"Mening Kitob Javonim"  ( 219559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 39 B


Nurdinboy  15 Aprel 2011, 17:51:33

Bugun men Najmiddin Komilovning "Tafakkur karvonlari" nomli kitobini sotib oldim. Kitob Sharq va G'arb adabiy-fikriy aloqasi, mumtoz adabiyotimiz namoyondalari asarlarining G'arb adabiyoti, balki dunyo madaniyatidagi roli haqida ekan. O'qiwni maslahat beraman.

Qayd etilgan


ан-Насафий  15 Aprel 2011, 20:35:59

 :as:

     Bugun sotib oldim:

     Pirimqul Qodirovninq
     Tanlangan asarlari 1 - 4.500
     Tanlangan asarlari 2 - 5.100

Qayd etilgan


Aqoid  15 Aprel 2011, 21:23:28

O'. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" oldim

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Aprel 2011, 00:08:28

 :as:
Bugun Beruniy metrosidan 200metrcha naridagi kitob magaziniga kirdim. Kitoblar ko'p, lekin narxlari talabani cho'chitadi :)
O'zbek-rus lug'ati kerak edi. 5000tagina so'zli lug'at turibdi, bahosiga arzimaydi. Prezident asarlari kerak edi, rus tilidagilari kam ekan. Olgan kitobcham 1000so'mlik "Jahon mamlakatlari" bo'ldi.

Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2011, 07:11:51

A o'sha noinsoflarni do'konini yopishibdi, pechatlab qo'yishibdi dib eshittim, orqavarot xabarlariga ko'ra. Yaxshi qilishibdi yopib. O'ziyma ular rosaaaa soqqani tagida qolishgandi...

chiroyliroq o'ylasangiz bo'larmidi .Ayrim kitoblarni umuman nashri chiqmayotgani uchun  ham qimmatlashgan keyin ,ular ham deyrali shunaqa qimmat narhda olishgan .Yanayam guvoh bo'lgan bo'lsangiz bir narsa deya olmayman .

Qayd etilgan


Nurdinboy  16 Aprel 2011, 15:25:44

Do'konga kitobning narxi nawryotdan belgilanib jo'natiladi. Nashryotga qog'oz qimmatga keladi. Qog'oz iwlab chiqariw esa loydan huwtak degani emas. Hammasi hisob-kitob bilan bo'layapti. Umuman olganda kitob oluvchi chin dildan istasa, chin dildan oladigan b/sa narxi u u-n muhim emas. O'zimdan misol olgim kelsa narxiga qaramayman. Baribir o'wa pul bowqa narsaga ham ketadi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  17 Aprel 2011, 01:03:30

Do'konga kitobning narxi nawryotdan belgilanib jo'natiladi. Nashryotga qog'oz qimmatga keladi. Qog'oz iwlab chiqariw esa loydan huwtak degani emas. Hammasi hisob-kitob bilan bo'layapti. Umuman olganda kitob oluvchi chin dildan istasa, chin dildan oladigan b/sa narxi u u-n muhim emas. O'zimdan misol olgim kelsa narxiga qaramayman. Baribir o'wa pul bowqa narsaga ham ketadi.

 Bu narsala ataylab qimmatlashtiriladi...qog'oz-pog'oz hisob-kitob degan narsalani fakt qilib keltirmen..1 ta misol hammayog'i cho'l bopyotgan Misrda sahiyhul-muslimmi sharhi 9-ta juz 14$.1 ta Hadis va Hayot kitobini narhi 50 minam boladimi??!
 kitob bu darajada qimmat bosa hammaniyam qurbi yetmidi olishga

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Aprel 2011, 11:14:25

ibnUyayna, bu yerdagi vaziyatni bilmasdan boshqa joy bilan taqqoslash mumkin emas.

Nuriddinning gaplarida jon bor. O'zim nashriyot sohasida ishlaganim uchun vaziyatni bilaman. Ayni paytda qog'zoning narxi oshsa oshyaptiki, aslo tushgani yo'q. Sizga ma'lumki, O'zbekistonda qog'oz ishlab chiqarilmaydi. Asosan, Rossiya, Finlandiyadan valyutaga olib kelinadi.

Shayxning kitoblari esa asosan sifatli qog'ozlarda sifatli bosma usulida chop etiladi. Uning narxi esa chop etilayotgan nusxaning ko'pligi uchun boshqalarga qaraganda nisbatan arzon. Ma'lumkin, tiraj qancha ko'p bo'lsa, tannarx shuncha kam bo'ladi. Shuning uchun 1000 nusxali kitob bilan 100000 nusxali kitobni taqqoslab bo'lmaydi. Masalan, Shayxning yaqinda chop etilgan "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar" kitobi 320 betdan iborat. 1-qo'l bahosi 6800 bo'lgan. Agar, xuddi shunday kitobni 1000 nusxada chiqarsangiz, uning tanarxi 9000 so'm bo'ladi. Tiraj oshgani sayin tannarx kamayadi (chunki, 1000 nusxagayam, 10000 nusxagayam, elektron maket, texnik maket bir xil bo'ladi).

ZeroHero aytgandek, ba'zi "tadbirkorlar" ham yo'q emas. Ular shunday yaxshi ketayotgan kitoblarni avvaldan sotib olib, sotuvda tugagandan so'ng, sun'iy ravishda narxni oshirishadi.

Siddiqaning gapida ham jon bor. Sotuvchi o'ziga kelgan narxga muvofiq baho qo'yadi. Masalan, men ham xuddi shu "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar" kitobini bir kitob sotuvchi do'stimdan u o'zi sotib olgan narx - 11000 so'mdan sotib oldim.

Nuriddin aytgandek, agar talab bo'lsa, sotib oluvchi uchun narxining ahamiyati pasayadi.

Bunday gap-so'zlar chiqmasligining yaxshi yaxshi yo'li, kitoblar chiqishi bilan birinchi qo'ldan sotib olish. Habib avvalgi sahifada ularning manzil va raqamlarini keltirdi.

Umuman olganda agar kitoblar birinchi qo'ldan sotib olinsa, kitobni qadrlagan odam uchun unchalik qimmat emas. Asosiysi, shunday kitoblarning chiqayotganligi va xalqqa yetib borayotganligi...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Aprel 2011, 17:54:49

Eski Jo'vaga yo'lim tushgandi, Chorsudagi "Kitoblar olami"ga kirib o'tdim. Siyra an-Nabaviyya hajmi Tafsiri Hilol b'n teng-u, lekin narhi odamni chaqadi, 40.000 ekan. Alloh nasib qilib biror kun olarmiz.
Olgan kitoblarim:
1. Aqoid ilmi va unga bog'liq masalalar.
2. Mustalahul Hadis.
3. Fiqhiy yo'nalishlar va kitoblar.
1, 2, 3 barchasi 31000ga tushdi.
4. Ot kishnagan oqshom (T.Murod) 5000 so'm.
5. Chandiqli kishi (Somerset Moem) 1000 so'm.
6. Qulayotgan tog'lar. Qiyomat (Ch. Aytmatov) 14000 so'm.

Qayd etilgan


Nurdinboy  21 Aprel 2011, 17:32:32

Bugun menga bir ustozim Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati" nomli kitob sovg'a qildilar.

Qayd etilgan