So'rovnoma

"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular..." loyihasining navbatdagi mehmoni kim bo'lishini xohlardingiz?


-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  1 (50%)
-
  1 (50%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)
-
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 2



"Kutilmagan mehmon" - Forumdoshlardan maxsus intervyular...  ( 123883 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


Mahdiyah  08 Dekabr 2012, 19:49:00

Assalamu alaykum.
Uzr so'riman yo'q bo'lib qolganimga.

Biznikida ham muhim mehmonlar kelganligi uhun forumga kirib javob yoza olmadim.
Mufazzala opa ham xozircha vatlari yo'q ekan, bugun habarini olgandim.

Demak Ansora opa keyingi mehmon.
Savollaringizni kutib qolaman.

Qayd etilgan


_Risolat_  08 Dekabr 2012, 20:47:43

Xohlagan savolni berish mumkinaa?

Qayd etilgan


Lu`lu`  09 Dekabr 2012, 08:19:50

Ассаламу алайкум.
Саволни кимга йуллайлик, Mahdiyahгами?
Хар схтимолга карши Махдисхонга жунатдим.
АбдулАзизжонга юбориш керак булса, саволимни узатворарсиз :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Dekabr 2012, 08:38:44

Xohlagan savolni berish mumkinaa?

Mumkin.
Ассаламу алайкум.
Саволни кимга йуллайлик, Mahdiyahгами?
Хар схтимолга карши Махдисхонга жунатдим.
АбдулАзизжонга юборилса, саволимни узатворарсиз :)

Aha manga yuboravering, boshqa talabgor jurnalist chiqqunicha  ;)


Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Dekabr 2012, 21:30:18

:asl3:

"Kutilmagan mehmon"ning keyingi mehmoni Ansora (Zamira opa) ga qiziqarli va ma'noli savollarni kutib qolaman.

Intervyu inshaAlloh shu oyning oxirgi 10 kunligida o'tkaziladi.

Savollaringiz va Ansora opa xaqida fikr-muloxazalaringizni 24 dekabrgacha yuborishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Dekabr 2012, 15:07:52

FORUMDOSHLAR INTERVYU UCHUN SAVOLLARINGIZNI YUBORING.

QIZIQARLI SAVOLLARGA QIZIQ JAVOBLAR UCHUN SHOSHILIB QOLING, 3 KUN QOLDI.  :)

Savollaringiz va Ansora opa xaqida fikr-muloxazalaringizni 24 dekabrgacha yuborishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 13:45:47

Assalamu alaykum!
Ansora opa bilan intervyu bo'lib o'tdi.

Mehmon haqida qisqacha ma'lumot:

Ism, sharifi: Zamira Hamidova

Forumdagi nom: Ansora

Maqom: Mega Member

Ro'yxatdan o'tgan sana: 14 Avgust 2009

Ilk pot: Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz... Hurmat bilan

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:06:44

Ansora opa o'zlari haqida qisqacha:

Andijonda, ishchi oilasida dunyoga keldim. Olti farzandning ikkinchisi, to'rt qizning kattasiman. Maktabni bitirgan yilim Nizomiy Pedagogika Universitetining "Ozbek-Qozoq filologiyasi fakuleti" qo'shimcha Turk tili va adabiyoti bo'limiga o'qishga kirdim. Keyinchalik Istambuldagi Marmara Universitetining "Turk tili" bo'limida masterimni tamomladim. Bugungacha turli soxalarda ishladim, hozir esa farzandim Abdulaziz Ensarni tarbiyasi bilan mashg'ulman


MAHDIYAH:Assalamu alaykum!

Ansora: Vaalaykum assalom!

MAHDIYAH: Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgansiz?

Ansora: Bolaligimda avvalo doktor- jarroh bolishni judayam xohlardim. Uydagilaram xursand bolishgan, lekin keyinchalik qiz bola doktorlikka kamida 10 yil o’qib nima qiladi, deb qolishdi, shunga keyinchalik dorishunoslikka o’zgartirdim orzuyimni. Keyin esa jurnalist bo’lsammi, deb o’ylab qoldim, rahmatli o’qituvchi otam, ayol kishi uchun qiyin jurnalistlik, degandilar. Ohiri o’qituvchi bo’lishga qaror berdim, sinf rahbarimiz Mubina opa sabab bo’lganlar bunga. Ularni judayam yaxshi ko’rardim.

