“Kimdan o’rnak olamiz” mavzusida bolalar uchun turkum mashg’ulotlar.  ( 9917 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:39:29

8. Jamarotda tosh otish. Toshlar to’plash (sanash, qo’shish, ayirish kabilarni o’rganish uchun)


Jamarotni oldin bolaga tushuntiriladi. Iloji bo’lsa uydagi bor jihozlardan jamarotga o’hshash joy quriladi.

Toshlarni sanab savatchaga solish, sanab otish. Tosh qanchalik bo’lish kerakligini Hajni qanday qilaman qo’llanmasidan o’rgansa buladi. (nohatday, danakdan kichik bo’lishi kerak ekan).

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Noyabr 2009, 06:41:12

Hadis:

Abu Hurayrah r.a Payg’ambar sollallohu alayhi wassalamdan shunday rivoyat qiladi: "œInson vafot etsa, uning amali uziladi, ammo uch narsa (to’htamay yetib turadi): sadaqai joriya, qoldirgan manfaatli ilm va haqqiga duo qiladigan solih farzand." (Sahih Muslim 4005 raqamli hadis)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Noyabr 2009, 05:38:53

2. Rasmga ko'rsatilgan taqwiym kabi bolalar uchun islomiy taqwiym burchagi yasab berishingiz mumkin.



Kerakli materiallar: (aslida bular bo'lmasada, hamma narsani qo'lda yozib, chizib tuzsa ham bo'ladi inshaAlloh, lekin ishim tezlashsin, bir tekkisda chiroyli chiqsin, qulay bo'lsin deganlar tayyor materiallarni printer'dan chiqarib ishlatishlari mumkin inshaAlloh.)
Bolalarning yoshi kattaroq bo'lsa mashg'ulotni asosiy qismini o'zi bajarishi kerak. 12 ta oyning nomlarini oqilishi va yozilishini arab tilida qo'lda yozilsa yanayam foydali bo'ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Noyabr 2009, 05:41:46

Namoz va Duo burchagi
Namoz va Duo burchagi oilaviy bolalar hamda ota onalar uchun foydali ma'lumotlar to'plami bo'ladi degan niyyatda qilingan mashg'ulot natijasi. Namoz va Kundalik kerakli zikrlar, namoz vaqtlari haqida o'rganishgan mo'ljanllangan. Quyidagi qisqacha shu proektimiz haqida:



Nimalar o'rganishimiz mumkin?

1 Namoz Qismi:




1. Namoz nomlari arab tilida.

2. Namoz vaqtlarini rasmlar orqali kun/tunning qaysi qismidaligini o’rganamiz

3. Kunlik/haftalik namoz vaqtlarini yozib turishni, soatdan namoz vaqtlarini topishni.

4. Kunlik 5 vaqt namozdan keyin aytiladigan zikrlarni. Bu eslatma uchun qilingan. Ba’zan namozdan keyin odam chalg’iydi, nimadir bo’lib namozdan keyingi zikrlar qolib ketadi. Shunday paytlarda ko’zi mana shu namoz burchagiga tushsa ushbu eslatmani ko’rishi va zikrlarni aytishi mumkin. Masalan bamdod/shom namozidan keyin:


Allohumma innee deb boshlanadigan duo
Astag’firulloh (3)
SubhanAllah, Allohu Akbar, Alhamdulillah (33 marotaba)
An Nas, Al Falaq, Al Ihlos suralarini (3 marotaba) o’qishlik
la ilaha illa Allohu wahdahu laa shareeka lah... zikrini 10 marotaba o’qishlik kabilarni eslatib turadi.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Noyabr 2009, 05:45:07

2-Duolar qismi:



Ushbu duolarni ham alohida alohida kitobcha shaklida qo’ydik. Kerakli vaqtda olib hali yodlamagan duolarni o’qib qaytaramiz, yod olganlarimizni bir qator qayta takrorlab olamiz. Har kuni o’qib turishlik bilan sekin sekin hotirada ham saqlanib qoladi inshaAlloh. Rasmlar bilan qaysi duo qaysi cho'ntakchada joylashgan oson topib olinadi (bolalarni yoshlari sal kattalashgandan keyin ular ham foydalansa bo'ladi inshaAlloh)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Noyabr 2009, 05:47:04

1.Namoz ichidagi duolar:



Qiyomda turganda: namoz boshidagi duolar
Rukuda- rukudagi va rukudan ko’tarilayotgandagi duolar
Sajdada- sajdadagi, ikki sajda orasidagi, tilovat sajdasi duolari
Qa’dada (jalsa)-salowat aytish, tashahhud, ohirgi tashahuddan keyingi salomdan oldingi duolar, salomdan keyingi duolar kabi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Noyabr 2009, 05:51:39

2. Kundalik kerakli duolar:

Uhlab turganda o’qiladigan duolar
Ertalabki duolar
Kechqurungi zikrlar
Uhlashdan oldin aytiladigan zikrlar



Qayd etilgan