So'rovnoma

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular..." loyihasining navbatdagi mehmoni kim bo'lishini xohlardingiz?


-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  1 (50%)
-
  1 (50%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 2



"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...  ( 83403 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:41:50

MAHDIYAH: Pochta va ziyouz.com dan tashqari yana qaysi saytlarga tez-tez tashrif buyurib turasiz?

Ansora: Pazanda.uzga ko’p kiraman, kerakli qanaqa sayt bo’lsa hammasiga kiraveraman tanlamay, faqat shu oshxona.uz menda ochilmaydi, boshlarda ochilardi, keyin ochilmay qo’di, shunga hafaman.

MAHDIYAH: Har millatni faxr va g’urur tuyg’usini jumbushga keltiradigan tarix kitobi bor. Lekin halqni gapirtirsangiz, faxr va g’urur o’rnini iztirob, dardli kechirmalar egallaydi. Siz qoldirgan postlarda ham shunday. Xulosa, tarix boshqa, halq boshqa ekanda. Nega?

Ansora: Bu savol haqida ojizona fikrim shunday: Tarix- bir millat, xalqning necha yillab yashaganlarini o’z ichiga oladi. Bir inson jam bo’lib osonlikcha xalqni, millatni tashkil qilavermaydi, buning uchun yillar, asrlar kerak. Bir millat, xalqning kelajagi bo’lgan bolalar uchun istiqbolga ishonch bilan qadam tashlashi uchun unga faxr va g’ururini jumbushga keltiradigan asarlar lozim va shart. Chunki bolaga yol ko’rsatadigan asarlardir. Ä°nsonlar esa oddiy kunlarini o’ylab hulosa qiladilar, masalan men, nimaga falonchi bunday qildi, nimaga meni boshimga bunday kunlar tushdi, bu tashvishlarni butun xalqni yelkasiga yuklashni keragi yoq. Men baxtsiz ekanman, falonchi baxtli. Men och ekanman, pistonchi toq. Bu hayot imtihonlardan iborat, birovga berib, birovga bermay imtihon qiladi Alloh Taolo. Muhimi, isyon qilmaslik, agar bizga berilgan rizq ortiqcha bolsa, och ila bolishish, uning konglini olish. Tarix va xalq birbiriga chambarchas bog’liq, albatta. Faqat biz yuz yillarni emas, kundalik hayotimizni oylab xulosa qilganimiz uchun judayam iztibor kopday nazarimizda...

MAHDIYAH: Deylik bir xil kitob o’zbekchasiyam bor turkchasiyam qaysi birini o'qishni afzal bilardiz?

Ansora: Ozbekcha albatta :)

MAHDIYAH: Turmush o'rtog'iz bilan qanday tanishgansiz?
Turk oilada kelin bo'lishlik, o’zbeklarni oilasidekmi yoki farqli?
Nega o’zbek odamga turmushga chiqmasdan turkcha chiqansiz? Ota-onangiz qarshi bo'lmaganmi?

Ansora: Alloh Taolo har bir bandasini dilidagini biladi, duolarini haqida xayrlisi bo’lsa qabul qiladi. Men ham dalalarda (bilmadim, bizda dalada qilingan duo qabul qilinadi, deyishardi) yurib, Ey Xudo, menga shunday hayot nasib ayla, shunday oila ber, deb duo qilardim. Avvalo o’qishim uchun duo qilardim, keyinchalik kelajakdagi oilam haqida. Duolarim shunday edi: Allohim, meni to’yimda ichkilik ichilmasin; Mendan kuyov bolani oilasi sep (sarpo) so’ramasin. Turmush ortogim va oilasi meni qizlariday yaxshi ko’rishsin; Men ham ularga chin yurakdan, majbur kelin bo’lganim uchun emas, hizmat qilay. Allohim, meni shu dalalardan qutqar :)

MAHDIYAH: Ayolning aqli makridadir, degan gap bor. Sizning fikringiz?

Ansora: Ayolning aqlini kora olganlar- aql, deydi, ko’ra olmaganlar makr :)

MAHDIYAH: Tarbiyada otaningmi yo onaningmi roli katta?

