Chustiy, so'zni tom ma'nosida suratlaringizga gap yo'q lekin:)
Uyda 1 chi farzand bo'lsangiz kerak, deb o'yladim. Bizda to'ng'ich bolani boshqacha havas bilan rasmga olishadi,,,,
Ayangiz ham juda chiroyli ayol ekanlar, Alloh sog'liq-sihhat bersin iloyim....
Nimagadir esimga "Shum bola" kinosi tushib ketdi. Bizni onalarimiz baribir juda boshqachada.....Yuragidagi mehri ko'zlaridan ko'rinib turibdi...
Yon-atrofingizda amaki-xola,amma ancha bormidi deyman, yani erka bo'lgansiz, kim nimasi bor bo'lsa sizga sovg'a qilib, u bilan birga suratga olibdi:)
Rasmlarni erinmay joylaganingiz uchun alohida rahmat. Davomini kutamiz qolganlardan ham:)
Darhaqiqat, oilada to'ng'ich farznd va to'ng'ich nabira (ikkala tarapdayam) bo'lganim uchunmi, yoshlikda juda erkalab jaa e'tibor berishardi, (nagadur hozir tomdan tushib ketsam ham e'tibor berishmidi, narvon sinmadimi ishqilib deb)
albatta hazil...
Hozir ham buvim Alloh umr, sihat va iymonlarini ziyoda qilgur, shuncha nabira, evaralar bo'lsayam, ubu tansiqro narsa bo'lsa, mandan kichkinala qolib manga saqlab o'tiradila
Lekin, anu rasmdagi oyim emas, ammamlar bo'ladi... Naqd, 4ta amma, 2ta amaki va ikkita tog'a bor..