Qizlarga savollar...  ( 334610 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 85 B


Ansora  15 Dekabr 2009, 15:58:50

Ayol kishini sabriga qoyil qolishadi......

Savol:

1) Nimaga kichkina problemani kottakon qilib hal qilasila.
2) Kotta problemani esa kichkina problemaday hal qilasila.
3) Yigit 1 marta hato qilsa kechirish shunchalik qiyinmi..............



Himmm, men bu savolda berigan ayol-qizlarday emasman, shuning uchun javob bermasam ham bo'ladi  : )

Qayd etilgan


Muhseena  15 Dekabr 2009, 18:53:44

Ayol kishini sabriga qoyil qolishadi......

Savol:

1) Nimaga kichkina problemani kottakon qilib hal qilasila.
2) Kotta problemani esa kichkina problemaday hal qilasila.
3) Yigit 1 marta hato qilsa kechirish shunchalik qiyinmi..............


1)Har qanaqa katta muammolar ayni kichkina muammolardan boshlangani uchun.Aytaylik,ona qizini maktabdan kech kelgani uchun koyidi.Uning nima uchun kechikkanligi sababini eshitishni ham xohlamaydi.Farzandi birmuncha onasining qattiqqo'llik qilayotganidan noliydi.AMmo katta bo'lib qarasinki,ota-onasi bee'tibor bo'lgan dugonasi har xil nomaqul ishlarni qilib yuribdi.Demak,onasi ozginagina kechikkani uchun katta janjal qilgani,yaxshilikka ekan..
2)Katta muammolarni kichkinadek qabul qilinishi....endi u hatoni to'g'rilab bo'larmidi?Uni unutish kerak.Chunki endi foydasi yo'q,bo'lsa-da kam darajada....Muammoning qanaqaligiga ham qaralsa kere,manimcha.
3)Inson kechirimli bo'lishi kerak.Alloh taoloning Kalomidan,payg'ambarimiz hikmatlaridan xabardor inson kechira oladi deb o'ylayman.Endi u yigit qizga qanday bir ayb ish qilibdiki kechirmapti,man tushunolmadim.Agar hafa qiladigan yigit bo'lsa,undan voz kechgan ma'qulroq.Ammo qalbda kechirib qo'ygani afzaldir deb o'ylayman.
Shu tobda,ehhh yigitlar,sizlar esa,hamma narsaga befarqsizlarku,degim keladi.....

Qayd etilgan


Muhseena  15 Dekabr 2009, 19:43:21

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..

Nafsimning ko'tara olmasligini bilib,bu savolga rozi bo'lmasam kerak deb ayta olaman xolos...Keyin ota-onam bunga rozi bo'lmasliklari aniq.Zero Robbimiz Qur'oni Karimning Luqmon surasida :
"Menga va ota-onangga shukr qilgin.Va qaytish faqat Mengadir"
 degan.Yana Isro surasi 23 oyatda:
 "Robbing faqat Uning O'zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi.Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar,bas,ularga "uff" dema,ularga ozor berma va ularga yaxshi so'z ayt!" deb buyurdi.
Shunday ekan,kishi avvalo o'z yaqinlarini ko'nglini olishi kere deb o'yliman.Ammo  Alloh ko'pxotinlikni harom qilmagan ekan,man unga qarshilik qilmayman.Uning azaliy hikmati bilan joriy bo'lgani aniq.
Agar u kishi manga sezdirmay turmush qursalar,avvalo Alloh saqlasin,aybni o'zimdan qidirgan holda,sabr qilsam kerak.Bu qiyin holat.Bardosh berish qiyin.InshaAlloh,Robbimiz toqatimiz yetmaydigan sinovlarga yetkazmas.Allohning o'zidan hammaga tinch-totuv oila,haqiqiy islomiy oila baxtini so'rab duo qilishimiz kerak.Albatta,ahli ayoliga zulm qilib,ikkiyuzlamachilik bilan,uydan tashqarida xotin olayotgan insonlarga Allohning O'zi kifoya...Vijdoni qiynalmasa,birovning qalbiga ozor berishdan qo'rqmasa,qilmishi uchun unga Og'ir bo'ladigan kunda yanayam og'ir bo'lishi tayin.Ammo adolatni o'rnatgan,hammani roziligini olib,tinch-totuv yashayotgan oilalar bo'lsa Alloh ularni ajrlantirsin.

