So'rovnoma

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular..." loyihasining navbatdagi mehmoni kim bo'lishini xohlardingiz?


-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  1 (50%)
-
  1 (50%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 2



"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...  ( 83451 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 25 B


Y_U_R_I_S_T  27 Noyabr 2009, 18:16:44

Assalomu alaykum.

Aziz forumdoshlar. Prodyusserim ChehMik janobi oliylari aytganlaridek, biz bir loyihaga qo'l urib qo'ydik. Ushbu loyihamizning nomi "Kutilmagan mehmon" deb nomlanadi. Ya'ni Forumimizda yashab ijod qilayotgan bir qancha insonlardan do'stona intervyu olinadi hamda u sizlarning e'tiboringizga havola etiladi. Bu nima uchun kerak?

Avvalo, Forum Vertual olamdagi insonlarni yaqinlashtiruvchi maskandir. Ammo so'ngi vaqtda Vertuallikdan Reallik sari ham ko'plab qadam qo'yilmoqda... (Uchrashuvlar, futbol bunga misol bo'la oladi) Biz Forumdagi userlar haqidagi xulosani ularning ma'lum bir mavzuda qoldirgan posti orqali beramiz. Ba'zi shunday userlar borki, ularning kimligi, qachon tug'ilgani, qayerda turishi, nima ish qilishi, xarakteri, shaxsiy hayoti haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilamiz. Masalan, AbdulAziz, Chustiy... Ammo yana ba'zi shunday userlar borki, ular sirli sandiqning o'zi. Hech kim hali bu sandiqning ichini ochib ko'rmagan. Bizga ma'lum bo'lgani faqat yuzaki ma'lumotlar: sandiqning rangi, hajmi, ko'rinishi ma'lum xolos. Ammo ichi...
Ushbu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad shundaki, biz o'sha sandiqning og'zini ozgina ochmoqchimiz. Ichkarisiga biroz mo'ralamoqchimiz... Balki, ichidan bir sandiq oltin topib olarmiz...

Xullas, maqsad shu. Loyiha ham shu. Birma-bir ochilmagan orollarni kashf qilib ketaveramiz. Buning uchun siz azizlarning ham yordamingiz kerak bo'ladi. Qanday yordamligini esa keyin aytamiza, aka ChehMik???


Aslida bu loyihani ancha oldin o'ylagandim. Lekin aynan birinchi intervyuni niyuat qilib, Qurbon Hayiti arafasida olishni o'ylab qo'ygandim. Toki, boshlagan yangi ishimiz, faqat ezgu maqsadlarga xizmat qilsin degan umidda. Mana xozir ham atayin Hayit kuniga o'tish arafasida kiritib turibman...

Ushbu loyiha asosida tayyorlangan intervyular:

1. Robiya: "Yoshligimda ko'p futbol o'ynardim!"
2. Muhammad Sohib: "Forumda global moderatorlarni o'zgartirish kerak!"
3. Muhammad Amin: "Forumdosh qiz bilan hayotimni bog'lamoqchiman!"
4. BelleQizcha: Kulgu ortiga yashiringan yurak
5. Abu Muso: "œDo'stim - iymonim, hamrohim - namoz"¦"
6. Mas'ud: Hayot formulasi
7. Lu'lu' opa: Onalik mas'uliyati
8. Ansora: "Haqiqatga chiday olmayman"

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Noyabr 2009, 18:19:28

Birinchi intervyu:

- Assalomu alaykum.

- Va alaykum asslaom.

- Avvalambor sizni muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Olloh barcha ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin.

- Rahmat.

- Ushbu suhbat nima uchun o'tkazilayotganini tushungan bo'lsangiz kerak. Siz bilan dildan do'stona suhbat quramiz va sizni xarakteringiz, ichki dunyoyingiz haqida ozgina ma'lumot ega bo'lib, ushbu haqida forumdoshlar yetkaza olsam xursand bo'laman.
Demak, bu rasmiy intervyu maqomida bo'lmagani uchun, boshlanishida agar xohlasangiz o'zingiz haqingizda ma'lumot berib o'tishingiz mumkin. Xohlasangiz albatta. Aytishni lozim topmagan ma'lumotlarni sir saqlashingiz mumkin. Bu unchalik ahamiyatga ega emas.


