Amir Alisherning tavbasi. Ibrohim G'afurov (hikoya)  ( 8119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:22:01

Mirhoji Pir sultoni mansurning arzanda oshpazi. Xurosonda unchalar laziz taom pishiradigan va go’zal dasturxon tuzaydurgan kimsa yo’q. Keyingi paytlarda sultoni mansurga yaqin. Hatto sirdosh desa ham bo’lur. Mulozimning shohga bunchalar yaqin bo’lishini Navoiy ilgari hech ko’rmagan. Sulton Mahmudga go’zal Ayoz qanday bo’lsa, Mirhoji Pir ham hozir podshohga shunchalar suyukli... Ammo ne gap o’tti ekan?
Alisherning qaytganini va ne uchundir behol darvo-za ortiga suyanib turganini payqagan ziyrak mulozim-lar yugurib kelib, uni qo’ltiqlab oldilar.
— Sizga ne bo’ldi, pirim? Tobingiz qochdimi? — deb tashvishlanib, darhol uni avaylab ichkari muzayyan xonaga oldilar.
Alisher bir zum ichida ko’ksi, lablari ortiq quruqshab ketganligini sezdi. Gulob va shinni keltirdilar. Alisher tut shinnisidan andak tamshanib totingan bo’ldi. Shinnining o’tkir ta’mi ko’ksidagi og’riqni bosganday bo’ldi.

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:22:33

Lekin shu tobda saroyda Mirzo huzurida qanday gap bo’lmasin, Alisherga hech qanday ahamiyati qolmaganday tuyuldi. Biroq «Nega podshoh oshpazining ortidan uyalmay-netmay yosh boladay yugurdim», degan savol miyasini o’ymalar va unga javob topishga qiynalardi. Axir pod-shoh: «Bor, senga butun Movarounnahrning ixtiyorini berdim», — deganda ham, u bunday apil-tapil chopmas edi-ku. «O’g’onimga ma’lum, chopmas edim va menga bunday ixtiyorning lozimi yo’q edi», deb takrorladi ichida Alisher. Bir darvesh aytgan ekan: «Burga bosgan to’shakda yotib bo’lmagay. Tik turib uxlagan yaxshi». «Seni mabodo o’y talasa ham, uxlay olmas eding, ey darvesh!   —  deb ichida xitob qildi Navoiy. — O’y degan narsa burgadan xam qattiq talaydi va seni holdan toydirib yiqitma-guncha qo’ymaydi. Bakovul ikki og’iz gapni shunchalar sirli va mahramona qilib aytdiki, har qanday odam uning ortidan yugurmay iloji yo’q edi. Mening qonimda esa sirli narsalarni bilishga qiziqish bor. Aziz bobolarimdan, ularning ko’kaltoshlik hunaridan qolgan bu odat menga. Lekin saltanat buyuk amirining saroy oshpaziga elanib chopganini tarix tarix bo’lib ko’rmagan bo’lsa kerak. Sharmisorlik», — deb afsus bilan takrorladi Navoiy. Butun Xuroson va ikki daryo orasida she’rlari yod o’qilaturg’on shoirning oshpaz ketidan yosh go’dakday yalinib chopganini kim ko’rgan axir? Navoiy takror-takror shu haqda o’ylar ekan, badani qizib, isitmasi chiqa boshladi. Tama-ku bu! Tama-ku bu! — deb qaytardi u bir necha marta. Mana, shohlarga xizmat qilishning oqibati! Mana, shohlarga yaqin bo’lishning oqibati! Mana, har bir asarda madhiyalar aytmoq va qasidalar to’qimoqning oqibati! Uyal, ey shoir! Ko’zingni och, ey Navoiy. Shohlardan elga imdod umidi qilmok va iltifot kutmoq kishi boshiga xorlik keltirgay.

