Muallif Mavzu: Чет элга турмушга чиқиш  ( 20208 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdumuhaymin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 182
  • -oldi: 603
  • Xabarlar: 728
  • Jins: Erkak
:as:
Chet elga qiz berisham bir tamondan foydali. Har holda jamiyatti quloqsiz, odopsiz qizladan shu yo'l bilan qutulish onson va xavsiz deb o'ylimiza.

Assalamu alaykum.
Lekin chet elga uzatilayotgan bunday quloqsiz va odobsiz qizlar, bundan boshqa "go'zal xislatlarni" orttirib Vatanga qaytmasligiga kim kafolat bera oladi?
Bunisi eng ayanchli holat menimcha....
Chiqqan qiz chig'iriqdan nari. Berilvotgan paytda bratola surgun qilib beramizade :)

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 259
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
 dolzarb mavzu.
 man koreyadaman va bu yerga turmushga chiqib kelgan qizlarni bir nechasini ko'rdim, ko'rmaganlarim haqida ko'rganlardan eshitdim, ana shularni sizlar bilan o'rtoqlashay, balki shu yo'lga qadam qo'yayotgan qizlarimizning barchasi bo'lmasada ba'zilari bir o'ylanib ko'rarlar....
 Bir vodiylik qiz koreysga turmushga chiqibdi, qiz yosh 20ga kirib ulgurmagan,onasining hoyu-xavaslari, mol-dunyoga o'ch nafsining qurboni bo'libdi.Aytishicha,kuyov bilan ko'rishmagan, kuyov yigit qizning fasmini ko'rgan va uylanishga rozi bo'lgan.Endi qizni rasmini qaydan ko'rdi? degan savol bo'lishi tabiiy, Munira xonim aytgandek o'zbekni musulmonlari nimalarga yo'l topmayaptiki,bunga yo'l topmagani.Xullas toshkentda bir ofis bor ekan chet ellik kuyovlarga qizlarni "reklama qiladigan", anashu ofis ishchilari qiz so'raganlarga rasmlarni e-mail orqali junatarkanlar...qisqasi toy bo'lib otgan, ona xursanddir koreys kuyovli bo'lganiga,biroq qizning hayotini eshiting.Kelin bo'lib tushgan uyi shahardan ancha uzoqda, buyam etmaganiday ular yashaydigan joyda bironta qo'shni yo'q, buning ustiga cho'chqa boqadigan xonadonga kelin bo'lgan, siz cho'chqa boqadigan deganda 3-4ta cho'chqani oylamang, cho'chqa fermasida ishlaydigan oilaga kelin bo'lgan.Kuyov yigitning yoshi anchagina katta,orzu-xavas bilan kelinni olib yuradiganmas,qizgina qochgani joy topolmaydi,na yo'l biladi na til biladi, yana shu xoliga xomilador ham bo'lib qolibdi.O'zbekistondan bir ayol--onasining dugonasi kelgan ekan u ayolga yalinib--jon xolajon, mani obketing, nima qilsa onam qildi, man bu joylarda yasholmayman-- deb qon yig'labdi. 20 yoshli qizga o'zimizda er yo'qmidi? qizi shu xayotda qiynalib yashayotganidan ona o'z aybini bilib  vijdoni qiynalmayaptimikin? bunday xolga tushgan qizlarni man yashnab turgan gulg'unchani uzib vazadagi qaynoq suvga sob qo'yganga o'xshatdim, buningday xolatga tushib qolgan qizlarga Allohim kushoyish bersin, qizlarini uvol qilayotgan nafs bandalariga Yaratguvchining O'zi kifoya qilsin. 

 Turmushga chiqayotgan qizlar kinolardagidek xayotni o'lamasinlar, ular faqat kinoda,xayotda umuman boshqa xolat. Allohim barcha badalaringni bergan rizqingga qanoat qiladiganlardan qilgin,amiyn.
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Ҳммм, Аллоҳ нажот берсин.
Бу ерда қизнинг ўзида ҳам айб бор. Тегмайман деб туриб олса, уни ҳеч ким мажбур қилолмасди. Менимча, у худди корейс сериалларидек романтикага тўла ҳаётни орзу қилгандир. Ҳа, олдинроқ суриштирмайдими, мундоқ. Куёв бўлмиш тоға ким, нима иш қилади? Сал ақли ва иймони бор қиз ҳеч қачон бу тасқара ҳаётга рози бўлмасди.
Менимча, барча айб ўзида!

