Sizni hidoyatga eltgan voqea!  ( 13454 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


ossiyobinti  23 Noyabr 2009, 15:35:40

Assalomu alaykum! forumdoshlar. bu mavzu oshimdan maqsadim, sizlarini birinchi bor kimlar hidoyatga chorlagan va birinchi yodlaga sura, va qaysi inson sizni nomoz o'qishizga  sababchi bo'lgan.
savol!

1. Sizning hidoyatingizga, namoz o'qishingiz boshlashingizga sabab bo'lgan voqea qanday bo'lgan edi? Sizni hidoyatga erishuvingizga ko'makchi bo'lgan insonlar kim?

2. Siz birinchi bo'lib yodlagan 3 ta sura qaysi?


Qayd etilgan


ossiyobinti  23 Noyabr 2009, 15:47:26

O'zim boshlab bersam! Yoshligimda uydiglar roza tutishganda zuhra bilan bizam borib tutardik. 30kun rozada nomoz o'qirdik. Lekin roza tugaganidan keyin nomoz o'qimadik. Faqat roza o'qirdik. 13yoshimda bir kuni sinim zuhra nomoz o'qivoti rozadan keyin, zuhra nega nomoz o'qivosan didim. Keyin sinim boldi kotta bo'ldik endi, doim o'qiman, sanam o'qigin didi. Man hop didimu lekin hich nomozimni boshla omasdim, ertaga o'qiman keyin o'qiman dib ancha vaqt o'tib ketdi. Bir kuni opacham nomoz o'qi didilar. 3marta qaytardilar, nomoz o'qigin didim, shu sabab bo'ldi manam nomoz o'qishimi boshladim. Allohga shukur hozir nomozsiz hayotimni tassavur qilaomiman, Huddi o'qimasam yaqin narsami yoqotib qo'yganga o'hshiman. Mani nomoz o'qishimga sabchi insonlar buvimla akamla opacham va zuhra bo'lishgan. Mani birinchi yodlagan suram Ixlos, fotixa, kavsar suralari. Manga suralarni buvimla yotlatirganlar.


Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Noyabr 2009, 16:16:54

Assalamu alaykum!
Go'zal mavzu uchun tashakkur!

1. Maktabda 1 yoki 2-sinfda o'qirdim. Uydagilar bilan qo'shilib, ro'za tutardim-u, lekin namoz o'qimasdim. Bir kuni xolamlarnikiga bordim. Xolamning erlari men bilan gaplasharkan, "namoz ham o'qiyapsizmi?" - dedi. Men esa "Yo'q", - dedim. "Iye, nega o'qimayapsiz?" - dedilar. Men "Bilmayman" deb javob berdim. Keyin yosh bola holimga o'z yoshimga yarasha tushuntirdilar (ular shkaf, shefoner yasovchi usta edilar): "Mana shu shkaflarni ko'ryapsiz-a? Man agar yaxshilab yasasam, shunaqa shkaflardan 10 tasini yasay olaman: ya'ni uning hammasida eshik bo'lsin, oyoqlari bo'lsin, ilgichlari. Hammasi bo'lsin, lekin bir-biriga sira o'xshamasin. Shunaqadan 10 ta yasay olarman. Lekin Alloh dunyoda nechta odam yaratgan bo'lsa, ularning hammasiga bir xil a'zolar bergan-u, nega bir-biriga o'xshamaydi? Shunga shukr qilib namoz o'qimaysizmi? Anu negrlarni qarang (o'sha paytdagi tasavvurimda negrlar eng xunuk, qul tabaqa vakillario edi) o'shalar ham o'qiyapti. Amerikaliklar ham (O, Amerika deyilsa, umuman to'kis diyor tushunilardi) sajda qilyapti. Siz bir musulmon bo'lib nega namoz o'qimaysiz?.."
Bu gaplardan juda ta'sirlandim. Yana o'sha kishining gaplarini esladim: "Ertalab, kimdir eshingisizning tagiga katta ahlat uyumini to'ksa, albatta so'rasiz: kim to'kdi buni? O'z-o'zidan yaralib qolmaydi-ku. Endi bu darxtlarni qarang, gullarni qarang. Ularni yaratgan Alloh uchun namoz o'qimaysizmi?"
Uyga boriboq, namoz kitobni topib, o'rgana boshladim. Avvaliga kitobga qarab, qo'limda kitob bilan egilib namoz o'qidim. Asta-sekin yodlab oldim.
Avvalida namozga shunday mehr qo'ydim-ki, namoz vaqtini intiqlik ila kutar, ba'zan ikki-uch marta qayta namoz o'qirdim. Soat 12.00 bo'lgan. Man kirib peshinni o'qib bo'libman. Dadam so'radilar:
- Uyda nima qilib chiqdingiz?
- Peshinni o'qib chiqdim.
- Iya, hali peshin bo'lmadi-yu... Hali azon ham chaqirmadi.
- Eee, sog'inib ketdim-da...

