreys yigitlariga ixtiyoriy ravishda erga tegib ketyapti?" -   deb savol berib qolishidan xavotirdaman.

Muallimaning tashvishlanishi bejiz emas.

Mas'ul kishilarning fikricha, Koreyada ham o‘zbekistonlik kelinchaklarning saragi sarakka, puchagi puchakka ajrabdi. Tahlillarga ko‘ra, Namangandan olib ketilgan qizlar boshqa viloyatlardagi kelinlarga qaraganda o‘zining sharm-hayosi, odobi, tarbiyasi bilan tarozini bosib ketibdi. Shunga ko‘ra, endi koreys janoblar asosan Namangandan qiz axtarishayotgan emish. Bu esa - ham yaxshi, ham yomon.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:28:56

Bu orzumi yo xomxayol?

Ko‘rganlarimiz, eshitganlarimizdan shunday xulosa qilish mumkin. Xorijni havas qilganlar yo muhtoj oiladan bo‘lgan qizlar yoki "baxti" kelishmay erdan ajrashgan, ko‘proq yengil yo‘lni tanlagan yosh juvonlar. Birinchi holat-ku tushunarli: chet elga bo‘lsa-da, beli baquvvat, boy yigitga tegib, oilasidagi nochorlikdan qutulish.

Ikkinchi holat esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O'z yurtida bir yigitning etagidan mahkam tutib, sabr-toqat qilib halol-pok hayot kechirishga ko‘nmagan ayol olis va begona yurtda o‘zga dunyo kishisining ko‘nglini topib, ko‘ziga qarab yashay olarmikan?!

Ularda oson emas

Qolaversa, koreys xalqi turmush tarzi, axloq-odobi me'yorlari, kelinlik burchlari biznikidan qattiqroq bo‘lsa borki, aslo yengil emas. Koreys yigitlari ayol xiyonatini kechirmaydilar, yolg‘onni hazm qilolmaydilar. "Nima qilib bo‘lsa-da, tegib olib, u yog‘iga o‘zim bilganimcha yashayman" degan "afiristkalar" yanglishadilar. Ko‘p o‘tmay o‘zlarining sharmandalari chiqib yurt, millat sha'niga salbiy taassurot tug‘dirganlari qoladi xolos. Bunga misollar ham bor.

Urf-odat, turmush tartiblarida ham butunlay biz uchun begona qoidalarga amal qilinadi. Masalan, bizda taom yeb bo‘lgach, kekirish yomon odat hisoblanmaydi. Ularda esa aksincha, eng xunuk odobsizlik belgisi bo‘lib, dasturxon ustida beixtiyor "hiq" deb yuborganni ketiga tepib haydashdan ham toymas ekanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:29:25

Buyog‘i nima bo‘larkin?

Davlatobod dahasida Dilnoza ismli yigirma besh yoshli juvon bilan tanishdik. U shahar mahallasida tug‘ilib o‘sgan. Bama'ni oilada ulg‘aygan. Maktabni tugatiboq ota-ona ixtiyori bilan turmushga chiqqan. Farzand ko‘rmagan. O'zining aytishicha, qaynonasi kun bermagani sabab ajrashib ketgan.

Ota uyiga qaytib kelgan qiz ular izmiga bo‘ysunmay qo‘yadi. Allakimlarning ta'siri, o‘zining "engilligi" bois "ko‘chaga chiqib ketadi". Mikrorayondagi ko‘p qavatli uylarning biridan panoh topadi.

Dilnoza o‘zi, ota-onasi haqida gapirishni istamadi. Keyingi hayoti haqida ham birovga "hisob" berish niyati yo‘q.

Toshkentga borganida Yulduz ismli ayol bilan tanishib qoladi. Yulduz o‘ziga yoqqan bir nechta qizlarning, jumladan, Dilnozaning ham suratini internet orqali xorijga jo‘natib yuboradi. Koreyadan javob keladi. Dilnozani yoqtirgan yigitning Toshkentga falon kuni kelishi ma'lum etiladi. Bu 33 yoshli, avvalgi turmushidan ajrashgan, qizning aytishicha, bank boshlig‘i (?) bo‘lib ishlaydigan Xu Van Sok ekan.

Ular Toshkentda uchrashishadi. Yigitga qiz ma'qul tushadi. Qizga esa buning unchalik ahamiyati yo‘q. Tarjimon orqali til topishgan kelin- kuyovlar uch kun o‘tib, FHDYo bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishadi. So‘ngra Toshkentdagi  restoranlardan birida 30 chog‘li odam bilan tuyni nishonlashadi.

