Photoshop dasturida soya tasvirlash  ( 6348 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  21 Noyabr 2009, 20:31:47

     Ushbu mashqni forumdoshlar takliflariga ko’ra tayyorladik.

     Demak ushbu mashqda, Photoshop dasturida  obyektda soya tasvirlashni o’rganamiz.
     Soya hosil qilish Photoshop dasturida juda ham oson ish desam ishonmasligingiz mumkin, lekin bu mashqda bunga o’zingiz ishonch hosil qilasiz"¦.

1.  Avvalo Photoshop dasturini ishga tushiramiz. (Hammaga CS4 paketni tavsiya qilaman.)
2.   Menyudan File > Open (Ctrl+O) buyrug’ini tanlaymiz va xohlagan rasmni tanlaymiz yoki mana bu linkdan men tanlagan rasmni olishingiz mumkin.
3.   Endi  Layers oynasini ko’zdan kechiramiz, bizda "œBackground" nomli  qavat (layer) hosil bo’ladi:


4. Asboblar qatoridan Quick Selection W asbobini tanlaymiz:


Ushbu asbob yordamida oynamiz oq joyini bir marta bosamiz va bizda mana bunday natja hosil bo’ladi:


5. Kitob rasmini oq fondan ajratib olish uchun Ctrl+Shift+I tugmalarini bosamiz va bizda mana bunday ko’rinish hosil bo’ladi:


6. Endi kitobni o’zini yangi qavat (layer)ga ko’chirib olish uchun Ctrl+J tugmalarini bosamiz va bizda yangi kitobli qavat hosil bo’ladi:


7. Ushbu qavat(layer) ustiga sichqonchamiz chap tugmasini ikki marta bosamiz va bizda yangi  oyna chiqadi:


Buyerdan Drop Shadow ustiga bir marta bosamiz va bizda mana bunday natija hosil bo’lishi kerak:


8. Endi ana shu holatda, tezda, kitob ustiga sichqonchamiz ko’rsatkichini olib boramiz va kitob ustiga sichqonchamiz chap tugmasini bosgan holatda sal pastroqqa va chap tomonga siljitamiz va Drop shadow oynasidan size-15px ga o’zgartiramiz:


Va OK tugmasini bosamiz.


Ko’rib turganimizdek kitobda soya hosil bo’ldi"¦.

Qayd etilgan