Qayd etilgan


lolo  18 Dekabr 2009, 09:55:20

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?
Man uchun nima yaxshi va nima foydali ekanini Alloh mandanam ko'ra ko'proq bilishiga zarracha shak-shubham yo'qligini anglagan holda dinimdagi buyruq va nasihatlarni birortasidan o'z xohish-istaklarim va orzularimni hech qachon ustun qo'ymayman, inshaalloh. Bundan tashqari bu sunnat ekan, inshaalloh sunnat ahlidanman.
Alloh barchamizga tavfiq bersin!

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 15:59:28

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi"-Payg'ambarimiz s.a.w.aytdilar: "Alloh taolo Jabroil a.s.chaqirdi va "Jannat ahli uchun nima tayyorlaganimni borib ko'rib kel" dedi. Jabroil a.s. borib ko'rib keldi va "Sening izzating haqqi, inson faqat eshitsayoq kiradi" dedi.So'ng jannat inson tabiati karix ko'radigan narsalar bilan o'raldi.Keyin Alloh taolo Jabroil .a.s.ga "Jannatga yana bir qaragin" dedi.Jabroil a.s. jannatni yana ko'rib keldi va "Sening izzating haqqi,qo'rqdimki jannatga hech kim kirmaydimi deb" dedi. Alloh taolo Jabroil a.s. do'zaxni ko'rib kelish uchun yubordi "Borib do'zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko'rgin dedi.Jabroil a.s.borib do'zaxni ko'rib kelib "Yo Alloh.agar uni odam bolasi eshitsa unga hech kim kirmaydi" dedi.Shundan so'ng do'zax lazzatli narsalar va shaxvat bilan o'raldi.Alloh taolo Jabroil a.s.ga "Do'zaxga yana bir qaragin" deya buyurdi.Jabroil a.s. do'zaxga yana bir qarab "Sening izzating va ulug'vorliging haqqi,yo Alloh hech kim do'zaxga kirmay qolmaydimi deb qo'rqdim" dedi.
  Odam farzandi bu haoti dunyoda yashar ekan Yaratgannning turli-tuman ba'zida tashvishli,bazida quvonchli fitnalalariga yo'liqaveradi va shunday sinovlardan o'tishi natijasida o'zining u dunyodagi chin uyini tiklab boraveradi. Ba'zan bu sinovlarni yengishimizda nafsimiz ko'tara olmaydigan holatlarni ham hazm qilishimizga to'g'ri keladi, ba'zida quvonchli fitnalar oldida dovdirab qolib ko'nglimizning ko'chasiga kirib qolganimizni bilmay ham qolamiz.Har ikki holatda ham ko'nglimiz ko'targani, nafsimiz xoxlaganini emas, balki bu dunyoda yashashlikning ibtidosi va intihosini o'ylab turib aql bilan ish tutsak yuqoridagi rivoyatda aytilganidek inson tabiati karix ko'rgan ishlarni ham Alloh va Rasuli s.a.w. uchun bajaradigan bo'lsak, bu ishlarni qilishimiz biz uchun malolli va qiyin kechmaydi.Allohning rahmati, marhamati, mag'firati va Rasuli s.a.w.ning shafoatlaridan umid qilib peshonamizga bitilgan taqdirga rozi bo'lib yashasak nafsimiz ko'tara olmaydigan ishlarni bajarishda Allohning O'zi bizga yengilmas kuch va bag'rikenglik beradi, inshaAlloh. Bu ishlarni bajarish uchun esa bizdan ozgina aql va farosatni ishlatib ish tutishlik so'raladi xalos.Biz aqlimizni ishlatish uchun bu dunyoning lazzatli matohlaridan biri bo'lmish boylik-puldan million-million sarf qilmaymiz,farosatni ishlatish uchun qishning sovug'i, yozning jazirama  issig'iga jidab necha mimg mil yo'l yurib dunyoning bu burchidan u u burchiga bormaymiz aql ham farosat ham jussamizning bir bo'lagi bo'lmish miyamiz va qalbimizda jamlangandir.Odam aqli va farosatini qay yo'sinda ishlatib borishi bilan u dunyoda jannatd yoki do'zax sari yo'l oladi.
 Alloh taolo aytadi: "..Sizlar uchun nikohi halol bo'lgan ayollardan ikkita, uchta, to'rttagacha uylanaveringlar.Endi, agar ular orasida adolat qila olmaslikdan qo'rqsalaringiz bitta ayolga uylaningizlar.." (Niso surasi 3 oyat)
  Rasululloh s.a.w. dan rivoyat: "Odamlarga nima bo'ldi unday, bunday demoqdalar? Lekin men kechalari namoz ham o'qiyman va yxlayman ham, ro'za ham tutaman va og'zi ochiq ham bo'laman, xotinlarga uylanaman ham,kimki mening sunnatimdan yuz o'girsa mendan emas" dedilar.(Imom MUslim rivoyati Nikoh kitobi. Nikohning mustahablligi haqidagi bob) Bu yerdagi "xotinlar" so'zi ko'plik ma'nosini anglatadi.Demak Rasululloh s.a.w. ko'pxotinlikka qarshi bo'lmaganlar, balki aksincha uni hayotga tadbiq etganlar.
  Imom ibn Kudoma Maqdisiy (rahimahulloh) aytadilar: Rasululloh s.a.w. ham uylandilar,ashoblar ham uylandilar va sanog'ini oshirdilar.Rasululloh s.a.w. va sahobalar eng afzal ishni qildilar.Sahobalar afzal ishlarni tashlab pastkash ishlar bilan mashg'ul bo'lmasdilar.(Ibn Maqdisiy "Mug'niy" 6/44) Demakki ko'pxotinlik pastkash ishlardan emas ekan.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 16:13:24