Ansora: Har ikkisining. Avvalo uyga rizq olib kelishga ota sabab bo’ladi, ota halol olib keldimi, bolani tomog’idan halol rizq o’tdimi, shu eng muhimi. Ona esa bu rizqni bergan Allohni, olib kelishiga sabab bo’lgan otani eslatib, shukrini ado etishiga sabab bolishi shart. Qolgan masalalarda ham ota bir gapiradi, ona esa uni korsatadi misollar bilan...Ota bilan ona parallel harakat qilgandagina bola bir narsa oladi.

MAHDIYAH: Bola tarbiyasida erkalatish ham o'z me'yorida bo'lgani ma'qul. Ortiqcha erkalatilgan bola taltayib, o'zbilarmon,o'zining har qanday xohish-istagini qildiradigan holatga kelib qoladi. Bunday holat bo'lmasligi uchun ota- ona me'yorida erkalatib, ba'zan bolaga qattiqroq turishi ham talab qilinadi. Siz shunday holatda bolangizga qanday muomalada bo'lasiz? Yoki qanday "jazo" turlaridan foydalanasiz?

Ansora: Turk oilasida bola biz O’zbeklarga qaraganda erkaroq o’sadi. Ayniqsa so’nggi paytlarda bola va ona sog’lig’i yomonlashib, farzand ko’rish turli xil yeguliklardagi gormonlar sabab qiyinlashib boryaotgani sabab bolajonlar yana ham qadrli bola boshladi bu yerlarda. Masalan hojayinimni yaqin qarindoshlari 60 oshdan oshgan bolsa ham nevara suyish nasib qilmagan, sababi kelinlari, qizlari farzandga zor. Shunday bolganligi uchun ham o’g’limiz hali tug’ilmasdanoq hurmat, izzat, sevgi ko’ra boshladi, bola ona qornidaligidayoq hamma narsani sezarkan, bu sir emas. Bolaga 40 kunligida ruh uflanar ekan, hamma narsani sezadi. Qaynotam oqituvchilar, qattiq ham oqituvchi ekanlar vaqtida, lekin nevara shirin bolarkan :) unga qattiq gapirishga chochiymiz hammamiz, chunki qaynotam darrov: Ensarga qarshi kelmanglar, deydilar. Oilada birgina men qattiq turaman o’g’limga, kerak bolganda qoliga, oyog’iga uraman, shirin gaplar bilan tushunmasa agar. Lekin boshiga urmayman, bilasiz, boshiga urilganda bolani necha ming hujayrasi o’lar ekan, Psixologik tramvani aytmasak ham bo’ladi, bolani miyasida zilzila bo’lar ekan. O’g’lim juda erkalab, o’zidan ketganda yomon qarash qilaman, bazan yetadi, bazan esa hali 2,5 yoshda bolgani uchun yetmaydi. Katta bo’laversinchi yangi jazo turlarini qollaymanda :)

MAHDIYAH: Farzandingizni kelajakda qaysi kasb egasi bo'lishini hohlardingiz? Umuman farzand tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor berasiz?

Ansora: Kelajakda ozi xohlagan kasbni tanlasin, majburlamayman. Lekin tayinsiz bir kasbni aytsa albatta tushuntiramiz :) Doktor bolishini xohlaydi uydagilar, men esa olim bolishini xohlardim. Bola tarbiyasida siz aytgan gaplaringizdan kora, qilgan ishlaringiz bilan katta o’rnak bo’lasiz, shuning uchun qilayotgan ishlarimizdan ehtiyot bo’lishimiz kerak.

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:54:03

MAHDIYAH: Hayotda nimadan qo'rqasiz?

