Qizlarga savollar...  ( 520015 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 85 B


saltanat  21 Dekabr 2009, 10:50:57

Iltimos yana qo'zg'amoqchimasan demanglar, lekin mening Saltanat opaga savolim bor.

Men chet elda yashayman. 3 oy oldin xotinim qizim bilan O'zbekistonga qaytishdi.

Xotinim bilan deyarli har kun telefonda gaplashib turamiz. U menga, men unga ishonaman. U ko'p xotinlikka ruxsay borligini biladi, men ham bilaman. Agar unga ering boshqa ayol bilan qo'l ulshashib salomlashdi deyishsa, ishonishi jufa ham qiyin.

Agar men bu yerda unga aytmasdan, 2 xotinga uylansam, uning menga bo'lgan ishonchiga nisbattan xiyonat qilgan bo'lamanmi yo'qmi? Savol davom etmoqda. U bilan deyarli har kuni telefonda gaplashsamu, unga bildirmay uylanganimni aytmasam, sen mening yagona xotinimsan deyishga davom etsam, bu uni aldashMI YO ALDASH EMASMI Bir kishini aldash unga xiyonat qilishmi, yo xiyonat hisoblanmaydimi?

SAVOLARIMGA JOOB KUTIB QOLAMAN. BU SAVOL BARCHA QIZLARGA EMAS, SALTANAT OPAGA BERILDI. iLTIMOS SAVOLNING YUQORIDAGI GAPLAR BILAN ALOQASI YO'Q, SHUNCHAKI BERILGAN SAVOL DEB QABUL QILING.



Savol uchun rahmat. Qo'limdan kelgancha javob berishga xarakat qilaman.Albatta o'z qarashlarim asosida.
Ishonch nima?
 Ayol kishi o'z eriga ishonadi, chunki---Oilasidagi o'z o'rniva haq-huquqlaridan foydalanayotgan erim albatta oilamiz oldidagi o'z burchlarini ham bajaradi.--- deb o'ylaydi va ishonadi.Agar er aqlli o'z yaqinlarini va atrofidagilarni bir-birlariga g'animat ekanlarini tushunadigan bo'lsa, albatta oilasi oldidagi o'z burchlarini juda chiroyli bajaradi va juftining ishonchini oqlaydi.Bu narsa ko'zga ko'rinib turgan ishlarda o'z ifodasini topadigan xolat.Endi ko'zga ko'rinmaydigan ko'ngil ishonchiga keladigan bo'lsak barcha erkaklarimiz shuni unutmasinlarki ayol o'z eriga har qancha ishonmasin, baribir ko'ngillarining tub-tubida bitta hadik bo'ladi, bu hadik Erim mandan boshqa ayol bilan yashashlikni tasavvur qilarmikin? Ana shu hadik ayol ko'nglida goh-gohida o'zini borligini bildiraib turadi.Ana shu hadik sabab ayol ko'nglida rashk olovlanadi.Ana shu hadik sabab eriga muhabbati yanada oshib boradi, buning natijasida ayol eriga yanada go'zal mumala qilishga, uning ko'nglining tanho malikasi bo'lishga tirishadi va o'zining mehr muhabbatini har bir ishida bildirib turishga xarakat qiladi.Haqiqatan ham qattiq sevganligi sabab eri uchun shu hadik, yani -- erim mandan boshqa ayol bilan yashashliknihattoki tasavvur ham qilmasin--deya qilgan harakatlari sabab sizning ishonchingizga kiradi va o'zi ham sizga o'ziga ishongandek ishonadi. Va yana shu hadik sabab ko'nglida sizga ishonmaydiga nuqta ham bo'ladi, chunki inson qalbi tabiatan o'zgaruvchan bo'li yaratilgan, bu o'zgaruvchanlik uni sizga bo'lgan mehrini emas balki sizning o'ziga bo'lgan munosabatingizdan o'zgarib qolishidan cho'chitadi.