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..

  Chustiyning bu sabollariga ba'zi muslima singillarimizning bergan javoblarini o'qib turib jim ketolmadim. BU singillarimiz savolni yaxshi tushunmay javob berganlari aniq.Chunki Chustiy ko'pxotinlik haqida savol bergandilar.Javob bergan singillarimiz esa islomda ruhsat berilgan narsaga HIYONAT va GUNOH deb javob berganlar.Buni qanday tushunish mumkin?Dinimizda ruxsat berilgan narsa qanday qilib HIYONAT va GUNOH bo'lishi mumkin? Singillarimiz bu savolga atroflicha o'ylab turib emas, balki o'z nafslaridan kelib chiqib javob berganlar.Alloh ruxsat bergan, Rasululloh s.a.w. va ashoblari o'z hayotlarida tadbiq etgan amal boshqa narsa, HIYONAT va GUNOH boshqa narsa. Nahotki Allohning bandalari ichida saylab olgan, bandalikni kamoliga yetqizib qo'ygan,HAQ DIN payg'ambari Muhammad Mustafo (odamlar ichida poklangan) s.a.w.dek zot va ashoblari insonlarga zarar beradigan amalni bajarishgan va hayotga tadbiq etgan bo'lishsa?

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 16:46:40




Chustiy, 1-savolizzi tahrir qilib o'chirib tashlay qolin. Chunki bunga rozi qizlar roziligini etisha olmaydilar! Yoki qog'ozga o'rab boshqacha usulda so'rab ko'rin...

