Чет элга турмушга чиқиш  ( 32837 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


As-Samarqandiy  29 Dekabr 2009, 20:58:31

:as:

O'zbek qizlarini chet ellarga boshqa din vakillariga turmushga chiqib ketayotganini salbiy baholabsila. Lekin o'zbek degani musulmon degani emas, shuni ham unutmela. Hozirgi MUSULMONlar ilgarigi MUSULMONlardan yer bilan osmonchalik farq qiladi. Xozirgi odamlar (ayniqsa o'zbeklar) "Musulmonman" degani bilan TV va jurnallardan o'rganib boshqa din vakillarini ibodatlarini hech ikkilanishsiz qilaverishadi. Ko'chada yarim-yalang'och, serenada, to'ylarda uzun taqayotib fonida cherkov musiqalari, tort va ustida sham, YangiYilku mayli - Eski Yangi Yilga nima deydiz... Eski Rojdestvolargacha bilamiz biz musulmon o'zbeklar! Shunday ekan, sizlarga nima farqi bor qayerga va kimga turmushga chiqib ketvatganini?!

Shu o'rinda "Ilgarigi musulmonlar" haqida ham bir og'iz etib o'tmoqchiman. Ilgari musulmonlikni qabul qilgan odam o'sha zahotiyoq islomni arkonlariga to'liq amal qilishni boshlagan. Mana shuning uchun ham mahrga xattoki "Musulmonlikni" so'rashgani bo'lgan. Mana gap qayerda! Xozirda esa bu mahr eng arzon mahrlardan hisoblanadi, ayniqsa biz o'zbeklarda! Musibat! Musibat! Musibat!

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Fikrlaringizdan iqtibos olib, men ham o'z fikrlarimni yozib qoldirmoqchi edim. Sizni inkor etmoqchi emasman. Beayb Parvardigor!
   
  Tasavvur eting. Katta bir oila a'zosisiz. Hammangiz Olloh inoyati ila musurmonsiz. Besh qo'l barobar emas deganlaridek, aka-ukalar, opa-singillar ham bir fikrlamaslar, tafakkur qilmaslar.Misol uchun: Bir qorindan talashib-tortishib tushgan jigaringiz sizchalik solih yoki soliha emas. Uning ham o'zining dunyoqarishi,fikri, so'zi, o'rni bor albatta. Siz yuqorida aytib o'tgan noislomiy holatlardan ayrimlariga o'sha jigaringizni moyilligi bor ( Bu ham Ollohning irodasidir ). Tasavvur qilaylik, muhabbat yoki sevgini o'zicha tushunib bir chet ellikni yoqtirib qoldi. Chet ellik diniy emas, dunyoviy kishi, shu bilan bir qatorda ziyoli,ishbilarmon, ziyrak odam. Yana qaranga begona yurt odami. Endi qarang, ushbu holatda  o'z jigargo'shangizni o'z xoliga qo'yib qo'yasizmi? Sen o'zi islom arkonlariga rioya qilmas eding, nima qilsang qilaver deysizmi? Ollohdan unga hidoyat so'raysizmi? Bir og'iz ogohlantirmaysizmi? Qiyomat kuni yoqangizdan olmaydimi, nega meni ogohlantirmading deb!
Aslida esa o'sha G'ayridin ham bizning akamiz yoki singlimiz, ukamiz yoki opamizdir.( Mening shaxsiy fikrim, bu fikrim bilan sizga qarshi chiqayotganim yo'q.)
  Keyin men kimki "La ilaha illohloh,Muhammadin rosululloh" kalimasini aytsa, aytgan bo'lsa musurmon hisoblayman. Qolgan yomon amallarini, gunohlarini Ollohimning o'zi kechirsin!

Olloh qalbingizni nurafshon aylasin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan