Sizni hidoyatga eltgan voqea!  ( 13452 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

BelleQizcha  23 Noyabr 2010, 05:54:58

Juda chiroyli mavzu ekan:-Userlarimiz yozgan postlarni o'qib  juda hursand bo'ldim. Bu yozganilaram albatta kengi userlarga Namoz o'qishga balki Islomga kirishga yordam beradi.
Kamindan Boshlasak:
Bizni Oila aynan rahmatli dadam taraf juda eskicha va Islomiy oilalardan. Dadam Yoshliklarida chet elda yillab o'qib kelgan bo'lsalarda lekin eskicha odadtlarimizni hech unutmaganlar.chet elda o'qigan bo'lsalarda uzbekistonda biron bir o'chiq ayolli ko'rib qolsak doim eyyy yoshlar-yoshlar derdila(bejizga doim yoshlar-yoshlar dimiman yuqqan-de) kiyin hayron qolardim.. chet elda shuncha yashab haliyam shunaqa diydila dib ichimda etardim u paytda hech narsani chunmiydigan destkiy panyatka bo'gan ekanman o'ziyam.
-kiyin bir kun dada nimaga shunaqa diysiz nima siz chet eldaligizda ayolllar unaqa kiyinishmasmidi? digandim/
-o'shanda dadam, qizim chet elda, yalong'och yursenam uyat bo'miydi chunki ullar nasroniy a biza Musulmonmiza-ku digandila... o'shanda juda kotta turki bo'gandi bu gaplari.
Ertasiga, Dadam boshqa shaharga uchib ketgandilar, bir yarim oyollardan kiyin kelib manga Payg'ambarimiz Yusuf allahysalomi kinolarni (seriallarni) ob kegandilar...
-o'ziyam uch kunda u serialli tugatkandik.. manimcha namoz o'qishimga va Islomi tanishimga bu serial juda kotta rol o'ynaydi.
Serialli ko'rganimizdan kiyin, Dadam manga, qizim Biz musulmonmiz, o'shanchun  hayotdan, na nolishga na hafa bo'lishga haqqimiz bor chunki biz musulmonmiz digandilar...
Shu-shu, Nomoz o'qiyman(ko'z tegmasin).
Gunohlarimiz-ku cheksiz qo'ldan kegancha iymon qidiraman har kun.

Qayd etilgan

JaviK  23 Noyabr 2010, 09:58:06

G`ofilning gaflatdan uyg`onishi

Alloh taolo o`zi hohlagan bandalariga hidoyat ato qilar ekan, Allohning suygan bandalari qatorida bo`lganimizga hamdlar bo`lsin.

Shu yilning bahor oylari edi, Islom, iymondan behabar , Ohirat azobidan, Jannat rohatidan behabar bir yosh o`spirin hayitini oddiy kichkinagina bola o`zgartirib yuborishi uning hayoliga kelmagan edi. Juma kuni edi, men doimgidek ish o`rnimda edim, o`zimda 2 yosh kichik bir ukamiz keldida "Javlon aka Jumaga ketdikmi?" bu savoldan gangib qoldim, hali hech kim menga bu savolni bermagan edi. qalbimda shu kichik bolaga ergashib Juma namoziga chiqishlik hohshi tug`ildi,
Hayit namozlaridan oldin Obodadam o`rgatgan tahoratni esimda qolganicha qilib tahorat oldimda Jumaga yo`l oldik, Safda yonimdagilarga qarab namozni tugatib masjiddan ortga qaytar ekanmiz qalbimda o`zizmga o`zim nega shu kungacha Juma namoziga chiqmagan ekanman degan savol kemirardi. Bir qori akam bor shu jumadan keyin ko`rishib qoldik, Unga men bugun Juma namozini o`qiganimni aytdim, Menga  ihlosi tushdimi, har namoz vaqtlarida meni masjidga olib ketaman derdi, men bo`lsam  men namoz o`qishni bilmayman derdim, baribir olib borar edi, tobora masjida bo`lgan ihlosim oshib bordi, Forumda meni yig`latgan holat mavzuidagi barcha postlarni o`qir ekanman, qalbim larzaga kelar edi, Kunlar shu zaylda o`ta boshladi, Bir kuni Juma namozidan chiqishda masjid oldida "Men ham namoz o`qiyman" kitobini sotib oldim, Chin yurakdan o`rgana boshladim. Bir kuni ishdan kech qolib uyga qaytayotgan edim, ko`chada tunda sayr qilayotgan yigit qizlarni ko`rib, Ko`chada aroq shishasi atrofida o`tirganlarni ko`rib, ichimdan qandaydur nafrat uyg`ondi. Sahar tongda Bomdod namozimni o`qidim. Hidoyat ato qilgan Rabbim Allohga hamdlar bo`lsin. Payg`ambarimiz shafoatlarini qiyomatda ko`rishlik nasib aylasin.

