Muallif Mavzu: Boborahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)  ( 10379 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)
« Javob #15 : 21 Noyabr 2009, 20:07:53 »
Boborahim qizlar bilan sira gaplashib o’rganmagan. Lekin pirining cho’ri va kanizaklari bemalol, erkin yurishadi. Ularni har kuni yumush yuzasidan ko’radi. Lekin bu shu qadar odamga yoqadigan savollar beradigan shirin til qizni birinchi ko’rishi.
– Mullaka, nega sizni devona deb chaqirishadi? Hecham devonaga o’xshamaysiz-ku?
Boborahimning javobini kutib o’tirmay o’zi javob beradi:
– Devonalar yaxshimi? Devona emaslarmi? Yana o’zi javob beradi:
– Menga qolsa, devonalar yaxshi.
Ular kunjakdagi ahli ayol istiqomat qiladigan hashamatli imoratlar qator-qator joylashgan chiroyli hovliga qarata ochilgan bog’ eshikka yetib keldilar. Boborahim savatni qizning qo’liga tutqazdi. Shunda qo’li olovga noxos tegib ketganday jazilladi va darhol qo’lini tortib oldi. Va shitob bilan bog’ ichkarisiga kirib ketdi.
Boborahim dosh berolmadi.
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)
« Javob #16 : 21 Noyabr 2009, 20:08:50 »
Boya olma tepasida turib qizning yuzini ko’rganda, uning ikki yonog’i benihoya nafis yasalgan ko’zacha kabi o’ta nozik chiziqcha hosil qilganini ko’rgan va yuragi nogahon titrab ketgandi. Hozir, mana savatni uning qo’liga tutqazayotib yana nogoh uning chehrasiga ko’z qirini bir zum tashladi va bu oq-sariqqa moyil qirg’izcharoq chehra dunyodagi barcha eng nafis ko’zachalardan ham go’zalroq va otashinroq ekanligini ko’rdi. «Sadbarg... sariq sadbarg...» – xayolidan o’tkazdi u. Zumda onasini esladi va ko’z o’ngiga keltirdi. U qizni shu zahoti, shu tobda yana ko’rgisi keldi. Uning lolaruh yuziga to’yib-to’yib qaragisi keldi. «Onamning isi kelayotir, – deb o’yladi u. – Onamning isi kelayotir... O’zing kechir, rabbimo».
U go’zal narsalarni ko’rsa, titrab dunyoga sig’may ketardi.
Boborahim yana o’zining hech qayerga sig’may borayotganini his qildi. Bu tarovatli olmazor, bu qushlar xonishi, bu Kubro, G’azzoliy va Attor haqidagi savol-javoblar – hamma-hammasi hech narsaga keraksiz, arzimas aql o’yinlari bo’lib, injiqlik, soxtakorlik bo’lib tuyuldi unga.
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)
« Javob #17 : 21 Noyabr 2009, 20:09:53 »
Ertaga u pirning ko’ziga qarolmaydi. Nigohiga dosh berolmaydi. Ertaga u pirga bog’lanib o’tirolmaydi.
Yo’q-yo’q, ketmoq kerak. U yo’llarga g’azallar aytadi. Tunlar oq teraklarning ustiga chiqib to’lgan oyga qarab hech to’xtamay baytlar o’qiydi. Dunyoning barcha baytlarini oyga aytadi. Vayronalarga aytadi u g’azal-larini, vayronalarda «xiyp-xiyp» deb ulayotgan chug’zlar bilan baravar masnaviylar o’qiydi. U o’zi kabi dardmandlar va jigar-bag’ri kuyganlarni axtaradi. Ular bilan dunyo bog’ining yo’llarini kezadi. Uni bekor devona demaydilar. U yo’llarning devonasi. Yo’llarga, samolarga tinmay o’qilaturg’on masnaviylar – mungliq baytlar devonasi.
Boborahim shu kuni va yana bir necha kun o’zidan-o’zi «Ko’rdim yuzungni...» deb to’xtovsiz takrorlab yurdi. So’ng birdan qizilga burkangan va uning oldida birpas qizil kapalakday parvoz qilib borgan, havoyi, erkin qizning: «Devonamisiz?» – deb so’raganini esladi. «Ha, devonaman, devonaman, devonaman», deb qaytaraverdi. «Sen axir devonalarni yaxshi ko’rasan-ku...» So’ng tunda tanbur mashq qilib o’tirib, birdan so’zlar o’z-o’zidan quyulib keldi:

– Ko’rdum yuzungni devona bo’ldum...


Dil ba Yoru, dast ba kor.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)
« Javob #18 : 21 Noyabr 2009, 20:11:33 »
Shu kecha Boborahim yana Majnunni tush ko’rdi. Majnunning yuzi ikki ko’zachaga o’xshardi. U ko’zalarga Majnun ko’zlaridan yosh quyulib oqar, ko’zachalar to’lib-toshib tinimsiz Majnun ko’ksiga shovullab oqardi. Majnun baland qir ustida o’tirar, uning orqasida xuddi Boborahimnikiga o’xshash yilqichilarning ko’k o’tovi qurilgan edi. Majnun o’tovga qaramas, oyog’idan ming teshik bo’lib ketgan chorig’ini yechib hadeb yerga urib qoqar-di. Choriq ichidan hech narsa tushmasdi. Lekin Majnun yirtiq choriq ichiga go’yo sahrolarning qumlari to’lganday uni to’xtovsiz yerga urib qoqardi. Yirtiq chorig’ini yerga urib qoqayotgan Majnun Boborahimning xayoliga qattiq o’rnashib qoldi. Keyin Boborahim yana bir tush ko’rdi. Unda Majnun o’sha yirtiq chorig’ini Boborahim-ga berdi. Boborahim shu zahoti uni cho’llarda yorilib ketgan oyog’iga kiyib oldi.
Necha zamonlar o’tib Boborahim bu choriqni Balxda dor tagida cho’nqayib yerga qoqib o’tirdi. Choriq endi ilma-teshik bo’lib ketgan, lekin hali kiysa bo’lardi...

Tamom.
Dil ba Yoru, dast ba kor.

 

Amir Alisherning tavbasi. Ibrohim G'afurov (hikoya)

Muallif MuhyiddinBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 7253
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 20:24:21
muallifi Muhyiddin
Ibrohim G'afurov. Dil erkinligi (hikoyalar, mansuralar)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1119
So'nggi javob 26 Avgust 2013, 16:26:56
muallifi AbdulAziz
Ibrohim G'afurov. Iltijo (mansuralar)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1122
So'nggi javob 26 Avgust 2013, 16:28:14
muallifi AbdulAziz
Teri (hikoya). Roald Dal

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2890
So'nggi javob 10 Sentyabr 2006, 08:46:30
muallifi AbdulAziz
Orzularingiz uchun 2 baho olganmisiz? (hikoya)

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 6163
So'nggi javob 04 Oktyabr 2015, 05:34:31
muallifi Sherdil