2. Birinchi yodlagan suralarim - Fotiha, Ixlos va Kavsar suralari edi. Uni buvim o'rgatganlar. Har doim uyquga yotarkanmiz, buvim avvalo kalimai shahodat, so'ng ushbu suralarni albatta o'qib yotishimizni buyurar edilar va qaytarib hammamizga o'rgatardilar. Allohga shukrki, o'sha suralar bir dam esdan chiqmadi...
Alloh bizni hidoyat sari eltgan kishilardan rozi bo'lib, umrlarini uzoq qilsin!

Qayd etilgan


lolo  29 Noyabr 2009, 09:44:08

 :as:
4-5 yoshlarimda kattalar menga Fotiha va Ihlos suralari va Attahiyotni yodlatib qo'yishgan. Ba'zan buvilarimga qiziqib ularga taqlid qilgan holda namoz o'qib turardim. Allohning ularga rahmi va raxmati bo'lsin. Ular "Alhamdulillah musulmonman" deyishlikni uqtirishardi. Balki shuning o'zi ham hidoyatdir! Buvilarim yoshligimda o'lib ketishgan. Keyin esa man xohlaganimda namoz o'qib-o'qimay yuraverdim. 2005-yildan boshlab internet sababli diniy mavzularga qiziqib qoldim. Shu forumdagi bir birodar etganidila, mazmuni: "...hozirda o'zbeklar (ayniqsa musulmonlar) imom Buxoriy va Termiziy bobolari bilan fahrlanib kekkayadilar, ammo ular qoldirib ketgan asarlarni ochib o'qimaydilar... 5-6 ta suranigina hato-chato yodlab olib, shu yetarli, deb hotirjam yuraveradilar." Bu uyaladigan gaplar. Keyin esa atrofga nazar tashladim, ichadigani ham, chakadigani ham, zinokorlar ham, hamma-hammasi "Musurmonman" deyapti. Agar hijoblanmasam, 5 mahal namoz o'qimasam - shu odamlardan nima farqim bor? deb o'yladim. Amal qilish masalasi ham ko'pchilik uchun uni davomiyga aylantirib olishi qiyinroq kechadi. Ammo Allohning shunday bir So'zini uchratdimki bu har qanday aql egasiga yetarli bo'ladi. "Namozini unutguvchi namozxonlarga do'zah bo'lsin!"