MAHDIYAH: Maktabda aynan qaysi fanlarni juda yaxshi ko’rib o’qigansiz?

Ansora: Maktabda butun fanlarni yaxshi ko’rardim, faqat algebrada qiynalardim, onam matematika o’qituvchisi bo’lganliklari uchun ulardan ko’p yordam sorardim. Bir narsani aniq aytishim mumkin: qaysi o’qituvchini yaxshi ko’rsam, uning fanini ham yaxshi ko’rgan ekanman :) algebra o’qituvchimiz qilichdan qon oqadigan ayol edi, rahmatli bo’libdi o’tgan yillarda, lekin bizni ancha dilimizni og’rtigandi, rahmatlik. Adabiyotni judayam yaxshi ko’rardim, fizikani hayratlar ichida o’qirdim, botanika fani jonu dilim edi, rasm esa, rasm yaxshi chizganim uchunmi judayam yaxshi ko’rgan fanlarimdan biri edi, jismoniy tarbiyadan doimo maqtov olardim, bunga sabab akam bilan birga butun mashqlarni bajarib, o’zimni chiniqtirganim bo’lsa kerak. Yana maqtanchoq, demanglaru, lekin butun darslardan yaxshi baho olardim :)

MAHDIYAH: Qizlik oilangiz haqida biroz gapirib bersangiz.

Ansora: Oilada 6 farzandmiz, dadam Toshkentda o’qiganlar suv hojaligi boyicha, shungami, Toshkentni judayam yaxshi ko’rardilar, bizni judayam ko’p oynatgani olib borardilar Toshkentga, 3-4 kunlik tatilda ham erinmay olib borib, kelardilar. Onam ham fizika matematika o’qituvchisilar, lekin ishlay olmaganlar kop, asosan 6 farzandning tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar, keyinchalik 30 yoshlaridan keyin diniy ilm ola boshlaganlar, ilk namoz, Qur’on bilan tanishtirgan inson ham onamlar.
4 qizning kattasiman, singillarim bilan aloqalarimiz doimo dostona bo’lgan, ularni oynatardim, ularga har xil ashula aytardim, multfilmlardagi qahramonlarni ovozlarini o’hshatib berardim. Dalalarda ozmi kulishdik, ozmi birga o’ynab kulib paxta terdik. Ozmi tarvuz topib olib xursand bo’ldik, ozmi ilon ko’rib qochdik. Akam va ukam bilan ham munosabatlarimiz doimo yaqin bo’lgan shukr. Akam bilan bolaligimizda bazan urishib turardik, lekin men arazlashni yomon ko’rganim uchun darrov yarashardik, ukam esa o’zim kotarib katta qilganim, jigarim. Kozlarim toldi, bu safar uyga borganda kora olmadim, 7 yil bo’ladi ko’rmaganimga

MAHDIYAH: Otangizdan qanday xislatlar, onangizdan qanday xislatlar sizga o'tgan deb o'ylaysiz, umuman xarakter jihatidan qanday odamsiz?

Ansora: Dadam tezda jahli chiqib, tezda "so'nadigan" odam, shu fellari menga aynan o’tgan :) tez kirishib ketishlari, har xil yoshdagi insonlar bilan yaxshi munosabatda bolishlarini ham o’zimda ko’raman, yosh tanlamayman, hamma bilan chiqishib ketaveraman. Onam judayam og’ir bosiqlar, mehribon inson, lekin haqsizlikka aslo chiday olmaydilar, haqlarini oladilar, hech bo’lmasa aytadilar. Shu fellari o’tganmi bilmadim, men ham indamay turaman, turaman, ohiri bolmasa aytaman, qo’yaman. Adolatsizlikka aslo chiday olmayman men ham. Keyin ko’pchilikni o’ylab, istihola qilib, menga nima, degan narsalarini men aytaman, shuning uchun doimo tayoq meni boshimda sinadi :) Xarakterimni bazan umuman yoqtirmayman, chunki meni hafa qilgan odamdan ham arazlay olmayman, chiday olmayman g’alati qarashlarga, kel yarashaylik, deyman doimo. Yig’loqiman, bazan oddiy narsalarga ham yig’layveraman, ko’zimda doimo 2 tomchi yoshim tayyor turadi. Albatta inson bolasi ilk kunda qanday bolsa shunday turmaydi, sharoitlar uni o’zgarishiga sabab bo’ladi, bolaligimizda qanchalik og’iz ochiq bolsam, qiyinchilik koraverib, hozir haqqimni oladigan bolganman :)