Ansora: Bir Musulmon qul sifatida sinov dunyosidan eson- omon o’tib, ohiratimizning ham xayrli bo’lishi uchun Yaratgandan qorqishimiz kerakligini bilaman, Allohdan qo’rqish, inson bolasini, turfa xil gunoh qilishdan, nafsi bilan yolg’iz qolishdan saqlaydi. Lekin insonmiz, xom sut emgan bandalarmiz, har doim ham bu qorquvni yodimizga keltirmaymiz. Shu sabab bilib bilmay qilgan katta, kichik gunohlarimizning avfi uchun Allohga yolvoraman, bu gunohlarning jazosi qattiq bolishidan qo’rqaman. O’zim, oilam, yaqinlarim, butun Musulmonlarning boshiga keladigan turfa xil balo, ofat, falokatlarning natijalaridan qorqaman va yana O’ziga sig’inaman, bir ko’tara olmaydigan imtihon bermasin bizga, omin"¦
Yana oddiy inson sifatida dunyoviy qorquvlarim ham bor, bolaligimdan beri qorqinchli(ujas) kinolardan o’larday qorqaman. Ismi, musiqasi, reklamasi ham kechasi bilan oylanib, qo’rqib chiqishimga yetadi. Bolaligimda "œBoshsiz chavandoz" kinosini ham yaxshi ko’rardim, lekin shu boshsiz chavandozni tog’larni tepasida yurganini ko’rsatib, yana hammamiz bilgan musiqani berishlari, meni yomon qorqitardi. Hech kimga aytmasdim, ozimni ozim qo’rqitib yuraverardim. Hovlida ishlarimni qilib, tugadi deganda, mana boshsiz chavandoz bizni kochaga kirdi, mana hovlimizga kirdi, deb uyga qarab qochardim.
Ikki kishi baqirib urishganda ham qorqaman, yuragim tohtab qolay, deydi, lekin qorqqanimda baqira olmayman, ichimga otaman, bu esa yomon.

MAHDIYAH: Insonlarni bir-biriga nima yaqinlashtiradi, debo’ylaysiz? O’rtadagi mehr-oqibat, insoniylik kabi ezgu tuyg’ularning debochasi, uyg’onish nuqtasi nimalar evaziga yuzaga keladi.

Ansora: Insonlarni bir-biriga har qanday holatda ham tushuna olish, tinglay olsih yaqinlashtiradi, deb oylayman. Darrov ayblagan, kamsitgan, gunohkor, deb atagan kimsadan hamma qochadi. Mehr-oqibatning hosil bolishi uchun esa kop o’qish kerak, kop dars olish kerak hayotdan, o’tgan umringizga bir qarang, kimlar keldi, kimlar ketdi, oddiy forumda ham shu, aslida siz hafa bolgan, jirrakilik qilgan xodisalar dunyo miqyosida olib qaraganimizda zarraday goyo. Arzirmikan birovni dilini og’ritishga, gunoh ishlashga? Sabrli, kechirimli, ko’p o’ylab, oz gapiradigan odam hammani o’ziga mehrigiyodek tortadi, u bilan suhbat qilgingiz kelaveradi. Demak- ilm ekan hammasining manbai...

MAHDIYAH: Hayot borasida, yoki ilm fan borasida, yo turmush borasida ustozlaringiz haqida 2 og’iz. Va ularni esdan chiqarmaydigan o’gitlari haqida.

Ansora: Ko’pchiligimiz biladigan gap bor: "œAgar hayotdan olmasa ta'lim, Unga o'rgatolmas hech bir muallim" Hayot ekan eng katta ustoz, kitoblardan, ustozlardan o’rgana olmaganingizni hayot bir xodisa bilan o’rgatib qo’yarkan bazan. Nizomiyda bir domlamiz aytardilar, Saodat opa:" Men insonlardan nimaga nafratlanishim kerak, chunki ularni Alloh yaratdi, har bir insonda Allohni zarrasi bor" qo’limdan kelgunicha insonlarda yaxshi hususiyatlarni ko’rishga harakat qilaman, aytganimday meni hafa qilishsayam birinchi bolib yana men qo’l uzataman unga :)

MAHDIYAH: Shu paytgacha uchragan insonlar orasida eng ibratli, eng na’munali va har safar yaxshi xotira bilan eslaydigan insoningiz haqida gapirib bering. U insonning qay jixatlari sizni hayratga, ibratga solidi.