- Xo'p, tushundim. Ismim Go'zal. Men 1988 yil 23 aprelda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topganman. 1994 yilda birinchi sinfga borganman. 3 ta maktabda o'qiganman. 4-sinfgacha rus maktabda, keyin beshinchidan to'qqizinchi sinfgacha boshqa maktabda, 9-11 sinflarni litseyda o'qiganman. 2005 yilda talaba bo'ldim. Gumanitar fakultet "Milliy istiqlol g'oyasi, huquq va ma'naviyat" bo'limini shu yil tugatib, Xudo xohlasa ishlarni boshlab yubordik (Qaysi oliygohligini aytmadilar, men ham so'rab o'tirmadim, menimcha BuxDU bo'lsa kerak). Xozirda Kogon shahrida 9-o'rta maktabda tarix va huquqdan dars berib kelayapman. Shu...

- Yaxshi, rahmat ma'lumotlar uchun. Endi asosiy qismga o'tamiz.



Intervyuning to'liq matnini "Eng birinchi blog"dan o'qishingiz mumkin:

Robiyadan intervyu... 1-qism

Robiyadan intervyu... 2-qism

Qayd etilgan


Mr.Twister  27 Noyabr 2009, 21:04:57

Qoyil zo`r loyiha, Yashasin YURIST, ye, Yashasin YURIST, ye.... (yana 5 marta hamma birgalikda baqiramiz!)
p/s: "Ye" bu qo`llab quvvatlash URAni o`rniga!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  01 Dekabr 2009, 17:32:05

Keyingi suhbatdoshimiz Muhammad Sohib!

Ushbu userga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni bermoqchi bo'lsangiz menga PM xati orqali yuboring. Suhbat so'ngida qahramonimiz eng yaxshi savol egasini aniqlab beradi va o'sha userga arzimagan bir sovg'amiz bor.
Eslatma: Savol mualliflari anonimligi saqlanib qolinadi. Faqat muallifning o'zi xohlagan vaqtdagina biz oshkor qilishimiz mumkin.

Diqqat!!! Ushbu mavzuda hech qanday savol qoldirmang!!!

Savollaringizni kutamiz, aziz forumdoshlar! Savol yuborish muddati 3-dekabrgacha!

Oldindan rahmat!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Dekabr 2009, 12:27:56

Muhammad Amin bilan bo'lgan suhbatni mana bu yerda o'qishingiz mumkin:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3528.msg208871#msg208871

Qayd etilgan


Hadija  16 Fevral 2010, 22:29:13

Bo'ldimi intervyula tugadimi?

Qayd etilgan


JaviK  22 Fevral 2010, 11:13:22

Keyingi inson kim juda yahshi loiha edikanu nega to`xtab qoldi

Qayd etilgan


Chustiy  09 Oktyabr 2010, 11:17:57

Keyingi inson kim juda yahshi loiha edikanu nega to`xtab qoldi

Yuqoridagiga ox'shagan millionlab xatlar bizning millonlab noma'lum bo'lgan adresimizga kelganligi tufayli,intervyularni yangi sezonini boshladik,siz bilan hurmalli aziz va azizalar....



Мавзу маллифи, одноклассники.руда Заковатчилар командасини тузиб олиб, хар куни ашагда Что?Где?Когда и сколько? утказутти, тиричили утиб турган смиш :)

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Oktyabr 2010, 05:24:29

Ok, mani intervyuni qo'yganiladan kiyin,
intervyu bergan inson kengi *O'ljani* tanlaydi
Mening O'ljam, yoqutxon

Qayd etilgan


yoqutxon  10 Oktyabr 2010, 05:29:28

Ok, mani intervyuni qo'yganiladan kiyin,
intervyu bergan inson kengi *O'ljani* tanlaydi
Mening O'ljam, yoqutxon
Assalam aleykum. Bellehonim O'ljaaa deb odamni qo'rqitvordizku ;D ;DMayli mayli hozircha siz o'lja ekansiz. Sizga beriladigan savollar ham bisyor bizda. ;)

Qayd etilgan