"Mening Kitob Javonim"  ( 219564 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 39 B


yoqutxon  06 Noyabr 2010, 23:01:43

Assalom aleykum. Bugun buvijonim menga ajoyib bir kitobni hadya qildilar. Kitobning nomi "Risolayi aziza"-"Sabotul ojizin" Sharhi Ushbu kitobdan So'fi Olloyorning masnaviy shaklda yozilga ikki Sabotul ojizin va Risolayi aziza asarlariga sharhlar o'rin olgan.

 :vslm:

Yoqutxon, bu kitob yangi nashr qilinganmi yoki eski kitoblardanmi?

Sababi ayamni katta otalari Buxoro madrasasida o'qigan ekanlar, Alloh rahmat aylasin. U kishidan qolgan kitoblarni nabiralari bo'lishib olishgan ekan. Ayamga ham bir Qur'oni Karim tushgan bo'lib, kichkina holamga juda eski, aniq bilmadim lekin 2-3 asrlik Ahmad Yassaviyni Hikmatlari berilgan ekan. Shunday kitoblardanmi, deb o'yladim.
:vslm:
Kapalak opa bu kitob nashr qilinganiga 10 yil bo'libdi. Holangizni qo'llarida haqiqiy hazina bor ekan,2-3 asrlik kitoblar bo'lsa yana Ahmad Yassaviyning hikmatlari bitilgan ekan........

Qayd etilgan


yoqutxon  06 Noyabr 2010, 23:11:34

Qo;llimga bugun bir kitob tushib qoldi. Tohir Malikning "Iymonlashuv umiddi" degan kitobi. Men oldinlari Tohir Malikning faqat Shaytanatini o'qigan ekanman))) Rostini aytsam Iymonlashuv umiddini hali  butunlay o'qib chiqmadimu lekin bir iiki varoqini mutola qilib chiqdim. Menga Tohir Malikning teran o'ylari,diniy qarashlari, hozirgi zamon muomolarini aniq qilib, har xil o'hshatishlar bilanyoritib berishi juda ham katta tassurot qoldirdi.Men o'zim uchun  yana bir sevimli yozuvchini kashf ettim desam xato qilmagan bo'laman.

Qayd etilgan


Aqoid  07 Noyabr 2010, 09:35:52

Mavlono Rumiyning "Ichindagi ichindadur" i ham bizning kichkinagina kitobligimizga kelib qo'shildilar.

Qayd etilgan


jasur.best  11 Noyabr 2010, 00:47:22

mening kitob javonimda, asosan, tilshunoslik va adabiyotshuslikka tegishli bo'lgan ilmiy adabiyotlar. Badiiy asardan ko'ra ilmiy kitoblarni ko'p o'qiyman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 21:49:38

Bugun mening hurmatimga sazovor Shayxlardan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamlariga mansub "Odoblar haziynasi" ning 4ta juzini sotib oldim. Judayam xursandman. Xazina topdim :)

Qayd etilgan


yoqutxon  21 Noyabr 2010, 23:27:30

 :as:
Bugun Buvamladan yana bir kitoblarini "tortib" olib o'z kitob javonimga qo'shib qo'ydim. Ushbu kitob O'zSSR Ensiklopediyasi.Bu Ensiklopediyada shunchalar ko'p narsa yozilganki,tarixda o'tgan insonlar,turli hil sohalardagi o'zgarishlar,1-2jahon urushlari, atamalar, kino sohasi, olimlar, davlat arboblari....Ajoyib kitob.

Qayd etilgan


Nurdinboy  28 Noyabr 2010, 21:51:26

Adabiyotchilarning eng ko'p buyumi albatta kitob bo'ladi. Kitoblarni yoshligimdan buyon yig'ib kelaman.
N.Eshonqul-Yalpiz hidi.
T.Malik - deyarli hamma kitobi bor.
A.L.Qozonchi - Saodat asri qissalari.
Mario Pyuzo - Cho'qintirgan ota.
va hokazo

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 10:50:09

Adabiyotchilarning eng ko'p buyumi albatta kitob bo'ladi. Kitoblarni yoshligimdan buyon yig'ib kelaman.
N.Eshonqul-Yalpiz hidi.
T.Malik - deyarli hamma kitobi bor.
A.L.Qozonchi - Saodat asri qissalari.
Mario Pyuzo - Cho'qintirgan ota.
va hokazo
kitob javoningizda ajoyib durdona asarlar bor ekan.

Qayd etilgan


BilmasOY  01 Dekabr 2010, 15:29:22

 Assalomu alaykum!
  O'tib ketgan tug'ilgan kunim munosabati bilan akam(meni kitoblar bo'yicha homiyim) yana yangi kitoblar olib berdilar! Maqtanmasam bo'lmas...
   44. Tohir Malik  "Aql va oqil"
   45. O'tkir Hoshimov  "Insof"
   46. Pirimqul Qodirovning tanlangan asarlari
   47. O'tkir Hoshimov  "So'qqabosh bevagina"
   48. Murod Tillayev   "O'tkir Hoshimov saboqlari"
   va yana turk tilini o'rganishga oid qo'llanmalar...
   Yaqinda esa yana bitta kitob berdilar:
   49. O'lmas Umarbekovning "Tanlangan asarlar"i...
  Aytgancha, kutubxonamizga yana bir katta mehmon keldi:
     50.O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 12! O'zbekiston Respublikasi!

Qayd etilgan


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 17:15:41

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 12! O'zbekiston Respublikasi,Mani Ham Kitob Javonimga Qo'shildi Ushbu Kitob..

Qayd etilgan