Shundan so‘ng kelin-kuyov to‘rt kun mehmonxonada yashashadi. Keyin esa kuyov Seulga ketdi, kelin Namanganga qaytdi. Oradan ma'lum muddat o‘tgach kelin viza bilan u yoqqa - Koreyaga chaqirtirildi. Bir oy yashab, nimagadir yana o‘z yurtiga qaytib keldi.

Dilnoza buning boisini aytgisi kelmadi. Erini, u yoqdagi sharoitlarni maqtaydi. "Viza kelsa yana ketaman", - deyapti-yu nimanidir yashirayotgani sezilib turibdi. Ko‘nglimizdan "Ahmoqqa Koson bir tosh ekan- da" degan naql kechadi, oyiga Seulga borib kelish oson bo‘lmasa kerak axir? Hay, mayli, buni vaqt ko‘rsatadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:29:38

Tengi-tengi bilan emasmi?

Rasmiy idoralarning ma'lumotiga qaraganda 2006-2007 va 2008 yillarda o‘zbek qizlarining, jumladan namanganlik xonimchalarning Janubiy Koreyaga turmushga chiqishlari avj olgan. Uzatilayotganlarning 90-95 foizi hali hayotni yaxshi bilmagan yosh qizlar. Bir narsa kishini tashvishga soladi. Qizlarimizga xaridor kuyovlarning yoshi 35 - 50 yoshlargacha...

Ba'zilarning yoshlarida xuddi ota-boladek tafovut bor. Savol tug‘iladi: oradagi shuncha farq bilan ikki inson bir-birini tushunib umrbod turmush qurib keta olarmikan? Dunyoqarashlarida yer bilan osmoncha ayrilik bunga xalal bermaydimi? Mabodo, u yerdan turmushi buzilib kelsa, qizlarimizga bu yerda aqli raso, tuzukroq erkak uylanarmikan? O'zbek va koreys omuxtaligida bino bo‘lgan farzand kimni ko‘proq tan olib, qaysi millatga sodiq qolarkin? Bu kabi savollarga to‘rt-besh yildan so‘ng aniq javob topish mumkin Ayting-ayting, allanimalarning ishtahasi bilan xorijlik kuyovni ko‘ngli tusagan hamyurtlarimiz yillar o‘tib afsus va pushaymonlar alangasida yonishmasa bo‘ldi.

Avvallari ko‘p eshitardik. Bir qizning o‘z qishlog‘i yo shahri qolib, narigi qishloq yo shaharga uzatilishi o‘sha yerlik yigitlarning g‘ururiga shikast yetkazgan. To‘yda kuyovnavkarlarni tuzukkina siylab ham jo‘natishgan. Yoki vodiylik talaba qizga gap otib qolgan janublik yigit albatta siquvga olingan, ba'zan kaltaklangan ham...

Xo‘sh, qo‘shnisi, hamqishlog‘i bo‘lgan qizni juda olis yurtga, tili, dini, millati boshqa odamga ixtiyoriy tegib ketayotganiga bugungi yigitlarimiz qanday munosabatda bo‘lmoqdalar? Yoki ular ham o‘taketgan "demokrat" bo‘lib ketdilarmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:30:18

Nozimjon Jabborov, kompyuter mutaxassisi:  Shaxsan men bu qizlarning tutgan yo‘lini yoqlamayman. Hozir bilinmasligi mumkin. Oradan yillar o‘tib, yoshi ulg‘ayganda ona-yurt, tug‘ishganlar sog‘inchi qattiq seziladi. Moddiy jihatdan qanchalik to‘kis yashamasin, sog‘inch dardiga hech nima malham bo‘lolmaydi.

Yaqinda Koreya televideniesi orqali xuddi shu mavzudagi bir ko‘rsatuvni ko‘rib qoldim. Koreyalik muxbir aynan namanganlik kelin bilan suhbat qilyapti. Tug‘ilgan Vatani, ota-onasi, qarindoshlari, bolaligi, yaxshi ko‘rgan taomlari va boshqalar xususida. Shundan so‘ng qizga tug‘ilgan va yashagan shahri, ko‘chalari, tanish, qadrdon joylari aks etgan video tasvirni qo‘yib berdi. Qiz faqat yig‘lardi. Vaholanki, uning hayoti yomon emas ekan. Faqat bemisl sog‘inch, afsus yoshlari zohir edi uning ko‘zlarida.

Yoqubjon Qurbonov, tadbirkor:  O'zbeklarning turkiy xalqlar bilan qudalashuvi tarixdan ma'lum. Urush yillarida, keyinchalik harbiy xizmatdan yigitlarimizning ba'zan rus qizlarini olib kelib uylanishiga ham ko‘nikkan edik. Ammo aynan Kumushoyim vorislarining koreys yigitlarini ma'qul ko‘rayotganlari kishini nafaqat ajablantiradi, balki milliy, diniy g‘ururini kamsitadi. Masalan, men singlim yo qizimning hech qachon shunaqa olis mamlakatga turmushga chiqishiga yo‘l qo‘ymasdim. Bu borada ota-onalar, aka-opalarning ham mas'uliyati susayganga o‘xshaydi.