Savol turmushga chiqmagan qizlarga berilgan ekan. Lekin loloning postini o'qib javob yozgib o'tiy digandim. Chustiy to'g'ri savol berganlar. Hozir 2 hotin bo'lib tegmoqchi bo'lgan qizlar talaygina(O'zi xoxlab, xich kim majbur qimasa xam)


Bunday qizlarni malomat qilishga haqqimiz yo'q, chunki har bir qiz oilani bekasi va ona bo'lishni orzu qiladi.Kochada zino qilib qancha-qancha erkaklarni hayolini olib va ularning ham ro'zg'orlariga achchiqlik kiritib gunohga botgandan ko'ra, ikkinchi xotin bo'lib turmushga chiqib halol yashashlik ming marta afzal.Endi agar bunday ikkinchi xotin bo'lib turmushga chiqqan qiz-ayollarimiz o'zlarining nafslariga qul bo'lib, erini birinchi oilasidan voz kechtirib faqat o'zini dedirib yashaydigan bo'lasalar, unda unutmasinlarki olamlar sultoni Yakka Alloh bu bandasini alamli azoblari bilan jazolaydi.Uningday ayollarni va butun bandalarini iymoniga baho berish bizga tushib qolgani yo'q.
  Odam magar musulmonman der ekan Allohning amrlarini bajaradi.Allohning amrlaridan biri oila qurishlik bo'lsa, Rasululloh s.a.w.ning sunnatlaridan biri ko'pxotinlik va oilalik erkakning bokira qizga uylanishidir.Rasulullohning har qilgan ishlari umat uchun ibrat va sunnat bo'lgan ekan, demakki oilalik erkakning qiz bolaga uylanishi ham, qiz bolaning oilalik erkakka turmushga chiqishi ham sunnat.Buni ayblaydigan joyi yo'q.Rasululloh s.a.w. Oisha r.a. onamizga ham bokiralik chog'larida uylanganlar.U zot Oisha r.a. onamizni sevib qolib yoki chiroylariga uchib, yoki boyliklariga uchib emas balki Allohning amrini bajarish uchun va kelgusida peshonalariga turli taqdirlar bitilajak ummatlariga oson bo'lishi uchun bu ishni qilganlar, shuningday Oisha onamizni ham Allohning o'zi Rasulullohga mos qilib yaratgandir.
  Madomiki shunday ekan, xo'sh musulmonchilikni da'vo qilayotgan musulmonu-muslimalarimiz nima uchun Allohning amriga qarshi bormoqchilar? Nafslari ko'tarolmayaptimi? Axir Alloh jannatni bandasining nafsi ko'tarolmaydigan narsalar bilan o'rab qo'ymaganmidi? BIz jannatga kirish uchun avvalo mana shunday nafsimiz ko'tarolmaydigan to'siqlarni yengib o'tishimiz kerakmasmi? Buncha gaplardan keyin aytarsizlar, hozir Rasululloh s.a.w.va sahobalar o'tib ketishgan, hozir ulardek kishilar, o'sha zamo ayollaridek qiz-xotinlar yo'q deb.Haqsizlar hech kim ularga o'xshamaydi. Biroq o'ylab ko'ring xotin o'z erining ko'nglini tanho malikasi, er ham o'z xotining ko'nglini yakka xokimi bo'lishni orzu qilganida, ha-ha shu ko'ngilda tanho bo'lishni orzu qilganlarida nima uchun butun bashariyatga ibrat bo'la olgan erkagu-ayollarni hozirgi zamon kishilari orasidan qidiryapsizlar? Ular ham tanho va takrorlanmas bo'lib yaratilgandirlar. Ularni qidirganlar ularni emas, balki ulardan ibrat olib yashayotganlarni topadilar, yana takror aytaman ibrat olib yashayotganlarni topadilar.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 16:56:57




