"Mening Kitob Javonim"  ( 275366 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 39 B


Aqoid  27 Aprel 2011, 02:47:18

Kitob 25000 ga chiqibdi, qoyil.

Qayd etilgan


siddiqa  27 Aprel 2011, 09:40:39

o'zing ham birovga kitob sovg'a qilganmisan diydigan odam yo'q
Tortinmasdan menga eksport qilavering : )

Hozir kitoblarga qiziqish afsuski yo'q. 70-90 yillar orasida nashrdan chiqqan kitoblarga nazar solsak, bari o'rtacha 40-70ming nusxada nashr etilganini ko'ramiz, Kitoblar esa arzon (ham ko'p tirajda ham gazet qog'ozida chiqqani sabab) edi. ilgari televizor qimmat, kompyuter esa mashina narhiga yaqin edi, internetku u vaqtlarda birovning hayoliga ham kelmasdi.  Bor televizorlarda ham 8tadan ortiq telekalanal bo'lmasdi. Shunga kitobga qiziqish kuchli edi. Endi esa zamon o'zgardi, yoshlarni kitobdan chalg'ituvchi televizordagi kabel tvda 50ga yaqin kanal, bu ham yetmasa parabolik antennalar ham shay turadi, undan bunga olib chiqquncha yarim soat vaqt ketadi.
Bunga ham qoniqmasak avvalgiday 1kg go'shtning puliga ikkitagina kino sig'adigan VHS video kassetasidan olib kelmay, 1'5ming so'mga 30ta kino sig'adigan dvd diskni qo'yib olsa ikki kunlik vaqti "dam olish" bilan o'tadi.
Kompyuterlar ham deyarli arzonlashib ketgan, grafikasi kuchayib turli o'yinlarga ham imkon berildi.
Internetda ham qancha vaqtni bekor o'tkazish uchun qulay sharoit yaratilgan.
Esimda, 90chi yillar boshida IBM kompyuterini olib kelgan edik, hozirgi kompyuter bilan solishtirsak odamni kulgusi keladi. Vaholanki o'sha vaqtda bu aql bovar qilmas narhda edi. Kompyuterda kino ko'rishlar hayolga ham kelmas, lazerniy disklarning nomi ham yo'q. Qog'ozga o'xshash yupqa disklar, yoki floppy disklardan foydalanardik.
Kompyuterda faqat hisob kitoblar bo'lardi. Dave, Prince of Persian, Pac Man degan oddiy o'yinlar ham bo'lardi, lekin kompyuter qimmat bo'lgani sababli o'yinlarga ko'pam ruxsat berilmasdi.

Qarindoshimning uyiga borganimda kitob javonidagi kitoblarni ko'rib havasim kelardi, sovet davrida va mustaqillikdan keyin 2000 yillargacha chiqqan barcha kitoblar bor edi. Afsus, farzandlari o'qimasdi kitoblarni. Bir kuni borganimda kitob javon yo'q, uy ta'mirlangan, kitoblar esa omborxonada, bir televizor korobkasida ekan. Shunday korobkadan 4tasiga sig'adigan darajada ko'p kitoblari bor edi, endi esa shu bitta korobka ham yarimlab qolgan, tagidagidagi kitoblarni sichqon titib tashlabdi. "kitoblar qani, ko'p ediku" desam, "Tualetga, tandirga ishlatyapmiz..." deydi. Daxshatga tushdim, so'rab o'tirmay kitoblarni yig'ishtirib oldim, tandirga bordim Ensiklopediyalarning yarmi tandirxonada, 4tasi esa yoqilib ketgan ekan. mashinaga joyladim, otasiga "kitoblarni olib ketyapman" deb aytib qo'ydim (so'radim emas), qarshilik bildirmadi. Hozir deyarli nodir kitoblarga aylangan qancha kitoblari tandirda yonib kul bo'lgan, befarosatlik bilan xojatga ishlatishgan, o'ylasam ichim g'alati bo'lib ketadi.

Kitoblarga bo'lgan munosabat mana shundoq ahvolga keldi. Haqiqiy kitobxonlar esa kitobni har qanday sharoitda ham olib o'qib asrab avaylaydilar. TV, Internetdagi bekorchi narsalar bilan mashg'ul bo'lmay kitob o'qib zehnini oshiradilar.
Befarosatlarga esa gapirgandan foyda yo'q, kitob ular uchun ma'naviyatini boyitish uchun emas balki ilgari vaqt o'tkazish uchun bir vosita edi, hozir esa vaqt o'tkazish uchun kitob o'rnini bemalol bosadigan turli narsalar bor.
Alhamdulillah forumda barcha kitobsevar, ziyouzga kirsam darrov kutubxona bo'limini ochaman, "kimda qanday kitoblar bor, kim qaysi kitoblarni o'qiyapti" degan savol qiziqtiradi.

