dolzarb mavzu.
man koreyadaman va bu yerga turmushga chiqib kelgan qizlarni bir nechasini ko'rdim, ko'rmaganlarim haqida ko'rganlardan eshitdim, ana shularni sizlar bilan o'rtoqlashay, balki shu yo'lga qadam qo'yayotgan qizlarimizning barchasi bo'lmasada ba'zilari bir o'ylanib ko'rarlar....
Bir vodiylik qiz koreysga turmushga chiqibdi, qiz yosh 20ga kirib ulgurmagan,onasining hoyu-xavaslari, mol-dunyoga o'ch nafsining qurboni bo'libdi.Aytishicha,kuyov bilan ko'rishmagan, kuyov yigit qizning fasmini ko'rgan va uylanishga rozi bo'lgan.Endi qizni rasmini qaydan ko'rdi? degan savol bo'lishi tabiiy, Munira xonim aytgandek o'zbekni musulmonlari nimalarga yo'l topmayaptiki,bunga yo'l topmagani.Xullas toshkentda bir ofis bor ekan chet ellik kuyovlarga qizlarni "reklama qiladigan", anashu ofis ishchilari qiz so'raganlarga rasmlarni e-mail orqali junatarkanlar...qisqasi toy bo'lib otgan, ona xursanddir koreys kuyovli bo'lganiga,biroq qizning hayotini eshiting.Kelin bo'lib tushgan uyi shahardan ancha uzoqda, buyam etmaganiday ular yashaydigan joyda bironta qo'shni yo'q, buning ustiga cho'chqa boqadigan xonadonga kelin bo'lgan, siz cho'chqa boqadigan deganda 3-4ta cho'chqani oylamang, cho'chqa fermasida ishlaydigan oilaga kelin bo'lgan.Kuyov yigitning yoshi anchagina katta,orzu-xavas bilan kelinni olib yuradiganmas,qizgina qochgani joy topolmaydi,na yo'l biladi na til biladi, yana shu xoliga xomilador ham bo'lib qolibdi.O'zbekistondan bir ayol--onasining dugonasi kelgan ekan u ayolga yalinib--jon xolajon, mani obketing, nima qilsa onam qildi, man bu joylarda yasholmayman-- deb qon yig'labdi. 20 yoshli qizga o'zimizda er yo'qmidi? qizi shu xayotda qiynalib yashayotganidan ona o'z aybini bilib vijdoni qiynalmayaptimikin? bunday xolga tushgan qizlarni man yashnab turgan gulg'unchani uzib vazadagi qaynoq suvga sob qo'yganga o'xshatdim, buningday xolatga tushib qolgan qizlarga Allohim kushoyish bersin, qizlarini uvol qilayotgan nafs bandalariga Yaratguvchining O'zi kifoya qilsin.
Turmushga chiqayotgan qizlar kinolardagidek xayotni o'lamasinlar, ular faqat kinoda,xayotda umuman boshqa xolat. Allohim barcha badalaringni bergan rizqingga qanoat qiladiganlardan qilgin,amiyn.