Zaynabxon, taklif uchun tashakkur.
Lekin, ushbu loyiha orqali biz hali yaxshi tanib-ulgurmagan, shaxsiy hayoti va hayotiy qarashlari haqida unchalik ma'lumotga ega bo'lmagan userlar haqida bilib olamiz.
Loyiha mualliflari aytganidek,
Avvalo, Forum Vertual olamdagi insonlarni yaqinlashtiruvchi maskandir. Ammo so'ngi vaqtda Vertuallikdan Reallik sari ham ko'plab qadam qo'yilmoqda... (Uchrashuvlar, futbol bunga misol bo'la oladi) Biz Forumdagi userlar haqidagi xulosani ularning ma'lum bir mavzuda qoldirgan posti orqali beramiz. Ba'zi shunday userlar borki, ularning kimligi, qachon tug'ilgani, qayerda turishi, nima ish qilishi, xarakteri, shaxsiy hayoti haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilamiz. Masalan, AbdulAziz, Chustiy... Ammo yana ba'zi shunday userlar borki, ular sirli sandiqning o'zi. Hech kim hali bu sandiqning ichini ochib ko'rmagan. Bizga ma'lum bo'lgani faqat yuzaki ma'lumotlar: sandiqning rangi, hajmi, ko'rinishi ma'lum xolos. Ammo ichi...
Inshaalloh, boshqa userlarimiz haqida o'rganib turaylik, ungacha, men fikrlarimni yig'ib, kuchli bo'lib olaman.
1. intervyuni kim oladi o`zi?))(sizlaram nomzodlarni etinglarde e!)
Lobarxon, avvalo o'zingiz ushbu ishning ustasi sifatida oxirgi ikki intervyuni judayam qiziqarli olib bordingiz. Xafa bo'lishmasin-u, ancha-muncha artist-partistlarning intervyusidan ko'ra mazmunli, ko'p narsani o'rganiladigan, yangiliklarga boy intervyu bo'ldi.
Ayniqsa, Abu Muso akaning 7 nafar farzandga ota ekanligini o'qiganim zahoti "Mashaalloh!" deb yubordim. Malades, aka! Sizga yetib olish, kerak bo'lsa, o'tib ketish bizlarga ham nasib etsin!
Intervyu oladiganlar qatorida Yurist, Chehmik, Aqoid aka (harqalay o'qituvchilar), Lu'lu' opa, Kapalak opa (ikkovlari ham pedagog) va kamina yordam berishlari mumkin.
Men yana Aqoid (Bobur aka), Abdul_malik ni nomzod sifatida tavsiya etaman. Chunki ikkovlaridan ham ko'p narsani o'rganish mumkin. Ikkovlari ham forumda qisqa-qisqa post qilishadi. Lekin ichki dunyolari postlaridanda go'zal ekanligiga shubham yo'q.
Demak, taklif etilgan nomzodlar:
Lu'lu' opa
Aqoid aka
Shokir
Shoxruh Mirzo
Akbarjon
Abdul_MalikErtagacha, yana nomzodlarni taklif etishingiz mumkin. Ertaga esa so'rovnoma o'tkaziladi. Va g'olibdan intervyu olinadi.