"Mening Kitob Javonim"  ( 219303 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 39 B


yoqutxon  23 Aprel 2011, 21:11:12

 :as:

Kitob javonimga Shayx Muhammad Soddiq Muhammad Yusuf hazratlarining " Rasululloh sallallohu alayhi vasallam" degan kitoblari qo'shildi. 100tacha betini o'qib chiqishga ulgurdim. Olloh u kishidan rozi bo'lsin, juda ko'p narsalarni bilyapman bu kitobni o'qiganim sayin.
Yana kitob javonimga Margaret Mitchellning "Unesyo'nniye vetrom" 1, 2 kitoblari ham qo'shildi.



Qayd etilgan


Nurdinboy  24 Aprel 2011, 15:26:06

Bugun menga bir ustozim Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati" nomli kitob sovg'a qildilar.

Shu domlalar kelishvolishganmi, yo menga domlalardan kitob olish yoqib qoldimi, harqalay kecha Homidjon Homidiy ismli domlamiz Tohir Malikning yangi nashrdan chiqqan "Sohilsiz dengiz" kitobibni sovg'a qildilar

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  24 Aprel 2011, 16:36:55

Ajoyib. Menga birov adashib bo'lsa ham kitob sovg'a qilmayapti ;-)

Qayd etilgan


Aqoid  25 Aprel 2011, 06:26:34

Bizgayam,bir zamonlar do'stlarimiz Qur'on sovg'a qilishgandi. Shu bo'yi jimjitlik. (o'zing ham birovga kitob sovg'a qilganmisan diydigan odam yo'q)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  25 Aprel 2011, 07:38:58

Hazratning "Rasululloh s.a.v." kitobining narhi qancha ekan?

Qayd etilgan


Aqoid  25 Aprel 2011, 08:12:32

14500 dan ko'rdim. Inshaalloh bugun olmoqchiman.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  25 Aprel 2011, 08:37:21

o'zing ham birovga kitob sovg'a qilganmisan diydigan odam yo'q
Tortinmasdan menga eksport qilavering : )

Hozir kitoblarga qiziqish afsuski yo'q. 70-90 yillar orasida nashrdan chiqqan kitoblarga nazar solsak, bari o'rtacha 40-70ming nusxada nashr etilganini ko'ramiz, Kitoblar esa arzon (ham ko'p tirajda ham gazet qog'ozida chiqqani sabab) edi. ilgari televizor qimmat, kompyuter esa mashina narhiga yaqin edi, internetku u vaqtlarda birovning hayoliga ham kelmasdi.  Bor televizorlarda ham 8tadan ortiq telekalanal bo'lmasdi. Shunga kitobga qiziqish kuchli edi. Endi esa zamon o'zgardi, yoshlarni kitobdan chalg'ituvchi televizordagi kabel tvda 50ga yaqin kanal, bu ham yetmasa parabolik antennalar ham shay turadi, undan bunga olib chiqquncha yarim soat vaqt ketadi.
Bunga ham qoniqmasak avvalgiday 1kg go'shtning puliga ikkitagina kino sig'adigan VHS video kassetasidan olib kelmay, 1'5ming so'mga 30ta kino sig'adigan dvd diskni qo'yib olsa ikki kunlik vaqti "dam olish" bilan o'tadi.
Kompyuterlar ham deyarli arzonlashib ketgan, grafikasi kuchayib turli o'yinlarga ham imkon berildi.
Internetda ham qancha vaqtni bekor o'tkazish uchun qulay sharoit yaratilgan.
Esimda, 90chi yillar boshida IBM kompyuterini olib kelgan edik, hozirgi kompyuter bilan solishtirsak odamni kulgusi keladi. Vaholanki o'sha vaqtda bu aql bovar qilmas narhda edi. Kompyuterda kino ko'rishlar hayolga ham kelmas, lazerniy disklarning nomi ham yo'q. Qog'ozga o'xshash yupqa disklar, yoki floppy disklardan foydalanardik.
Kompyuterda faqat hisob kitoblar bo'lardi. Dave, Prince of Persian, Pac Man degan oddiy o'yinlar ham bo'lardi, lekin kompyuter qimmat bo'lgani sababli o'yinlarga ko'pam ruxsat berilmasdi.

Qarindoshimning uyiga borganimda kitob javonidagi kitoblarni ko'rib havasim kelardi, sovet davrida va mustaqillikdan keyin 2000 yillargacha chiqqan barcha kitoblar bor edi. Afsus, farzandlari o'qimasdi kitoblarni. Bir kuni borganimda kitob javon yo'q, uy ta'mirlangan, kitoblar esa omborxonada, bir televizor korobkasida ekan. Shunday korobkadan 4tasiga sig'adigan darajada ko'p kitoblari bor edi, endi esa shu bitta korobka ham yarimlab qolgan, tagidagidagi kitoblarni sichqon titib tashlabdi. "kitoblar qani, ko'p ediku" desam, "Tualetga, tandirga ishlatyapmiz..." deydi. Daxshatga tushdim, so'rab o'tirmay kitoblarni yig'ishtirib oldim, tandirga bordim Ensiklopediyalarning yarmi tandirxonada, 4tasi esa yoqilib ketgan ekan. mashinaga joyladim, otasiga "kitoblarni olib ketyapman" deb aytib qo'ydim (so'radim emas), qarshilik bildirmadi. Hozir deyarli nodir kitoblarga aylangan qancha kitoblari tandirda yonib kul bo'lgan, befarosatlik bilan xojatga ishlatishgan, o'ylasam ichim g'alati bo'lib ketadi.

Kitoblarga bo'lgan munosabat mana shundoq ahvolga keldi. Haqiqiy kitobxonlar esa kitobni har qanday sharoitda ham olib o'qib asrab avaylaydilar. TV, Internetdagi bekorchi narsalar bilan mashg'ul bo'lmay kitob o'qib zehnini oshiradilar.
Befarosatlarga esa gapirgandan foyda yo'q, kitob ular uchun ma'naviyatini boyitish uchun emas balki ilgari vaqt o'tkazish uchun bir vosita edi, hozir esa vaqt o'tkazish uchun kitob o'rnini bemalol bosadigan turli narsalar bor.
Alhamdulillah forumda barcha kitobsevar, ziyouzga kirsam darrov kutubxona bo'limini ochaman, "kimda qanday kitoblar bor, kim qaysi kitoblarni o'qiyapti" degan savol qiziqtiradi.

Uzr, mavzudan chetlashganim uchun.

Qayd etilgan


Aqoid  25 Aprel 2011, 08:46:45

Yo'g'e oshna o'zbekcha dardni yozibsiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2011, 09:40:59

14500 dan ko'rdim. Inshaalloh bugun olmoqchiman.

Tezroq olvoling.
1-qo'lda qolmabdi. Toshkanda 25000 sotishyapti ekan.

Qayd etilgan


Aqoid  25 Aprel 2011, 10:11:18

Bir dona ko'rgandim,hoziroq kiraman do'konga,

Qayd etilgan