Qizlarga savollar...  ( 334611 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 85 B

braupov  14 Dekabr 2009, 21:37:11

MAN FAQAT SABABINI SO'RAMOQCHIDIM
QIZLAR NIMA SABABDAN TILLA BUYUMLARGA O'CH BO'LADI ...... ????

Dinimiz ham izin berib qo'yganku ::)

Qayd etilgan

Ansora  14 Dekabr 2009, 21:41:40

Hamma har xil. Masalan menga uncha yoqmaydi oltin. Taqmasam ham bir burchakda tursin, deyman. İnsonni boshida har xil kun bor...

Oltin har doim qadrli boylik yani qadrini hech qachon yo'qotmaydi. Ayol kishi oilada har doim kelajakni o'ylab harakat qiladi. Erta-indin farzandlarim katta bo'ladi. Kamchiligiga yararmikan, deb o'ylaydi. Erkak bu narsalarni uncha o'ylamaydi...

Qayd etilgan

braupov  14 Dekabr 2009, 21:47:35

ERKAKLARNI HAMMASI HAM UNAQAMAS ...

Qayd etilgan

Ansora  14 Dekabr 2009, 21:47:57

qizlarga savol:

Nega dugonangiz yangi kiyim kiyib chiqqanda,xuddi tovuqqa galstu taqqande tursayam kiygan kiyimi "Voy,dugoon ochilib ketibsan,vashshee supper" deysizda, ketganidan keyin "ha o'la,savil,shuyam kiyim bo'ldimi?" deb yomonlaysiz?

Rosa kuldim savolga : )

Ja unchalik orqasidan gapirmasak ham harqalay ayollar maqtovni yaxshi ko'rishadi-da. Gap bor-ku: Erkaklar ko'zi bilan, ayollar qulog'i bilan yaxshi ko'radi, degan. Yani ayolga maqtov juda yoqadi....

Xazil savolga xazil javob berdim : )

Man eshitgan variantda "Erkaklar oshqozoni bilan" deyilgandi va manimcha shu variant to'g'ri deb o'ylayman. :)

Bu Turk qardoshlarni gapi, gardeshhh:)

Masalan erkak kishi ko'rganiga, ayollar esa eshitganlariga ishonar ekan.

Qayd etilgan

Ansora  14 Dekabr 2009, 21:52:52

Hamma har xil. Masalan menga uncha yoqmaydi oltin. Taqmasam ham bir burchakda tursin, deyman. İnsonni boshida har xil kun bor...

Oltin har doim qadrli boylik yani qadrini hech qachon yo'qotmaydi. Ayol kishi oilada har doim kelajakni o'ylab harakat qiladi. Erta-indin farzandlarim katta bo'ladi. Kamchiligiga yararmikan, deb o'ylaydi. Erkak bu narsalarni uncha o'ylamaydi...

ERKAKLARNI HAMMASI HAM UNAQAMAS ...

Demakki nima qilmasligimiz kerak ekan, Umum haqida - hamma shunday, demasligimiz kerak ekaaaan. Ayollarni ichida ham oltin yoqadigani, yoqmaydigani bor bo'lganiday, erkaklarni ichida ham har xili bor.

Qolaversa men erkak uyni o'ylamaydi, demadim. Asosan kelajak tashvishi ayolga tushadi....Xalqimiz nima debdi: Erni er qiladigan ham ........

Er topib kelishdan, ayol esa to'g'ri yerga ishlatishdan mas'ul asosan.....

Yana umumiylashtirdi, demang  : )

Qayd etilgan

braupov  14 Dekabr 2009, 21:53:35

Hamma har xil. Masalan menga uncha yoqmaydi oltin. Taqmasam ham bir burchakda tursin, deyman. İnsonni boshida har xil kun bor...

Oltin har doim qadrli boylik yani qadrini hech qachon yo'qotmaydi. Ayol kishi oilada har doim kelajakni o'ylab harakat qiladi. Erta-indin farzandlarim katta bo'ladi. Kamchiligiga yararmikan, deb o'ylaydi. Erkak bu narsalarni uncha o'ylamaydi...

TIBBIY TARAFDAN QARALGAN DA AYOL ORGANIZMIDA ERKAK KISHIGA QARAGANDA 2-3 MAROTABA KO'P OLTIN BOR EKAN . MANI FIKRIMCHA ASOSIY SABAB SHU ... YANA BILMADIM

Qayd etilgan

Ansora  14 Dekabr 2009, 22:09:26

Ayol kishi nazokatli yaratilgan, dunyodagi barcha go'zal narsalar ayolga yarashadi. Hech kim bunga e'tiroz bildira olmaydi...

Aslida shunday bo'lishi har shart. Oltinga burkangan yoki mo'yna kiyib olgan erkak ko'zingizga qanchalik "chiroyli" ko'rinadi....

