Klassik she'riyat: g'azallar, muxammaslar..  ( 5864 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Shokirbek  04 Dekabr 2009, 12:23:33

Huvaydo g'azaliga muxammas:

Ye kelar uxro g'amin, g'amnok bo'lmasdan burun,
Qabr qurtiyg'a chirik xo'rok bo'lmasdan burun,
O'zgaga va'z etma, nafsing pok bo'lmasdan burun,
Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdan burun.

Qo'p, turib yig'la saharlar, yoqani xo'b chok qil,
Kibrdin o'zni yirog' et, nafsni chun xok qil,
Hech yema luqma haromekim, halol xo'rok qil,
Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing pok qil,
Anda do'zaxni o'ti misvok bo'lmasdin burun.

Kaydni qilmay turub Iblis, sen oni kayd qil,
Zanjiri taqvo ila bog'lab, ayog'in qayd qil,
Payravi din bo'l mudom, aytqil degonin ayt, qil,
Ko'rsatib ganji qanoat, och ko'zingni sayd qil,
Ko'zlaringni kosasiga xok to'lmasdan burun.

Sendin ozor ko'rmasin hech jonzot yo bir kase,
Yaxshilik qilg'il barobar, yaxshidur yo nokase,
Chun masal bor: "Yaxshilik qil, suvg'a sol", buldur base,
Xoru xasni yostanib, qilma ta'madin bir xase,
Qabring uzra to'dayi xoshok unmasdin burun.

Yotma g'aflat uyqusida, oxirat yod aylag'il,
Ul zamon bodi ko'rinmay, yosh to'kib dod aylag'il,
Yaxshiliq birla ketar xonaningni obod aylag'il,
Qilma g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun.

Shokiro, yirtib yaqongni ko'zlaring namnok qil,
Qo'ndi boshingg'a qirov, shoshg'il, ishing cholok qil,
Oq bo'lsin bul yuzim oxir desang, dil oq qil,
Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdin burun.

Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Iyul 2010, 06:01:39

O`zga parda tortmagil bor pardai didorimiz,
Necha yuz ming Yusufi shirinu shirinkorimiz.

Pardalarni chok etib,qildi hama Yusufni mast,
Mast qonli g`amzasi birla o`shal xummorimiz.

Ko`yining ko`ppaklaridek jonimiz qonxo`r bo`lib,
Yuz tasanno itimizga bo`ldilar xunxorimiz.

Yuz bahorlar keldilar ISHQIN navosin hajrida,
Necha yuz ming andalibga to`ldi gul,gulzorimiz.

Ahd Masihin bog`ladi zunnordek dil ishqida,
Lojaram g`ayrat qilar iymon bu zunnorimiz.

Oftob jondan chiqib, ne G`arb, ne SHarqdan emas,
Zarradek javlon urar undan daru devorimiz.

Ul quyoshning qarshisida aslida bir zarramiz,
Raqs tushmoq zarradek tun-kun erur kirdikorimiz.

Ishqning oshiqlariga biz madadlar qilgumiz,
CHunki SHamsuddini Tabriz bo`ldi bizning yorimiz (SHamsiddin Tabriz gazali, forsiydan A.Mahkam tarjimasi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2010, 11:14:12

Lu`lu` opa, yuqoridagi g'azal muallifi kim?
Yoki u kimning g'azaliga nazira?

Qayd etilgan


Lu`lu`  04 Avgust 2010, 10:47:36

Lu`lu` opa, yuqoridagi g'azal muallifi kim?
Yoki u kimning g'azaliga nazira?
Tanbeh u-n raxmat.Lekin gazal oxirida muallifni ismi doimo kelganiga yozish shartmas deb o`ylagandim.O`qigan odam oxiridagi misrani e`tiborga olar deb tushungandim.
Albatta, hoziroq to`ldirib qo`yaman.

Qayd etilgan


yoqutxon  13 Sentyabr 2010, 17:00:59

Ayruluq
Jahon Oyim

Gul edim, so’ldim chamanda, bulbulondim ayrilub,
Bulbuli sho’ridayam chun gulsitondin ayrilub.

Sarg’ayub ovorayam, limon kabi so’lg’un yuzum,
Otashi, ohim so’nubdur zavqi jondin ayrilub.

Keldim oyo kelmadim dunyoya bilmamkim ajab,
Chun hubobam, bexabar obi ravondin ayrilub.

Dardu olomi jahondin zarra shod o’lmaz dilim,
Chun parishon o’lmisham totliq zamondin ayrilib.

Ahli dard oldida hargiz og’lamoqning aybi yo’q,
Og’lamaymi, necha yaxshi mehribondin ayrilub?

Ko’z yoshim oqmoqdadur kechmish zamonim yod etib,
Kechmish umrim qayta kelmas, ketsa bandin ayrilub.

Vaqt — oltindur, bahosiz sotma g’ofil, yotma, tur!
Qayta kelmaz, kimsa ketsa, bu jahondin ayrilub

Qayd etilgan