Muallif Mavzu: Qizlarga savollar...  ( 130695 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 655
  • -oldi: 1293
  • Xabarlar: 909
  • Jins: Erkak
  • Бешикдан қабргача илм изла
    • islom.uz
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #75 : 20 Dekabr 2009, 10:15:31 »
To'g'risini aytsam birodarlar, savol qolib boshqa narsalarning muhokamasi bo'lib ketibdi.
Agar msala ko'pxotinlik shartlari, qanday xolatda ruhsat etiladi, kimning qanaqa huqulari bor, hamda nimalar qilinishi taqiqlangan kabi narsalar hususida bo'lsa unda, eng avvalo shuni bilmoqchi bo'lgan kishiga Shayx MSMYu xazratlatini javoblari kifoya qilsa unda shu kishiga berilgan savollarga javoblarni o'rganib chiqishlik kifoya qilsa kerak
buning yo'lib juda osson, savollar.islom.uz yoki forum.islom.uz saytlariga kirib izlash xizmatiga ko'pxotinlik so'zini lotincha yoki kirilchada kiritish kifoya qilsa kerak
menimcha bu yerda kopchilikda ko'pxotinlik muommosi bo'lmasa kerak VallohiA'lam

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12884
  • Xabarlar: 19283
  • Jins: Ayol
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #76 : 20 Dekabr 2009, 12:32:37 »
Assalomu-alaykum. Bu yozuvlarim bilan hech kimni huzurini qochirmoqchi emasman, faqat meni javoblarimni umuman boshqa ma’nolarga tortgan Saltanat opaga bu javobni berishni ma’qul ko’rdim. Avvalo “Forumdoshdan forumdoshga savol” mavzusining 114 chi sahifasida berilgan savolning asl holiga qaraylik:

Miniraopa,Kapalakopa(singil)ga va Imlahopaga savol.

Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.


Savol bu. Meni javobimni yodlab olganga o’hshaysiz  : )bu yerda takror keltirmasam ham bo’ladi.

Bu imlaah opani javoblari:

Bugungi kunning eng "mashshur" mavzusidagi savol bo'libdi tashakkur   : )
Inson u erkakmi yoki ayolmi ko'ngli muhabbat,e'tibor,o'z jufti uchun eng sevimli va yagona bo'lishni istaydi.Ammo shuncha narsalarni istagan "oshiq kongil" sohiblari o'zimchi o'zim juftimga nima bera olyabman deb o'ylashga eng kamida jurat qila olmaydilar.Ko'ngil nozik hislar va olovli muhabbat istar ekan.Muhabatlimi yoki muhabbatsiz o'tgan oilaviy turmush jaroyonida Allahni bergan omonatlari farzandlar dunyoga kelgan ekan.Bu omonatlar mehr muhabat va e'tiborga hammadan ko'ra muhtojroq va haqliroq qachonki ota onalar uchun ohirat saodati muhim,farzandalri oldidagi burchlarini o'tashlik shart deb bilinadigan bo'lsa.Men orada farzandlari bor bo'la turib "muhabbat istaguvchilarni" hazm qila olmayman.Inson otalik yoki onalik bahtiga Allahni inoyati bilan saylanibdimi bu tuhfani ochiq yuzlik bilan bajarishga intilishi kerak deb o'ylayman.10 Yillar atrofidagi oilaviy hayotimdan hulosa qilsam oilada ko'ngil to'lar holatlar va ko'ngil qolar holatlar ham bo'ladi.Oila bekorga jamiyatni kichik ko'zgusi deyilmagan.Jamiyatda har doim har ish bir tekis ketavermaganidek oilada ham shunday hollligi aniq.Hiyonat kattami kichikmi u o'z nomi bilan HIYONAT.Juftning juftga hiyonati har qanday holatda ham oqlanmas holat.Endi juftim hiyonat qildi degan bahona bilan otalik yoki onalikka e'tiborsiz qaror bilan oiladan voz kechishlikni ota-onalikka HIYONAT deb bilaman.Mening tushunchamda inson farzandlari uchun ko'ngil istaklaridan kechsagina bu kunda farzand tarbiyasida biror natijaga erisha oladi. Qiyomat yaqinlashgani sayin farzand tarbiyasi kuchuk tarbiyasidan mashaqqatliroq degan gapni qachonlardir o'qigan edim .Allahdan qorqadigan ishtiyoqli farzandga sabab bo'lgan insonni, nafsiy istagi deb oilani barbod qilishlik eng yumshoq tarzda aytilganda  insonlarni eng aqlsiz qarorlari va ishlari.

Bunisi esa Munira xonimni javoblari:

Assalamu alaykum.
Savol uchun tashakkur.Tilaklaringiz uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bizni 14yillik hayotimiz davomida bunday ish bo'lmagan, bo'lmasligiga ham umid qilamiz, InshaAlloh.
Endi tasavvur qilsak... (Alloh saqlasin)
Agar bunday holat yuzaga kelsa, meni oilamda, avvalo o'z aybimni axtarib topib uni yo'qotishga harakat qilgan bo'lardim. Topolmasam turmush o'rtog'im bilan yaxshilab dildan, xotirjam gaplashib olgan bo'lardim.
Chunki men bolalarim va ularni tarbiyasi uchun mas'ulman. Men ming harakat qilsam ham, bolalarimga otani o'rnini bosib berolmayman. Shuning uchun, o'z qalbimga berilgan ozor uchun bolalarimni qalblariga bir umrlik armon urug'larini qadamagan bo'lardim. Alloh uchun go'zal sabr qilib, bolalarimni tarbiyalash va o'zimni isloh qilish uchun harakat qilgan bo'lardim.
Alloh taolo avvalo har birimizga o'z aybini ko'ra oladigan qalb va ularni bartaraf etadigan aql ato qilsin.
Har birimizni qalbimizni kibrdan va amallarimiz riyodan saqlasin. Amiyn.


Ho’sh Saltanat opa, savolga javob bergan diniy bilimlari mendan juda ko’p marotaba ustun bo’lgan opalarimiz “hiyonat”ga yaxshi narsa, deb javob berishganmi? Alloh rizosi uchun ayting!!! Faqat meni javoblarimga yopishib olibsiz?

Har bir insonning shaxsiy miyya lug’atida so’z boyligi va so’z boyligidagi bu so’zlarning izohlari bo’ladi.
Meni lug’atimda “hiyonat” ning izohi quyidagicha: “Ahdini buzish, birovning ishonchini eki ishonib topishirgan narsasini suiste’mol qilish”. Xoinlik, sotqinlik.
Xiyonat faqat erni yoki xotinni aldashi emas, balki Vatanga, o’z Xalqiga vhklarga nisbatan ham qilinishi mumkin.

Men “hiyonat”ni og’ir gunoh der ekanman, o’zim shohid bo’lgan 2 voqea ko’z oldimga kelgan holda yozgan edim o’sha javobni.

1.   Er-xotin ikkalasi ham dindor, 2 marta Hajga borishgan, 3 farzandlari bor. Moddiy imkonlari ham juda yaxshi. Ayol so’nggi paytlarda erining kecha yotog’dan turib ketganini his qila boshlaydi. Boshlarda balki hojatga yoki suv ichgani turgandirlar, deb yaxshi niyat bilan o’ylaydi ayol o’z eri haqida.Yana bir kuni kechasi ayol erini yotog’da yo’q ekanligini sezadi. Kutadi, yarim soat, 1 soat o’tadi hamki eri yo’q. Ayol o’rnidan turib hojatxona va oshxonaga ko’z tashlaydi, chiroqlari o’chiq. Birdan o’g’lining yotog’idan hira nurni sezib qoladi. Eshik zich qilib yopilmagani uchun ichkarida kompyuter qarshisida kechaning 03.00 da suhbat qilayotgan erini va qarshisida kamerada yana hijobli ayolni ko’radi. Ayol qotib qoladi. Eriga hech narsa demay, yotog’iga borib yum-yum yig’laydi. Ertasi kuni va undan keyingni kunlar yana voqea takrorlanadi. Ayol bu voqeani İloyihot Fanlari Dotsent Doktori Mustafo Qoratosh domlaning jonli dastur yani pryamoy efir ko’rsatuvida telefonda aytib dolmadan”men nima qilay, niam qilsam oilamni qutqara olaman, 3 farzandim bor, ham biz taniqli oilamiz”,deb maslahat so’ragan edi….