Ansora: Istambulda talabaligimizda xonadoshimni dugonasi bir muddat biz bilan yashagandi, shu qizni tez tez eslayman, biram chiroyli Qur’on o’qirdi, titrab titrab, suhbat qurganimizda qizni ilmiga hayron qolardik hammamiz, judayam kamtarin edi, bazan yosh boladay beg’ubor bo’lardi. Shu qiz meni judayam hayratga solgan, bu davrda o’zini qanday qorigan ekan bu qiz har xil xayollardan, deb hayron qolganman, chunki hech ham dunyoviy, oldi qochid mavzularni gapirmasdi, dars tayyorlardi soatlab, churq etmasdi, charchadim, demasdi, haqiqiy ilm insoni edi. Keyinchalik Fransiyaga doktorantura uchun ketdi, deb eshitdim, qayerda bolsa ham omon bolsin. Shunday farzand yetishtirish hammamizga nasib qilsin.

MAHDIYAH: Hayotning turli tashvishlarida eng avvalgi maslaxatchingiz kim?

Ansora: Hojayinim. Alloh u kishidan rozi bolsin.

MAHDIYAH: Bolalikka qaytishga imkoniz bo'lsa qaysi vaqtlarga qaytardiz? Va sabab?

Ansora: Kim xohlamas ekan bolaligiga qaytishni. Men uchun hayotimning achchiq yoki shirin har bir soniyasi qadrli, nafaqat bolalik, balki kechagi kunlarimga qaytishni ham xohlardim. Lekin orqaga qarab, "koshki" deyishni yomon ko'raman, bular bo'libdimi, demak Allohning taqdiri ekan, menga berilgan iroda kuchi bilan yaxshi natijalarga, ortiqcha hissiyotlarga berilib esa kamchiliklarga erishdim. Har bir soniyam men uchun katta dars aslida, Alloh pushaymon bo'lishdan saqlasin barchamizni...

MAHDIYAH: Kimlarni mehmon sifatida ko’rgingiz keladi "Kutilmagan mehmon"da

Ansora: Sizni :) Best Friendni, Zaynabni :)

MAHDIYAH: Ajratgan vaqtingiz uchun Rahmat

Ansora: Sizgayam rahmat. Mahiyahgayam:)

MAHDIYAH: Samimiy tilaklaringiz"¦

Ansora: Butun insoniyatga, Musulmon dunyosiga, O’zbekistonimiz, Ziyouz oilasiga doimo tinchlik omonlik, huzur, barakot yor bo’lsin. Oramizdagi do’stik, qardoshlik, birodarlik mustahkamlanaversin. Menga savol berganlarga alohida tasakkurlarimni izhor etaman. Mahdiyahga ham katta rahmat, qizaloqlari bilan vaqt ajratganliklari uchun. (O'g'lim intervyu sabab 3 dona shokolad kop yedi) ungayam rahmat :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:59:07

Ansora opa haqida forumdoshlar fikri


Muallima Ansoraopa, hammaga kapalak, pazanda, mehribon ona bo'lib tanilgan forumdagi eng birinchi ayol ishtirokchi. Shuncha ishi bo'la turib forumga vaqt ajratadigan hayotdagi hamma narsasni forumdagilarga ulashadigan ko'ngli keng opa.Ibrat to'la dunyosi bor, hikmat to'la ziyosi bor 

Хадича Forumga endi kirgan paytim Zamira opani juda jiddiy deb o'ylagandim.Keyin-keyin gaplashib,fikrlarim  o'zgardi. Samimiy,soddadilliklari bor ekan. Xushmuomala,yordamsevar.Pazanda sifatida etmasam  ham bo'ladi,hamma biladi  lekin harakterlari boshqa tengdoshlari bilan solishtirilganda o'rnak olarli jihatli juda ko'p. Doim shunaqa samimiy,oqko'ngil bo'lib qolishlarini istardim.
(Abdullaziz Ensarni tutashgan qoshlaridan duo qilib yuboring Opa