Uzr, mavzudan chetlashganim uchun.


yoz paytida bir qarindoshimiznikiga ziyoratga borib "Ufq  kitoblarini va bir qancha kitoblarini so'rasam yig'lavoray deb gapirdilar ha nima?  desam .

Jiyanlari hamma kitoblarni olib zirpaketmiyey ishqilib bombochka yasavorishibdi .
Ichim kyuiblar ketti nima ,Ufqni a ,Ufqni yaaa? eslasam haligacha yig'lavoriy diyman .

7 sinfda ham non ham suv kabi o'qigan kitoblarimdan biri Said Ahmadning Ufqi edi .

Qayd etilgan


Aqoid  27 Aprel 2011, 10:08:12

Va nihoyat "Rasululloh s.a.v" kitobiga ham yetishdik. Sotuvchi b-n andak tortishib ham oldik. "zo'rg'a o'zini narxiga" 24000 dan berdi.

Qayd etilgan


muxlisa  27 Aprel 2011, 15:51:10

Va nihoyat "Rasululloh s.a.v" kitobiga ham yetishdik. Sotuvchi b-n andak tortishib ham oldik. "zo'rg'a o'zini narxiga" 24000 dan berdi.

Uch haftacha oldin Rosululloh s.a.v.ni 16.500 dan olgandim. Vaqtida olibman.

As-siyra an-nabaviyyani 35.000larga beramiz deyishgan edi, agar oshmagan bo'lsa...

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Aprel 2011, 16:29:55

O'tgan kuni 79-yilda nashrdan chiqqan Latif Mahmudovning "Eski dutorning sirlari" nomli sarguzasht kitobini oldim. Qissa sarguzasht-detektiv tarzida yozilgan ekan. 

Qayd etilgan


Aqoid  28 Aprel 2011, 12:34:09

Hazratning "Usulul fikh" kitobini sotib oldim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2011, 13:03:03

Toshkentning bitta yaxshi tomoni bor-da: Kitoblar nisbatan azron :)

Kecha poytaxtga borib, ancha-muncha kitobiy ehtiyojimni qondirdim.

Do'stlarimizga buyurtma berib, Shayxning do'konlaridan ushbu kitoblarni o'z narhida oldirib qo'ygan edim:

1. Ҳадис ва ҳаёт 29-жуз. Тафсир (давоми), Туш ва масаллар (6900 сўм)
2. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам (12500 сўм)
3. Фиқҳий йўналишлар ва китоблар (7300 сўм)
4. Ақоид илми ва унга боғлиқ масалалар (7900 сўм)
5. Усулул фиқҳ (18500 сўм)
6. Мусталаҳул ҳадис (9000 сўм)
7. Руҳий тарбия. 3 та китобнинг 6 та диски (13500 сўм)

Qayd etilgan


siddiqa  29 Aprel 2011, 08:00:15

14500 dan ko'rdim. Inshaalloh bugun olmoqchiman.

behijolat 25 mingdan sotishyapti olmaganimga afsus qildim .

kitob javonimga " Choliqushi" Quyonlar saltanati " Ilm olish sirlari kabi kitoblar qo'shildi .Barakasini bersin  : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Aprel 2011, 20:11:46

Toshkentdagi "Sharq ziyokori" do'konidan xarid qilgan kitoblarim:

1. Tanlangan asarlar. 1-jild. Pirimqul Qodirov ("Qora ko'zlar" romani, "Erk" qissasi; 4900 so'm)
2. Tanlangan asarlar. 2-jild. Pirimqul Qodirov ("Yulduzli tunlar (Bobur)" romani; 6700 so'm)
3. Tanlangan asarlar. 3-jild. O'tkir Hoshimov ("Nur borki, soya bor" romani, "To'ylar muborak" komediyasi, hikoyalar, hajviyalar, o'ylar; 7700 so'm)

Shu kuni bir jurnalist akamiz o'z kitoblarini sovg'a qildilar:
Husan Karvonli. "Ilg'ab borayotir meni fasllar" (publitsistik maqolalar)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  29 Aprel 2011, 22:56:11

Davronbek Sharq ziyokorida T.Murodning tanlangan asarlari xaliyam bormikan yo tugabdimi?

Qayd etilgan