Ilm va ziyo > Dizayn

Photoshop Dasturida Muqova tayyorlash

(1/2) > >>

Nоdirbek:
Mashq daftar uchun muqova tayyolash kerak bo’ldi-yu biz buni bilmaymiz. Buning uchun bizga bu mashq yordam beradi.

1. Photoshop dasturini ishga tushiramiz va 500x300 piksel o’lchamda yangi oyna ochamiz va #6e6e6e rangida bo’yab olamiz.


2. Yanqi qavat (layer) ochamiz(Ctrl+Alt+Shift+N) va asboblardan "œRectangular Marquee" (M) asbobini tanlaymiz.

Ushbu asbob yordamida quyida ko’rsatilgandek shakl chizamiz va ushbu shaklni #eeeeee randiga bo’yab olamiz.


Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va ushbu qavat (layer)ni nusxalaymiz

(Ctrl+J) va oynamizni o’ng tomoniga olib o’tamiz.


Shundan keyin biz muqovamiz bir-biriga bog’lanadigan joyga uch o’lchamli shakl tayyorlaymiz.

Ushbu qavatni Select > Load Selection buyrug’ini tanlash orqali belgilaymiz.

3. Yangi qavat(layer) ochamiz, (Ctrl+Alt+Shift+N) "œGradient" (G) asbobini tanlab,

ranglarni qoradan shaffofga moslaymiz va chap tomondan ichkariga qarab gradiyent chizamiz.


Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Ctrl+J tugmalarini

bosish orqali ushbu qavatni nusxalaymiz va ushbu qavat hajmini kichraytiramiz.


4. Ushbu qavatni pastdagi qavat bilan birlashtirish uchun Ctrl+E tugmalarini bosamiz. Endi esa ushbu

qavatni nusxalaymiz (Ctrl+J) va bu qavatni gorizontal tomonga o’girish uchun Edit > Transform > Flip Horizontal

buyrug’ini tanlaymiz va ushbu soyani muqovamizning chap tomoniga olib o’tamiz.


5. Endi ushbu qora shakl yoniga oq shakl chizib olishimiz kerak. Buning uchun yangi qavat(layer)ochamiz,

(Ctrl+Alt+Shift+N) "œRectangular Marquee" (M) asbobi yordamida quyidagicha shakl chizamizda tezlik bilan

"œGradient" (G) asbobini tanlab, ranglarni oqdan shaffofga moslab, shaklimizning chap tomonidan ichkariga qarab chiziq chizamiz.



Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Filter > Blur > Motion Blur:


Ushbu bosqichni muqovamizning chap qismiga ham qo’llaymiz.


6. Ushbu bosqichda ikkita muqovani bir-biriga bog’lab chiqamiz, demak,

"œLine" (U) asbobini tanlaymiz (Weight: 3 px) va quyidagi rasmda ko’rsatilgan joyga oq rangli shakl chizamiz.


Ushbu qavatni tanlaymiz va Layer > Rasterize > Shape va Select > Load Selection.

7. Yangi qavat ochamiz, (Ctrl+Alt+Shift+N) bu qavatni "œsim1" deb nomlab olamiz va

"œGradient" (G) asbobini tanlab, ranglarni qoradan shaffofga moslab, shaklning qog’ozga birlashgan joylariga gradiyent chizamiz.


Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va Edit > Free Transform buyrug’ini tanlab,

shaklni ozgina o’ng tomonga qiyshaytiramiz.


Layer > Layer style > Inner Shadow:

Outer Glow:


Shundan keyin bizda quyidagicha natija hosil bo’ladi:


8. Endi qog’oz uchun teshik tayyorlaymiz yani shu teshikga sim kirib ikkita qog’ozni birlashtirib turishi uchun.

"œsim1" qavatni ostidan yangi qavat ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) va "œElliptical Marquee" (M)

asbobi yordamida quyidagicha shakl chizib qora rangda bo’yab olamiz.


Belgilangan joyni o’z holatiga qaytarish uchun Ctrl+D tugmalarini bosamiz va ushbu qavatni nusxalaymiz(ctrl+J)

va muqvaning o’ng tomoniga olib o’tamiz.


Endi simli qavat va ikkita qora aylana chizilgan qavatlarni birlashtiramiz (Ctrl+E) va ushbu qavatni

bir necha bor nusxalab(Ctrl+J) ketma-ketlikda joylab chiqamiz.


Simli qavatlarni birlashtirib chiqamiz (Ctrl+E) va Layer > Layer style > Drop shadow:


Natija:


9. Ushbu qavat ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosamiz va Create Layer buyrug’ini tanlaymiz.


Ko’rib turganimizdek bizda yana bitta qavat paydo bo’ldi. Ushbu qavat ostida oxirida drop shadow yozuvli qavat bor

o’sha qavatni tanlaymiz. "œEraser" (E) asbobini tanlaymiz va mo’yqalamlardan 13 px, yumshoq mo’yqalamni tanlab,

yon tomondagi soyalarni o’chirib chiqamiz.


10. Nihoyat oxirgi bosqichni bajaramiz. Simli qavatni tanlab nusxalaymiz(Ctrl+J) va

Edit > Transform > Flip Horizontal va "œMove" (V) asbobi yordamida ozgina yuqoriga ko’taramiz.

Ushbu nusxalangan qavatni barcha qavatlar ostiga olib o’tamiz, yani orq fon (background) qavat yuqorisiga.


Endi esa, Layer > Layer style > Color Overlay:




Nihoyat mashqimiz tugadi. Ushbu mashqimiz siz uchun foydali bo’ladi deb umid qilamiz.


Muallif: PhotoshopStar
Tarjima va qo’shimcha: Nodirshoh

Mahdiyah:
Alloh rozi bo'lsin katta rahmat.
Man ham PhotoShopga juda qiziqamanu uncha muncha narsani bilmiman.

Iloji bo'sa odamga yo biror bir obyektga soya qilishni ham o'rgatsangiz.
JUda foydli va qiziqarli maqolalar uchun yana bir bor rahmat.

lolo:


g'alati chiqtiya?!

Nоdirbek:
lolo sizniki juda chiroyli chiqipti :)

Nоdirbek:

--- Iqtibos: Mahdiyah  21 Noyabr 2009, 07:34:47 ---Alloh rozi bo'lsin katta rahmat.
Man ham PhotoShopga juda qiziqamanu uncha muncha narsani bilmiman.

Iloji bo'sa odamga yo biror bir obyektga soya qilishni ham o'rgatsangiz.
JUda foydli va qiziqarli maqolalar uchun yana bir bor rahmat.


--- End quote ---

Mana bu mashqni o'rgansangiz soya tasvirlashni o'rganib olasiz.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version