BilmasOY Birinchi marta forumga kirganimdayoq "Kapalak" nicki e'tiborimni tortgandi, postlaridan, fik-mulohazalarini o'qib, g'oyibona bu opajonimni yaxshi ko'rib qolganman. Ansora opa haqida hamma ijobiy fikrda ekaniga shubham yo'q. Forumimizni eng iymon-insofli, aqlli, ziyoli, bilimli, qo'li gul... (bu ro'yxatni ancha davom ettirish mumkin) userkalaridan. Ham islomiy, ham dunyoviy ilmlari, fantaziyaga boyliklari, pazandaliklarini alohida aytib o'tish kerak) Har doim yordamga tayyorlar. Oqila rafiqa, shirinso'z kelin, Abdulaziz Ensarni mehribon onajonisi, forumimiz a'zolaridan kimgadir maslahatgo'y opa bo'lsalar, boshqa kimgadir sevimli singil qatoridalar:)
 Har jihatdan havas qilsa arziydigan INSON, muhimi, chin muslima... Allohim jumla mo'min qatori Ansora opamizga ham ikki dunyo soadatini nasib etsin, 

bir_qizcha Ansora opa bu-Haqiqiy o'zbek ayoli!

Abdulhafiz Ansora barchamiz uchun birdek sevimli forumdosh opamiz...
Hozirda forumni Ansora opasiz tasavvur qilish qiyin, juda qiyin.., tasavvur qilolmayman...

Lu`lu` Ансорахон - Замирахон бн хат кутим оркали бор йуги 2 мартагина езишганман. Мактубга жавобларидан узбегимни камсукум келини сканликлари завкимни келтириб, форумдаги постлари бн таниша бошладим.
Ансорахонни форумдаги гайратлари кузимни кувонтирса, жонкусрликлари бн калбимга кувонч багишлайдилар. Якинларини 2 дунедаги бахти булсинлар
Болалигимизда бирор кино курсак, "Кимники ютвотди, бизларникими еки ...?" дер сдик. Ансорахон хам "узимизникилар"муслималардан сканликларини хис киламиз   

Aqoid Ansora opamiz, taqdir taqozosi bilan vatandan yiroqda, doim vatanini sog'ingan, yaxshilik qilishni yaxshi ko'radigan, bilimli,ilmli, asosiysi mahjuba, mastura forumdosh, vatandosh, millatdosh, dindosh opamizdir.
Allah eksik etmesin!

Shoxjahon12 Vatandan tashqariga chiqayotgan har bir inson xoh u uzoq muddatga ketyaptimi, xoh qisqa o'z yurtining yuzi hisoblanadi. O'sha insonning fe'l-atvori, yurish-turishi, madaniyati,ma'naviy dunyoqarashiga qarab musofir yurt odamlari yurtimiz haqida xulosaga kelishadi. Shu ma'noda har bir musofir yurtdoshimiz ich-ichidan mas'uliyatni xis qilmog'i lozim. Ansora opamiz o'zbek madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari,an'analari, yaxshi fazilatlarini turk qardoshlarimiz diyorida munosib davom ettirmoqdalar deb o'ylayman. Farzand tarbiyasi, uy yumushlari, kundalik tashvishlardan vaqt orttirib forumimizga kirayotgan (kirganda ham eng ko'p post qoldirgan a'zolardan biri) ekanlarki, tilimga "Tasanno",degan so'zdan boshqasi kelmayapti rostini aytsam. Xali diydorlashish nasib etmadikuya, ammo yaxshi kunlarda uchrashib ma'noli suxbatlaridan baxramand bo'lishlikni umid qilib qolaman.

Donishmand Eks Kapalak opada-a?Biz Kapalak opaga o'rganib qolgan ekanmiz, Ansora desangiz ham hayolga kapalak kelayapti. )))
Zamira opani juda pazanda ayol deb bilaman. Forumga joylagan taomlaridan, retseptlariga qarab bir-ikki marta o'zim ham tayyorlab ko'rganman, bo'sh vaqtlarimda.
Forumda eng ko'p post qoldirgan userligidan (manimcha opaning keraksiz postlari deyarli yo'q) forum.ziyouz.com ga ancha mehnatlari singganini bilish mumkin. Sog' bo'lsinlar, oilalariga hayr-barakotlar tilaymiz.

