"Mening Kitob Javonim"  ( 275295 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 39 B


JaviK  28 Noyabr 2009, 17:36:12

Assalomu Alaykum

Aziz forumdoshlar hammani yna bir bor hayit bayrami bilan muborak etaman. Bu mavzuni ochganimdan maqsad: Hammamiz o`z kitob jvonimizga egamiz(O`ylashimcha) shu kitob javonimizdan joy olgan kitoblarni biz bilan o`rtoqlashsangiz degandim. jovoninggizdagi kitoblardan eng qaysini sizga yoqadi shu haqda m`lumotlar kiritib biz bilan o`rtoqlashsangiz degandim.

O`zimdan boshlasam: Mening kitob javonimda 1-o`qigan kitob Alifbe dan boshlanadi.  kitoblarim ichida eng miriqib o`qidigonim Pirimqul Qodirovning  " Yuldzli tunlar "  asaridir.

HAMMAGA OMAD TILAB QOLUVCHI JAVLONBEK IKROMOV

Qayd etilgan


Shokirbek  28 Noyabr 2009, 19:26:22

Yaqinda Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" degan asarini o'qidim, yurtga qaytganday, Surxon vohasida yurganday bo'ldim. 62-63-64-paragraf (bob)lari ichagimni uzdi.. Miriqib-miriqib kuldim.. :)

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  29 Noyabr 2009, 00:27:44

Yaqinda Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom" degan asarini o'qidim, yurtga qaytganday, Surxon vohasida yurganday bo'ldim. 62-63-64-paragraf (bob)lari ichagimni uzdi.. Miriqib-miriqib kuldim.. :)

Ayo Tarlon, sen mening ...san ... Ko'pkarilarni esga tushirdingiz.. On: Ahmad L.Q. ''Bir vijdon uyg'onur'' qayta o'qib chiqdim.

Qayd etilgan


JaviK  01 Dekabr 2009, 17:35:16

Tog'ay Murodning assarlarini o'qigim kelmaydi ba'zan...Odamni judayam ezib yuboradida.....

Kitob o`qimaysizmi?

Qayd etilgan


JaviK  01 Dekabr 2009, 17:41:40

shuncha fikr qoldiribsizku. kitob javonizdagi kitob javonizdagi kitoblar bilan tanishtirmabsizde shunga hayron bo`lib so`radim. bu akamning kitob javoni bo`shmikan deb. yoki mavzu yoqmadimi sizga

Qayd etilgan


Nurzoda  01 Dekabr 2009, 18:06:55

Kitob javonim yog'u hozi vatanda emasligim sababli o'zim bilan birga opkegan kitoblarim Tursunoy sodiqova "Mehr qolur" , "Durdonalar xazinasi", Fyodor Uglov "Inson qadri"

ancha yordami tekkan ba'zida siqilib qogan paytlarimda =)

Qayd etilgan


siddiqa  02 Dekabr 2009, 06:38:54

 :as:
kitob javonim bor ,
lekin judayam shu kitobga kelganida qizg'anib qolaman , :) :) :)
albatta ko'p kitoblarim do'stu birodarlarda ,lekin yana 1 yahshi odatim bor olgan va bergan kitoblarim ro'yihatini yozib qo'yaman . ;)
lekin 2 yildan beri sevimli kitoblarimizdan bo'lgan ruhiy tarbiyani 1 chisini dugonamdan hich ham ola olmaymanda  :D :D :D
yaqinda cho'qintirilgan ota (ja maqtashdi ) va chol va dengiz asarlarini olish niyyatim bor ,kitob javonimni shapkasini osmonga otadigan darajada hursand qiladigan yana bir necha kitoblarga muhtojligu boru lekin kaminani puli yetmayapti  :D

Qayd etilgan


akmal bax  02 Dekabr 2009, 10:02:41

kitob javonimga yangi "rodshirdlar bankirlar qiroli", "muhabbatning 10 siri"(Adams Jekson) , Deyl Karnegi asarlarining tarjimalari kabi yangi kitoblar qo'shildi.
Rodshildlarni o'qib chiqdim juda qiziq ekan. o'qishni tavsiya etaman

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2009, 14:25:04

Bu kitob javoni meni anchaaa moddiy-ma'naviy zararga uchratgan umr bo'yi:)
Til-adabiyotchini nimasi bo'ladi kitobidan boshqa...
Turkiyaga kelmasdan oldin 800-900 atrofida kitobim bor edi. Bazilarini tanlab Turkiyaga olib keldim, lekin oson bo'lmagan. Avvalo aeroportda menga shubha bilan qarashgan, kitoblarni bitta-bitta qarab chiqishgan....
Turkiyaga kelgandan keyin esa 40-50 kg atrofida bo'lgan bagajni uyga olib kelguncha mazam qochib qolgan. 1 -2 oycha belim og'rib yurgan.

Kitoblarni ko'pini so'raganlarga tarqatdim, (rosa apandiman-da keyin o'zim zor bo'ldim:) bazilarini Unv-t kutubxonasiga juz'iy miqdorda sotdim, hech bo'lmasa taksi puli chiqsin, deb...

Turmushga chiqdim, eng katta muammo yana kitoblarim bo'ldi. Sumka-sumka kitob tashidim İstambul-Ankara yo'nalishi bo'yicha. 1 marta ataylab ho'jayinim bilan faqat kitoblarim uchun sayohat etdik İstambulga qarab:)

Buni qarangki haliyam 30-40 dona kitobim İstambulda eski yashagan uyimda turibdi, dugonalarim ko'chib ketmasdan olib kelishim kerak "bechoralarimni"....

Vaqti bilan javonimdagi kitoblarimi yozib borarman...
Sanamaganman lekin yana kitoblarni soni 500-600 ga yetdi....

Kitoblarim meni hamma narsam... : ) borim-yo'g'im....

Qayd etilgan


JaviK  02 Dekabr 2009, 19:28:54

bugun bir do`stim menga kitob vada qildi. "Saodatga eltivchi bilim". hudo hohlasa o`qib yoqqan ma`lumotlarini forumga kritmoqchiman

Qayd etilgan