MAHDIYAH: Demak bolaligingizda yuvosh xozir qattiqroqmisiz?

Ansora: Bolaligimda ham qattiq edim kerak bolganda, lekin uni aytgani kuch topa olamaganman, ko’p ezilganman, keyinchalik aytishni o’rgandim :)

MAHDIYAH: Deylik jaxlingiz chiqib, hech narsa yoqmayabdi, nima sizni darrov tinchlantirishi mumkin? Umuman tez jaxli chiqadiganlar toifasidanmisiz?

Ansora: Tezda chora korish, tez harakatga o’tish, tezda aytish meni tinchlantiradi. Ayniqsa yaqinlarimga qilingan yomon harakat, gap so’zlar tezda jahlimni chiqaradi, ilgari aytgandim men opa edim, 3 singlim va ukamni qo’rish meni vazifam edi, shungami haliyam yaqinlarimni qo’riqlash meni vazifamday goyo. O’tgan yillarda facebookda ho’jayinimni kursdoshi ularni uniformalariga gap qilibdi, men o’qib qoldim. Darrov xat yozdim, kechirasan, sen ustidan kulgan bu uniformani tashish qanchalik sharaf bilasanmi, bu uniformada kunda necha polis shahidlik martabasiga yuksalyabdi, deb....bilaman aralashim kerak emasdi, lekin chiday olmayman :) qo’limda emas :)

MAHDIYAH: O’zingizga ta’rif berish kerak bo’lsa qanday ta’rif bergan bo’lardingiz?

Ansora: 1. Vatanini, oilasini, yaqinlarini sevuvchi, ular uchun jon kuydiruvchi; 2 Bazan sabrsiz, bazan esa sabrli (dastgoh ishida o’zim ham hayron qoldim) 3. Bazan jiddiy bolmagan sabablarga ham yig’laydigan. 4 Ilmga intiladigan, har kuni bir narsa o’rganishga intiladigan, ilm yo’lidagi insonlarni judayam xurmat qiladigan. 4 Haqsizlikka chiday olmaydigan.

MAHDIYAH: "œQiz bolani chin do’sti bo’lmaydi" degan gap bor, bu fikrga qanday qaraysiz?

Ansora: Qiz yoki erkak albatta do’sti boladi, bu har ikki tarafga bog’liq. Qiz bola bir kun turmushga chiqadi, eski uyi, do’stlaridan uzoqlashadi, oila, yaqinlari tashvishi bilan do’stiga vaqt ajratishi qiyinlashadi, bazan erlar ruhsat bermaydi eski do’stlar bilan judayam yaqin bolishiga. :) Lekin eng boshdan do’st tanlashda aqli bolish kerak, bazi insonlar bor, do’stim, degan insondan faqat foydasi bo’lgani uchungina birga. Shunday hollarda bir taraf faqat foyda ko’radi holos, narigi taraf esa fidokorlik qilaveradi...Meniyam chin do’stlarim bor, ulardan xabar ololmagan vaqtim (masalan smslarimga javob yoq, toki men telefon qilmagunimcha:) ) xayolan suhbat quraman ular bilan, eski kunlarimni yodi bilan yashayman, bu ham bo’lsa xursand bo’lishimga yetadi albatta :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:16:08

MAHDIYAH: Vatandan uzoqda yashash oson emas, garchi turk tili, madaniyatida o'zimiznikiga o'xshash jixatlar ko'p bo'lsada... Mana, siz Turkiya zaminiga ilk qadam qo'yganingizda qanday xislarni boshingizdan kechirgansiz? Qanday holatlardan quvongansizu, qanday holatlar dilingizni xira qilgan? Vatanga, ota-onaga bo'lgan sog'inchingiz avj olganda qanday holatga tushgansiz? Vatandan olisda yurgan musofir sifatida bu menga juda qiziq.