Yana eng muhimi, Vatanga muhabbat dinga e'tiqod singari mustahkam, sobit bo‘lishi zarur. Ikkovisi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. O'zingiz o‘ylang, koreys-o‘zbek nikohidan tug‘ilgan bola qaysi dinga e'tiqod qilishi mumkin. Bu borada ota-ona o‘rtasida ixtilof chiqmaydi, deb kim kafolat beradi?!

* * *

Xulosa chiqarish har kimning o‘ziga havola. Vatandan olisda Vatanga zorlik dushmanning ham boshiga tushmasin.

Risliqxon Majnunova, jurnalist
Namangan shahri

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:31:18

P. S. Muallif jamiyatimizda ildiz ota boshlagan jiddiy muammoni qalamga olganlar. Masalani har tomonlama tahlil etishga uringan va bunga erisha olgan kuyinchak ijodkorimizning fikrlariga qo‘shimcha qilishni istardik. Aksariyat o‘zbek qizlarining bugun o‘z millatdoshlarini, dindoshlarini emas, balki boshqa millat va g‘ayri din vakillarini umr yo‘ldoshi sifatida ma’qul ko‘rayotganlari chindan ham og‘riqli muammo. Kimlardir buni — ko‘ngil ishi, der... Vatan va millat tushunchalarini anglab yetmaganlik, g‘ofillikni sabab bilar. Buning ortida boy-badavlat, bekamu-ko‘st yashash istagi ham ko‘proqdir, ehtimol. Nima bo‘lganda ham o‘zini, o‘zligini bilgan, anglagan odam bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaydi.

Darvoqe, ijodkorimiz qalamga olganlari — mavzuning diniy tomonini nazardan qochiribdilar. Shariatga ko‘ra, musulmon erkaklar ahli kitoblardan — nasroniy yoki yahudiy diniga mansub ayolga (majusiy, butparast, otashparast  ayollarga emas) uylanishlari mumkin. Ammo muslima ayolning boshqa dinga mansub kishiga turmushga chiqishi mumkin emas. Agar muslima ayolga uylanishni istagan erkak Islomni qabul qilsa, shariatda bunday nikohga ruxsat berilgan. Nikoh ostonasida turgan qizlarimiz hamda ularning ota-onalari buni nazardan qochirmasalar va din ulamolari mazkur mavzuga o‘z munosabatlarini bildirsalar ayni muddao bo‘lardi.

www.ziyouz.com

Qayd etilgan


lolo  17 Noyabr 2009, 08:46:16

AbdulAziz, "Tengi-tengi bilan emasmi?" maqolangizga bir nazar tashlang, buni kim yozgan bilmadimu, lekin sizdek islom ilmlaridan, payg'ambarimiz va sahobiylar hayotlaridan xabardor, va ulardek bo'lishga imkon qadar harakat qiluvchi inson shu fikrlarni tasdiqlagan bo'lib post qilib o'tirishi fikrlab ko'rgan odamni hayratga solmay iloji yo'q...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 09:03:15

AbdulAziz, "Tengi-tengi bilan emasmi?" maqolangizga bir nazar tashlang, buni kim yozgan bilmadimu, lekin sizdek islom ilmlaridan, payg'ambarimiz va sahobiylar hayotlaridan xabardor, va ulardek bo'lishga imkon qadar harakat qiluvchi inson shu fikrlarni tasdiqlagan bo'lib post qilib o'tirishi fikrlab ko'rgan odamni hayratga solmay iloji yo'q...

Birinchidan bu mening maqolam emas. Uning muallifi namanganlik jurnalist. Ular o'zlari ko'rgan hodisalar yuzasidan fikrlarini bildirganlar.
Maqolaning siz aytgan "Tengi-tengi bilan emasmi?" degan qismida ham men biron bir nojo'ya fikr ko'rmadim.
Avval maqolani yaxshilab o'qib chiqing. Kim nima fikrda ekanligini biling.
www.ziyouz.com fikri esa, PS. tarzida berib o'tildi.

Qayd etilgan


Arbuzchi  17 Noyabr 2009, 10:48:53

:as:
Ruxsat bersela maniyam o'z fikrim bor shu mavzuda, lekin buni yozishdan juda hijolatdaman, chunki doyimgidek mani fikrim hammanikiga TESKARI. Ayb manda emas, hammasi ilmim va dunyoqarashlarim asosida! Va iltimos manga kesatiqla qimeyla, yoqamdanam omela, shunchaki turli hil fikrlardan yana bir fikr ekan... deb ketaverila.

