"Mening Kitob Javonim"  ( 219625 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 39 B


jasur.best  26 Yanvar 2011, 12:43:19

N.Komilov "Tasavvuf"

Qayd etilgan


yoqutxon  28 Yanvar 2011, 21:44:39

 :as:

Yaqin kunlarda kutubxonamga Muhammad Salim ibn Muhammad Rahim Buxoriyning  Durrat-ul Vaziyin(nasihatlar durdonasi) kitobi qo'shildi. Hali kitobni o'qishni boshlaganim yo'q lekin albatta yaqin kunlarda o'qib chiqqaman InshaAlloh.



Qayd etilgan


Nurdinboy  28 Yanvar 2011, 23:18:06

Mening ham kitob javonim shu kunlarda yana bir bor boyidi. Ular:
Islom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q".
O.Sharafiddinov "Ma'naviy kamolot yo'llarida" kabi kitoblar.
Agata Kristi "O'g'irlangan million dollar".
Paulo Koelo "Portobello jodugari", "Iblis va Prim xonim".




Qayd etilgan


Nurdinboy  03 Fevral 2011, 18:38:33

Bugun kitob javonimga yana 8 ta kitob qo'shildi. Ular:
J.Rumiy "Ma'naviy masnaviy" kitobidagi 40 hikoyatga 40 ta sharh kitobini 3 ta qismi.
A.S.Pushkinning. Tanlangan asari.
Asror Samad. "H va Xli so'zlarning izohli lug'ati".
Anvar Shukurov. "O'zbek" atamasining kelib chiqishi haqida".
Inglizcha o'zbekcha lug'at.

Qayd etilgan


jasur.best  03 Fevral 2011, 22:02:54

A.Rustamov "So'z xususida so'z"
D.Mingboyeva "Timsollar tilsimi'

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Fevral 2011, 08:19:26

Muallif hadya etgan kitoblar asosida kitob javonim ushbu kitoblar ila boyidi:

Faxriyor. Dardning shakli.
Faxriyor. Geometrik bahor
Faxriyor. Ayolg'u
Murod Muhammad Do'st. Galatepaga qaytish.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Fevral 2011, 08:39:14

Aziz kitob muxlislari!
Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?
O'z tajribamdan ba'zi tavsiyalarni siz bilan baham ko'rsam:

1. O'z kitob katalogingizni tuzib qo'ying. Uni computerda amalga oshirish osonroq. Excel dasturida jadval tashkil etib, kitob nomi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, shahri, tili, mavzusi bo'yicha to'ldirib chiqing. Bu narsani oddiy kundalik daftarda ham amalga oshirsa bo'ladi.

2. Kitobni qachon sotib olganingiz yoki sizga kimdir hadya etganini kichkina qilib qayd etib qo'ying.

3. O'z shaxsiy kutubxonangizning ramzini tayyorlang. Va uni kitobingizning muqovadan keyingio birinchi betiga yopishtirib qo'ying. Masalan, men shunday nakleyka tayyorlab, kitoblarimga yopishtirib qo'yganman:



Buni istasangiz men xuddi shunday qilib tayyorlab berishim mumkin. Uni istalgan matbaa korxonasida chop ettirib olishingiz mumkin. Bitta A4 qog'ozga shunday nakleykalardan 80 tasi sig'adi.

4. O'zingiz tashkil etgan jadvalda kitobni kimga berganingiz haqida ham qayd etib qo'ying. Chunki ko'pincha kitoblar olinadi-da, kimga berganingiz esdan chiqib, shu bilan yo'qoladi.

5. Yoshligimizda adabiyot muallimiz o'zingiz o'qigan kitoblaringiz ro'yxatini qiling va kitob haqidagi fikrlaringiz, qisqacha mazmuni, undagi go'zal iboralarni yozib boring. Katta foydasi bor degandilar. Haqiqatda juda katta foydasi bor ekan.

6. Hech qachon kitobni buklamang. Ichiga ruchka bilan ham yozmang. Ochroq qalam bilan yozilsa bo'ladi. Keyin o'chirish mumkin.

7. Kitob javoningizdagi kitoblarni muntazam tekshirib (albatta varaqlab, qayta o'qib) turing. Tez-tez havolantirib turilsa, kitoblar yaxshi saqlanadi. Kitobni namchillikdan, kitob qurti, sichqon kabi zararkunandalardan asrang.

Qayd etilgan


Nurdinboy  04 Fevral 2011, 09:02:08

Qoyile aka. Men ham bir vaqtlar katalogini tuziwni niyat qilgandim. Endi wu tartiblarga rioya qiliwga urinaman. Wunda tartibga tuwib qolsa kerak.

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2011, 13:42:49

AbdulAziz, rahmat maslahat uchun.
Bir kursdoshim o'z ism-familyasi yozilgan shtamp qildirgandi. Va bu shtampda nomer ham bor edi, har yangi kitob olinganda raqam yuksalardi...bu ham yaxshi narsa tavsiya etaman:)

Qayd etilgan


Habib  04 Fevral 2011, 16:40:20

Alloh rozi bo'lsin AbdulAziz!
Katta rahmat, kerakli maslahatlar ekan!

Qayd etilgan