Ansora: Ehe u kunlarmi :) samolotda 5 soat yig’lagan odamni eshitganmisiz, u men edim:) Men Turkiyaga ilk marotaba 2000-yili kelganman, qarang shungayam 12 yil bo’libdi, umrni o’tishini qarang, shunchaki aylanib, shart-sharoitni o’rgangani, kelajakda Turkiyadagi o’qishlardan birida o’qish niyyatim bor edi. Men aslida Toshkentda o’qib yurar ekanman, "œkichkina Turkiyada" yashayotganday edim. Chunki turk tili bo’limida o’qirdim, turk firmasida ishlardim, turkiyalik oilalar bilan oilaviy bordi-keldi qilardik. Shungami, bilmadim Turkiyaga ilk qadam qo’yganimda unchalik hayron bo’lmaganman ko’p narsaga. Lekin hech esimdan chiqmaydigan narsa: aeropordan chiqib, meni kutib olgan oilani uyiga ketar ekanman, katta katta reklamalar diqqatimni tortgan. Yozuvlarni o’qiydigan odatim bor, charchab ketganman. Uyga borgandan keyin esa yana hech esimdan chiqmaydigan narsa- suv bidonini yelkasiga qo’yib olgan odam edi. Hayron bo’lganman, Istambulda suv yo’qmi, deb. Kechi payt 22 dan keyin avtobusga mindirishgan meni, asl kutayotgan oilani yoniga- Amasya degan shaharga qarab yo’l olganman. Shunda avtobusni ichida yo’lovchilarga suv, egulik berib, hol-ahvol so’rab turadigan muovinni ko’rib hayron qolganman, kolonya (odekolonga ohshash suyuqlik) qolimizga tokanda, suv berganda "œrahmat" deyaveribman, keyin eslab rosa kulganman.
Vatan, ota-ona, yaqinlarimni soginganimda to’yib yiglayman, ba’zan oddiy sabablardan ham ko’zimdan yosh oqaveradi, uydagilardan yashiraman, uyalaman chunki. O’tgan yillarda uyga bormaganimga 6 yil bo’lgandi, qanday chidadim, o’zim ham hayron qolaman, lekin oila qurganim, farzandim tug’ilganligi uchun Alloh ham sabrini ham berdi shekilli. Lekin uyga boradigan paytlarim rosa yig’loqi, jirraki bo’lib qolgandim, mana borib keldim, sal bolsada sog’inch ozaydi, o’zimga keldim. Uyni sog’inganimda to’yib toyib Ziyouz va Pazanda uzda yozaman.

MAHDIYAH: Turkiyada yashoyotganingizga ham ancha bo'ldi. Aynan turklarga xos bo'lgan, va siz birinchi marta shu millatda kashf qilgan, boshqa millatlarda siz ko'rmagan xususiyat yoki odat qaysi?