Huddi shunday erkakday kiyingan ayol ham bizga "ayolday" tuyulmaydi....

Erkak erkakligini, ayol ham ayolligini bilsa bo'ldi, olam guliston....

Qayd etilgan

Chustiy  14 Dekabr 2009, 22:42:42

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..

Qayd etilgan

Muslima.bgm  15 Dekabr 2009, 12:39:44

Chustiy, 1-savolizzi tahrir qilib o'chirib tashlay qolin. Chunki bunga rozi qizlar roziligini etisha olmaydilar! Yoki qog'ozga o'rab boshqacha usulda so'rab ko'rin...

Savol turmushga chiqmagan qizlarga berilgan ekan. Lekin loloning postini o'qib javob yozgib o'tiy digandim. Chustiy to'g'ri savol berganlar. Hozir 2 hotin bo'lib tegmoqchi bo'lgan qizlar talaygina(O'zi xoxlab, xich kim majbur qimasa xam)
2. Men avvalo turmush o'rtog'imga ishonaman. U boshqa ayol xaqida o'ylashi xattoki qalbimni larzaga soladi. Xmmmm Mobodo Alloh saqlasin shunday bo'lgan taqdirda xam men unga 2-hotinidan xam qanchalik yaxshi ekanligimni isbot qilardim. Aqlim, pazandaligim, unga qanchalar sodiq vafodorligim....Eng avvalo Allohning kalomida keltirilgan erning vazifalarini , Hotiniga hiyonat qilish qanchalar gunoh ekanligini (bildirmasdan boshqasiga uylanish Hiyonatning kattasi menimcha)eslatardim. Allohning o'zi insof bersa to'g'ri yo'lga qaytadi bunday erkaklar. Lekin xech qaysi ayolning boshiga bunday savdo tushmasin. Umringizning ohirigacha o'z jufti halolingiz, farzandlaringiz bilan shirin xayot kechirishga nima etsin.

. O'zi hayron qolaman bunday toifa erkaklarga qanday qilib bir ayolga ko'ngil berib turmush qurib, yillar o'tib boshqa ayolga ko'ngil berishini ???

Qayd etilgan

Ansora  15 Dekabr 2009, 15:56:34

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..

1. İkkinchi xotin bo'lib turmushga chiqadigan qiz menimcha hech qachon men shunday qilaman, demaydi ko'p kutasiz bu javobni....

2. İlgari ham Forumdoshdan forumdoshga savol mavzusida Afifaxon shunga yaqin savol bergan edilar. Javobimni aynan keltirdim.

A.alaykum. Alloh Mo'min-Musulmonlarning xonadonlaridan eng asosiysi huzurni ayrimasin.
Avvalo umr yo'ldoshi tanlashda Alloh hech kimni adashtirmasin ekan...
Lekin "xom sut emgan banda" yoki "Gunohsiz qul bo'lmas", degan gaplarga qaraydigan bo'lsak, inson bolasini bunday gunoh yo'llariga kirishi ham yana insonga hos, ko'z yumib bo'lmaydigan hodisalardan biridir.
Agar (Xudo ko'rsatmasin) shunday bo'ladigan bo'lsa va o'rtada farzand ham bo'ladigan bo'lsa men turmush o'rtog'imga hech narsa demay, bolamni olib uyimga ketgan bo'lardim.
Unga vaqt berardim. Chunki turmush o'rtog'im dindor oilani farzandi, insonlar nasliga tortadi. Qolaversa hiyonat qilgan inson avvalo mendan emas, Allohdan qo'rqmaganligini ko'rsatgan bo'ladi... Allohga tavba qilsin avvalo...

Uni vijdoni bilan yuzma yuz qoldirib, Allohdan sabr tilagan holda oddiy hayotimga oilamni yonida davom etishga harakat qilardim.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa eng boshda qaynota-qaynonam meni hech qayerga yuborishmagan bo'lishardi, bundan ismimday aminman. Chunki ular meni oilamdan omonat qabul qilib olishdi. Qaynotamlar omonatga hiyonat qiladigan insonlar emas...
Qolaversa farzandimga hech narsani sezdirmaslikka harakat qilardim.
Biz-ku yarim yamaloq yashadik, u bechorani aybi nima? Qo'limdan kelguncha unga ham ona, ham  ota sevgisini berishga harakat qilardim...
Alloh hech kimni bunday og'ir gunoh-hiyonat bilan imtihon etmasin inshalloh.
Chunki hiyonat qilgan ham, hiyonatga uchragan ham qattiq qalb yarasi oladi, bu yara esa osonlikcha bitmaydi....

Sizga ham savol uchun rahmat...

Qayd etilgan