Qizlarga savollar...  ( 334607 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 85 B


Robiya  13 Dekabr 2009, 10:33:22

Assalamu alaykum Abu Muso aka, uzr, men islom.uz forumida javob beribmanu,o'zimizzi forumga qaramabman, ish ko'pligidan :)

Javobim o'shandayligicha copy qilaman unda:

:as:
Hurmatli opalar va singillar, bizga har taraflama ma'lumki,
yaxshi ayol - itoatkor ayoldir! Garchi bu sizga yoqsa ham,
yoqmasa ham, ayni haqiqatligi ma'lum. Buni yigitlarimiz ham
tasdiqlab berishlari mumkin... :)


Nega yoqmaydi, bunday itoatkorlik masalan menga juda yoqadi-da :)


Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?[/b][/color]

Bu savolga bitta javob - SUNNATni o'rganish, Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamning zavjayi mutohharalari bilan kechirgan hayotlaridan saboq olish, va boshqa bir qator kitoblarni o'qib, hayot bilan taqqoslash, eng muhimi - ALLOH RIZOLIGIni ko'zlagan holda, har qanaqa itoatkorlikka roziman (Shariat doirasidan chiqmagan holda)...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Dekabr 2009, 07:03:54

Hozirgi kundagi qizlarning yurishi,kiyinishi va boshqa jihatlariga forimdosh userkalarimizni fikrlari qanday...?

Qayd etilgan


Muslima.bgm  14 Dekabr 2009, 12:07:56





Hozirgi kundagi qizlarning yurishi,kiyinishi va boshqa jihatlariga forimdosh userkalarimizni fikrlari qanday...?


Albatta guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek qizlarga yaxshi ta'rif berish ham mumkin, salbiy xam. Yaxshi qizlarimiz, ya'ni ko'cha ko'yda o'zini hayosi 1- o'rinda kiyimi bilan odob saqlab yurgan qizlarimiz bor Allohga shukur. Lekin shunday o'zbek qizlarimiz xam borki qaysi millatga mansubligini bilib bo'lmaydi. Kiyimlari, tili.... BU savolga javob berishga undagan yana bir narsa kecha ishxonmizda bir chet ellik kelib "Baribir o'zbek qizlariga yetadigani yo'qda. Koreyadagi 70% erkaklar o'zbeklarga qiziqadi. Bizda bir ko'rsatuv bor o'zbek qiz chiqadigan(ismini keltirmadim)xamma erkaklar yoqtiradi. Anchadan beri O'zbekistonda ekan, bir ovqatlanishga taklif qilsammi deb yuribman deydi.
Naxotki bizni qizlar shunchalik engil hayotga, chiroyli kiyim- taqinchoqlaru, qimmat restoranlarda o'tirishga qiziqadigan bo'lib qolishdi? O'sha olifta kiyinganlarni ota-onasini surishtirsangiz oddiy odamlar. Lekin qizi....
Kecha Metroda ketayotsam ro'paramda 2ta qiz o'tiribdi. Kalta yubkachayu-pardoz andozda. Shunda bir nogiron yigit chiqdi. U qizlar bo'lsa xaligi bilani ko'rsatib qiqirlab kula boshladi. . Demoqchi bo'lganim qizlarning nafaqat kiyinishi, balki fikrlash doirasi xam pasayib ketgan. Agar xar bir qiz bola, ayol o;zini kiyinishini, gaplarini idora qilib yursa erkaklar xam nomahramlarga ko'z tikishdan tiyilarmidi.......


Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:12:44

Hozirgi kundagi qizlarning yurishi,kiyinishi va boshqa jihatlariga forimdosh userkalarimizni fikrlari qanday...?


Himmm, bu savolga eng oson javob berish shakli yoshlarni ayblash, deb o'ylayman. Aslida bu kabi mavzularning asos nuqtasi ko'ppp uzoqlarga borib taqaladi, meni nazarimda. Xalqimizda "Ko'rmaganni ko'rgani qursin....." degan maqol bor.
Birdaniga mustaqil bo'lib, hamma narsa yaxshi, yomon ayirimi qilmay mamlakatlarimizga kira boshladi. Sovet paytida "Jinsi" ta'qiqlangan edi, bilasizlar.
Xozirchi? Nima bo'lsa bo'lsin, yetarki bo'lsin....

Lekin bolani tarbiyasida asos mas'uliyat ota-onaga tushadi. Ota-onani "miyyasi bo'sh bo'lsa", bolasiga nima o'rgatsin, bolasiga qanday o'rnak bo'lsin-ki?

Aqli-fikri o'qish-izlanishda bo'lgan qiz yoki bola na modaga vaqti bo'ladi na da yigitlar yoki qizlar haqidagi bema'ni fikrlarga borishga.

Bolani miyyasini to bolalikdan "to'q" qilib tarbiyalash kerak. Diniy va dunyoviy bilimlarga esa ota-ona farzandiga ham o'rgatadi, xarakteri, kishiligi mustahkam bo'ladi.