2.   Yana bir oilani yoniga erkakning o’z ukasi ishlagani keladi. Uy topguncha akasini uyida turadi. Oradan vaqt o’tadi. Erkak keyingi paytlarda ayolini ukasi bilan qandaydir yaxshi muomala qilayotganlarini sezadi. Yuragi notinch bo’lib, shubha uyg’onadi. Bir kuni uyga kamera joylashtiradi. Kechga kelib qarasinki ayoli va o’z ukasi tilga olib bo’lmas harakatlar qilayotgan edilar. Erkak plan qiladi. “Men qishloqqa ketyabman”, deb uydagilar bilan xayrlashadi va o’rtog’idan pistoletini oladi. Yarim kechasi uyga o’zidagi kalit bilan ehsikni ochib kiradi, o’z yotog’ida esa ikkalasi…Pistolet bilan avval ukasini keyin ayolini o’ldiradi. İkkalasi darhol o’ladi. O’ziga ham qurol siqadi, lekin o’lmay qoladi. O’tgan yili, Oqshom xabarlarida berigan xabarni eshitganimda qonim qotib qolgandi….


Men uchun “hiyonat” yuqorida aytib o’tgan voqealarimdagi holatlardir. Sizni lug’atingizda qanday izoh bor, bilmadim opa.



Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12884
  • Xabarlar: 19283
  • Jins: Ayol
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #77 : 20 Dekabr 2009, 12:47:38 »
Chustiyni bilintirmay uylanib olish, degan savollariga bo'lgan javobimni ham yana huddi shu HİYONAT haqidagi berhan javobimni aynan qo'yishni lozim topdim.

Chunki biz erim bilan bir-birimizni omonat qabul qilib turmush qurdik. Sababi erim İchki İshlar hodimi bo'lgani uchun avvalo O'zbekistonda keyin Turkiyada 6 oyga yaqin hujjat to'plash jarayoni ketdi. MİT, ADLİYA VAZİRLİGİ, İCHKİ İSHLAR VAZİRLİGİ....vhk

Bundan 5 yil oldin erimga o'hshagan insonlar horijdan kelgan insonlar bilan turmush qurishi ta'qiqlangan ekan. Men advokat yolladim O'zbekistondan. Hazilakam pul ketmadi. O'zbekistondan keyin Turkiyada yana 2 oy tishimizni siqib Turkiya Davlatining "bu ikki yoshning turmush qurishida hech qanday to'siq yo'q" degan 2 satir javobini kutdik. Bu ishlar boshlanganida qaynotamlar va dadamlar bizni o'rtaga olib, "bu ish jiddiy, javoblar qoniqarli kelguncha bir-biringizga sabrli muomalar qilishingiz kerak, bo'lmasa yarim yo'lda qoladigan bo'lsa xozirdan hech boshlamanglaring ma'qul" deb nasihat qilishdi.

Biz Alloh huzurida "bir-birimizni hech hafa qilmaymiz va ayrilmaymiz", deb so'z berdik.

Bir-biriga berilgan so'zga qilingan hiyonat men uchun eng katta hiyonatlardan biri bo'lardi.
Men bu yerda u bu deb bechora erimni xayoliga ham kelmagan narsa uchun fikr yurityabman. Alloh meni avf etsin.

Men qanday bo'lsam, bu forumda ham fikrlarimni shudnayligicha beryabman. Hamma narsam o'rtada, yegan ovqatimgacha hammangiz bilasiz.

Allohni bilib turgan narsasi uchun sizlarga "men erimga mayli uylaning" deyman desam mudhish gunohga kirgan bo'laman.

Payg'ambarimiz (S.A.V) va sahobalarni hayotlarini yaxshi bilgan yigitlardan so'rayman, "Ho'sh siz ko'pxotinlikka sunnat, deysiz, siz ularchalik Allohga bog'liqmisiz, ibodatda qanchalik ularni ta'qib etyabsiz, ularchalik adolatlimisiz, ularchalik iymonga egamisiz"?

Bir din olimidan qo'sh xotinlilik haq,da so'rashganda shunday javob bergandi:"Men Ulug' zotlarni avvalo Allohga bo'lgan bo'g'liqligini o'rnak olishga harakat qilyabman"....

Bu mavzuda qancha gapirmaylik yana tushunmovchiliklar bo'laveradi. Shuning uchun meni postlarimdan iqtibos olib har xil taraflarga tortmanglar iltimos.

Narigi dunyoda bola-onasini tanimaydigan kundagina gunoh-savobimdan hisob-kitobga tortilaman inshalloh. Bilgan va yashaganlarimndan sizlar meni hisob-kitobga torta olmaysiz, tog'rimi.....

Bu meni hayotim, bu meni nafsim va tarjihim....

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 655
  • -oldi: 1293
  • Xabarlar: 909
  • Jins: Erkak
  • Бешикдан қабргача илм изла
    • islom.uz
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #78 : 20 Dekabr 2009, 15:43:30 »
Payg'ambarimiz (S.A.V) va sahobalarni hayotlarini yaxshi bilgan yigitlardan so'rayman, "Ho'sh siz ko'pxotinlikka sunnat, deysiz, siz ularchalik Allohga bog'liqmisiz, ibodatda qanchalik ularni ta'qib etyabsiz, ularchalik adolatlimisiz, ularchalik iymonga egamisiz"?

Bir din olimidan qo'sh xotinlilik haq,da so'rashganda shunday javob bergandi:"Men Ulug' zotlarni avvalo Allohga bo'lgan bo'g'liqligini o'rnak olishga harakat qilyabman"....

Alloh rozi bo'lsin Kapalak opa

yuqoridagi savolarizni o'qib quyidagi iqtbosni keltirishni maqul ko'rdim, aslida ku buni avvalroq qo'ymoqchidi amo sukut saqlashni avzalroq bilgandim
Ko'pxotinlik masalasida quyidagi savolga Shayx MSMYu xazratlarini javoblari ancha narsaga oydinlik kiritib o'tsa kerak

Savol:
Ассаламу алайкум.
Хозирги кунда жамиатимизда купхотинлик холатларини гувохи булаяпмиз. Аслида бунга Ислом рухсат берган. Аммо кунимизда мусулмонларнинг аксар кисми бу амалнинг суннат эканлигини рукач килишмокда-ю, аммо амалда бу холатлар аёлларимизга зулм тусини олмокда. Куръони каримда суз борган адолат хакида камдан кам одам бош котирмокда, назаримда.
Узим аёл киши булганим ва купхотинликнинг фойда уларок зарарга айланаётганини куп бора гувохи булганим учунбу амал хакида уйланиб колдим. "Мен хам турмуш уртогимни бошка бир аёлга уйланишини истамайман" деган сузимиз гохида жиноятчининг икроридай кутиб олинади. "Аллохнинг амрига карши чикиш мумкин эмас!"лигини эшитаман. Албатта (наузубиллах) бундай ниятим йук. Аммо купхотинлик амр (фарз) ёки буюрилган суннат булиб келмаганку?
Эри уйланган такдирда хам, уни иккинчи аёлига рашк килиш хам каттик кораланади. Ва бу "Муслимани сиз синглингиз ёки опангиз каби кабул килишингиз керак" кабилидаги сузлар билан далилланади.
Аммо мени кийнаган нарса Ислом рашкни маъкуллаган холда юкоридаги холатда эса таъкиклаганми?