Ansora: Istambulda talabaligimda eng yomon ko’rgan narsam yoshi kattalarga joy bermasliklari edi. Bilmadim boshqa milatlarda qanaqa, balki ulardan bundan ham badtardir. Shu sabab transportda ko’p janjal qilganman. Bir marta hech esimdan chiqmaydi, soqollari oppoq bir otaxon chiqdi avtobusga, qani endi birov joy bersa, ertalab asosan talabalar bo’lardi avtobusda. Men o’rnimdan turib, otaxonga joy beraman, desam 30 yoshlarda biri "œtap" etib o’tirib olsa bo’ladimi. Biram jahlim chiqdi, "œmen shu oppoq soqolli otaxonga joy bermoqchiydim" dedim unga. U esa pinagini ham buzmay, "œotaxon mendanam, sendanam quvvatli" desa boladimi"¦
Turklarda Ramazon judayam boshqacha kutib olinadi, bu yerda tutgan ro’zalarimni mazza qilib tutganman, ayniqsa iftorda Ä°stambulda Sulton Ahmad maydoni, "œFeshane"lardagi shodiyonalar, bayram havosini judayam yaxshi ko’raman. Har ikki hayit ham juda boshqacha kutib olinadi, tayyorgarliklar judayam zo’r bo’ladi, asosan ayollar pishir kuydir bilan rosa ovora bolishadi, turli xil yeguliklar, shirinliklar tayyorlanadi mo’l mo’l.
Odatlardan biri menga juda yoqadi- uyga uzoqdan mehmon kelganda uni oziga alohida yangi katta kichik sochiq, yangi sovun va qolda to’qilgan yumshoqqina mochalka (lif deyishadi) sovg’a qilinadi. Ketayotganda olib ketasiz.
Kattalarni qo’llari o’piladi, bu ham men ko’rgan boshqacha odatlardan biri. Qollar o’pilib, peshonaga qo’yiladi.
Turklarda mehmondorchilik ham boshqacha boladi;
Agar kechki ovqatga keladigan bo’lsa avaldan aytiladi, uy egasi shunga qarab tayyorgarligini qiladi. Ovqatlarni ikrom etish shakli: suvli (shorva), suyuq ovqat, quyuq ovqat, yonida har xil tuzli pishiriqlar, turli xil salat, ovqatdan keyin choy, shirinlik choy bilan birga keladi, dasturxonga qo’yilmaydi bizdagiday, eng ohirida meva beriladi, bazi joylarda esa qahva tayyorlanadi, bundan keyin mehmon asta-sekin xayrlashib chiqadi. Mehmondorchiliklar asosan shu shaklda, bir bu taraf keladi, bir bu taraf, navbat sizda, deb qo’yishadi, albatta kutamiz. Bizdagiday birdan mehmonga kelish, ayniqsa ovqatga kamdan kam boladi, juda yaqin qarindoshi bo’lsagina, yoki bazi jiddiy sabablarda.
Kunduz keladigan mehmonlarga asosan shirinlik, yonida tuzli (pechenye, bulochka), choy beriladi.
Agar uyga kelgan mehmon oilaning yaqin insoni bolsa albatta ovqat tayyorlanadi, lekin kunduz bazi bir sabablar uchun (kasal ziyorati vhk) faqat choy va yonida yeguliklar beriladi, ovqat berilmaydi.

MAHDIYAH: Turkiyaga kelib nimalarni o'rgangansiz? Hayotga qarashiz sal bo'lsada o'zgarganmi?

Ansora: Albatta Turkiyaga kelib, juda ko’p narsa o’rgandim, achchiq haqiqatlar bilan bo’lsa ham o’rgandim. Ayniqsa talabalik paytlarim inson bolasini qanchalik kuchli bolishi kerakligini, har ko’rgan odamiga ishonmasligi kerakligini, ham o’qib, ham ishlash jarayonida o’rgandim.
Bu yerda talabalik judayam qiyin, darslar, mashg’uolotlar, vazifalar qiyin. Nizomiyda toshbosma asarlar oqigan bolsak, bu yerda qo’lyozma asarlardan o’qidik, shunga rosa qiynalganman:) yuqorida aytish esdan chiqibdi, men dardlarim, qiyinchiliklarimni asosan aytmayman, lekin bu yerda aytishni o’rgandim, chunki yig’lamagan bolaga sut yoq ekan :) muammolar bilan yuzma yuz kelishni o’rgandim, balki yoshim kattara borganini sababidir bu, lekin boshqa davlatda -musofirlikda odam kuchlanar ekan, musofir bolmaguncha musulmon bolmaysan, deydiki xalqimiz :)

MAHDIYAH: Turk va o'zbek yoshlarining farqi nimada deb o'ylaysiz umuman ikki halq yoshlarining "+" va "-"lari...

Ansora: Men 10 yilga yaqin vaqtdan beri O’zbekistonda emasligim uchun bu savolga aniq javob berishim qiyin. Chunki 10 yil bir inson umri uchun.