Turkiyada eng achinadigan narsam Litseyda o'qiydigan qizlarning tizza ostidan bo'lgan yubkalarini uydan chiqib o'qishlariga kelguncha tizzadan bir qarich yuqoriga ko'tarilib qolishi....

Yana kanallardan birida "Yosh 15" degan ashula muzobaqasi bo'layotgan edi. Nima ekan, deb qiziqdim. Nima ko'ray? Endigina navnihol 15 yoshdagi qizini huddi Nochnoy klubda ishlaydigan ayollarga o'hshatib sahnanalarga olib chiqayotgan o'z ONALARİ! Men qizlarga bir narsa demayman. Aybdor Onasi. 20 qatnashuvchidan 10 tasining onasi dadasidan ajrashgan! Natija o'rtada!

Ayol ham qizning dadasiga "ana ko'rdingmi, sen bizni tashlab ketding, lekin men qizimni mashhur qilyabman" qabilida tushuncha bilan shunday musobaqaga qizini qo'lidan yetaklab kelgan......


Ha hullas, aybni asosan qizlardan emas, uning tug'ilishiga sabab bo'lgan ota-onadan izlash kerak.

Bekorga farzand so'rayotganda to'liq- to'liq duo qilinglar, hammasini so'ranglar, deyishmaydi kattalarimiz....

Rabbimiz bizlarni farzandlarimiz bilan imtihon qilmasin. Xalqiga, Diniga xizmat qiladiganlardan aylasin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:18:23

Ommabop bo'lgan savol:

Nimaga sizlardan yoshingiz nechida deb so'rashganida sir tutasizlar yoki topingchi nechi yosh berasiz degan javob bo'ladi!

Yoshni yashirishni sababi nimada!


Siz ham nima qilasiz qiz bolani yoshini so'rab? Uylanmoqchi bo'lgan qizingizni zotan uydagilaringiz so'rab-surishtirib bo'lishgan bo'ladi...Boshqa ayol-qizlarni yoshi unga nomahram bo'lgan erkakni qiziqtirmasa ham bo'ladi...

Erkak kishini ham maoshi so'ralsa buni g'urur masalasi qilishadi, tog'rimi?

Hech bo'lmasa ayol-qizlarni yoshini bilmay qo'yaqolinglar....

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 21:05:09

Yuristni yonida ko'p yurdingiz ana siz ham Titan-Uzni advokati bo'ldingiz qoldingiz ukasi  : )

Yani aytmoqchi bo'lganim, siz faqat samimiy bo'lgan ayol-qizdangina yoshini so'rashingiz mumkin, balki bilarsiz ham chunki yo qarindoshingizdir yoki kursdosh vayo ishdosh...

Tanimagan ayol sizdan maoshingizni so'raganda sizga qanday g'alati tuyulsa, ayol qizlar uchun yosh masalasi huddi shunday...

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 21:12:12

qizlarga savol:

Nega dugonangiz yangi kiyim kiyib chiqqanda,xuddi tovuqqa galstu taqqande tursayam kiygan kiyimi "Voy,dugoon ochilib ketibsan,vashshee supper" deysizda, ketganidan keyin "ha o'la,savil,shuyam kiyim bo'ldimi?" deb yomonlaysiz?


Rosa kuldim savolga : )

Ja unchalik orqasidan gapirmasak ham harqalay ayollar maqtovni yaxshi ko'rishadi-da. Gap bor-ku: Erkaklar ko'zi bilan, ayollar qulog'i bilan yaxshi ko'radi, degan. Yani ayolga maqtov juda yoqadi....

Xazil savolga xazil javob berdim : )

Qayd etilgan


registan  14 Dekabr 2009, 21:24:09

qizlarga savol:

Nega dugonangiz yangi kiyim kiyib chiqqanda,xuddi tovuqqa galstu taqqande tursayam kiygan kiyimi "Voy,dugoon ochilib ketibsan,vashshee supper" deysizda, ketganidan keyin "ha o'la,savil,shuyam kiyim bo'ldimi?" deb yomonlaysiz?


Rosa kuldim savolga : )

Ja unchalik orqasidan gapirmasak ham harqalay ayollar maqtovni yaxshi ko'rishadi-da. Gap bor-ku: Erkaklar ko'zi bilan, ayollar qulog'i bilan yaxshi ko'radi, degan. Yani ayolga maqtov juda yoqadi....

Xazil savolga xazil javob berdim : )

Man eshitgan variantda "Erkaklar oshqozoni bilan" deyilgandi va manimcha shu variant to'g'ri deb o'ylayman. :)

Qayd etilgan


braupov  14 Dekabr 2009, 21:28:17

QIZLAR NIMA SABABDAN TILLA BUYUMLARGA O'CH BO'LADI ...... ????

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 21:32:59

QIZLAR NIMA SABABDAN TILLA BUYUMLARGA O'CH BO'LADI ...... ????


Dinimiz ham izin berib qo'yganku ::)

Qayd etilgan