Яна бир саволлардан бири: Набий с.а.в. Али Ñ€.а.га иккинчи аёлга уйланишга (баъзи холларда хатто чури олишга хам) рухсат бермаганлари маълум. Шу холатнинг узидан купхотинлик хакидаги оят амр эмас  ва аёлнинг калбига огир ботишининг исботи эмасмикин?
"Эрини уйлантириб куйган аёлнинг жаннатга дохил" булиши хакида турли хадис ва ривоятлар келтирилган. Аммо уларнинг аксари сахих асосга эга эмас. 

"Эримни уйланишини истамайман", деган сузларга эса "Эр сенинг мулкинг эмас", туридаги таъна ва дашномлар хам эшитиб коламиз. Аммо бу сузлар очиги аччик ботади, чунки бу гапларни айтаётганларнинг аксари эркаклар. Кейин Исломда аёлнинг эрида, эрнинг эса аёл олдида  Аллох буюрган хакку хукуклари бор.
Бу гаплар эса аёлнинг эр устида хакки йук, ва у уз билганини килиши мумкин, деган фикрга олиб келади. Ва охирги пайт бу одат тусига кириб бормокда. Бу назаримда Исломгача  булган жамият иллатларидан.

Пайгамбаримиз с.а.в. даврларида хакикий фойда булган бу амал, охирги пайтларда шахвоний лаззат излаш тарикасига утиб кетган. Иккинчи аёлликка номзодларнинг ёш ва навкирон булишлари асосий шартлардан бири булиб колган. Иккинчи аёл биринчисидан кура яхширок шароитда ва хурматда.
Ахир сахобийлар ёшлари катта, бева колган, етим есир болалари куп аёлларга уйланганлар. Рашк бораси эса калб амали, уни беркитишни ёки ман килиб куйишни иложи йук. Табиийки эрини ёш жувонга (баъзи холларда кизга) уйланганини курган биринчи аёл куп холларда узини камситилган ёки кераксизга айлангандай хис килади? Айрим холатларда шу билан хурланади хам. 

Муслима аёл эри иккинчи аёлга уйланган такдирда шариат доирасидан чикмасдан узини кандай тутиши лозим ва нималар талаб килишга хакли?

Javob:
- Мулоҳазаларингиз Ñ‚Ñžғри. Бунинг учун сизга ташаккур!
- Муслима аёл эри иккинчи аёлга уйланган такдирда тўлиқ адолатни талаб қилишга ҳақ

manba: http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,7668.msg62451.html#msg62451

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1812
  • Xabarlar: 806
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #79 : 20 Dekabr 2009, 17:39:10 »
Мухтарама Diydor опа!  Сизга шунча гапирилса хам Ñ‘ атайин узингизни тушунмасликка оляпсиз, ёки сиздаги мутаассиблик у кадар кучли ва ёки хакийкатда гап нима хакида бораётганидан ханузгача бехабарсиз. Хуллас калом сиздаги хозирги холатни умуман ижобий бахолаб булмайди. Чунки, ишонинг анчагина Галча булган одам хам хозиргача гап нимадалигини аллакачон англаб олган буларди.
Узи сиз нимани ёклаётганингизни биласизми???
Чустийни саволидаги беркитиб уйланиб олган одам бу разил ишини Аллохнинг розилиги учун эмас, нафсининг истаги учун килганини биласизми???
Аслида аёл кишидан яшириб иккинчисига уйланиб булмайди. Сабаби иккинчисига уйлангандан кейин Адолатни тулик бажариш керак. Иккинчисига уйланган одам эса, адолатнинг юзага чикиши учун бир кун биринчи хотини билан бир кун иккинчи хотини билан ётиши керак. Хаа бу хар кандай аёл хам 10 кунга колмай бунака бир кун келиб бир кун келмаслигидан бирор таниши айтмаса хам узи биладику эр тушмагурни яшириниб уйланиб олганини.

Аёл эрининг бошка хотинга хам уйланиб олганини эридан эмас бир танишидан эшитдими, демакки эрининг иккинчи никохи дуруст никох эмам. Яъни, адолат карор топмаган никох. Агар адолат тула намоён этилган никох булганида муслима аёл буни дарров илгарди.
 
Чустий биродар худди ана шундай адолат карор топмаган, яширин никох кун келиб фош булса, биринчи хотин эрга нисбатан кандай муносабат билдиради деб сурамокдалар!!!
Ва бунга уз карашлари Капалак хамда Мухсена, Муслима бгм лар билдиришди. Бу албатта, уларнинг карашлари. Аслида истаги Аллохнинг васли булган чин мумин аёлини бу кадар куйишини билиб туриб, билинтирмай уйланиб олмайди. У хомкалла уйлайди. "Мени севадиган аёлим бор, унинг нафси хали бундай никохни кабул киладиган холда эмас", деб. "Аввало мен дийнимиздаги таълимотларни англатай. Шу кадар англатай-ки, бунинг хам калби Жаннатни шундай истасин-ки, токи эри унинг эмас Аллохники эканини билсин" дейди. Аввало хотинга Аллохнинг ишкини узининг ишкидан юкорирок килиб тушунтира олмаган эрнинг билинтирмай уйланиб олиши бефаросатликдан бошка нарса эмас. Валлоху аълам.
Пайгамбаримизнинг ахлияларининг барчасида Хакнинг мухаббати кандай булганини васф этишга хожат йук. Ва узлари бехабар колиб Расули Акрам сафардан кундаш билан келсалар хам исён килмасликлариниг омили шудир балким. Валлоху аълам.

Яна кайта айтаман, аввало калбга Аллохнинг мухаббати хамма нарсадан кура энг лойик эканини хис килишимиз ва буни чукур англашимиз керак.
Бу дегани, бу каби саволнинг маъноси колиб, нафсимиз тавийл килган нарсалар хакида кап-катта инсон булишимизга карамай бахс этгунча, алохида мавзуда купхотинликнинг хикматини тушунтирган афзал.
Валлоху аълам.

Мактаб укувчисига алифбо колиб, укишни, арифметика колиб тригонометрияни ургатиш ута мантиксиз булгани каби, купхотинликнинг хикмати, фойдаси, кандай холатда зарурлиги, нима учун жорий килингани, унда нималарга эътибор каратилиши лозимлигини тула-тукис, чукур англамаган муслималар каршисига келиб, уз карашини баён этгани учун хадеб танбех беравериш ва узини илмлик курсатиш хам бехикматликнинг намунасидир. Валлоху аълам!!!

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1812
  • Xabarlar: 806
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #80 : 20 Dekabr 2009, 18:26:50 »
Assalamu alaykum.
Hurmatli Muhammad Sohib siz o'z qarashlaringizda qay darajada mautaassib bo'lsangiz men ham o'z qarashimda shu qadar fikrlaydigan ojiz bandaman.Demak har ikkimiz ham o'z qarashimizda mutaassib hisoblanar ekanmiz,bunda sen menga ergashgin deb boshqalarni majburlashikkka haqli emasmiz va yoki bizdan boshqacha fikrlovchilarni haqoratlash va mashara qilishga bizda haq huquq yoq!!!
Yuqoridagi fikringizni o'qib bir vaqtlar eshitganim bir darslikdagi ko'r insonlarning filni tasvirlash jaroyonlari beihtiyor yodimga tushdi.Hayotda boshqalarni amal va hayotlarni kuzatib baholashdan muhimroq ishlar yetarlik har bir insonga.Jamiyat uchun qayg'urishdan avval har kim o'z nafsi bilan islohga kirisha olsagina biror ishda natijaga erishadi.Har birimizga eng avvalo nafsimizni isloh qila olguvchi aql bersin.Kapalak Zamirahon   va muslima bgm larni yahshi bilmayman ammo Muhseena qizni bir qadar bilganim uchun islomni eri anglatar darajada ongsiz qolgan deb bilmayman.Keyin islomni bandaga banda singdirib qo'ya olmaydi.Bandani vazifasi yetkazib qo'yishlik qabul qilishlik yoki qilmaslik Allohning bandaga bergan aql va salohiyatiga va rahmat mag'firatiga bog'langan.Mening maqsadim singillarimga Chustiy bergan savoldagi kabi holatni "hiyonat" yoki siz tariflagandek "razolat" deb bilmaslikni eslatib o'tdim halos.

