So'rovnoma

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular..." loyihasining navbatdagi mehmoni kim bo'lishini xohlardingiz?


-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  1 (50%)
-
  1 (50%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 2



"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...  ( 78477 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 25 B


Aqoid  22 Fevral 2011, 14:17:31

Akbarjonniyam bir eshitaylik. Abdulaziz ovoz berishni boshlavororing,nomzodlar 5ta bo'ldi.

Qayd etilgan


Ummu Muslima  22 Fevral 2011, 15:11:16


men ham Lu'Lu' opani nomzodlariga ovoz beraman,

keyin,AbdulAziz va Akbarjonlar ham yahshi nomzod :)

Qayd etilgan


Ansora  22 Fevral 2011, 15:13:57

Menimcha hammalaridan birin-ketin hech bo'lmasa haftada 1 kishidan suhbat olinsin. Albatta hammani vaqtiga qarab. Oldindan rahmat:)

Qayd etilgan


Ansora  22 Fevral 2011, 15:19:43

Ha yana bir nasga e'tibor bermabmiz, "Kutilmagan mehmon" bundan keyin o'z nomini o'zgartiradi bo'lmasam:) chunki biz tanlayabmiz "mehmonni"...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  22 Fevral 2011, 15:30:39

manam gapiriiiiiiiy??:)))))

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2011, 16:02:16

manam gapiriiiiiiiy??:)))))

Gapiring.
Nomzodlaringizni ayting.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  22 Fevral 2011, 16:12:28

1. intervyuni kim oladi  o`zi?:)))(sizlaram nomzodlarni etinglarde e!);)
2. AbdulAziz. (Lu'lu opadan gap olish rossa qiyin ekan, bir urinip ko`ruvdim yaqinda:))

Qayd etilgan


muxlisa  22 Fevral 2011, 18:46:23

Assalomu alaykum, hurmatli forumdoshlar, Abdulaziz aka!

Intervyu haqida berilgan taklif va nomzodlarni men ham qo'llab-quvvatlayman. Lekin  mana shularga bir istisno qilgan holda, bir yangi taklif kiritmoqchiman. 

Keyingi "Kutilmagan mehmon"  Forum Administratori Abdulaziz bo'lsalar va intervyuni u kishidan ChehMik forumdoshimiz olsalar.

Birinchidan:  Bizdek yangi userlar hali Abdulaziz akani yaxshi tanimaymiz. Ishtirok etayotgan forumimizning Admini haqida bir tasavvur hosil bo'lardi. Va manimcha bu suhbat ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayman.

Ikkinchidan: Haqiqiy bir erkakcha suhbat bo'lar edi.

Yana bir taklif. Bu haqda Kapalak opa ilgari aytgan edilar. Loyihani nomi "Kutilmagan mehmon" emas, "Biz kutgan mehmon" bo'lsa, nima dedila?:)

ChehMik ham forumdan "uzoooq muddatli" tanaffuslariga bir "kichkina tanaffuscha" qilib forumga  kirib  intervyuni olib ketsalar yaxshi bo'lardi. Chehmik, nima deysiz?:)

Taklifimga mulohazalaringizni kutaman:)

Qayd etilgan


Sofdil  22 Fevral 2011, 19:26:48

 :as:

Yaxshi iw bowlapsila,
Maniyam sal pal voqtim ziqro wunga, kelasi haftani urtalariga qabulimga yozilse bir manam intervyu bervorarmidim  :1 (hazil)

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2011, 19:29:03

Zaynabxon, taklif uchun tashakkur.
Lekin, ushbu loyiha orqali biz hali yaxshi tanib-ulgurmagan, shaxsiy hayoti va hayotiy qarashlari haqida unchalik ma'lumotga ega bo'lmagan userlar haqida bilib olamiz.

Loyiha mualliflari aytganidek,
Avvalo, Forum Vertual olamdagi insonlarni yaqinlashtiruvchi maskandir. Ammo so'ngi vaqtda Vertuallikdan Reallik sari ham ko'plab qadam qo'yilmoqda... (Uchrashuvlar, futbol bunga misol bo'la oladi) Biz Forumdagi userlar haqidagi xulosani ularning ma'lum bir mavzuda qoldirgan posti orqali beramiz. Ba'zi shunday userlar borki, ularning kimligi, qachon tug'ilgani, qayerda turishi, nima ish qilishi, xarakteri, shaxsiy hayoti haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilamiz. Masalan, AbdulAziz, Chustiy... Ammo yana ba'zi shunday userlar borki, ular sirli sandiqning o'zi. Hech kim hali bu sandiqning ichini ochib ko'rmagan. Bizga ma'lum bo'lgani faqat yuzaki ma'lumotlar: sandiqning rangi, hajmi, ko'rinishi ma'lum xolos. Ammo ichi...

Inshaalloh, boshqa userlarimiz haqida o'rganib turaylik, ungacha, men fikrlarimni yig'ib, kuchli bo'lib olaman. :)

1. intervyuni kim oladi  o`zi?:)))(sizlaram nomzodlarni etinglarde e!);)

Lobarxon, avvalo o'zingiz ushbu ishning ustasi sifatida oxirgi ikki intervyuni judayam qiziqarli olib bordingiz. Xafa bo'lishmasin-u, ancha-muncha artist-partistlarning intervyusidan ko'ra mazmunli, ko'p narsani o'rganiladigan, yangiliklarga boy intervyu bo'ldi.

Ayniqsa, Abu Muso akaning 7 nafar farzandga ota ekanligini o'qiganim zahoti "Mashaalloh!" deb yubordim. Malades, aka! Sizga yetib olish, kerak bo'lsa, o'tib ketish bizlarga ham nasib etsin!  : )

Intervyu oladiganlar qatorida Yurist, Chehmik, Aqoid aka (harqalay o'qituvchilar), Lu'lu' opa, Kapalak opa (ikkovlari ham pedagog) va kamina yordam berishlari mumkin.

Men yana Aqoid (Bobur aka), Abdul_malik ni  nomzod sifatida tavsiya etaman. Chunki ikkovlaridan ham ko'p narsani o'rganish mumkin. Ikkovlari ham forumda qisqa-qisqa post qilishadi. Lekin ichki dunyolari postlaridanda go'zal ekanligiga shubham yo'q.

Demak, taklif etilgan nomzodlar:
Lu'lu' opa
Aqoid aka
Shokir
Shoxruh Mirzo
Akbarjon
Abdul_Malik


Ertagacha, yana nomzodlarni taklif etishingiz mumkin. Ertaga esa so'rovnoma o'tkaziladi. Va g'olibdan intervyu olinadi.

Qayd etilgan