Sadulla Birinchi marta forumga kirganimda Ansora (Kapalak) opani yoshlari ancha katta bo'lsa kerak deb o'ylagandim.Chet elda yashasalar ham vatanlarini unutmay,o'z ona tillarida yozgan postlarini ko'rib xursand bo'lganman.Baxslashayotganda extiyotkorlik bilan,boshqalarni ranjitib qo'ymaslikka harakat qilayotgandek ko'rinadi ba'zi postlari.Turk taomlari bilan forumni to'ldiradila ko'zni o'ynatib,qachon mazasini tatib ko'rish nasib qilarkin   

Zulfina Forumga ilk kirgan kunlarimdanoq Ansora opamga mehrim tushdi. mehrim shu darajaga yetdiki biroz vaqt gaplashmasam sog'inib qolardim :) Alloh diydor nasiyb etdi alhamdulillah... Mehrim yanada oshdi. juda irodali, sabrli ayollar...

Qayd etilgan


Ansora  27 Dekabr 2012, 17:11:58

 :asl3:


Yuqoridagi intervyu shu jihati bilan oldingilaridan farq qiladi, suhbat olib boruvchilarni ikkalasiniyam yosh bolasi bor edi:)
Faraz qiling, oglim endi fikrlarimni jamlay deganimda boynimga chiqib, ozini yerga otadi:) endi savolga javob yozaman, desam narigi xonadan dod soladi :D  ishqilib amalladik Mahdiyah bilan, bilmadim kichkina Mahdiyah onasiga nimalar qildi ekan:)


Intervyudagi javoblardan shaxsan ozimni konglim tolmadi, hozir qaytadan oqib chiqdimda, shoshib, uzuq-yuluq javob berganim yaqqol bilinib turibdi. Mahdiyah ham qizlari sabab kop savol bera olmadilar, deb oyladim....


Bolalar uxlaganda gaplashsakmi, degandik, oramizda 3 soat farq bolganligi, meni oglim kechasi uxlagandayam tez tez uygonib turishi sabab kunduz, ikkala bola ham uygoqligida gaplashdik:)


Mayli, rozi bolasizlar endi:)


Haqimda fikrlarni oqib uyaldim, chunki sizlar judayam oshirib yuboribsizlar. Men oddiy qishloq qiziman:) kamchiliklarim yetarli, kopincha "maqtanchoqday" korinadi fikrlarim, buning sababi, oilada katta qizligim, ayniqsa biz oqigan mahallar faqat yaxshi natijalarga erishish shartligimi, bilmadim doimo oldinga intilardik, a'lochi bolishimiz, doimo namuna bolishim shart edi u davrlar...Shu sababmi, doimo yaxshi natijalar bilan kelish qonun edi bizdaylar uchun!


Barchangizga rahmat, erinmay oqiganingiz uchun:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 19:14:20

Hadeb ayol-qizlardan intervyu olmaylik deb keyingi mahmonlikka nomzodlar deb quyidagi userlarni taklif etaman:

Donishmand
Abu Muslim
Muzaffar
Abdulhafizaka
Bir birodar


P.S. Jurnalist kim bo'lishini bilmadim.
Balki admin vaqtlari bo'lsa jurnalistlikni o'z bo'ynilariga olarlar?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  27 Dekabr 2012, 19:36:31

Ассалому Алайкум. Фикр ва мулохазаларни сÒ›иб менинг Ансора опа хаÒ›идаги фикрим нимагадир (А­хтимол техник сабабларга ксра бслса керак) Журналистимиз Махдисххонга етиб бормаганлигини тушундим (Чунки етиб борганда албатта ёзган бслардилар). А­нди шу жойга ёзиб Ò›сс Ò›оламан.
  Ансора (Мен снги аъзо бслганимда Капалак) опа жуда Ò›сли гул пазанда сканини аниÒ› биламан, сна мехрибон оналигини хам. АйниÒ›са мен Ансора опадан сз уйларига форумдошларни тсй муносабати билан чаÒ›ириб дийдорлаштиргани учун жада миннатдорман чунки мен снги бслишимга Ò›арамай форумдошлар билан танишиб дсстлашиб кетишимга шу тсй сабаб бслган. АллоÒ³ фарзанди ва сÒ›инлари бахтига соÒ“ саломат Ò›илсин.


