Чет элга турмушга чиқиш  ( 32824 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


siddiqa  22 Noyabr 2009, 09:25:30

 :as:
Kapalak opa bu keltirgan malumotlaringiz dahshatku ,
o'g'il farzandni obketarmushu ,qiz farzandni tashlab ketarmish ,
uylangan mahramichi ? nima 2 yildan keyin uni begonadek unutib yuboraveradimi ?
e ,unaqa odamlarni tepib tepib o'zini jo'natvorish kerak ,
bu narsani o'qib bo'g'zimga nimadir tiqilib qoldi ,
sharqni eng hayoli deb tanilgan o'zbek ayollarining qadri shumikin ?
2 yil muddatga uylanib tashlab ketadigan nomardlarni oyoq qo'lini suyaklarini sanab qo'yadigan mard o'g'lonlari qayerda qolgan ?????????? .ayollarini o'z boshimchalik bilan bunday nikohga ko'narekan ,ota aka uka kabi mahramlari kuch bilan bo'lsa ham bundan qaytarish kerakku ,
chet ellikka turmushga chiqqan tanishlarimiz ham avval u yigitni tanib chin musulmonligiga ishonib ,ota onasini roziligi bilan turmush qurishgan ,hozir ular bahtli deya olaman chunki yigit mo'minligini his qilib yashaydiganlardan .
lekin besh qo'l barobar emas ,har holda ota onalar ham surishtirib ish qilishlari kerak .
bu kapalak opani keltirgan ma'lumotlaridan yuragim yonib ketdi .

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Noyabr 2009, 09:42:42

Shu mavzudagi barcha post va hikoyalarda o'zbekning musulmonlik g'ururiga atayin urg'u berib o'tilayotgan ekan, bu narsa maniyam fikr bildirishimga xohlasam-xohlamasam majbur etmoqda. Bizdagi "musulmon" so'zi "o'zbek" ma'nosida ishlatiladi. Haqiqiy dindor ma'nosida emas. Mana shu bizni jarlikka yetaklab ketayotgan illatlarimizadan biridir. Aforizm mavzusida etganimdek biz o'z qarichlarimizni eng to'g'ri standart qoidalariga sozlab olishimiz kerak. Shundagina hayotimiz oydek tiniqlashadi va tushunmovchiliklar anchagina kamayadi.
Tengi-tengi bilan emasmi?
...Ba'zilarning yoshlarida xuddi ota-boladek tafovut bor. Savol tug‘iladi: oradagi shuncha farq bilan ikki inson bir-birini tushunib umrbod turmush qurib keta olarmikan? Dunyoqarashlarida yer bilan osmoncha ayrilik bunga xalal bermaydimi?...
Mana shu yerdagi mulohazalarga bir e'tibor bering, qaysi o'lchov asosida gapirilmoqda? Payg'ambarimiz (s.a.w) va Oisha onamiz (r.a) oralarida qanchalik tafovut bo'lgan? Ulardagi bu tafovut hamda dunyoqarashligi qurilgan turmushligiga biron marta bo'lsa ham halaqit berganmi?!

 :as:

lolo, yuqoridagi fikrlarni o'qigan bo'lsangiz, u yerda ikki musulmonni nikohi haqida gap ketmayapti. U yerda g'ayridin bilan bir musulmon farzandini nikohi haqida gapirilyapti.
Mo'mina, deganim yo'q, musulmon dedim. Allohni bir-borligiga ishongan har bir musulmon, lekin hamma ham mo'min va mo'mina emas. Shuning uchun bu yerda ularni musulmon o'zbeklar deyilyapti. Chunki bunday oilalarda Islomiy hayot bo'lmasada, hech bo'lmasa, yilda 2marta namoz o'qiydiganlar topilib qoladi. Shuning uchun ular musulmon hisoblanadi.
Keyin yana barcha fikrlarni o'qigan bo'lsangiz, ularda haqiqiy iymon,hayo bo'lganida bunday ishlarni qilishmagan bo'lardi, deyilgan gaplar bor. Bu yerda hamma o'zbekni musulmon degan joyi bordir, lekin mo'min degan joyi yo'q. Buni esa farqi bor.
Yosh tomonidan ham xuddi shu. Birinchidan buni diniy ilmga ega bo'lmagan (menimcha) jurnalist yozgan.Bitta katta yoshli koreys kishisi bilan o'zbek qizini nikohiga Rasululloh SAV va Aisha r.a.larning nikohlarini misol qilishingiz biroz g'alati.
Siz iqtibos qilgan maqolda umuman bu narsa nazarda tutilmagan va hamma u yerdagi gaplar diniy tomondan emas, balki dunyoviy mulohazalar bilan berilgan.
Shuning uchun bunday gaplarni bo'lishi tabiiy.

Qayd etilgan


lolo  22 Noyabr 2009, 16:31:22

Sunnatga amal qilmaslik uchun bahonalar talaygina topa olamiz, hamma kamchiligimiz shunday bahonalarni izlashga kirishib ketganimizada. "Hay to'htachi, Alloh va rosuli rozi bo'ladigan ishmikan" deb fikrlab ko'rish yo'q.