Qayd etilgan

Bilolchik  03 Dekabr 2010, 14:44:12

:as:
Meni namoz o'qishga chaqirgan, turtki bo'lgan voqea emas balki holat quyidagi edi:
O'zi asli 7 :as:-8 yoshligimdan buvimga qo'shilib namoz o'qirdim alhamdulillah. Unda namozning asl mohiyati, nima uchun o'qish kerakligini tushunib yetmasdim. Keyinchalik maktabda har-xil qizlarni ko'rdim: sochlarini yoyib yuradigan, tirnoqlarini ikki metr qilib lak qo'yib oladigan, tor-por, kalta-palta narsalar kiyib yuradigan, uyalmay axloqan qizlarga to'g'ri kelmaydigan so'zlarni gapiradigan, og'izlarini kaaatta qilib ochib kuladigan, o'g'il bolalar bilan ko'ziga qarab gaplashadigan....ana shular sabab men namozimning, dinimning qanchalik menga kerakligini tushunib yetdim. Namozim meni soch va tirnoqlarim aynan Alloh suygan muslima qizlarnikidek bo'lishini taqozo etdi, kiyimim, yurish-turishim, gaplashishim, o'zimni tutishim, alhamdulillah Alloh meni sharmanda qilmadi qiyin vaziyatlardayam. Alloh O'zi hidoyat topmaganlarga yo'l ko'rsatsin.  :amn:
postizi uqib chiqib bir narsa mani uylantirdi .aytinchi siz hozirda 5vaqt namoz uqiysizmi,..?

Qayd etilgan

Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 22:27:08

 :as:

Jum'a muborak barchaga!!!

Bilolchik, musulmonlarga namoz o'qiysizmi? 5 vaqt o'qiysizmi 4 vaqt o'qiysizmi 3 vaqt o'qiysizmi 2 vaqt o'qiysizmi 1 vaqt o'qiysizmi degan savollarni berilishi ham Qiyomat yaqinligidan dalolat, Vaallahu A'lam, o'zini musulmonman degan odam charchaganda uxlashi, ochqaganda yeyishi, chanqaganda ichishi muhimligidek kiyimlari kir bo'lsa yuvgani kabi qalbning kirini ketkazadigan farzlarni bajarishi muhim.

Alhamdulillah!!!

Qayd etilgan

UzMuslim  04 Dekabr 2010, 00:26:05

JUDA KIRISHIB KETIbsilarmi?ha Zamiraxon to'ri Javob yozibsiz,lekin namoz 5 vaqt farz ekanligini aytmoqchiga o'xsheydi bu Bilolchik.

Qayd etilgan

Saliha  07 Dekabr 2010, 23:37:25

Mani hidoyat topishimga, Rabiya turk filimi turtki bo'lgan.
shu filimni ko'rib juda ta'sirlanganman va shu kundan boshlab namoz o'qishni boshlaganman. Manimcha 12-13 yoshdedim rosa yiglaganman o'ziyam..Allahdan kelajakda qiz farzandi bersa ismini Rabiya qo'yaman deb niyat qilganman va rabbim mani shu kunga etishtirdi..manga aqilli, dono go'zal qiz ato etti va ismini Rabiya qo'ydim..shukurlar bo'lsin.

Qayd etilgan