MAHDIYAH: Ha to'g'ri 10 yil avvalgi yoshlar boshqacha edi. Xozirgilar batamom boshqacha

Ansora:  Bir xalqning kelajagi uchun muhim sana.

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Dekabr 2012, 14:29:34

MAHDIYAH: unda lirik chekinish"¦  :) FORUM haqida"¦
Ziyouz forumni nimaga o'xshatasiz?

Ansora: Ziyouz sayti avvalo- ilm markazi men uchun. Kunda hech bo’lmasa bir narsadan voqif bo’laman, yangi narsa o’rganaman. Ilk yillarda avval  Ziyouzga ohshagan saytga azo bo’lmaganim uchun rosa hayajonlanganman :) har kuni qancha post yozardim, lekin o’sha paytlar ham ancha shovqin-suron bilan to’la "bozor edi" men uchun forum :) hozirgi kunda qo’limizda sham bilan qidirayotgan azolarimiz judayam faol edilar. Hozir ancha kamnamolar. Ziyouz- men uchun oila azolarimday yaqin insonlarni ko’radigan joyim. Bazan har xil odam chiqib, birovlarni dilini og’ritganda shuning uchun qattiq jahlim chiqadi va ustma ust jahl bilan yoza boshlayman :) Odatda meni og’ir bosiq, deb oylaydiganlar, jahl bilan yozgan gaplarimni ko’rib hayron qolishgan :) Buning yagona sababi bor- yana yuqorida aytganimday- yaqinlarimni hafa qilishlariga chiday olmaslik. Birovlar uchun erish tuyular- forumni o’zimga yaqin olishim, mayli ularni fikri o’ziga, lekin men bu yerda uyida choyini ichib, xayr duosini olayotgan insonlar bilan tanishdim, bundan a'losi bormi? Hozirgi kunda odam qo’shnisiga ham ishonmaydi, har kuni ko’rgan odamingiz shunday qilibdi, deyishsa hayron qolasiz, lekin forumda aytgani bilan qilgani bir xil bo’lgan insonlarni ko’rdim, bu men uchun yetarli.

MAHDIYAH: Nimaga kapalak nikidan voz kechdingizi? Har qalay ko'pchilikni ko'zi o'rgangan nik edi :)

Ansora: Kapalak, haliyam men uchun qadrli, msn adresimda haliyam Kapalak ismim turadi :) kopincha Kapalak opa, deb murojaat qilishganda o’zim hijolat bo’lardim, shunga o’zgartirdim. Hech kim boshqa sababdan deb oylamasin, sababi faqat shu :)

MAHDIYAH: Forumdagi eng yaxshi ko'rgan mavzuingiz? faqat taomlar bilan bog’liq mavzudan tashqari.

Ansora: Ä°slomiy yangiliklar, Bugunki kun mulohazalari, Gullar olami :) da yangi post ko’rsam darrov kiraman :) Bizning fotogallereya, ham bor.

MAHDIYAH: Bu forumda kimni ko'proq qadrlaysiz? Faqat to'g'risini ayting?

Ansora: :) Qiyin savol. Men uchun - boshqalarga qadr bergan barcha qadrli, birini biridan ustun qila olmayman. Chunki har bir a'zoni alohida papkasi bor, kallamda. Masalan azizbek_mxga birov qattiq gapirganda qanchalik hafa bolsam, AbdulAzizga tosh otishganda shunchalik hafa bo’laman. Ummu Muslima opani qanchalik ehtiyot qilgim kelsa, Хадичаni shunchalik yaxshi ko’raman :)

MAHDIYAH: Eski ziyouz bilan hozirgi ziyozni farqi nimada? Eskisi yoqarmidi, hozirgisimi?

Ansora: Men turk taomlari bolimidagi yeguliklarni bo’limlarga (suyuq, quyuq vhk) ajratib chiqmoqchiydimi dizayn ozgargani uchun biroz ko’zim o’rgansin, deb kutib turibman:)
Forumni eski shovqinli kunlarini aytayotgan bo’lsangiz, albatta odam sog’inadi, butun azolarimiz sog’insa kerak (albatta eski kunlarni bilganlar) lekin hozir ham kerakli, foydali postlar qilinmıoqda

MAHDIYAH: Forumda o’zgatirish huquqi bo’lganida nimalarni o’zgartirgan bo’lar edingiz?