Sizga ham so'nggi gapim shu salomat bo'lgaysiz.

 Ð§ÑƒÑÑ‚ий таърифлаган холатни сиз Хиёнат ёки разолат хисобламасангиз уни шундай атаётганларга уз карашларингизни тикиштирманг. Чунки, у холат мени тушунишимча, айни разиллик. Капалак хонимга айни ихонат, Мухсена синглимизга хам узи таъриф берган холат. Сиз уша холатни Исломий мезонга куймай, хулоса бераётган экансиз бу факатгина сизнинг дунёкарашингиз. Мен бу масала хусусида Капалак хоним билан шахсий мактубларда бир неча бор мусобаха килганим учун, Капалак хоним бу масала юзасидан сиз билан мендан анчагина илмлик булган олий укув юртининг бир неча укитувчи муаллимлари билан сухбатлашгани учун айни карорга келган. Сиз уйлаганчалик, Капалак хоним тахлил мушохадасиз тугридан тугри уз нафси хохишини инобатга олиб айтмаганини  чукур билганим учун гапиряпман.

Сизнинг гапингиз факатгина Мухсенани оз-моз таниганингиз учун айтилган булса, демакким, хаммадан кура ёши каттарок инсон сифатида Мухсина синглимизга шахйсий мактубда уз карашингизни англатсангиз буларди.

Ха, айтганча сизга энг мухим гап. Муслималарни уз карашлари туфайли хакоратлаш ва масхара килишга хак-хукук йуклигини сиз билар экансиз. Шу гапларингизни аввало ён атрофингизда сиздан анча мунча таъсирланаётган ёши катта-ю, хали турмуш курмаган навнихол сингилларга ЯХХХХХШИЛАБ тушунтириб куйинг. Чунки, сиз айтмокчи, хакорат-у, масхара килишлар айни сизга хамфикр булган аёллар ва кизлар жамоасидан чиккан холос. Бошкалардан эмас. Хааа менимча, улар бу каби ишларини хам сиз каби оддий хол санасалар керак Валлоху аълам!!!
Модам, Аллохнинг рухсати булган ва килмаган одам маломатга колмайдиган амални бу кадар зур бериб мухокама килинар экан, ёнимизда биздан таъсирланаётганларга Аллохнинг амри булган ширинсуханлик хакида хам гапирайлик. 

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 260
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #81 : 20 Dekabr 2009, 19:11:36 »
 Assalomu-alaykum.
 forum ahli mani postlarim sabab shuncha baxs bo'lib ketdi.Allohning oldida har kim o'z gapining javobini o'zi beradi.Vaqti kelib qiyomat kunida barchamiz amallarimizdan so'ralamiz.
  Man bu savolga javob berish bilan bu singillarimizni malomat qilmadim, bilganlarimni yozdim, bu narsa bilganlar uchun bir eslatma, bilmaganlarga balki biroz bo'lasa tushuncha bo'lar degan niyatda yozgan edim. Va yana kapalak bilan muslima bgm ni Alloh ruxsat bergan narsa va Rasulis.a.w.ning sunnatlarini  hiyonat va  gunoh  bilan aralshtirmanglar deb javob yozgandim.
 Yana ikkinchi ayolga uylanayotgan yigitlarimizni ham o'z nazarimda ikki toifaga ajratib, birinchi  toifa vakillari Allohdan ajr umidida bir ayolga uylanib unga yordam berishligi, ikkinchi toifa vakilari esa ayolining badfe'lligi yoki o'z nafsining quli bo'lib boshqa bir ayol bilan xox nikohli, xox nikohsiz yashab yuradi degandim.Hammamiz yonimizda yashab yurgan kishilarni Alloh ma'qul ko'rgan ishlarga chaqirishligimiz ham ajr va savob emasmi, man o'zimga ravo ko'rganim jannatni yonimdagilarga ham ravo ko'rishim, buning uchun Alloh ruxsat bergan ko'pxotinlik u darajada fojeali narsa emas, sizlar o'z nafslaringizdan kelib chiqib shunday fikr bildirgansizlar degan mazmunda yozgandim, oyat va hadislardan bir-ikkita dalil keltirishim bu muslima singillarimizni malomat qilish bo'ldimi? Uylangan erkaklar qay niyatda uylanganlari uchun o'zlari javob beradilar, man u qizlarimizga erta bir kun erlaringiz uylanadilar demadim, shunday kunga duch kelgan ayol biroz aql bilan ish tutsa, inshaAlloh yaxshi bo'lishligini aytib o'tdim.
  Alloh ruxsat bergan narsani qaytarganlari bo'lmish yomon ishlardan farqlangar deyishlik aybmi? Yoki gunohmi?
man o'z fikrlarimni samimiy bir tarzda yozgandim, ammo monitor oldidagi forumdoshlarimiz samimiy aytilgan gaplarni. ana shu gaplar ichida maniki be'mani bo'lsada ma'nili hadis va oyatlarni ham o'z qalblarida jo'sh urgan yoqimsiz bir tuyg'u bilan qabul qiptilar.Bu qalb ularniki,qanday xoxlasalr shunday qabul qilsinlar, balki bir kuni tushunib etarlar. Man Alloh ruxsat bergan narsani bu odam tabiatiga karix bo'lsada Allohning ruxsati bor, Rasuli s.a.w.ning sunnatlari, shu narsalarni ham unutmanglar deyishligim bilan o'zimning musulmonlik bir vazifamni bajardim,xalos.
 
« So'nggi tahrir: 20 Dekabr 2009, 19:27:34 muallifi saltanat »
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 655
  • -oldi: 1293
  • Xabarlar: 909
  • Jins: Erkak
  • Бешикдан қабргача илм изла
    • islom.uz
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #82 : 20 Dekabr 2009, 20:20:59 »
Menimcha xam bu savol o'z yechimini topdi

mana shuncha postlar qoldirildi, o'qib ko'rib birodarlar o'zlariga yetarli xulosalarini chiqarib olishursin. xar kim o'z xoxlagan aqli buyurgan yo'ldan yuradi albatta. kim nafiga bo'y singan kim Xidoyatni maqsad qilgan albatta Allohga ayon.
Shunday ekan, CheMik ayganlariday keyingi savolga o'tilsa xam bo'lsa kerak...
Birodarlar, musulmonning ob'ro'si musulmonning sha'ni xar birimizning yelkamizdagi mas'ulyatdir, uni toptash, xaqorat yoki shaxsiyatga tegadigan gapplar bilan emas, balki aksincha yo'l bilan ximoya qilinishi zarurdir.
Agar ilm olish maqsadida deyilsa unda kerakli xulosalar link yoki ko'rsatmalar berildi, bundan ortig'i endi chegara ! Bir birimizni hurmatimizni yo'qotib qo'ymaylik. O'zimizni oldimizda emas Allohni oldida yo'qotib qo'ymaylik obro'yimizni, eng muhumi shu
Fitnadan uzoq bo'lishga buyurilganmiz, bu taqlid tortishuvlardan  kim yutadi deb o'yliysizlar, sizmi, yoki birodaringizmi
Yo'q, aslo, bundan faqat shayton yutishligi mumkin, musulmonlarning orasiga nifoq tushishidan, bir birlariga tosh otishligidan shaytonga bo'lmasa yana kimga foyda bo'ladi.
xar narsaki, Allohning xoxishi bilan bo'ladi, Allohning taqdiriga bo'y sinaylikda xayotda davom etaylik

Musulmonlar bir birlariga birodardirlar

Assalomu alaykum va rahmatilloh

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 272
  • -oldi: 356
  • Xabarlar: 302
  • Jins: Erkak
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #83 : 21 Dekabr 2009, 00:09:04 »
Iltimos yana qo'zg'amoqchimasan demanglar, lekin mening Saltanat opaga savolim bor.

