"Mening Kitob Javonim"  ( 275356 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 39 B


AbdulAziz  13 Mart 2010, 14:38:31

Kecha rahmatlik Muhammad Yusufning "Biz baxtli bo'lamiz" deb nomlangan kitobini sotib oldim. Shoir vafotidan so'ng uning ayoli va qizi tomonidan tayyorlanib, chop etilgan bu kitobga Muhammad Yusufning eng yaxshi she'rlari kiritilgan.

Qayd etilgan


Murod_bek  13 Mart 2010, 18:18:47

:as:
kitob javonim bor ,
lekin judayam shu kitobga kelganida qizg'anib qolaman , :) :) :)
albatta ko'p kitoblarim do'stu birodarlarda ,lekin yana 1 yahshi odatim bor olgan va bergan kitoblarim ro'yihatini yozib qo'yaman . ;)
lekin 2 yildan beri sevimli kitoblarimizdan bo'lgan ruhiy tarbiyani 1 chisini dugonamdan hich ham ola olmaymanda  :D :D :D
yaqinda cho'qintirilgan ota (ja maqtashdi ) va chol va dengiz asarlarini olish niyyatim bor ,kitob javonimni shapkasini osmonga otadigan darajada hursand qiladigan yana bir necha kitoblarga muhtojligu boru lekin kaminani puli yetmayapti  :D
:as:
Cho'qintirgan ota zo'r kitob...
Chol va dengiz asarini kim yozgan?

Qayd etilgan


Murod_bek  13 Mart 2010, 18:20:37

kitob javonimga yangi "rodshirdlar bankirlar qiroli", "muhabbatning 10 siri"(Adams Jekson) , Deyl Karnegi asarlarining tarjimalari kabi yangi kitoblar qo'shildi.
Rodshildlarni o'qib chiqdim juda qiziq ekan. o'qishni tavsiya etaman
Rodshildlar romanmi yoki bitta avlodga atab yozilgan hikoyami?

Qayd etilgan


Murod_bek  13 Mart 2010, 18:21:51

bugun bir do`stim menga kitob vada qildi. "Saodatga eltivchi bilim". hudo hohlasa o`qib yoqqan ma`lumotlarini forumga kritmoqchiman
:as:
Ko'pi mavzu' malumotlardan olingan... Bu kitobda Shayh hazratlarining al adab al mufrad asarlariga yozgan sharhlarini tavsiya qilardim...

Qayd etilgan


JaviK  14 Mart 2010, 08:38:43

 :bsm: :as:
Kecha kitob do`koniga kirgandim va u yerdan o`zimga
Imom Muhiddin Zakariyo ibn SHaraf Navaviy "QIRQ HADIS"
IMOM G`AZZOLIY "QIYOMAT VA OHIRAT"
IMOM HOFIZ, SHAMSUDDIN ZAHABIY "GUNOHI KABIRALAR" (KATTA GUNOHLAR)

shu kitoblarni sotib oldim. yana bir kitob ko`rdim hudo hohlasa shu kitobni sotib olaman. qanaqaligini esa olgandan so`ng yozaman ;)

Qayd etilgan


Zamiraxon  15 Mart 2010, 12:30:24

 :as:
Mening kitob javonim faqirgina (inshaolloh hozircha). Yaqinda Ruhiy tarbiya - 2,3 kitoblarini oldim. Shayx hazratlaridan Ollohim rozi bo'lsin, judayam ta'sirli kitoblar. O'qituvchi nashriyoti ostida 1992 yilda chiqqan Alifbe eski o'zbek yozuvi alifbosi, Saodat asri qissalari - 1,2,3,4, Ruhiy tarbiya - 1, Abu Homid G'azzoliy - Tavba kitobi,  jahon adabiyotidan Итальснский детектив, Осколки (Дик Френсис), Вилла (Аора А обертс), Бомба длс Сити (Стивен Летер), Озернс‹е новости (Барбара Делински), Mixail Bulgakovning tanlangan asarlari va boshqa kitoblar bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Mart 2010, 10:16:48

Kecha sotib olgan kitoblarim:
1. Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 1-jild (3250 so'm)
2. Mirpo'lat Mirzo. Saylanma (1700 so'm)
3. Ma'ruf Jalil. Saylanma (1600 so'm)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Mart 2010, 09:10:52

Kecha Tohir Malikning "Kelinlar daftariga" (3 ta jild - 8900 so'm) kitobini sotib oldim.
Kitobda nafaqat kelinlarimiz, balki kuyovlar, qaynona-qaynotalar ham o'qishlari zarur bo'lgan ham diniy, ham dunyoviy, ham axloqiy zaruriy ma'lumotlar, tavsiya va nasiyhatlar bor ekan.
Yaxshi odamlarning kitoblari ham yaxshi bo'ladi. Sizga ham tavsiya etamiz.

Qayd etilgan


siddiqa  29 Mart 2010, 07:47:19

 :as:

Tohir Malikning Tanlangan asarlarining 8 juzini oldim ,noananaviy tarzda yozilgan satirik asar ,"Ushla o'g'rini "deb nomlagan ekanlar .

Qayd etilgan


MarufXON  01 Aprel 2010, 00:05:15

Mening ham kitob javonimda ancha-muncha kitoblar bor. Taxminan 100 dan ortiq kitoblar. Undan tashqari oyimning juda ko'p ruscha kitoblari ham bor. Birinchi o'qigan kitobim - "O'tkan kunlar". Eng yoqqan romanlar esa - "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar".Tan olishim kerak hali u qadar ko'p romanlar o'qiganim yo'q. Faqatgina 12 ta roman o'qiganman. Xudo hoxlasa uyimdagi bor romanlarni o'qib chiqmoqchiman. Oxirgi sotib olgan kitoblarim Den Braunning "Da Vinchi siri" (4100 so'm) va Ismoil Shomurodovning "Odamxo'r" (2400 so'm) romanlari.
Kitoblarni asosan "Sharq Ziyokori"dan xarid qilaman.
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasining 2,3,10,11-jildlaridan tashqari boshqa jildlarini topishga yordam bersela juda xursand bo'lardim.


Qayd etilgan