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 259
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
 yana biri, man u qiz bilan yuzma-yuz suxbatlashdim, uyam vodiydan, to'grisi uyalib ketdim bunday yurtdoshlarimdan.
 Bu qiz ham avvalgi qizdek rasmini reklamasi bilan erga tekkan,kelin bo'lib kelib 2 oycha birga yashagan, shu vaqt ichida qiz jinsiy tomondan amaliyot bo'lgan, shifoxonadan chiqqach eri uydan haydab yuborgan,sabab qizning amaliyot bo'lgani emas,gap boshqa yoqda... qiz til bilmasa, yo'l bilmasa qayga boradi? Xarakteriyam o'ynoqiroq ekan ernikidan quvilgach tanishlariga telefon qilgan, ular bir uy topib joylab qo'ygan, biroq yashashi uchun o'zi pul topishga majbur, ish qidirgan, ish bilan birga "er" ham topilgan, qiz bu erkak bilan yashay boshlagan,biroq ishlagan joyida ko'p ishlamas ekan, nimadir sabab ishdan haydalarkan,keyingi hayoti qanday bo'lganidan xabarim yo'q.
 Endi o'ylab ko'raylik qizlarimiz buningday tarbiyani kimdan, qayerdan oldilar, naxotki biz o'zligimizni shunchalik unutib, dunyo bolasi bo'lib qolgan bo'lsak, buningday buzilishlarning asosiy sababi "dunyoda yashab qol" degan tushunchalarni kishilar ongiga singib ketgani emasmi? Bizni avlodlarimiz musulmon bo'lib o'tganlar, lekin biz qachon chin musulmonlikni tushunib yetamiz?Qachon islomiy ilmlarimizga amal qilib mo'min bo'lamiz?
  Yo Rabbim,O'zingga qulligimizni esda saqlashimizda bizga yordam ber,Omiyn.
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 259
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Ҳммм, Аллоҳ нажот берсин.
Бу ерда қизнинг ўзида ҳам айб бор. Тегмайман деб туриб олса, уни ҳеч ким мажбур қилолмасди. Менимча, у худди корейс сериалларидек романтикага тўла ҳаётни орзу қилгандир. Ҳа, олдинроқ суриштирмайдими, мундоқ. Куёв бўлмиш тоға ким, нима иш қилади? Сал ақли ва иймони бор қиз ҳеч қачон бу тасқара ҳаётга рози бўлмасди.
Менимча, барча айб ўзида!

man qizni oqlayotganim yo'q, aqlli qiz o'zini g'ayridin bilan yashashini xatto tasavvur ham qilib ko'rmasa kerak, lekin shu qizni o'z nafsi uchun "sotgan" onaning qilmishini o'ylab turib, hozirgi kunimizda oiladagi boshqaruvchilik rolini ayoliga berib qo'ygan "er" larni va "otalar"ni ayblaymizmi yoinki "lattaparast, pulparast" ayollarnimi degan o'yga borib qoldim.Farzandlar ilk tarbiyani o'z uylarida oladilar, erkak o'z maqomida turmasa, ayol erining burnidan ip o'tkizvolsa,erkaklar bu xolatlarga loqayd qarasalar...alaloqibat biz qayaqqa qarab ketyapmiz?

Endi surishtirmaydimi degan gapizga keladigan bo'lsak, xozir ikki mahalla naryoqdan sovchi bo'lib kelgan ayollar umrida peshonasi sajda ko'rmagan, ayshu-ishratga berilagan o'gillarini "voy o'glimiz aqlli-xushli, ichmaydi,chekmaydi,5 vaqt namozini vaqtida o'qiydi" deb musulmon ayollarimiz maqtab turadi,bu gaplarga ishongan qancha odamlar bolasini baxtsizligidan kuyib qolyatgan shu zamonda, dunyoning narigi chetidagi erkakni nima deb kimdan surishtiradi, ayniqsa pul uchun "savdobop tovar" bo'lib turgan qizni dod-voyiga kim quloq soladi?
 
