Qizlarga savollar...  ( 519710 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 85 B


saltanat  19 Dekabr 2009, 18:00:01

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


Har narsaning ikki uchi bo'lganidek ikkinchi ayolga uylanayotgan erkaklar ham ikki xil toifada bo'ladilar.Ularning birinchi toifasi bir mo'min sifatida qiynalib qolgan,baxti yarim bir ayolga yordam berib ajr olish uchun sunnatga amal qilib nikohlab uylanadi, ikkinchi toifa erkaklar o'z nafsining quli bo'lib, yoki xotinining badfe'lligi sabab o'zga ayolning chiroyi, boyligi, shirin so'zi, noz-karashmasiga uchib xox nikohli, xox nikohsiz, xatto birinchi oilasining xolidan xabar ham olmay faqat o'z xuzurini ko'zlab yashaydi.
 Lekin bir narsani yaxshi tushunib olaylik, er ikkinchi xotinga uylanishi uchun birinchi ayolining roziligini olishi shart emas, islomda. To'g'ri ayoliga aytib ularning roziligini olib uylanayotganlar ham yo'q emas oramizda.Lekin agarda Dinda birinchi ayolini roziligini olish shart bo'lganda ko'pchilik ayollar bunga o'z nafslaridan kelib chiqib rozi bo'lmagan bo'lardilar.Shuning uchun ham hamma narsani va har bir kishini o'ylab chiqarilgan ISLOM QONUNLARIDA bu narsa shart emas. Shu sabab bir narsani aniq ahamiyatini bilmay turib Alloh kifoya qilsin deyishlikdan saqlanaylik.

  Mani bu postlarimdan keyin forumdoshlar ko'nglida "Ha bu opa bu narsaga rag'bat ko'rsatib fikr bildiribdilar,nima balo opani o'zlari ham ikkinchi xotin bo'lib tekkanmilar? yoki Opaning xo'jayinlari yana uylanaman desalar kundoshlik kunga opaning o'zlari chidayolarmikinlar? degan savollarni o'tishi tabiiy.Ana shu kabi savollar forumdoshlarni o'ylantirib qo'ymasligi uchun javobimni oldinday yozib o'tay.Man xo'jayinimning birinchi ayoliman.Vaqti yetdiki man Islom dinini Alloh qodir qilganicha tushuna bordim, bandasining amali emas Allohning rahmati bandani jannatga kiritishini, Allohning rahmatiga yetishish uchun esa Allohga ma'qul keladigan amallar qilish kerakligini, ana shunday amallardan biri xotn o'z erining roziligini olishi ekanligini tushunib yetdim. Jannatdagi go'zal va abadiy hayotni hali-hali orzu etaman va o'lgunimcha Allohimdan mani ham jannati bandalari qatorida qilishligini yolvorib so'rayman, hamda umid qilaman.Mandagi bu abadiy go'zal jannatiy hayot orzusi mani ho'jayinimga "Dadajonisi agar ko'ngingiz yana bir ayolga uylanishni xoxlasa mani qarshiligim yo'q, man musulmonman, Alloh ruxsat bergan narsaga man banda bo'b turib qarshilik qilmayman" deya olishim uchun,bu so'zlarni til uchidan emas dil tubidan chiqarib ayta olishim uchun manga kuch bergan,man bu so'zlarni bir necha yil oldin xo'jayinimga aytganman .Agar xo'jayinim hozir ham uylanaman desalar Allohdan ajr umid qilib uylanishlariga qarshilik qilmayman, inshaAlloh.
 Biz qayerdan bilamiz bizning nafsimiz ko'tarolmaydigan anashu ko'pxotinlik va kundoshlik kun sabab Yaratguvchi yagona Alloh biz gunohkor osiy bandalariga O'z janatining eng oliy joylaridan ilinib turgandir.Axir Alloh aytib qo'yibdiku Man bandalarimga jahannamni ravo ko'rmayman, qachonki ularning o'zlari jannatimdan yuz o'girmagunlaricha deb.Xo'sh Alloh bizni qo'shxotinlik va kundoshlik kabi fitnalar bilan sinab turganda, "Bunga Alloh ruxsat bergan  va Rasuli s.a.w.ning sunnatlaridan biri deya rozi bo'lishligimiz bilan ne ajabki beqiyos jannatiga dohil bo'lsak. BIz Allohning amrlariga, Rasululloh s.a.w.ning sunnatlariga qarshi chiqib  jannatdan yuz o'girib qayerga bormoqchimiz? Jahannamgami? Nafs tashnaligini qondiruvchi jannatiuy sharoblarni tashlab, yiringu-qaynoq suvli qadahlarni ko'taramizmi? Albatta yo'q.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 18:09:55

Iqtibos: Chustiy dan 14 Dekabr 2009, 22:42:42
Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


