Qizlarga savollar...  ( 389401 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 85 B


Muallim  18 Fevral 2010, 19:59:02

Manda ham bir savol bor edi qizlarga... Balki oldin berilgandir, qaytarayotgan busam uzr.

Kuzatishlar natijasida, qizlarning tez uzgarunchaligiga guvoh bulamiz, kiyinish, urf-odat, gapirish, yurish turish va hakozlar.
Masalan, viloyatlik qiz Toshkentga kelsa toshkent shevasida gapira boshlaydi, kiyinishlari ham juda uzgaradi. Og'il bolalarda unaqa emas.
Yana qiz bolalarga chet elga chiqsa tezda usha yerdagi madaniyatga moslashib ketib har hil nojo'ya harakatlar qila boshlaydi (albatta bu kimlargadir tegishli emasdir, har kimni uziga bog'liq uzini tutishi). Shuning uchun ham qizlarni ota-onasi o'zidan uzoqlashtirib yuborgisi kelmaydi o'zbeklarda..

Nega tez o'zgaruvchansizlar qizlar? (Savoldan ba'zi qizlar hafa bo'lmasin, bu bn man hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman)

Faqat vodiylik qizlar emas, yigitlar ham shevalarini o'zgartirib olishadi. Bunga yaqqol misol juda ko'p : ) forumdayam...

Men bu narsaga salbiy yondoshmayman. Agar eplasa gapirsin, chunki shevalar hammamizni boyligimiz.
Toshkent shevasi, Anjan shevasi, deb faqat bir-birimizni oramizda ayirim yaratamiz holos.
Meni Jalolobodlik Qirg'iz dugonam bor edi İstambulda. Bitta uyda turardik. Andijonga yaqin bo'lishgani va O'zbeklar bilan aralashib yashashgani uchun Andijon shevasini qoyillatib gapirardi.

Orada Anjonja gapirib ber, deb mazza qilib eshitib, hasrat ketkazardik.

Masalan Turk tili o'rganganlar asosan İstambul lahjasi yoki adabiy til o'rganadi. Qayerda gapirmang, hamma hurmat bilan Qoyil, İstambul shevasida gapiryabsan, deb maqtaydi.

Toshkent shevasi ham poytaht shevasi bo'lganligi uchun hamma ham bu shevada bir navi gapirishga harakat qiladi. Ayniqsa bu yerga o'qib, ishlagani kelganlar.

Bu narsani yomon tarafi yo'q. Qaytamiga til boyligi, deb qarayman.

Shahar yoki qishloqqa moslashishga kelsak, hamma yerni ham o'z qonun qoidasi bor. Sizni kiyim tarzingiz avvalambor o'zingizga va yon-atrofingizdagilarga bo'lgan hurmatingizdir.
Masalan uyda kiyib o'tirgan kiyimingiz bilan tashqariga chiqmaysiz-ku shundaymi?

Shuning uchun bunday kichkina narsalar (sheva va kiyim tarzi, qolganlarini aralashtirmadim) uchun kalla qotirishga arzimaydi...

Hamma yerni o'z toshi-tarozisi bor, degan-u Xalqimiz...

 :bsm:
Fikrlaringizni juda chiroyli va holis bayon qilib bergansiz. Ehtimol, men bunday sodda, lekin fasohatli post qoldirishni eplay olmagan bo`lar edim... Ota-onam vodiydan, biz esa shaharda tug`ilganmiz. Bizdagi holat ham shunday, shu sababdan fikringizga qo`shilaman.
 :vslm:

Qayd etilgan


Mr.Twister  05 Mart 2010, 02:00:40

Dumalabqolibqorniniuwagansmaylik

Qayd etilgan


G_u_l_i  05 Mart 2010, 07:48:55

Assalomu alaykum!
Qizla, avtobus, tarnvay, metroga chiqsela o'ziladan kotta bolaga nega joy bermisila?

 :as:
Ko`pincha manga joy berishadi ;D
Oldin hafa bo`lardim,mani katta yoshli opasi deb o`ylashyapti deb, hozir Rahmat deb ketaveraman. ;)

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2010, 08:01:58

Assalomu alaykum!
Qizla, avtobus, tarnvay, metroga chiqsela o'ziladan kotta bolaga nega joy bermisila?

O'zi qatta ko'rgansiz qiz bolani o'g'il bolaga joy berganini?  :D
O'zidan ancha kattaroq inson bo'sa unda boshqa gap.
Lekin man ko'rmaganman.

Man ham iloji bo'sa o'tirmaslikka harakat qilaman.
Yoki o'tirsam ham holiroq hech kim bezovta qilmaydigan joyga o'tiraman  ;D
Lekin yoshmi qarimi o'tirishga muxtoj bo'sa joy beraman albatta.

P.S. Mavzuda yigitlar qizlarga savol berardi, qizlar esa javob berishardi shekilli.  ;)

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 11:32:04

Assalomu alaykum!
Qizla, avtobus, tarnvay, metroga chiqsela o'ziladan kotta bolaga nega joy bermisila?