Men chet elda yashayman. 3 oy oldin xotinim qizim bilan O'zbekistonga qaytishdi.

Xotinim bilan deyarli har kun telefonda gaplashib turamiz. U menga, men unga ishonaman. U ko'p xotinlikka ruxsay borligini biladi, men ham bilaman. Agar unga ering boshqa ayol bilan qo'l ulshashib salomlashdi deyishsa, ishonishi jufa ham qiyin.

Agar men bu yerda unga aytmasdan, 2 xotinga uylansam, uning menga bo'lgan ishonchiga nisbattan xiyonat qilgan bo'lamanmi yo'qmi? Savol davom etmoqda. U bilan deyarli har kuni telefonda gaplashsamu, unga bildirmay uylanganimni aytmasam, sen mening yagona xotinimsan deyishga davom etsam, bu uni aldashMI YO ALDASH EMASMI Bir kishini aldash unga xiyonat qilishmi, yo xiyonat hisoblanmaydimi?

SAVOLARIMGA JOOB KUTIB QOLAMAN. BU SAVOL BARCHA QIZLARGA EMAS, SALTANAT OPAGA BERILDI. iLTIMOS SAVOLNING YUQORIDAGI GAPLAR BILAN ALOQASI YO'Q, SHUNCHAKI BERILGAN SAVOL DEB QABUL QILING.

Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 260
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #84 : 21 Dekabr 2009, 09:38:05 »
1-postim: Alloh jannat va jahannamni yaratib uni Jabroil a.s.ga ko'rsatib turib yaxshi va yomon narsalar bilan o'raganligi haqida va ko'pxotinlik haqidagi Imom Muslim va ibn Kudoma Maqdisiydan keltirilgan rivoyatlar.
2-postim: islom dinida ikkinchi xoringa uylanish bilan Hiyonat va Gunoh o'rtasdida farqlanadi deya o'z fikrimni bildirganaman.
3-postim: 2-xotin bo'lib tegmoqchi bo'lgan qizlar talaygina degan gapga o'z fikrlarimni bildirganman, ba yana Rasululloh s.a.w. va ashoblarining ham banda ekanliklari, ular o'zlariga berilgan hayotlarini yashab o'tib ketganliklari, hozirgi zamonda ularni emas,ulardan ibrat olib yashayotgan kishilarni topsa bo'ladi deb yozganman.
4-postim: xotinidan rozilik so'ramay uylanish-Hiyonatning kattasi deganlari uchun Alloh taolo ruxsat bergan narsani hiyonatning kattasi deyishlikdan qo'rqing deb Muslima bgmga yozganman.
5-postam: kapalakdan iqtibos olib "agar adashmasam kapalak xonim siz bu javobni "Agar turmush o'rtog'ingiz sizga hiyonat qilsa..." degan savolga bergansiz.Sizga ham yuqoridagi oyat va hadislar javob bo'ladi, inshaAlloh.Bu savolga siz ham umuman tushunmay javob bergan ko'rinasiz.Sizdek o'qimishli va hamma narsani tushungan kishi  Hiyonat va Gunohni Alloh ruxsat bergan harsa bilan aralshtirib yuborishi achinarli hol... deb kapalakka javob yozganman.
6-postim: ko'pxotinlika o'zimning shaxsiy munosabatimni va hayotda shu narsaga duch kelganimda qanday yo'l tutishim haqida, yana 2-ayolga uylanayotgan erlarnni o'z qarashlarimda ikki toifaga ajratib ko'rsatganman.
 
 kapalak siz mani postlarimni o'qib chiqib qanday o'yga borgansiz o'zingiz bilasiz, manga post qoldirgansiz va quyidagicha savol qoldirgansiz:-
Ayoliga aytmay uylanib olgan sahoba bormi?
Sahobani boshqa ayolga uylannib olganini eshitgan sahoba ayoli bormi?

Shunda sizzi postizdan iqtibos olib --man bilganlarimni yozdim,siz so'ragan narsani bilsam yozaman--deb javob qoldirdim.
  Shu orada Chehmik Shokirbek akaga savol bergan ekan, Alloh rozi bo'lsin Shokirbek aka Chemikni  savoliga javob berish bilan birga sizning manga bergan savolingizga ham xolis bir kishi sifatida javob beribdilar, man u kishini javoblari ilovaga muhtoj emas, tushunarli tarzda keltirilgan javob dedim va sizga alohida javob yozmadim.
Sizzi oxirgi manga atalgan postizdan keyin savollariyzga qo'limdan kelgancha javob berayotib yuqoridagi Shokirbek akaning gaplariga faqatgina quyidagilarni qo'shimcha qilishim mumkin:--Yahudiylar va nasroniylar Allohning kitobi bo'lmish Tavrot va Injilni o'zlariga moslashtirb o'zgartirgan ekanlar.Man ham ;__Ha endi sahonbalar yashagan davr asri saodat davri ekan, u paytda barcha musulmonlar islomning barcha xukmlariga so'zsiz ko'ngan ekanlar.Hozirgi davr 14 asr keyingi davr,hozirgi ayollarimizning nafslari buni ko'tarolmaydi.Buning uchun sunnatni biroz o'zgartirsak bo'laveradi-- deyishim kerakmidi? man bu gapim bilan Allohning oldida gunihkor bo'lmasligimga kafolat bo'ladigan odam bormi? Mani bu gapim gunoh bo'lsa ona bolasiga boqmaydigan qiyomat kunida qaysidur forumdoshim man o'rnimga Alloh oldida javob beradimi? Mani odam ko'ngli uchun sunnatni o'zgartirsa bo'ladi degan gapim Xushomadgo'ylikka kirib qolmaydimi?Agar xushomad bo'lsa xushomadgo'ylar uchun tayinlangan Alloh jazosiga kimdir mani o'rnimga o'zini tutib beradimi? Bormi shunaqa odam?
 Man bu savollarni qaxr bilan emas tushuntirish uchun so'rayapman.O'qiyotgan forumdoshlarim ham samimiy xolatda o'qishlarini so'rayman.
Kapalak siz yana so'rayabsizki Afifaxonning Forumdoshdan forumdoshga savol" mavzusidagi bergan savollariga imlaah va Munira xonimlarni javoblarini keltirib:
Ho'sh Saltanat opa savolga javob bergan diniy bilimlari mandan juda ko'p marotaba ustun bo'lgan opalarimiz "hiyonatga yaxshi narsa deb javob berishganmi? Alloh rizosi uchun ayting!!! Faqat mani javoblarimga yopishib olibsiz?
 Shu yerda hiyonatga go'zal tarzda ta'rif bergansiz.Haqiqatan ham to'g'ri tarif.Endi man sizzi bu savoliyzga quyidagicha javob beraman:
 Yuqoridagi singillarimiz ham Hiyonatga qanday munosabatda bo'lishlarini yozganlar.Biroq bu yerda o'z erlari bir bilan fohisha ayollar o'rtasidagi benikoh bolgan holatga o'z fikrlarini bildirganlar. Mna 1-postimdan beri aytib kelyapmanki Hiyonat va erning 2 ayolga uylanishi orasida farq bor.Alloh ko'pxotinlikka ruxsat bergan va Rasulullohnning sunnatlari deb.Ba'zi forumdoshlarimiz yozganlaridek bu sunnatni bajarmaganlar malomat qilinmaydi.
 Man sizzi javoblariyzga yopishib olganim yo'q Chehmik ukamiz sizzi, Chustiyni  postlarizdan iqtibos olib manga savol berdilar, man qo'limdan kelgancha javob berdim.Va bu javoblarimda takror va takror yozdimki--bu singillarimizga man erlaring erta bir kun yana uylanadi demadim.Shu kun boshiga tushgan ayol Alloh va Rasulu s.a.w. uchun bu narsani qabul qila olsin va ajrini Allohdan umid qilsin deya fikr bildirdim. Sizga esa - Siz bu narsani hiyonat deb qabul qilmang bu narsalarni orasida farq bor, sizday o'qimishli aqlli bir ayol bu narsalarni farqlayolmasligi achinarli hol... -  deya bittagina post qoldirdim.