Ansora: Him, bu haqda ko’p oylash kerak, mana o’zim ham nasib bo’lsa sayt ochish niyyatidaman, sayt ishi oson ish emas:) AbdulAziz yana yaxshi idora qilyabdilar bizdaylarni:) hozircha fikrim yoq.

MAHDIYAH: Tasavvur qilaylik, o'g'ingiz Abdulaziz balog'atga yetib, uylanadigan bo'lib qoldi. Yana tasavvur qilaylik, forumdagi qizlarning barchasi turmushga chiqmagan, vaayni turmush qurish yoshida. O'g'lingiz uchun qaysi yuzerkanitanlardingiz?Aniq javobni kutamiz.

Ansora: Judayam zo’r va qiyin savol bolibdiyu. Masalaga jiddiy yondoshish kerak bo.lsa, men o’l’imga qo’yib bergan bolardim, chunki yashaydigan u, qizlar haqida malumot berardim, o’g’lim qaragin shu qiz shunday vhk deb. Men forumda juda ko’p qizlarni yaxshi ko’raman, hurmat qilaman, o’z singlimday ko’raman, lekin ularni uyda qandayliklarini bilmayman, hayot boshqa, forum boshqa. Hayot achchiq, lekin forumda odam ancha yengil tortadi, ertaga hayotda qarshingizga qanday qiyinchiliklar chiqishini aslo bila olmaysiz. Men forumda tanib, yaxshi ko’rgan qizlarimni qanchasi hayotning achchiq, og’ir kunlariga chidashlarini tasavvur qila olmayman, chunki men ularni faqat internet olamidagina taniyman. O’zim ham o’zimni turmush qurgandan keyin tanidim, demak men shunchalik ojiz va yoki shunchalik sabrli ekanman, dedim. O’g’lim hal qilishini xohlarim qisqachasi :)

MAHDIYAH: Ho'p lekin o'g'lingiz ona siz tanlang desachi misolda, savol egasi aniqlikni kutibdi umidvor bo'lib :)

Ansora: Men tanlaydigan qizlar orasida: Zulfina, Rabella, Yoqutxon, Хадичаlar bo’lardi :) qizlar kamku hozir forumda:)

MAHDIYAH: aha rahmat :)

Ansora: arzimaydi

MAHDIYAH: Hali forumdoshlar bilan ko’rishmaganda kimni ko’proq ko’rgingiz kelardi?

Ansora: Ummu Muslima opani, :) chunki u kishi bilan boshqacha munosabatimiz bor, bilmadim balki mening opam yo’qligi uchundir, singlim bor shukr. Lekin opa boshqacha, ba’zan odam erkalangisi keladi, nasihat qilsin xohlaysiz, kerak bo’lsa tanbeh bersin...shungami Ummu Muslima opani judayam ko’rgim kelardi...ko’rdim shukr:)

MAHDIYAH: Forumda qancha insonar bir paytlar faol bo’lib, keyin kamnamo bo’lib ketishadi. Sizga aynan forumda o’rni juda sezilayotgan user va userka.

Ansora: Chehmik va Munira xonimlarni o’rinlari menga judayam bilinadi.

MAHDIYAH: Abdulaziz Ensarga o'zbek tilini o'rgataman degandingiz bir safar,keyinchalik Xudo xohlasa uni ham forumga a'zo qilib qo'yasizmi? U forumdan o'zi uchun foydali narsa olishi mumkin deb o'ylaysizmi?

Ansora: Nasib bo'lsa haliyam shu niyyatdaman :) O'zbekcha, Ruscha mendan, Ä°ngliz tili dadasidan tekin :) 4 til bilsa kelajagi uchun judayam foydali bo'ladi inshalloh. Ha azo qilaman, ko’p narsa o’rganadi.

Qayd etilgan