Inna lillaahi va inna ilayhi rojiuun.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Noyabr 2009, 15:17:46

O'zim sodda bola bo'lsamda lekin hidoyat nimaligini ancha paytgacha bilmasdim. O'zimizcha musulmonmiz deb yurardim. Lekin haqiqiy musulmon qanday bo'lishi kerak bu umuman menga qorong'u edi. 18 yoshimda o'qishdan ilk bor yiqildim. Afsus qildim foydasi yo'q. Oradan 1 yil o'tdi. ikkinchi yili qattiq tayyorlana boshladim. O'sha yili men bilan bir inson birga tayyorlanardi. Meni bir yillik tajribam bo'lgani uchun ustozimizning yordamchisi men edim. Ustozimiz yo'q kuni hammaga men o'rgatardim matematikadan. Nihoyat o'sha yili o'qishga topshirdik. Men bilan tayyorlangan inson kirolmadi. Allohga hamdlar bo'lsinki men o'qishga kirdim. Lekin u inson bilan biz ancha yaqin do'stdek bo'lib qolgandik. Bir kuni unga omadim yurishmayapdi. Hech ishim o'ngidan kelmayapdi dedim. Shunda u "siz o'zi namoz o'qiysizmi" dep so'rab qoldi. Men "yoq' hali o'qimiyman dedim. Shunda u "Eee bo'lmasa o'qing tezroq. Yana nolishingizni qarang. Alloh mana sizga shunday nufuzli oliygohni ato qildi. Yana nimaga noliysiz. Allohni har bir ishida xayir bor. Siz xolis namoz o'qib Allohdan xolis so'rasangiz albatta ishlaringiz o'ngidan keladi, sizga omad ham kulib boqadi. mana meni aytdi dersiz" deb menga "MEN HAM NAMOZ O'QIYMAN" nomli kitob berdi. Uni gaplari menga qattiq ta'siz qildi. Va men sekin sekin din nima, hidoyat nima tushuna boshladim. U haq edi. Allohga shukur mana hozir oz bo'lsada hidoyat nimaligini tushunib yetdim. Alloh o'sha insondan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


JeeS  22 Noyabr 2010, 04:44:04

 :bsm: :vslm:
Man aniq eslolmiman ancha yosh bo`lganman, Ro`zai ramazonda qo`shni akalarimga ergashib masjidga kirar edim, namoz o`qishni bilmasam xam. Xonadonimizni kottalari (opoqim va buvim) ancha yoshligimda tark etishgan bu foniy dunyoni. Yoshlikdan trikchilik sabab namozga e`tibor berilmagan oilada. Chala chulpa xam o`qib yurganman (Allohni o`zi kechirsin) ... Allohga shukuronalar aytaman, o`zim tengi brodarim sababli 2007 yildan beri Allohga ibotad qilib kelmoqdaman (Alloh ibodatlarimizni qabul etsin). Man shu do`stim xam qo`shnim, brodarim sabab safimiz ancha kengaydi. Xammaga xam ma`lum emas man Moskvada ishlab yashayman qarindosh, do`stlarim bilan birga. Kech tushunib yetgan bo`lsak xam Allohga shukur oilamizda barcha namozga shung`igan.
Brinchi yod olgan sura albatta "Fotiha". Alloh umurlarini ziyoda qilsin buvim (ona tomondan) yod oldirtrganlar.

Yana shuni ta`kidlab o`tishni joiz deb topdim. Shunday ajoyib mavzuda boryug`i to`rt dona post qoldirilgan, achinarli hol albatta. Shunday ekan aziz forumdosh sizni hidoyatga eltgan voqealarni kutib qolamiz!

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Noyabr 2010, 05:28:50

 :as:
Meni namoz o'qishga chaqirgan, turtki bo'lgan voqea emas balki holat quyidagi edi:
O'zi asli 7-8 yoshligimdan buvimga qo'shilib namoz o'qirdim alhamdulillah. Unda namozning asl mohiyati, nima uchun o'qish kerakligini tushunib yetmasdim. Keyinchalik maktabda har-xil qizlarni ko'rdim: sochlarini yoyib yuradigan, tirnoqlarini ikki metr qilib lak qo'yib oladigan, tor-por, kalta-palta narsalar kiyib yuradigan, uyalmay axloqan qizlarga to'g'ri kelmaydigan so'zlarni gapiradigan, og'izlarini kaaatta qilib ochib kuladigan, o'g'il bolalar bilan ko'ziga qarab gaplashadigan....ana shular sabab men namozimning, dinimning qanchalik menga kerakligini tushunib yetdim. Namozim meni soch va tirnoqlarim aynan Alloh suygan muslima qizlarnikidek bo'lishini taqozo etdi, kiyimim, yurish-turishim, gaplashishim, o'zimni tutishim, alhamdulillah Alloh meni sharmanda qilmadi qiyin vaziyatlardayam. Alloh O'zi hidoyat topmaganlarga yo'l ko'rsatsin.  :amn:

Qayd etilgan


Habibilloh  22 Noyabr 2010, 06:15:08

Men namoz o'qishni boshlaganimda uncha bilmas edim Bir ikki zam surani bilardim Lekin yonimdagi insonga qarab nima qilsa qilib bir amallab o'qib olardim. Ishonasilarmi namozda o'tirib o'qiladigan Attahiyot Salovat hamda duoni bir kunda yot olganman O'shanda 8 yoshmidimikin Vallohi alam Shunday Hozir Allohga ming shukrlar bo'lsinkim namozni yo'liq ado etaman

Qayd etilgan


Habibilloh  22 Noyabr 2010, 06:27:35

Men birinchi yod olgan 3 sura bu: Albatta Fotiha Ixlos Nos suralari (Undan oldin 6 diniy kalimani yod olganman)

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Noyabr 2010, 22:55:19

 :as:

Ajoyib mavzu! Negadir ilgari ko'rmagan ekanman...

Imkoni bo'lsa, mavzu nomini "Biz qanday Hidoyat topdik?" deb nomlash

kerak. Bunga javoban, tarix sahifalarini titkilaymiz:

Tengdoshlarim o'qishni o'rganayotgan vaqtda dunyo halqlari ertaklarini
o'qir, ular ertak o'qiy boshlagan vaqtda esa ilmiy-fantastikaga mukkasidan
ketgan edim. Shu qiziqishlarim meni , hayot haqiqatini bilishga, yashashdan
maqsad nima ekanligini anglashga va buning ustida soatlab bosh qotirishga
majbur etardi . Aniq fanlar: fizika, matematika, himiya, EHM va astronomiya
jonu-dilim edi. Maktab yoshida oliy maktablar adabiyotlari va qo’shimcha
kitoblarni o'qib, o'qituvchilarim bilan bahslashib yurardim. Dunyo fanlari
orqali echib olaman bu jumboqni, der edim. Tabbiyki, ular men izlagan javobni
bera olmas va ulardan tashqari ham har hil ta'limotlarni o'rganib borar edim.
Maktabni tugatgan paytlarimda esa izlaganimni qidirib , Nindzyalar ta'limoti,
Yoglar ta'limoti, Konfutsiy saboqlariyu va hatto Buddalar ta'limoti "Bhagavad
Gita" ni ham o'qib chiqdim. Ekstrasensorika ta'limotini, falsafalar va Injilga ham
qo'l urdim. Baribir, baribir nimadir yashiringan va meni qoniqtirmas edi, nima
uchundir Islomga murojat qilish esa hayolimga ham kelmagan ekan. :( Taqvosiz
o'rganilgan ilm kishiga faqat kibru-havo beradi. Bir namozni boshlagan tanishim
uyga keldi, endi bilsam meni da'vat qilmoqchi bo'lgan ekan o'shanda. Uzoq
baxslashdik, uni o'z bilim va iqtidorimga suyangan holda, uni teskari "da'vat"
qilib tashladim, u menga  gap uqtira olmay yengilib ketdi... Lekin, kerakli zarbani berib
bo'lgan ekan, Alloh rozi bo'lsin! Kechaci bilan uhlolmay o'ylab-tafakkur qilib chiqdim,
Alloh hidoyat nasib etgan ekan, ertalabgacha boshqa inson bo'lib uyg'ondim"¦

Qayd etilgan