Kitob javonimdagi aksar kitoblar Dadaxon Nuriy qalamiga mansub. Shulardan tashqari "Kapitan Grant bolalari" va "O'n to'rt yoshli kapitan" (Jyul Vern) asarlari menga yoqqan. Yana Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar", "Humoyun va Akbar" hamda "Avlodlar dovoni" asarlarini katta qiziqish bilan o'qigandim. Bundan tashqari Temurmoma va Boburnoma asarlaridan ham katta taassurotlar olganman. Tohir Malikning tanlangan asarlari yig'masidan beshta kitobini o'qib chiqqanman. Xullas, hamma kitoblarim yoqadi