Qizlarga savollar...  ( 334609 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 85 B


Robiya  10 Dekabr 2009, 15:21:00

:as:

Ushbu mavzuda, forumdosh yigitlar, forumdosh qizlarga o'z qiziqarli savollarini berishlari mumkin...

O'zim boshlab beraman...
Savol: Sigir sog'ishni bilasizlarmi?  ;D  ::)

 :as:

Ha, bilaman, yoshligimda sog'ganman, yaqin orada yo'q :)

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Dekabr 2009, 16:51:57

 :as:
Hurmatli opalar va singillar, bizga har taraflama ma'lumki,
yaxshi ayol - itoatkor ayoldir! Garchi bu sizga yoqsa ham,
yoqmasa ham, ayni haqiqatligi ma'lum. Buni yigitlarimiz ham
tasdiqlab berishlari mumkin... :)

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?

Qayd etilgan


Chustiy  10 Dekabr 2009, 16:56:43

:as:
Savol: Sigir sog'ishni bilasizlarmi?
Ha bilamiz! Bu juda osonku! (lekin sog'ib ko'rmaganman hali)

Avval sog'ib ko'rin keyin gaplashamiz... Sizi uyizga yaqin bo'lgan bir ikkita mol fermalani adressini topib berimi, bir borib urinib ko'ras...  ;D

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 20:20:22

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?

Javob: Hayotning har lahzasi - yangi narsalarni o'rganishdan iborat.
Boshga tushganni ko'z ko'rar.
Ko'z qo'rqoq, qo'llar botir.
Faqat o'liklargina fikrlarini o'zgartirmaydi (Gogol)
Yaxshiyamki, yuqoridagiday dono gaplar bor:)

Men siz so'ragan savolga shu kungacha yozgan postlarimda uzoq-yaqin ma'nolarda javob yozib kelganman.
Har bir ayol yaratilishi bo'yicha erkakdan ojizdir. Buni qabul qila olish ham Allohning eng buyuk ne'matlaridan biri, deb o'ylayman.
Alloh menga hayotim bo'yicha juda ko'p zafarlar, muvaffaqiyatlar ato etdi hamd bo'lsin. Lekin hech qachon men bo'lajak ho'jayinimdan ustun bo'laman yoki uni bajara olmagan ishlarini bajaraman, degan xayolga bormadim.
Bunday xayolga borib, bunga ishongan juda ko'p ayolni haligacha turmushga chiqmay yurganini ko'p ko'rganman, ko'ryabman afsus.

Erkakni ustun ko'rish bazilariga ko'ra ayolni yerga urish, afsus. Aslida esa ayol erkakning shafqat qanotlari ostida yana ham ko'proq qiziqishlariga vaqt ajratadi, undan kuch oladi, fikrlarini o'rtoqlashadi.

Boshlarda oson bo'lmadi albatta. Lekin meni baxtli tarafim ho'jayinim meni sempozyumlarda tanidi sahnada:) Qachon qarasa seminarga, majlisga boradigan bir qiz imaji chizdim miyasida.
Turmush qurishdan oldin esa kamida eski faoliyatlarimni davom ettira olishim haqida "so'z oldim"...

Xozirgi kunda esa, biroz eski hayotimdagiya mashg'ul bo'lmasam ham, bir uyni bekasiman. Uy bekasining ishlari hech hafifga olinmasin.

Oshpaz
Chevar
Tozalik ishlari bo'yicha shef!
Vaqti kelganda ona mehri ko'rastishingiz kerak atrofingizdagi insonlarga!

Ha bu "menman"....Bir uyni butun tashvishini bo'yniga olgan "ichki ishlar ministri"

yana nima kerak menga, hamd bo'lsin  : )




Qayd etilgan


Abu Muso  10 Dekabr 2009, 22:08:03

...menga hamd bo'lsin  : )

 :as:
Shu joyini qaytib oling, Allohga hamd bo'lsin!

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 22:37:04

...menga hamd bo'lsin  : )
:as:
Shu joyini qaytib oling, Allohga hamd bo'lsin!

V.assalom. Nahotki men o'ziga o'zi hamd aytadigan odamga o'hshasam.....vergul qo'shib qo'ydim...

Bazan ilmo xatolari ketib qoladi, xohlasangiz-xohlamasangiz ham...Lekin Alloh nima demoqchi bo'lganimizni biladi...

Hamd bo'lsin, deb qisqa aytishimni sababi ham Turkchani ta'siri...Bizda ham "shukr" deyiladi, egasi ko'rsatilmaydi, lekin kimga shukr, buni hamma biladi...

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Dekabr 2009, 09:25:12

:as:
Hurmatli opalar va singillar, bizga har taraflama ma'lumki,
yaxshi ayol - itoatkor ayoldir! Garchi bu sizga yoqsa ham,
yoqmasa ham, ayni haqiqatligi ma'lum. Buni yigitlarimiz ham
tasdiqlab berishlari mumkin... :)

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?


 :as:
Yana kim ushbu savolga javob beradi...?

Qayd etilgan


lolo  12 Dekabr 2009, 08:48:46

:as:
Hurmatli opalar va singillar, bizga har taraflama ma'lumki, yaxshi ayol - itoatkor ayoldir! Garchi bu sizga yoqsa ham, yoqmasa ham, ayni haqiqatligi ma'lum. Buni yigitlarimiz ham tasdiqlab berishlari mumkin... :)

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu "men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?

:vslm:
Javob berish juda qiyin savol ekan. Bu narsa boshimga tushmagan bo'lsayam bir savol miyyamda gir-gir aylanmoqda: "Er o'z nomi bilan ho'jayin bo'lsayu qanday qilib unga itoat qilmaslik mumkin?..."
Lekin hayotdagi boshqa kishilar bn munosabatdagi "Men" haqida etadigan bo'lsak, ko'p o'ylab ko'rsam bizni dinimiz insonni har tomonlama tarbiyalab qo'yar ekan. Masalan, ota-onaga muomala, silai rahm, qariyalarga, yetimlarga g'amho'rlik, birodarlarga bag'rikenglik. Kishi Allohdan qo'rqib Unga va Rosuliga itoatda bo'lsa shuni o'zi boshqa hamma muammolarni (ya'ni harakteridagi kamchiliklarni) hal etib (tuzatib), eng mukammal standartga solib boraverar ekan...
Alloh barchamizga chiroyli sabr bersin.
  :amn:

Qayd etilgan


Abu Muso  12 Dekabr 2009, 14:26:17

 :as:
Userkalarimiz nima uchun sust...?

Qayd etilgan


siddiqa  12 Dekabr 2009, 14:37:57

 :as:
hozir ham yana shu ikki yilni ichida aaaancha o'zgarganimni aytmasam o'zimni "men"im bor .
bu qiyin masala lekin ayta olamanki moziyga qarasangiz ibrat ola oladigan insonlar hayotiga nazar solsangiz o'zingizni salgina bo'lsa ham isloh eta olasiz .
har bir insonda egoizm bor ayniqsa avallari haq bo'lmasam ham o'zimnikida turib oladigan odatlar yo'q emasdi ,
men o\ylaymanki itoat qilish kerak qachonki insonlar sizni tushunsa ,siz insonlarni tushunsangiz .
"nubuvvat honadoni honimlari "kitobini o'qiganimda ancha yuz qizargan ,qalbim bilan yolg'iz qolib savol javobdan qochganman ham ,
ulardan ibrat olishga harakat qilganman ,onalarimizning zakovatlari ,va Oqib bo'lmish Muhammad savning hushmuomalaliklari va hayolaridan hayratga tushganman .
 

Qayd etilgan