Munira honim eng muhim narsani eslatib o'ttila. Jurnalistlar. Ha, bizni turmush-tarzimizni deyarli boshqaradigan shu jurnalistlardir. To'g'ri, aqlli, farosatli jurnalistlar ko'p, lekin maqolasida sifatga emas songa ahamiyat beradigan saviyasi past jurnalistlar undanda ko'pdir. Sodda xalq qayerga qaramasin ularni fikri chiqib kevurganidan noiloj ulardek fikr yuritish onglariga beihtiyor singib bormoqda.

Dinimizdan faqat Namoz qolgani shu bo'lsa kerak. Qolgan hamma masalalarda yengicha qoidalar ko'payib ketgan. Alloh barchamizga tavfiq bersin. aamin.

Qayd etilgan


lolo  22 Noyabr 2009, 16:38:06

Bu obshiy gapla edi, undan oldingi postimda ham Munira honimni gaplariga yozgan emasdim.

Ha, mayli......

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Noyabr 2009, 15:47:41

:as:
Chet elga qiz berisham bir tamondan foydali. Har holda jamiyatti quloqsiz, odopsiz qizladan shu yo'l bilan qutulish onson va xavsiz deb o'ylimiza.

Assalamu alaykum.
Lekin chet elga uzatilayotgan bunday quloqsiz va odobsiz qizlar, bundan boshqa "go'zal xislatlarni" orttirib Vatanga qaytmasligiga kim kafolat bera oladi?
Bunisi eng ayanchli holat menimcha....

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  23 Noyabr 2009, 16:40:48

:as:
Chet elga qiz berisham bir tamondan foydali. Har holda jamiyatti quloqsiz, odopsiz qizladan shu yo'l bilan qutulish onson va xavsiz deb o'ylimiza.

Assalamu alaykum.
Lekin chet elga uzatilayotgan bunday quloqsiz va odobsiz qizlar, bundan boshqa "go'zal xislatlarni" orttirib Vatanga qaytmasligiga kim kafolat bera oladi?
Bunisi eng ayanchli holat menimcha....
Chiqqan qiz chig'iriqdan nari. Berilvotgan paytda bratola surgun qilib beramizade :)

Qayd etilgan


saltanat  24 Noyabr 2009, 11:15:12

 dolzarb mavzu.
 man koreyadaman va bu yerga turmushga chiqib kelgan qizlarni bir nechasini ko'rdim, ko'rmaganlarim haqida ko'rganlardan eshitdim, ana shularni sizlar bilan o'rtoqlashay, balki shu yo'lga qadam qo'yayotgan qizlarimizning barchasi bo'lmasada ba'zilari bir o'ylanib ko'rarlar....
 Bir vodiylik qiz koreysga turmushga chiqibdi, qiz yosh 20ga kirib ulgurmagan,onasining hoyu-xavaslari, mol-dunyoga o'ch nafsining qurboni bo'libdi.Aytishicha,kuyov bilan ko'rishmagan, kuyov yigit qizning fasmini ko'rgan va uylanishga rozi bo'lgan.Endi qizni rasmini qaydan ko'rdi? degan savol bo'lishi tabiiy, Munira xonim aytgandek o'zbekni musulmonlari nimalarga yo'l topmayaptiki,bunga yo'l topmagani.Xullas toshkentda bir ofis bor ekan chet ellik kuyovlarga qizlarni "reklama qiladigan", anashu ofis ishchilari qiz so'raganlarga rasmlarni e-mail orqali junatarkanlar...qisqasi toy bo'lib otgan, ona xursanddir koreys kuyovli bo'lganiga,biroq qizning hayotini eshiting.Kelin bo'lib tushgan uyi shahardan ancha uzoqda, buyam etmaganiday ular yashaydigan joyda bironta qo'shni yo'q, buning ustiga cho'chqa boqadigan xonadonga kelin bo'lgan, siz cho'chqa boqadigan deganda 3-4ta cho'chqani oylamang, cho'chqa fermasida ishlaydigan oilaga kelin bo'lgan.Kuyov yigitning yoshi anchagina katta,orzu-xavas bilan kelinni olib yuradiganmas,qizgina qochgani joy topolmaydi,na yo'l biladi na til biladi, yana shu xoliga xomilador ham bo'lib qolibdi.O'zbekistondan bir ayol--onasining dugonasi kelgan ekan u ayolga yalinib--jon xolajon, mani obketing, nima qilsa onam qildi, man bu joylarda yasholmayman-- deb qon yig'labdi. 20 yoshli qizga o'zimizda er yo'qmidi? qizi shu xayotda qiynalib yashayotganidan ona o'z aybini bilib  vijdoni qiynalmayaptimikin? bunday xolga tushgan qizlarni man yashnab turgan gulg'unchani uzib vazadagi qaynoq suvga sob qo'yganga o'xshatdim, buningday xolatga tushib qolgan qizlarga Allohim kushoyish bersin, qizlarini uvol qilayotgan nafs bandalariga Yaratguvchining O'zi kifoya qilsin. 