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:23:15

«Oshpaz ortidan yugurgan buyuk amir! Oshpaz ketidan chopgan ulug’ shoir!» Seni bu ahvolda yosh bola ham o’yin-choq qilib oladi!» — Navoiy o’zini ayamay masxaralay boshladi. O’zini ayovsiz savalarkan, birdan Mirhoji Pir atay shunday qilgan degan o’y miyasini sirqiratib o’tdi. El oldida Navoiy ustidan kuldi. Navoiyni yosh boladek o’ynatdi. Nechuk haddi sig’di? Nechuk jur’at etti?»
Navoiy shunda Mirhoji Pir ilgari ham shunday sirli gaplarni saroy a’yonlariga shipshib yurganini esladi. Mirhoji Pir oddiy gap-so’zlarni ham sirli qilib aytishga usta komil edi. Buning ustiga podshohning arzanda bakovuli bo’lgani uchun uning og’zidan chiqqan eng jo’n gaplar ham boshqalarga g’oyatda sirli tuyulardi. Navoiy Mirhoji Pir shu bugun kechasiyoq yangi vazirga bu g’aroyib voqeani xir-xir kulib so’ylab berayotgani va yangi vazirning ko’ksi tog’day yuksalib borayotganligini yaqqol tasavvur qildi.
U ingrab o’rnidan turib ketdi. Tashqariga chiqdi. Oqshom tusha boshlagan bog’da qushlarning kechki xonishlari avjga mingan edi. Mulozimlar yugurib keldilar. «Pirim, buyuring», deb qo’l qovushtirib turdilar. Navoiy ularni o’z yumushlariga qaytardi. Bir narsaga qat’iy qaror berib darvozaga yo’naldi. Mulozimlar uning ortidan tashvish-xavotir ichida kuzatib qoldilar.

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:23:48

Alisher hech qayoqqa qaramay va hech narsaga chalg’imay to’g’ri ota-onasining mozoriga yetib keldi. Quyosh botib borarkan, uzoq tilovat qildi. So’ng boshini yalang’ochladi-da, ota poyining tuprog’idan hovuchlab olib boshi ustidan sochdi. Bir sochdi. Ikki sochdi. Uch sochdi. Sochaverdi. So’ng to Hirot quyoshi botib, atrofga qorong’ilik cho’kkunicha qabr  poyiga yukunib o’tirdi.
Mirhoji Pir Alisher ustidan kutilmaganda shunday g’alaba qozongandan so’ng bosar-tusarini bilmay qoldi. Uning taxti ravoni Hirot ko’chalarida qirmizi yalov kabi uchardi. Taxti ravon jilovida yigirmata go’zal yigitchalar zebo kiyimlar kiyib, qo’llarida oltin, billur qadahlarda may tutib yuradigan bo’ldilar. Mirhoji Pir hashamatli taxti ravonda o’tirib, o’ynab borayotgan yigitchalar qo’lidan oltin qadahda may ichar, so’ng ularning nozanin chehralaridan o’pib qo’yardi. Ne shohlar, Bahromu Iskandarlar xam bunday dabdaba-yu bazmu maishatni ko’rmagan edilar.
Oradan uch-to’rt oy o’tib mulozimning bu erkaliklari pyuh mansurning qulog’iga yetdi. Shoh bakovul xona-donini talon-tarojga buyurdi.

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:24:21

Ko’p o’tmay Alisher Astrobodga ketdi. Shohdan, saroydan, shahzodalardan butkul umidini uzdi. Bakovul Navoiy Astrobodda ekan, yana shohning ishonchini qozondi. Astrobodda uning shogirdlaridan biri Alisherni zaharlashga urindi. El-yurtda gap tarkaldi. Yana Navoiyning o’zi shoh mansur saroyini bu fitna sharmandaligidan saqlab qoldi. Shov-shuvlarni yolg’onga chiqardi. Shoh yengil tin oldi.
Navoiy umrining so’ngi damigacha saroy bakovuli ortidan yigirma qadam yugurib borganini unutmadi. So’ng bu voqeani «Lison ut-tayr»ga hikoyat qilib kiritdi. Bundan ilgariroq, Navoiy «Hayrat ul-abror»ni tugatarkan, unda shohning boshidan banagoh sho’rpo to’kib yuborgan bakovul haqida yozgan, u hikoyatda hamma shoh endi bakovulni o’limga hukm qiladi deb o’ylagan, lekin shoh bakovulning qattiq xijolat chekkanini ko’rib, uni jazolamagan, buning uyalgani o’limdan ham og’irroq degan edi.
Navoiy bakovulni kechirmadi.
O’zini ham o’zi kechirolmadi.

Tamom.

Qayd etilgan