  Chustiyning bu sabollariga ba'zi muslima singillarimizning bergan javoblarini o'qib turib jim ketolmadim. BU singillarimiz savolni yaxshi tushunmay javob berganlari aniq.Chunki Chustiy ko'pxotinlik haqida savol bergandilar.Javob bergan singillarimiz esa islomda ruhsat berilgan narsaga HIYONAT va GUNOH deb javob berganlar.Buni qanday tushunish mumkin?Dinimizda ruxsat berilgan narsa qanday qilib HIYONAT va GUNOH bo'lishi mumkin? Singillarimiz bu savolga atroflicha o'ylab turib emas, balki o'z nafslaridan kelib chiqib javob berganlar.Alloh ruxsat bergan, Rasululloh s.a.w. va ashoblari o'z hayotlarida tadbiq etgan amal boshqa narsa, HIYONAT va GUNOH boshqa narsa. Nahotki Allohning bandalari ichida saylab olgan, bandalikni kamoliga yetqizib qo'ygan,HAQ DIN payg'ambari Muhammad Mustafo (odamlar ichida poklangan) s.a.w.dek zot va ashoblari insonlarga zarar beradigan amalni bajarishgan va hayotga tadbiq etgan bo'lishsa?


Assalomu aleykum saltanat opa endi bu gapiz bilan nima dimoqchisiz shuni tushintirib bering opajon
Jamshidjon shu yerdagi hamma postlarimni o'qib chiqsangiz nima demoqchi bo'lganimni tushunib yetasiz, inshaAlloh.

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 18:19:35

Saltanat opa, shuncha post yozibsiz vaqt sarf etibsiz, rahmat. Lekin savolni mazmunini aslida siz yaxshi tushunmabsiz ChehMik aytganiday.

Men uchun hiyonat qilish bilan ayolidan yashirincha uylanib olgan erkakning harakati-bir hil.

Siz dinimiz bilan bog'liq juda chiroyli o'rnaklar keltiribsiz. Sizdan iltimos aynan Chustiy so'ragan savolga ham yana dinimiz va sahobalar hayotidan ham o'rnaklar keltirib o'ting iltimos. Men hech bilmayman.

Yani- ayoliga aytmay uylanib olgan sahoba bormi?

Sahobaning boshqa ayolga uylanganini bir tanishidan eshitgan sahoba ayoli bormi?


Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Bilintirmasdan uylanib olish

eringizni yashirincha uylanib olganini boshqasidan eshitgansiz,

degan narsa bilan eringizni siz bilan maslahat qilib boshqa ayolga uylanishi o'rtasida menimcha olam qadar farq bor.

Qolaversa, Hazrati Alining ikkinchi ayolga uylanmoqchi bo'lganlaridan xabarlari bo'lgan Payg'ambarimiz: "Fatima bunga chiday olmaydi", deb nasihat qilganlarini ham bilsangiz kerak. Shuning uchun Haz.Ali faqatgina Fatima onamizning vafotlaridan keyingina boshqa ayolga uylanganlar. Buni ham bilsangiz kerak.

Men ham eng kamida erimni Haz. Fatima onamizday yaxshi ko'raman.

Qolaversa eng kamida Fatima onamizday bu mavzuda ojizman.....ko'tara olmayman.

Rabbimiz qullari ko'tara olmaydigan hech bir yukni yelkalariga ortmaydi, bundan ham aminman....Bu mavzuda kuchi yetganlarga esa bir narsa demayman....

İltimos, savolni yana bir bor o'qib chiqing.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 18:33:40




Albatta, islomda qiz va ayolarning roziliklarini olmay turib erga berilmaydi.Rozi bo'lish bo'lmaslik bu ularning o'z ixtiyorlarida.Biroq taqdir Alloh qo'lida
 Man yuqorida aytib o'tdim erkaklarning ikkinchi ayolga uylanishlaridagi ikki toifalikni, sizning xotiningizga bildirmay uylanib olishingiz uchun sabab bo'lgan narsani siz o'zingiz o'z ko'nglingizga qarab aytasiz, sizni man majbur ikkinchi xotinga uylab qo'yayotganim yo'q.Mna Alloh ruxsat bergan narsani HIYONAT ba GUNOH bilan aralashtirmanglar dedim xalos.
  Keyin singillarimiz o'z erlarini uylanishiga qattiq qarshilik qilishlari bu ko'pxotinlikka qarshilik degani. Ularning gap-so'zlaridan shu narsalar sezilib turibdi, biroq ularning taqdirlarida nima yozilgani Allohgagina ayon, man ularga erlaring erta bir kun yana uylanadilar demadim,ularga ayol shunday kunga duch kelganda aql bilan ish yuritish afzalligini aytib o'tdim xalos. Siz arab tilini o'rganmoqchi edingiz, balki o'rganganingizdan keyin Qur'on o'qiganingizda man keltitgan Niso surasidagi oyat mazmunini balki aynan Alloh aytganidek tushunib olarsiz, inshaAlloh.
Qanday ish tutish o'zimizga bo'gliq,

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 18:40:18

Saltanat opa, shuncha post yozibsiz vaqt sarf etibsiz, rahmat. Lekin savolni mazmunini aslida siz yaxshi tushunmabsiz ChehMik aytganiday.

