Umumiy bo'lim > Forumdoshlar hayoti

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...

(1/50) > >>

Y_U_R_I_S_T:
Assalomu alaykum.

Aziz forumdoshlar. Prodyusserim ChehMik janobi oliylari aytganlaridek, biz bir loyihaga qo'l urib qo'ydik. Ushbu loyihamizning nomi "Kutilmagan mehmon" deb nomlanadi. Ya'ni Forumimizda yashab ijod qilayotgan bir qancha insonlardan do'stona intervyu olinadi hamda u sizlarning e'tiboringizga havola etiladi. Bu nima uchun kerak?

Avvalo, Forum Vertual olamdagi insonlarni yaqinlashtiruvchi maskandir. Ammo so'ngi vaqtda Vertuallikdan Reallik sari ham ko'plab qadam qo'yilmoqda... (Uchrashuvlar, futbol bunga misol bo'la oladi) Biz Forumdagi userlar haqidagi xulosani ularning ma'lum bir mavzuda qoldirgan posti orqali beramiz. Ba'zi shunday userlar borki, ularning kimligi, qachon tug'ilgani, qayerda turishi, nima ish qilishi, xarakteri, shaxsiy hayoti haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilamiz. Masalan, AbdulAziz, Chustiy... Ammo yana ba'zi shunday userlar borki, ular sirli sandiqning o'zi. Hech kim hali bu sandiqning ichini ochib ko'rmagan. Bizga ma'lum bo'lgani faqat yuzaki ma'lumotlar: sandiqning rangi, hajmi, ko'rinishi ma'lum xolos. Ammo ichi...
Ushbu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad shundaki, biz o'sha sandiqning og'zini ozgina ochmoqchimiz. Ichkarisiga biroz mo'ralamoqchimiz... Balki, ichidan bir sandiq oltin topib olarmiz...

Xullas, maqsad shu. Loyiha ham shu. Birma-bir ochilmagan orollarni kashf qilib ketaveramiz. Buning uchun siz azizlarning ham yordamingiz kerak bo'ladi. Qanday yordamligini esa keyin aytamiza, aka ChehMik???


Aslida bu loyihani ancha oldin o'ylagandim. Lekin aynan birinchi intervyuni niyuat qilib, Qurbon Hayiti arafasida olishni o'ylab qo'ygandim. Toki, boshlagan yangi ishimiz, faqat ezgu maqsadlarga xizmat qilsin degan umidda. Mana xozir ham atayin Hayit kuniga o'tish arafasida kiritib turibman...

Ushbu loyiha asosida tayyorlangan intervyular:

1. Robiya: "Yoshligimda ko'p futbol o'ynardim!"
2. Muhammad Sohib: "Forumda global moderatorlarni o'zgartirish kerak!"
3. Muhammad Amin: "Forumdosh qiz bilan hayotimni bog'lamoqchiman!"
4. BelleQizcha: Kulgu ortiga yashiringan yurak
5. Abu Muso: "œDo'stim - iymonim, hamrohim - namoz"¦"
6. Mas'ud: Hayot formulasi
7. Lu'lu' opa: Onalik mas'uliyati
8. Ansora: "Haqiqatga chiday olmayman"

Y_U_R_I_S_T:
Birinchi intervyu:

- Assalomu alaykum.

- Va alaykum asslaom.

- Avvalambor sizni muborak Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Olloh barcha ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin.

- Rahmat.

- Ushbu suhbat nima uchun o'tkazilayotganini tushungan bo'lsangiz kerak. Siz bilan dildan do'stona suhbat quramiz va sizni xarakteringiz, ichki dunyoyingiz haqida ozgina ma'lumot ega bo'lib, ushbu haqida forumdoshlar yetkaza olsam xursand bo'laman.
Demak, bu rasmiy intervyu maqomida bo'lmagani uchun, boshlanishida agar xohlasangiz o'zingiz haqingizda ma'lumot berib o'tishingiz mumkin. Xohlasangiz albatta. Aytishni lozim topmagan ma'lumotlarni sir saqlashingiz mumkin. Bu unchalik ahamiyatga ega emas.

- Xo'p, tushundim. Ismim Go'zal. Men 1988 yil 23 aprelda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topganman. 1994 yilda birinchi sinfga borganman. 3 ta maktabda o'qiganman. 4-sinfgacha rus maktabda, keyin beshinchidan to'qqizinchi sinfgacha boshqa maktabda, 9-11 sinflarni litseyda o'qiganman. 2005 yilda talaba bo'ldim. Gumanitar fakultet "Milliy istiqlol g'oyasi, huquq va ma'naviyat" bo'limini shu yil tugatib, Xudo xohlasa ishlarni boshlab yubordik (Qaysi oliygohligini aytmadilar, men ham so'rab o'tirmadim, menimcha BuxDU bo'lsa kerak). Xozirda Kogon shahrida 9-o'rta maktabda tarix va huquqdan dars berib kelayapman. Shu...

- Yaxshi, rahmat ma'lumotlar uchun. Endi asosiy qismga o'tamiz.



Intervyuning to'liq matnini "Eng birinchi blog"dan o'qishingiz mumkin:

Robiyadan intervyu... 1-qism

Robiyadan intervyu... 2-qism

Mr.Twister:
Qoyil zo`r loyiha, Yashasin YURIST, ye, Yashasin YURIST, ye.... (yana 5 marta hamma birgalikda baqiramiz!)
p/s: "Ye" bu qo`llab quvvatlash URAni o`rniga!

Y_U_R_I_S_T:
Keyingi suhbatdoshimiz Muhammad Sohib!

Ushbu userga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni bermoqchi bo'lsangiz menga PM xati orqali yuboring. Suhbat so'ngida qahramonimiz eng yaxshi savol egasini aniqlab beradi va o'sha userga arzimagan bir sovg'amiz bor.
Eslatma: Savol mualliflari anonimligi saqlanib qolinadi. Faqat muallifning o'zi xohlagan vaqtdagina biz oshkor qilishimiz mumkin.

Diqqat!!! Ushbu mavzuda hech qanday savol qoldirmang!!!

Savollaringizni kutamiz, aziz forumdoshlar! Savol yuborish muddati 3-dekabrgacha!

Oldindan rahmat!

Y_U_R_I_S_T:
Muhammad Amin bilan bo'lgan suhbatni mana bu yerda o'qishingiz mumkin:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3528.msg208871#msg208871

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version