Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib turmushga chiqishga rozimisiz?
Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?
Oldindan rahmat..
Har narsaning ikki uchi bo'lganidek ikkinchi ayolga uylanayotgan erkaklar ham ikki xil toifada bo'ladilar.Ularning birinchi toifasi bir mo'min sifatida qiynalib qolgan,baxti yarim bir ayolga yordam berib ajr olish uchun sunnatga amal qilib nikohlab uylanadi, ikkinchi toifa erkaklar o'z nafsining quli bo'lib, yoki xotinining badfe'lligi sabab o'zga ayolning chiroyi, boyligi, shirin so'zi, noz-karashmasiga uchib xox nikohli, xox nikohsiz, xatto birinchi oilasining xolidan xabar ham olmay faqat o'z xuzurini ko'zlab yashaydi.
Lekin bir narsani yaxshi tushunib olaylik, er ikkinchi xotinga uylanishi uchun birinchi ayolining roziligini olishi shart emas, islomda. To'g'ri ayoliga aytib ularning roziligini olib uylanayotganlar ham yo'q emas oramizda.Lekin agarda Dinda birinchi ayolini roziligini olish shart bo'lganda ko'pchilik ayollar bunga o'z nafslaridan kelib chiqib rozi bo'lmagan bo'lardilar.Shuning uchun ham hamma narsani va har bir kishini o'ylab chiqarilgan ISLOM QONUNLARIDA bu narsa shart emas. Shu sabab bir narsani aniq ahamiyatini bilmay turib
Alloh kifoya qilsin deyishlikdan saqlanaylik.
Mani bu postlarimdan keyin forumdoshlar ko'nglida
"Ha bu opa bu narsaga rag'bat ko'rsatib fikr bildiribdilar,nima balo opani o'zlari ham ikkinchi xotin bo'lib tekkanmilar? yoki
Opaning xo'jayinlari yana uylanaman desalar kundoshlik kunga opaning o'zlari chidayolarmikinlar? degan savollarni o'tishi tabiiy.Ana shu kabi savollar forumdoshlarni o'ylantirib qo'ymasligi uchun javobimni oldinday yozib o'tay.Man xo'jayinimning birinchi ayoliman.Vaqti yetdiki man Islom dinini Alloh qodir qilganicha tushuna bordim, bandasining amali emas Allohning rahmati bandani jannatga kiritishini, Allohning rahmatiga yetishish uchun esa Allohga ma'qul keladigan amallar qilish kerakligini, ana shunday amallardan biri xotn o'z erining roziligini olishi ekanligini tushunib yetdim. Jannatdagi go'zal va abadiy hayotni hali-hali orzu etaman va o'lgunimcha Allohimdan mani ham jannati bandalari qatorida qilishligini yolvorib so'rayman, hamda umid qilaman.Mandagi bu abadiy go'zal jannatiy hayot orzusi mani ho'jayinimga "Dadajonisi agar ko'ngingiz yana bir ayolga uylanishni xoxlasa mani qarshiligim yo'q, man musulmonman, Alloh ruxsat bergan narsaga man banda bo'b turib qarshilik qilmayman" deya olishim uchun,bu so'zlarni til uchidan emas dil tubidan chiqarib ayta olishim uchun manga kuch bergan,man bu so'zlarni bir necha yil oldin xo'jayinimga aytganman .Agar xo'jayinim hozir ham uylanaman desalar Allohdan ajr umid qilib uylanishlariga qarshilik qilmayman, inshaAlloh.
Biz qayerdan bilamiz bizning nafsimiz ko'tarolmaydigan anashu ko'pxotinlik va kundoshlik kun sabab Yaratguvchi yagona Alloh biz gunohkor osiy bandalariga O'z janatining eng oliy joylaridan ilinib turgandir.Axir Alloh aytib qo'yibdiku
Man bandalarimga jahannamni ravo ko'rmayman, qachonki ularning o'zlari jannatimdan yuz o'girmagunlaricha deb.Xo'sh Alloh bizni qo'shxotinlik va kundoshlik kabi fitnalar bilan sinab turganda, "Bunga Alloh ruxsat bergan va Rasuli s.a.w.ning sunnatlaridan biri deya rozi bo'lishligimiz bilan ne ajabki beqiyos jannatiga dohil bo'lsak. BIz Allohning amrlariga, Rasululloh s.a.w.ning sunnatlariga qarshi chiqib jannatdan yuz o'girib qayerga bormoqchimiz? Jahannamgami? Nafs tashnaligini qondiruvchi jannatiuy sharoblarni tashlab, yiringu-qaynoq suvli qadahlarni ko'taramizmi?
Albatta yo'q.