Endi bu baxsdan chiqargan oxirgi xulosam shu bo'lidiki, Rasululloh s.a.w.ning 23 yillik Pay'gambarlik davrlaridagi barcha amallari ummat uchun sunnat bo'lib qolgan bo'lsa,shu sunnatlar ichidagi nafsimiz ko'tarolmaydiganlaridan birini tushunishimiz hayotimizda amalda emas xatto tasavvur qilib ko'rish shu qadar qiyin bo'layotgan bo'lsa Islom ummatining 73 firqaga bo'linib ketishini hech qanday ajablanarli joyi qolmabdi.

Alloh hammamizga insofu-tavfiq bersin.Eshitishgaku eshityapmiz endi shu eshitganlarimizga amal qila olishimizda Allohning o'zi madadkor bo'lsin.

 
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 260
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #85 : 21 Dekabr 2009, 10:50:57 »
Iltimos yana qo'zg'amoqchimasan demanglar, lekin mening Saltanat opaga savolim bor.

Men chet elda yashayman. 3 oy oldin xotinim qizim bilan O'zbekistonga qaytishdi.

Xotinim bilan deyarli har kun telefonda gaplashib turamiz. U menga, men unga ishonaman. U ko'p xotinlikka ruxsay borligini biladi, men ham bilaman. Agar unga ering boshqa ayol bilan qo'l ulshashib salomlashdi deyishsa, ishonishi jufa ham qiyin.

Agar men bu yerda unga aytmasdan, 2 xotinga uylansam, uning menga bo'lgan ishonchiga nisbattan xiyonat qilgan bo'lamanmi yo'qmi? Savol davom etmoqda. U bilan deyarli har kuni telefonda gaplashsamu, unga bildirmay uylanganimni aytmasam, sen mening yagona xotinimsan deyishga davom etsam, bu uni aldashMI YO ALDASH EMASMI Bir kishini aldash unga xiyonat qilishmi, yo xiyonat hisoblanmaydimi?

SAVOLARIMGA JOOB KUTIB QOLAMAN. BU SAVOL BARCHA QIZLARGA EMAS, SALTANAT OPAGA BERILDI. iLTIMOS SAVOLNING YUQORIDAGI GAPLAR BILAN ALOQASI YO'Q, SHUNCHAKI BERILGAN SAVOL DEB QABUL QILING.



Savol uchun rahmat. Qo'limdan kelgancha javob berishga xarakat qilaman.Albatta o'z qarashlarim asosida.
Ishonch nima?
 Ayol kishi o'z eriga ishonadi, chunki---Oilasidagi o'z o'rniva haq-huquqlaridan foydalanayotgan erim albatta oilamiz oldidagi o'z burchlarini ham bajaradi.--- deb o'ylaydi va ishonadi.Agar er aqlli o'z yaqinlarini va atrofidagilarni bir-birlariga g'animat ekanlarini tushunadigan bo'lsa, albatta oilasi oldidagi o'z burchlarini juda chiroyli bajaradi va juftining ishonchini oqlaydi.Bu narsa ko'zga ko'rinib turgan ishlarda o'z ifodasini topadigan xolat.Endi ko'zga ko'rinmaydigan ko'ngil ishonchiga keladigan bo'lsak barcha erkaklarimiz shuni unutmasinlarki ayol o'z eriga har qancha ishonmasin, baribir ko'ngillarining tub-tubida bitta hadik bo'ladi, bu hadik Erim mandan boshqa ayol bilan yashashlikni tasavvur qilarmikin? Ana shu hadik ayol ko'nglida goh-gohida o'zini borligini bildiraib turadi.Ana shu hadik sabab ayol ko'nglida rashk olovlanadi.Ana shu hadik sabab eriga muhabbati yanada oshib boradi, buning natijasida ayol eriga yanada go'zal mumala qilishga, uning ko'nglining tanho malikasi bo'lishga tirishadi va o'zining mehr muhabbatini har bir ishida bildirib turishga xarakat qiladi.Haqiqatan ham qattiq sevganligi sabab eri uchun shu hadik, yani -- erim mandan boshqa ayol bilan yashashliknihattoki tasavvur ham qilmasin--deya qilgan harakatlari sabab sizning ishonchingizga kiradi va o'zi ham sizga o'ziga ishongandek ishonadi. Va yana shu hadik sabab ko'nglida sizga ishonmaydiga nuqta ham bo'ladi, chunki inson qalbi tabiatan o'zgaruvchan bo'li yaratilgan, bu o'zgaruvchanlik uni sizga bo'lgan mehrini emas balki sizning o'ziga bo'lgan munosabatingizdan o'zgarib qolishidan cho'chitadi.

 Erning ikkinchi xotinga uylanishi anashu ishonchga hiyonatmi?
 Yuqoridagi qarashlarimdan kelib chiqib shuni ishonch  bilan aytamanki, aqlli, o'z oilasini qadrlaydigan erlar uchun bu narsa oilasiga, xotinining ishonchiga xiyonat emas.(Endi faqat o'z nafsini, o'z xuzurini o'ylaydigan xudbin erlar uchun xotinlarining ishonchiga xiyonat qilishlari  bu qiyin ish emas, buning uchun uylanish ham shart emas.) Chunki aqlli erlar o'sha ishonchning yaratilishi uchun ayoli ozmuncha mehnat qilmaganligini biladi va u mehnatlarni qadrlaydi.Ikkinchi ayolga uylansada o'zining ko'nglidagi birinchi ayoliga atab qurgan qasriga ikkinchi ayolini kiritmaydi,ya'ni birinchi ayoliga bo'lgan mehr muhabbati, muruvvatida davom etadi.Xattoki birinchi ayoli unga muruvvat ko'rsatib yana uylanishini tushunganligi uchun bu ayoliga oldingidanda mehrliroq bo'lib boradi.Chunki ikkinchi ayoli ming go'zal bo'lsin, ming aqlli bo'lsin hali bu erni qadriga oldingi ayoliday yetadimi, yo'qmi buni shu uylangan erning o'zi ham bilmaydi.Bu narsani bilishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
 Agar siz uylanadigan bo'lsangiz ayolingizga --yagona xotinimsan -- deyishda davom etmasligiyzi maslahat beraman.Lekin roziligini olmay uylanishga haqqingiz bor.Yolg'on gapirishlik, aldashlik sanaladi. ---Yagona--- degan so'zingizni davom ettirolmaysiz. Aldashlikning o'zi yolg'onchi munofiqlarning fe'llaridir.Yolg'onchilik va munofiqlik bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi, shu jumladan xiyonatni ham.
  Yana bir narsa sizni oilangiz bor, demak oila oldidagi erkaknning mas'uliyatini bilasiz.Ikkinchi ayolga uylanmoqchi ekansiz o'zingizga savol berib ko'ring:
1) Man oilam oldidagi mas'uliyatimni bajara oldimmi?
2)Kelishmovchiliklar qarshisida sabr va aql bilan ush ko'ra olamanmi?
3)Murosasizlar bilan murosa qila olamanmi?
4)Bu oilalalarimni oxirigacha olib keta olamanmi?
  Agar shu savollarga javob berishda qiynalmasangiz uylanish uylanmaslik sizning ixtiyoringizda. Agar uylanadigan bo'lsangiz ayolingizning nafsi ko'tara olmaydigan xolat bo'lsa keyinchalik noxush xolatlar chiqmasligi uchun forumdoshimiz Muhammad Sohib aytganlaridek ayolingizga asta-sekinlik bilan tushuntirib borib bu ishingizni amalga oshirsangiz bo'ladi.  
  Bu mani fikrim xolos, bergan savolaringizga javob bera olgan bo'lsam bo'ldi.
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