O'zbek qizlarini chet ellarga boshqa din vakillariga turmushga chiqib ketayotganini salbiy baholabsila. Lekin o'zbek degani musulmon degani emas, shuni ham unutmela. Hozirgi MUSULMONlar ilgarigi MUSULMONlardan yer bilan osmonchalik farq qiladi. Xozirgi odamlar (ayniqsa o'zbeklar) "Musulmonman" degani bilan TV va jurnallardan o'rganib boshqa din vakillarini ibodatlarini hech ikkilanishsiz qilaverishadi. Ko'chada yarim-yalang'och, serenada, to'ylarda uzun taqayotib fonida cherkov musiqalari, tort va ustida sham, YangiYilku mayli - Eski Yangi Yilga nima deydiz... Eski Rojdestvolargacha bilamiz biz musulmon o'zbeklar! Shunday ekan, sizlarga nima farqi bor qayerga va kimga turmushga chiqib ketvatganini?!

Shu o'rinda "Ilgarigi musulmonlar" haqida ham bir og'iz etib o'tmoqchiman. Ilgari musulmonlikni qabul qilgan odam o'sha zahotiyoq islomni arkonlariga to'liq amal qilishni boshlagan. Mana shuning uchun ham mahrga xattoki "Musulmonlikni" so'rashgani bo'lgan. Mana gap qayerda! Xozirda esa bu mahr eng arzon mahrlardan hisoblanadi, ayniqsa biz o'zbeklarda! Musibat! Musibat! Musibat!

:vslm:
Mavzudan tashqarida bo'sayam, bir narsani etib o'tay.
Shu lolohon qizimizni postlaridan alambalo qiz ekanligi ko'rinib turibdi.
Bu qizni "davo"sini, bir narsada ko'rdim. Uzr endi  islomiy tavsiya bo'masayam, lekin boshqa chora yo'.... ;D

Lolohon siynim... Hudo hayrizni bersin.
O'zbeychiliy haqida, umuman hayot haqida qanaqadur qora ochkidan qarurganizdanmi bilmadim, chota har doim salbiy taraflarni ko'ra olasizde.
Sizga bir yaaaxshigina maslahat.
Bitta namozhon bolani topin. Uning hadeb kamchiligini qidirurmasdan, bunday yaxshiliklarini toping. PM lashing, YM lashing, hullas do'stlashing. Chegarasidan chiqmagan holda muloqatda bo'ling. Eee hullas sevishingde.... ;D
Chota sizga sevgi yetishmayapti shekilli hayotizda... Sevgan qalb yumshaydi, orziqadi, qiynaladi...
Sizam tez kunlada sevib, sevilin... A to bunaqa ketishda, kimga erga tegas... kim sizni bunaqa harakterizni ko'taradi bilmadim.... :( (Og'irim tushvottimi dimen, bu bir do'stona maslahat)
Hullas doiradan chiqmagan holda bitta namozhon bola bilan do'stlashing... A to bu ketishda forumdan birinchi bo'lib "Чет слга турмушга чиқиш" ni o'ziz qiberas.... ;)


Forum otin oyiladan iltimos...
Yomon narsaga targ'ib qilayapsan deb Arbuzchiga tanbeh berishga shoshilmen. Yon atrofizdagi qizlagayam bir nazar qilib, undan keyin nasihat qilin...
"Bir yomon ishni oldini olish uchun, mana shunaqa maslahatlani berish mumkun" degan ekan bittasi...  ;)Shunchunam maslahat berdik...
Hammadan uzr so'ragan holda, mavzuni davom ettirishiyla mumkin.... :1

Qayd etilgan


Afruza  17 Noyabr 2009, 11:04:01

Gazetada ham e'longa ko'zim tushdi. "18-35 yoshdagi o'zbek qizlarini Koreyalik yigitlar bilan tanishishga taklif etamiz. Ishonchlilik kafolatlangan".
Bir qizning shunday katta orzular qanotida Koreys yigitga turmushga chiqib Koreyaga yo'l olganini o'qiganman. Borib nimani ko'rgan? Guruch plantatsiyasi. Ham sog'lig'idan, ham bolasidan ayrilib vatanga qaytib kelgan.
Mayli u yosh bo'lgandir, hayoliy hayotni orzulab xato qilayotganini sezmagandir. Lekin ota-onachi?  Ular nimani orzulashmoqda? Uyidan chiqqanida havotirlanib qaytishini kutib o'tiradilarku, chet elga uzatib ko'ngillari hotirjam bo'larmikin ???


Qayd etilgan