« So'nggi tahrir: 24 Noyabr 2009, 12:26:19 muallifi saltanat »
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
:as:

O'zbek qizlarini chet ellarga boshqa din vakillariga turmushga chiqib ketayotganini salbiy baholabsila. Lekin o'zbek degani musulmon degani emas, shuni ham unutmela. Hozirgi MUSULMONlar ilgarigi MUSULMONlardan yer bilan osmonchalik farq qiladi. Xozirgi odamlar (ayniqsa o'zbeklar) "Musulmonman" degani bilan TV va jurnallardan o'rganib boshqa din vakillarini ibodatlarini hech ikkilanishsiz qilaverishadi. Ko'chada yarim-yalang'och, serenada, to'ylarda uzun taqayotib fonida cherkov musiqalari, tort va ustida sham, YangiYilku mayli - Eski Yangi Yilga nima deydiz... Eski Rojdestvolargacha bilamiz biz musulmon o'zbeklar! Shunday ekan, sizlarga nima farqi bor qayerga va kimga turmushga chiqib ketvatganini?!

Shu o'rinda "Ilgarigi musulmonlar" haqida ham bir og'iz etib o'tmoqchiman. Ilgari musulmonlikni qabul qilgan odam o'sha zahotiyoq islomni arkonlariga to'liq amal qilishni boshlagan. Mana shuning uchun ham mahrga xattoki "Musulmonlikni" so'rashgani bo'lgan. Mana gap qayerda! Xozirda esa bu mahr eng arzon mahrlardan hisoblanadi, ayniqsa biz o'zbeklarda! Musibat! Musibat! Musibat!

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Fikrlaringizdan iqtibos olib, men ham o'z fikrlarimni yozib qoldirmoqchi edim. Sizni inkor etmoqchi emasman. Beayb Parvardigor!
   
  Tasavvur eting. Katta bir oila a'zosisiz. Hammangiz Olloh inoyati ila musurmonsiz. Besh qo'l barobar emas deganlaridek, aka-ukalar, opa-singillar ham bir fikrlamaslar, tafakkur qilmaslar.Misol uchun: Bir qorindan talashib-tortishib tushgan jigaringiz sizchalik solih yoki soliha emas. Uning ham o'zining dunyoqarishi,fikri, so'zi, o'rni bor albatta. Siz yuqorida aytib o'tgan noislomiy holatlardan ayrimlariga o'sha jigaringizni moyilligi bor ( Bu ham Ollohning irodasidir ). Tasavvur qilaylik, muhabbat yoki sevgini o'zicha tushunib bir chet ellikni yoqtirib qoldi. Chet ellik diniy emas, dunyoviy kishi, shu bilan bir qatorda ziyoli,ishbilarmon, ziyrak odam. Yana qaranga begona yurt odami. Endi qarang, ushbu holatda  o'z jigargo'shangizni o'z xoliga qo'yib qo'yasizmi? Sen o'zi islom arkonlariga rioya qilmas eding, nima qilsang qilaver deysizmi? Ollohdan unga hidoyat so'raysizmi? Bir og'iz ogohlantirmaysizmi? Qiyomat kuni yoqangizdan olmaydimi, nega meni ogohlantirmading deb!
Aslida esa o'sha G'ayridin ham bizning akamiz yoki singlimiz, ukamiz yoki opamizdir.( Mening shaxsiy fikrim, bu fikrim bilan sizga qarshi chiqayotganim yo'q.)
  Keyin men kimki "La ilaha illohloh,Muhammadin rosululloh" kalimasini aytsa, aytgan bo'lsa musurmon hisoblayman. Qolgan yomon amallarini, gunohlarini Ollohimning o'zi kechirsin!

Olloh qalbingizni nurafshon aylasin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!