lolo

  • Mehmon
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #86 : 21 Dekabr 2009, 10:58:32 »
Iqtibos
Chustiy: Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?
Assalamu alaykum!
Bu savolga javob bermaymanu lekin savoldagi holatni keltirib chiqaradigan omillarni biroz tahlil qilmoqchiman. Chunki buni juda zarur deb toptim. Zero musulmon uchun eng muhimi Allohning har qanday sinovidan imkon qadar eng muvaffaqiyatli tarzda o'tib olishlikdir!!!

Bismillah! Bu masalada ayollar odatda 2 turga bo'linadilar:
1. Erining bu ishiga rozi bo'ladigan ayollar. Avvalambor bunday ayollardan eri bu ishini yashirib o'tirmaydi ham. Biroq qandaydir sabablarga ko'ra hotiniga habar qilishni iloji bo'lmay qolish holati kamdan-kam uchrashi ham mumkin, masalan, Haybar g'azotidan qaytishdagi voqeadagidek.
2. Erining bu ishiga rozi bo'lmaydigan ayollar. Bular quyidagi turli sabablarga binoan rozi bo'lishmayotgan bo'lishlari mumkin:
a) ko'photinlikni tan olmaslik;
b) tan olganida ham o'z hayotida uchrashini hech aqliga sig'dira olmaslik;
c) eri haqida hotinlarini har jihatdan ta'minlay olmasligini aniq bilishligi;
d) bo'lajak kundoshi yoqtirmaydigan biror tanishi (yoki dugonasi) ekanligi;
e) ...va boshqalar.
Endi bularni biroz tahlil qilsak.
A variant, bu holat odatda dinsiz yoki diniy bilimsiz ayollarda uchraydi. Alloh bularni hidoyatga boshlashligini so'rab qolamiz.
B va C variantlardagi ayollar odatga bu ishiga rashkni bahona qilib turadilar... Ta'minlash masalasi esa, ha, ta'minlay olmaydigan yoki adolat qila olmaydiganlar bordur, lekin shunday fikrlagan ayollarning hammasi ham to'g'ri hulosada bo'lmasliklari mumkin. Bunga oydinlik kiritish uchun - hayot uchun zarur narsa bilan unchalik zarur bo'lmagan, xatto ortiqcha dab-daba bo'lgan narsalarni farqlab sarhisob qilishimizning o'zi yetarlikdir.
Savoldagi vaziyatni tasavvur qilib ko'rsak, er shuncha vaqt mobaynida bu ishini sir tutolgani ko'rinadi, demak uni ikki va undan ko'p hotin olishga qurbi yetadi. Bundan tashqari bunday holatlarda musulmon erlar albatta o'z do'stu birodarlarini to'ydan habardor qilgan bo'ladi. Hozirgi ommaviy dunyoqarash keskinlashgan jamiyatda shuning o'zi ham yetarli bo'lgan nikohdir. Boshida yashirinroq bo'lishga majbur ekanmiz, inshaalloh keyinchalik bu oddiy ishlarimizdan biriga aylanib qolsa ajab emas!
Modomiki hotini turli asossiz sabablarga ko'ra bu narsaga qarshi turganlar toifasidan ekan eri unga bildirmay ikkinchiga uylanib ajab ish qilibdi! Ya'ni to'g'ri qilibdi. Boplabdi! Ayni damda butun dunyo jamiyatshunoslari ayollarning soni erkaklarga nisbatan katta tezlikda o'sib borayotganiga turli choralar izlashayotgan mahal - musulmonlarning bu adolatona ishlari jamiyatga har tomonlama yordam berishini dinsizlar ham inkor eta olmayapdi. Qolaversa qanchadan qancha ko'p farzandli beva yoki tirnoqqa zor bo'lib umri o'tayotgan turmush ko'rmagan ayollar judayam ko'p bo'lsa. Ularga o'sha ortiqcha dab-daba aslo kerak emas, faqatgina farzandlariga ota mehri va boshqa arzimagan narsalar... Shunday bechoralarni ko'ra bila turib ularni oila baxtidan, erni rozi qilishga harakat baxtidan mahrum qiluvchi erkatoy rashkchi muslima honimlarni kim deb atashlik mumkin?! Va yana savol: muslimalarga Jannat kerakmi? yoki kundoshsizlik?

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 272
  • -oldi: 356
  • Xabarlar: 302
  • Jins: Erkak
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #87 : 22 Dekabr 2009, 18:45:42 »
Iqtibos
Savol uchun rahmat. Qo'limdan kelgancha javob berishga xarakat qilaman.Albatta o'z qarashlarim asosida.
Ishonch nima?
 Ayol kishi o'z eriga ishonadi, chunki---Oilasidagi o'z o'rniva haq-huquqlaridan foydalanayotgan erim albatta oilamiz oldidagi o'z burchlarini ham bajaradi.--- deb o'ylaydi va ishonadi.Agar er aqlli o'z yaqinlarini va atrofidagilarni bir-birlariga g'animat ekanlarini tushunadigan bo'lsa, albatta oilasi oldidagi o'z burchlarini juda chiroyli bajaradi va juftining ishonchini oqlaydi.Bu narsa ko'zga ko'rinib turgan ishlarda o'z ifodasini topadigan xolat.Endi ko'zga ko'rinmaydigan ko'ngil ishonchiga keladigan bo'lsak barcha erkaklarimiz shuni unutmasinlarki ayol o'z eriga har qancha ishonmasin, baribir ko'ngillarining tub-tubida bitta hadik bo'ladi, bu hadik Erim mandan boshqa ayol bilan yashashlikni tasavvur qilarmikin? Ana shu hadik ayol ko'nglida goh-gohida o'zini borligini bildiraib turadi.Ana shu hadik sabab ayol ko'nglida rashk olovlanadi.Ana shu hadik sabab eriga muhabbati yanada oshib boradi, buning natijasida ayol eriga yanada go'zal mumala qilishga, uning ko'nglining tanho malikasi bo'lishga tirishadi va o'zining mehr muhabbatini har bir ishida bildirib turishga xarakat qiladi.Haqiqatan ham qattiq sevganligi sabab eri uchun shu hadik, yani -- erim mandan boshqa ayol bilan yashashliknihattoki tasavvur ham qilmasin--deya qilgan harakatlari sabab sizning ishonchingizga kiradi va o'zi ham sizga o'ziga ishongandek ishonadi. Va yana shu hadik sabab ko'nglida sizga ishonmaydiga nuqta ham bo'ladi, chunki inson qalbi tabiatan o'zgaruvchan bo'li yaratilgan, bu o'zgaruvchanlik uni sizga bo'lgan mehrini emas balki sizning o'ziga bo'lgan munosabatingizdan o'zgarib qolishidan cho'chitadi.