V.assalom. Fotimaxon, biz u bu deymiz-u yana Xudoga minglab shukrlar bo'lsinkim, haliyam O'zbekistonimizda (bazilaridan tashqari) insonlar orasida jamoat transportida bir-biriga hurmat bor.
Men ham o'zimizni odob-ahloqimizni Turkiyada davom ettiraman, deb bazan juda yomon holatlarga tushganman. Nima deysiz endi, İstambulda 72 hil millat yashaydi, deyishadi.
Bir kuni oq soqolli otaxonga joy beraman, deb o'rnimadan turib, otaxonga aytgunimcha yoshi 35-40 lardagi akaxon "shap" etib o'tirib oldi. Men otaxon o'tirsinlar, desam: U mendan sendan kuchli, oq soqoliga qarama, desa bo'ladimi ???

Yana bir kuni poroxodda 70 yoshlardagi xolajonga joy bersam, qizim siz ishdan, o'qishdan charchab kelyabsizlar, men endigina uydan sayr qilgani chiqdim, deb yelkamdan ushlab yerimga o'tirg'izib qo'ydilar : )

Shundan keyin e bor-eee dedim, men ham unchalik e'tibor bermaslikka harakat qildim, nima qilay boshqa.....

Qayd etilgan


uzboy  06 Mart 2010, 19:37:16

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 20:19:17

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

 : )

Ayol bunday holatda shunday yo'l tutsinki, yigit uylanmoqchi ekanligini o'z tili bilan aytsin...

Umuman olib qaraganda ayol kishini ayolligida turib, iffat-hayosini saqlagani ma'qul...Bo'lmasa yigitni "ko'zidan tushib qoladi"...

Qiz bola hatto sovchilar kelib, hamma narsa aniq bo'lganda ham nozi bilan turishi, uning kelajakda oilada yana ham ko'p hurmat ko'rishiga sabab bo'ladi...

Bu mening shaxsiy fikrim, boshqa fikrdagilarga ham hurmat bilan qarayman...

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Mart 2010, 20:34:07

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

Kapalak xonimni fikrlariga qo'shilgan xolda qo'shimcha qilib etamanki Hadija onamiz ham Rasululloh  :sw: ga o'rtada odam qo'yib sovchi qo'yganlar...

Man xech qachon yoqtirib qolgan insonimga bunaqa taklif bn chiqa olmagan bo'lardim.
Balki g'ururdandir balki uyatdan, bilmadim.

Yoqtirganini bildirib qo'yishlik kerak albatta.
Qolgani taqdirda bitilganidek bo'laveradi...  :)

Qayd etilgan


Hadija  06 Mart 2010, 21:45:48

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

248-bob. Birovni yaxshi ko'rsa, o'ziga bildirsin

552.  Miqtsom ibn Ma'di Karib aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz birodarini yaxshi ko'rsa, yaxshi ko'rganligini unga ma'lum qilsin", dedilar".

Qars ikki qo'ldan chiqadi, deganlaridek, muhabbat ham ikki tomondan bo'lsa, davomlidir. Ya'ni biron kishi uning salohiyati, yaxshi yo'lda borayotganligi kabi hollari uchun yaxshi ko'rsa, uning ko'nglini ko'tarish va shu ishlarini taraqqiy ettirishga targ'ib qilish uchun muhabbat quyganini o'sha odamning o'ziga bildirishi kerak.

554.  Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi bir-birini yaxshi ko'rsa, ularning afzali shu birodariga muhabbati qattiqroq bo'lganidir", dedilar".

Shaxsiy fikrim: Yuqorida takidlanganidek qars 2 qo'ldan chiqadi. U yigitda ham shunday hohish bo'lib, qalbidagini oshkora qila olmayatgan bo'lsa, bunga biroz yordam darkor ammo, ochiqdan ochiq bunday taklifni bildirish muslimaga to'g'ri kelmaydigan holat. Yigit kishi befarq bo'lsayu qiznig ko'nglida umid bo'lsa, yaxshisi u umidni so'ndirgani yoki har ishda Allohdan hayirlisini so'ramoqligi lozim. Yaqinda, Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobidan bir hadis o'qib qoldim:
Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud Ummu Salama r.anhodan rivoyat qilishadi
Payg'ambar  :sw: ning "Qaysi bir bandaga musibat yetganda "Inna lillai va inna Ilayhi roji'un" desa, va so'ngra "Allahumma ajirni fi musiybati vaxluf li xoyrom minha"(Ey Alloh, menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini bergin) desa, albatta Alloh unga ajr beradi va unga buning o'rniga yaxshirog'ini beradi" deganlarini eshitdim.

Qayd etilgan


uzboy  06 Mart 2010, 23:18:24

Kapalak, Mahdiyah, Hadija...

Javoblar uchun rahmat, ha to'gri hammani ham shaxsiy fikri bor. Hadija, Hadislardan va aniq dalil bn yozganiz uchun ham rahmat

Qayd etilgan