 Turmushga chiqayotgan qizlar kinolardagidek xayotni o'lamasinlar, ular faqat kinoda,xayotda umuman boshqa xolat. Allohim barcha badalaringni bergan rizqingga qanoat qiladiganlardan qilgin,amiyn.

Qayd etilgan


shoir  24 Noyabr 2009, 11:24:24

Ҳммм, Аллоҳ нажот берсин.
Бу ерда қизнинг сзида ҳам айб бор. Тегмайман деб туриб олса, уни ҳеч ким мажбур қилолмасди. Менимча, у худди корейс сериалларидек романтикага тсла ҳаётни орзу қилгандир. Ҳа, олдинроқ суриштирмайдими, мундоқ. Куёв бслмиш тоға ким, нима иш қилади? Сал ақли ва иймони бор қиз ҳеч қачон бу тасқара ҳаётга рози бслмасди.
Менимча, барча айб сзида!

Qayd etilgan


saltanat  24 Noyabr 2009, 12:04:39

 yana biri, man u qiz bilan yuzma-yuz suxbatlashdim, uyam vodiydan, to'grisi uyalib ketdim bunday yurtdoshlarimdan.
 Bu qiz ham avvalgi qizdek rasmini reklamasi bilan erga tekkan,kelin bo'lib kelib 2 oycha birga yashagan, shu vaqt ichida qiz jinsiy tomondan amaliyot bo'lgan, shifoxonadan chiqqach eri uydan haydab yuborgan,sabab qizning amaliyot bo'lgani emas,gap boshqa yoqda... qiz til bilmasa, yo'l bilmasa qayga boradi? Xarakteriyam o'ynoqiroq ekan ernikidan quvilgach tanishlariga telefon qilgan, ular bir uy topib joylab qo'ygan, biroq yashashi uchun o'zi pul topishga majbur, ish qidirgan, ish bilan birga "er" ham topilgan, qiz bu erkak bilan yashay boshlagan,biroq ishlagan joyida ko'p ishlamas ekan, nimadir sabab ishdan haydalarkan,keyingi hayoti qanday bo'lganidan xabarim yo'q.
 Endi o'ylab ko'raylik qizlarimiz buningday tarbiyani kimdan, qayerdan oldilar, naxotki biz o'zligimizni shunchalik unutib, dunyo bolasi bo'lib qolgan bo'lsak, buningday buzilishlarning asosiy sababi "dunyoda yashab qol" degan tushunchalarni kishilar ongiga singib ketgani emasmi? Bizni avlodlarimiz musulmon bo'lib o'tganlar, lekin biz qachon chin musulmonlikni tushunib yetamiz?Qachon islomiy ilmlarimizga amal qilib mo'min bo'lamiz?
  Yo Rabbim,O'zingga qulligimizni esda saqlashimizda bizga yordam ber,Omiyn.

Qayd etilgan


saltanat  24 Noyabr 2009, 12:21:49

Ҳммм, Аллоҳ нажот берсин.
Бу ерда қизнинг сзида ҳам айб бор. Тегмайман деб туриб олса, уни ҳеч ким мажбур қилолмасди. Менимча, у худди корейс сериалларидек романтикага тсла ҳаётни орзу қилгандир. Ҳа, олдинроқ суриштирмайдими, мундоқ. Куёв бслмиш тоға ким, нима иш қилади? Сал ақли ва иймони бор қиз ҳеч қачон бу тасқара ҳаётга рози бслмасди.
Менимча, барча айб сзида!

man qizni oqlayotganim yo'q, aqlli qiz o'zini g'ayridin bilan yashashini xatto tasavvur ham qilib ko'rmasa kerak, lekin shu qizni o'z nafsi uchun "sotgan" onaning qilmishini o'ylab turib, hozirgi kunimizda oiladagi boshqaruvchilik rolini ayoliga berib qo'ygan "er" larni va "otalar"ni ayblaymizmi yoinki "lattaparast, pulparast" ayollarnimi degan o'yga borib qoldim.Farzandlar ilk tarbiyani o'z uylarida oladilar, erkak o'z maqomida turmasa, ayol erining burnidan ip o'tkizvolsa,erkaklar bu xolatlarga loqayd qarasalar...alaloqibat biz qayaqqa qarab ketyapmiz?

Endi surishtirmaydimi degan gapizga keladigan bo'lsak, xozir ikki mahalla naryoqdan sovchi bo'lib kelgan ayollar umrida peshonasi sajda ko'rmagan, ayshu-ishratga berilagan o'gillarini "voy o'glimiz aqlli-xushli, ichmaydi,chekmaydi,5 vaqt namozini vaqtida o'qiydi" deb musulmon ayollarimiz maqtab turadi,bu gaplarga ishongan qancha odamlar bolasini baxtsizligidan kuyib qolyatgan shu zamonda, dunyoning narigi chetidagi erkakni nima deb kimdan surishtiradi, ayniqsa pul uchun "savdobop tovar" bo'lib turgan qizni dod-voyiga kim quloq soladi?
 

Qayd etilgan