 Erning ikkinchi xotinga uylanishi anashu ishonchga hiyonatmi?
 Yuqoridagi qarashlarimdan kelib chiqib shuni ishonch  bilan aytamanki, aqlli, o'z oilasini qadrlaydigan erlar uchun bu narsa oilasiga, xotinining ishonchiga xiyonat emas.(Endi faqat o'z nafsini, o'z xuzurini o'ylaydigan xudbin erlar uchun xotinlarining ishonchiga xiyonat qilishlari  bu qiyin ish emas, buning uchun uylanish ham shart emas.) Chunki aqlli erlar o'sha ishonchning yaratilishi uchun ayoli ozmuncha mehnat qilmaganligini biladi va u mehnatlarni qadrlaydi.Ikkinchi ayolga uylansada o'zining ko'nglidagi birinchi ayoliga atab qurgan qasriga ikkinchi ayolini kiritmaydi,ya'ni birinchi ayoliga bo'lgan mehr muhabbati, muruvvatida davom etadi.Xattoki birinchi ayoli unga muruvvat ko'rsatib yana uylanishini tushunganligi uchun bu ayoliga oldingidanda mehrliroq bo'lib boradi.Chunki ikkinchi ayoli ming go'zal bo'lsin, ming aqlli bo'lsin hali bu erni qadriga oldingi ayoliday yetadimi, yo'qmi buni shu uylangan erning o'zi ham bilmaydi.Bu narsani bilishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
 Agar siz uylanadigan bo'lsangiz ayolingizga --yagona xotinimsan -- deyishda davom etmasligiyzi maslahat beraman.Lekin roziligini olmay uylanishga haqqingiz bor.Yolg'on gapirishlik, aldashlik sanaladi. ---Yagona--- degan so'zingizni davom ettirolmaysiz. Aldashlikning o'zi yolg'onchi munofiqlarning fe'llaridir.Yolg'onchilik va munofiqlik bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi, shu jumladan xiyonatni ham.
  Yana bir narsa sizni oilangiz bor, demak oila oldidagi erkaknning mas'uliyatini bilasiz.Ikkinchi ayolga uylanmoqchi ekansiz o'zingizga savol berib ko'ring:
1) Man oilam oldidagi mas'uliyatimni bajara oldimmi?
2)Kelishmovchiliklar qarshisida sabr va aql bilan ush ko'ra olamanmi?
3)Murosasizlar bilan murosa qila olamanmi?
4)Bu oilalalarimni oxirigacha olib keta olamanmi?
  Agar shu savollarga javob berishda qiynalmasangiz uylanish uylanmaslik sizning ixtiyoringizda. Agar uylanadigan bo'lsangiz ayolingizning nafsi ko'tara olmaydigan xolat bo'lsa keyinchalik noxush xolatlar chiqmasligi uchun forumdoshimiz Muhammad Sohib aytganlaridek ayolingizga asta-sekinlik bilan tushuntirib borib bu ishingizni amalga oshirsangiz bo'ladi.  
  Bu mani fikrim xolos, bergan savolaringizga javob bera olgan bo'lsam bo'ldi.

Javobingiz uchun tashakkur.

Shuni ma'lum qilayki Saltanat opa haqiqattan ham savolning mag'zini tushunishda, so'ralgan nuqtaga javob berishda biroz tajribangiz kamroq ekan, nazarimda, lekin men ham bir pur qusur banda bo'lganligim uchun, mening nazarim ham qusurli bo'lishi mumkin.

Ayol kishining qalbining tubidagi shubhaga kelsak, iltimos umum ayollar otidan gapirmaylik.

Xotinimga uylanganimdan keyin va birga kechirayotgan hayotimiz davomida bir narsani tushuntirishga harakat qildim, sen hech qachon men uchun xizmat qilma. Faqat va faqat Alloh rizoligi uchun harakat qil, mening ko'nglimni olishga harakat qilma, Allohning rizoligini olishga harakat qil dedim. Va o'zim ham uni  Alloh rizoligi uchun sevaman, uning o'tkinchi chiroyini emas Alloh tomonindan unga darj etilgan mehr,  shavqat, nazokat kabi jihatlarini sevaman, ular esa qarimas, bitmas balki doimiydir, u qarigan sari bu hislatlari inshaAlloh yanada ortajak va muhabbatimni yanada ko'proq orttirajak.

Ikkinchi xotin masalasiga kelsak. Bunga ruxsat bor va bu mening haqqim. Lekin men ortiqcha kuch quvvatim va mablag'imni ikkinchi xotinga emas islom yolida sarf etishni maqulroq deb hisoblayman. Qoldiki ayni kundagi muammolarni o'ylagan kishining ko'zlariga uyqu kirarmikin? Bir joyda Payg'ambar salollohu aleyhi vasallamning muborak ismlari nomuqul so'zlarla bir joyda ishlatilar ekan, ikkinchi xotinni o'ylash g'aflattan dalolat emasmi. Albatta bu mening qarashim.

BU degani ko'pxotinlikka qarshiman degani emas.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 260
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #88 : 23 Dekabr 2009, 05:56:52 »
 Tashakkur Shokir63.

Man bu savollarga javob berishda balki siz aytgandek savolning asl mag'zini tushunmagandirman, shu sababdan noqis bir javob bergandurman.Chustiyning va sizning savolingizga ham qo'limdan kelgancha bilganlarim asosida javob berdim, man bu javoblarim bilan na sizga na boshqalarga  o'z ta"sirimni o'tkazishni xoxlamadim, ahli donishlikni ham da'vo qilmadim,sizni va xotiningizni hayotda tanimaganim sabab va sizlarni islomiy yoki zamonaviy tarzda hayot kechirayotganlaringizni bilmaganim sabab umumiy tarzda javob berdim. Va man sizga manga alohida savol bering, man sizzi savolingizga donishmandlardek javob beraman demadim.Savol beribsiz,man qo'limdan kelgancha javob berdim.Javoblar sizzi qoniqtirgan ekan, buning uchun hafa bo'lmayman, chunki har bandaning qalbi yolg'iz Allohgayu o'zigagina ayon. Siz mani sinash uchun savol beribsiz, buning uchun sizga rahmat, bu sinovingiz javobini man bermayman. Salomat bo'ling.

Ko'pxotinlikka qarshilik qilish-qilmaslikdagi ayollarning qarashlarini bilish uchun forumdoshimiz  loloni fikrlarini o'qishni o'zi yetarli deb o'ylayman.
« So'nggi tahrir: 23 Dekabr 2009, 06:11:42 muallifi saltanat »
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 272
  • -oldi: 356
  • Xabarlar: 302
  • Jins: Erkak
Re: Qizlarga savollar...
« Javob #89 : 23 Dekabr 2009, 09:52:12 »
Er xotinni aralashtirmaylik.
Do'stning do'stiga bo'lsin, o'g'ilning otaga bo'lsin, fuqoroning yurtiga nisbattan bo'lsin XIYONATI deganda nimani tushunasizlar? Qaysi holatlarda ular xiyonat qilgan bo'ladi deb o'ylaysizlar?
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

 

Internetda tarmog`i, unda ishlash va shunga oid savollar

Muallif MaxCmdBo'lim Internet

Javoblar: 52
Ko'rilgan: 21723
So'nggi javob 18 May 2009, 15:13:31
muallifi Ulugbek-Uz
Qiziqarli savollar!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 271
Ko'rilgan: 66234
So'nggi javob 29 Avgust 2011, 22:43:48
muallifi Secret
QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR

Muallif messi44Bo'lim Intellekt

Javoblar: 996
Ko'rilgan: 200429
So'nggi javob 12 Mart 2013, 14:33:11
muallifi Muxsiya
Xorazmliklarga savollar!

Muallif RobiyaBo'lim Xorazm viloyati

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 9577
So'nggi javob 24 Oktyabr 2010, 07:24:10
muallifi ABU ZUFAR
Buxoroliklarga savollar!

Muallif RobiyaBo'lim Buxoro viloyati

Javoblar: 30
Ko'rilgan: 11894
So'nggi javob 01 Yanvar 2010, 02:20:27
muallifi Shokir63