Men uchun hiyonat qilish bilan ayolidan yashirincha uylanib olgan erkakning harakati-bir hil.

Siz dinimiz bilan bog'liq juda chiroyli o'rnaklar keltiribsiz. Sizdan iltimos aynan Chustiy so'ragan savolga ham yana dinimiz va sahobalar hayotidan ham o'rnaklar keltirib o'ting iltimos. Men hech bilmayman.

Yani- ayoliga aytmay uylanib olgan sahoba bormi?

Sahobaning boshqa ayolga uylanganini bir tanishidan eshitgan sahoba ayoli bormi?


Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Bilintirmasdan uylanib olish

eringizni yashirincha uylanib olganini boshqasidan eshitgansiz,

degan narsa bilan eringizni siz bilan maslahat qilib boshqa ayolga uylanishi o'rtasida menimcha olam qadar farq bor.

Qolaversa, Hazrati Alining ikkinchi ayolga uylanmoqchi bo'lganlaridan xabarlari bo'lgan Payg'ambarimiz: "Fatima bunga chiday olmaydi", deb nasihat qilganlarini ham bilsangiz kerak. Shuning uchun Haz.Ali faqatgina Fatima onamizning vafotlaridan keyingina boshqa ayolga uylanganlar. Buni ham bilsangiz kerak.

Men ham eng kamida erimni Haz. Fatima onamizday yaxshi ko'raman.

Qolaversa eng kamida Fatima onamizday bu mavzuda ojizman.....ko'tara olmayman.

Rabbimiz qullari ko'tara olmaydigan hech bir yukni yelkalariga ortmaydi, bundan ham aminman....Bu mavzuda kuchi yetganlarga esa bir narsa demayman....

İltimos, savolni yana bir bor o'qib chiqing.
  Kapalak man islomda bor narsalardan bilganlarimni yozdim agar siz so'ragan narsalar ya'ni sahobalarni xotinlariga bildirmay uylanib olganlarini bilsam sizga yozaman.
 Jannatni inson tabiati karix ko'rgan narsalar bilan o'ralganligini kundoshlik kun ham aynan inson tabiati karix ko'rgan narsa ekanligini yozdim,nima amal qilishimiz esa o'zimizga bog'liq. 

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 19:17:32

Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib  turmushga chiqishga rozimisiz?

Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?

Oldindan rahmat..


1. İkkinchi xotin bo'lib turmushga chiqadigan qiz menimcha hech qachon men shunday qilaman, demaydi ko'p kutasiz bu javobni....

2. İlgari ham Forumdoshdan forumdoshga savol mavzusida Afifaxon shunga yaqin savol bergan edilar. Javobimni aynan keltirdim.

A.alaykum. Alloh Mo'min-Musulmonlarning xonadonlaridan eng asosiysi huzurni ayrimasin.

Alloh hech kimni bunday og'ir gunoh-hiyonat bilan imtihon etmasin inshalloh.
Chunki hiyonat qilgan ham, hiyonatga uchragan ham qattiq qalb yarasi oladi, bu yara esa osonlikcha bitmaydi....


Sizga ham savol uchun rahmat...

Mani kapalakka javob yozishimga sabab bu singlimizning postlaridagi GUNOH va HIYONAT so'zlari bo'ldi.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 19:22:49

Jamshidjon manga shapaloq atagan postingiz qayerda ketdi.

  Siz man yozgan so'zlarimni tushunmasangiz ham Alloh aytganlarini tushunasiz deb o'ylayman.

Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 19:37:44

Jamshidjon manga shapaloq atagan postingiz qayerda ketdi.

  Siz man yozgan so'zlarimni tushunmasangiz ham Alloh aytganlarini tushunasiz deb o'ylayman.
man o'chirtirdim iltimos qilib....
nimaga unday qildiz?

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  19 Dekabr 2009, 20:03:55

Ассаламу алайкум!

Мухтарама Салтанат опа! Сиз биииир шу купхотинлик Аллоҳнинг амри ва А асулининг суннати деган гапингизга аниқ хужжат келтиринг-чи!

Бу нарса Аллоҳнинг рухсати!!!


Qayd etilgan


saltanat  19 Dekabr 2009, 20:20:30

Ассаламу алайкум!

Мухтарама Салтанат опа! Сиз биииир шу купхотинлик Аллоҳнинг амри ва А асулининг суннати деган гапингизга аниқ хужжат келтиринг-чи!

Бу нарса Аллоҳнинг рухсати!!!


Wa alaykum assalom.
Haya to'g'ri aytdingiz bu narsa Allohning amri emas balki ruxsatidur, gunohkor bandaman adshibman, bunga xujjat yo'q. uzr.

Qayd etilgan