MENING KITOB JAVONIM
Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud:
Kitoblar -
415 ta;
Jurnallar -
14 ta;
Bukletlar -
15 ta.
Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi - xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan
1892 yili ko'chirilgan
Qur'oni karim qo'lyozmasidir.
Eng yangi kitob esa "Sharq" nashriyoti tomonidan
2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning
"Yolg'izlikning 100 yili" kitobidir.
2008 yilda chop etilgan kitoblar soni
61 ta bo'lsa,
2009 yilda chop etilgan kitoblar
29 tani tashkil etadi.
Eng ko'p kitobi bor muallif
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bo'lib, u kishi mualliflaridagi mendagi kitoblar soni
49 tadir.
Menda mavjud kitoblar ichida
"Sharq" nashriyotida chiqqan kitoblar soni boshqa nashriyotlarnikidan ko'pdir. Bu nashriyot kitoblari soni
102 tadir. Keyingi o'rinlarni "O'qituvchi", "Movarounnahr", "G'afur G'ulom" nomidagi nashriyotlar band etgan.
Eng ko'p kitoblar
Toshkentda chop etilgan. Toshkentdan keyingi safda Almaty va Moskva shaharlari kelyapti.
Kitoblarning
333 tasi сзбекча (кирилл алифбосида),
45 tasi ruscha,
14 tasi arab yozuvidagi,
8 tasi turkcha,
7 tasi lotin alifbosidagi o'zbek tilida,
6 tasi inglizcha,
2 tasi qozoqchadir.
Mavzusi bo'yicha eng ko'p kitoblar
hadis ilmiga oiddir. Romanlar, tarixiy adabiyotlar va [oetik janrdagi kitoblar ham ko'p.