Chustiy, 1-savolizzi tahrir qilib o'chirib tashlay qolin. Chunki bunga rozi qizlar roziligini etisha olmaydilar! Yoki qog'ozga o'rab boshqacha usulda so'rab ko'rin...
2. Men avvalo turmush o'rtog'imga ishonaman. U boshqa ayol xaqida o'ylashi xattoki qalbimni larzaga soladi. Xmmmm Mobodo Alloh saqlasin shunday bo'lgan taqdirda xam men unga 2-hotinidan xam qanchalik yaxshi ekanligimni isbot qilardim. Aqlim, pazandaligim, unga qanchalar sodiq vafodorligim....Eng avvalo Allohning kalomida keltirilgan erning vazifalarini , Hotiniga hiyonat qilish qanchalar gunoh ekanligini (bildirmasdan boshqasiga uylanish Hiyonatning kattasi menimcha)eslatardim. Allohning o'zi insof bersa to'g'ri yo'lga qaytadi bunday erkaklar. Lekin xech qaysi ayolning boshiga bunday savdo tushmasin. Umringizning ohirigacha o'z jufti halolingiz, farzandlaringiz bilan shirin xayot kechirishga nima etsin.

. O'zi hayron qolaman bunday toifa erkaklarga qanday qilib bir ayolga ko'ngil berib turmush qurib, yillar o'tib boshqa ayolga ko'ngil berishini ???

Bu fikrlaringizga yuqorida keltirilgan Alloh taoloning kalomi va hadisi shariflar javob bo'ladi inshaAlloh.Alloh taolo ruxsat bergan narsasiga HIYONATNING KATTASI deyishlikdan qo'rqing. HAqiqiy chin muhabbat Allohgagina bo'ladi. Er-xotin bir-birlarini nafslari bilan, farzandlari va yaqinlarini mehr-shafqatlari bilan sevadilar.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 17:07:02

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


2. İlgari ham Forumdoshdan forumdoshga savol mavzusida Afifaxon shunga yaqin savol bergan edilar. Javobimni aynan keltirdim.

Agar adashmasam kapalak xonim siz bu javobni "Agar turmush o'rtog'ingiz sizga hiyonat qilsa...." degan savolga bergandingiz.Sizga ham yuqoridagi oyat va hadislar javob bo'ladi inshaAlloh.Bu savolga siz ham umuman tushunmay javob bergan ko'rinasiz. Sizdek o'qimishli va hamma narsani tushunadigan kishi HIYONAT va GUNOHni Alloh ruxsat bergan narsaga aralashtirib yuborishi achinarli hol...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Dekabr 2009, 17:19:44

Iqtibos: Chustiy dan 14 Dekabr 2009, 22:42:42
Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


  Chustiyning bu sabollariga ba'zi muslima singillarimizning bergan javoblarini o'qib turib jim ketolmadim. BU singillarimiz savolni yaxshi tushunmay javob berganlari aniq.Chunki Chustiy ko'pxotinlik haqida savol bergandilar.Javob bergan singillarimiz esa islomda ruhsat berilgan narsaga HIYONAT va GUNOH deb javob berganlar.Buni qanday tushunish mumkin?Dinimizda ruxsat berilgan narsa qanday qilib HIYONAT va GUNOH bo'lishi mumkin? Singillarimiz bu savolga atroflicha o'ylab turib emas, balki o'z nafslaridan kelib chiqib javob berganlar.Alloh ruxsat bergan, Rasululloh s.a.w. va ashoblari o'z hayotlarida tadbiq etgan amal boshqa narsa, HIYONAT va GUNOH boshqa narsa. Nahotki Allohning bandalari ichida saylab olgan, bandalikni kamoliga yetqizib qo'ygan,HAQ DIN payg'ambari Muhammad Mustafo (odamlar ichida poklangan) s.a.w.dek zot va ashoblari insonlarga zarar beradigan amalni bajarishgan va hayotga tadbiq etgan bo'lishsa?


Assalomu aleykum saltanat opa endi bu gapiz bilan nima dimoqchisiz shuni tushintirib bering opajon

Qayd etilgan