Хаа, сна бир нималар ёзгандим тсÒ“риси Ò›олганларини сслолмадим.

Qayd etilgan


Зайнаб  27 Dekabr 2012, 22:34:45

 :asl3:

Интервью мслжалланган кундан кутаётган сдим Ансора опа билан бсладиган суÒ³батни. Кундузи 1 минутга кирган сдим, интервьюни ксриб Ò³еч чиÒ›иб кетолмадим. Умрингиз узоÒ›, танингиз соÒ“ бслсин, опа. Фикр-мулоÒ³азаларингиз, жавобларингиз гарчи шошдим, кснглимдагидай чиÒ›мади, десангизда жуда мазмунли, равон бслган. Шу сайт ва форумнинг номига срашадиган - зиё истаб, зиё таратадиган инсонлардансиз. Ота-онангиз Ò³аÒ›ларида сÒ›иб уларни дуо Ò›илдим,  оилангиздаги тарбис ва билим сабаб Ò³амма Ò›ийинчиликларни енгиб келаётган скансиз, сзлигингизни йсÒ›отмай келаётганингиз асл сабабчилари улар скан.  Ота-онангиз, барча сÒ›инларингиз бахтингизга соÒ“ бслсинлар. А ахмат сизга.

Qayd etilgan


Muhtoj  28 Dekabr 2012, 05:10:38

Navbatdagi intervyuga biz ham "Zo'r oshna" nomzodini (o'zbekchasiga: Best friend))) bir ovozdan ilgari suramiz :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Dekabr 2012, 09:58:00

Hadeb ayol-qizlardan intervyu olmaylik deb keyingi mahmonlikka nomzodlar deb quyidagi userlarni taklif etaman:

Donishmand
Abu Muslim
Muzaffar
Abdulhafizaka
Bir birodar


P.S. Jurnalist kim bo'lishini bilmadim.
Balki admin vaqtlari bo'lsa jurnalistlikni o'z bo'ynilariga olarlar?


Intervyularning saviyasi unda intervyu berayotgan shaxsning dunyoqarashi, hayotiy ko'nikmalariga, ilmiga albatta bog'liq bo'ladi.

U ayolmi, erkakmi, kim bo'lishidan qat'i nazar intervyuni o'qiyotgan shaxs undan nimanidir o'rganishi, ibrat olishi kerak bo'ladi. Shunday ekan, yoshlari bizdan katta bo'lgan, hayotda ko'pni ko'rgan opa-akalarimiz bilan bo'ladigan suhbatlar biz uchun ibratli bo'ladi, inshaalloh. So'nggi ikki intervyu bunga misol.

Agar vaqt va imkonlari bo'lsa, Shokirbek akamiz, shuningdek Ummu Muslima opamizdan ham interyu olinsa, ibratli bo'lardi, inshaalloh.

30 dekabrga qadar boshqa foydalanuvchilardan ham intervyu uchun nomzodlarni kutamiz, so'ng 3 kun mobaynida so'rovnoma o'tkazamiz.

Hozircha, intervyu uchun nomzodi ko'rsatilganlar:

Зайнаб
Best friend
Donishmand
Abu Muslim
Muzaffar
Abdulhafizaka
Bir birodar
Shokirbek
Ummu Muslima

Qayd etilgan


Lu`lu`  28 Dekabr 2012, 11:05:37

Шокирбек сиртдан билганимиз - устозлардан булсалар, канийди.
Фейсбукда, Чойхона сайтида кузга суртгудек постлар колдирадилар.
Шу кишига иккала кулим бн овоз бериш тугмасини босган булардим :)

Qayd etilgan