 Erning ikkinchi xotinga uylanishi anashu ishonchga hiyonatmi?
 Yuqoridagi qarashlarimdan kelib chiqib shuni ishonch  bilan aytamanki, aqlli, o'z oilasini qadrlaydigan erlar uchun bu narsa oilasiga, xotinining ishonchiga xiyonat emas.(Endi faqat o'z nafsini, o'z xuzurini o'ylaydigan xudbin erlar uchun xotinlarining ishonchiga xiyonat qilishlari  bu qiyin ish emas, buning uchun uylanish ham shart emas.) Chunki aqlli erlar o'sha ishonchning yaratilishi uchun ayoli ozmuncha mehnat qilmaganligini biladi va u mehnatlarni qadrlaydi.Ikkinchi ayolga uylansada o'zining ko'nglidagi birinchi ayoliga atab qurgan qasriga ikkinchi ayolini kiritmaydi,ya'ni birinchi ayoliga bo'lgan mehr muhabbati, muruvvatida davom etadi.Xattoki birinchi ayoli unga muruvvat ko'rsatib yana uylanishini tushunganligi uchun bu ayoliga oldingidanda mehrliroq bo'lib boradi.Chunki ikkinchi ayoli ming go'zal bo'lsin, ming aqlli bo'lsin hali bu erni qadriga oldingi ayoliday yetadimi, yo'qmi buni shu uylangan erning o'zi ham bilmaydi.Bu narsani bilishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
 Agar siz uylanadigan bo'lsangiz ayolingizga --yagona xotinimsan -- deyishda davom etmasligiyzi maslahat beraman.Lekin roziligini olmay uylanishga haqqingiz bor.Yolg'on gapirishlik, aldashlik sanaladi. ---Yagona--- degan so'zingizni davom ettirolmaysiz. Aldashlikning o'zi yolg'onchi munofiqlarning fe'llaridir.Yolg'onchilik va munofiqlik bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi, shu jumladan xiyonatni ham.
  Yana bir narsa sizni oilangiz bor, demak oila oldidagi erkaknning mas'uliyatini bilasiz.Ikkinchi ayolga uylanmoqchi ekansiz o'zingizga savol berib ko'ring:
1) Man oilam oldidagi mas'uliyatimni bajara oldimmi?
2)Kelishmovchiliklar qarshisida sabr va aql bilan ush ko'ra olamanmi?
3)Murosasizlar bilan murosa qila olamanmi?
4)Bu oilalalarimni oxirigacha olib keta olamanmi?
  Agar shu savollarga javob berishda qiynalmasangiz uylanish uylanmaslik sizning ixtiyoringizda. Agar uylanadigan bo'lsangiz ayolingizning nafsi ko'tara olmaydigan xolat bo'lsa keyinchalik noxush xolatlar chiqmasligi uchun forumdoshimiz Muhammad Sohib aytganlaridek ayolingizga asta-sekinlik bilan tushuntirib borib bu ishingizni amalga oshirsangiz bo'ladi.  
  Bu mani fikrim xolos, bergan savolaringizga javob bera olgan bo'lsam bo'ldi.

Qayd etilgan


lolo  21 Dekabr 2009, 10:58:32

Iqtibos
Chustiy: Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?
Assalamu alaykum!
Bu savolga javob bermaymanu lekin savoldagi holatni keltirib chiqaradigan omillarni biroz tahlil qilmoqchiman. Chunki buni juda zarur deb toptim. Zero musulmon uchun eng muhimi Allohning har qanday sinovidan imkon qadar eng muvaffaqiyatli tarzda o'tib olishlikdir!!!

Bismillah! Bu masalada ayollar odatda 2 turga bo'linadilar:
1. Erining bu ishiga rozi bo'ladigan ayollar. Avvalambor bunday ayollardan eri bu ishini yashirib o'tirmaydi ham. Biroq qandaydir sabablarga ko'ra hotiniga habar qilishni iloji bo'lmay qolish holati kamdan-kam uchrashi ham mumkin, masalan, Haybar g'azotidan qaytishdagi voqeadagidek.
2. Erining bu ishiga rozi bo'lmaydigan ayollar. Bular quyidagi turli sabablarga binoan rozi bo'lishmayotgan bo'lishlari mumkin:
a) ko'photinlikni tan olmaslik;
b) tan olganida ham o'z hayotida uchrashini hech aqliga sig'dira olmaslik;
c) eri haqida hotinlarini har jihatdan ta'minlay olmasligini aniq bilishligi;
d) bo'lajak kundoshi yoqtirmaydigan biror tanishi (yoki dugonasi) ekanligi;
e) ...va boshqalar.
Endi bularni biroz tahlil qilsak.
A variant, bu holat odatda dinsiz yoki diniy bilimsiz ayollarda uchraydi. Alloh bularni hidoyatga boshlashligini so'rab qolamiz.
B va C variantlardagi ayollar odatga bu ishiga rashkni bahona qilib turadilar... Ta'minlash masalasi esa, ha, ta'minlay olmaydigan yoki adolat qila olmaydiganlar bordur, lekin shunday fikrlagan ayollarning hammasi ham to'g'ri hulosada bo'lmasliklari mumkin. Bunga oydinlik kiritish uchun - hayot uchun zarur narsa bilan unchalik zarur bo'lmagan, xatto ortiqcha dab-daba bo'lgan narsalarni farqlab sarhisob qilishimizning o'zi yetarlikdir.
Savoldagi vaziyatni tasavvur qilib ko'rsak, er shuncha vaqt mobaynida bu ishini sir tutolgani ko'rinadi, demak uni ikki va undan ko'p hotin olishga qurbi yetadi. Bundan tashqari bunday holatlarda musulmon erlar albatta o'z do'stu birodarlarini to'ydan habardor qilgan bo'ladi. Hozirgi ommaviy dunyoqarash keskinlashgan jamiyatda shuning o'zi ham yetarli bo'lgan nikohdir. Boshida yashirinroq bo'lishga majbur ekanmiz, inshaalloh keyinchalik bu oddiy ishlarimizdan biriga aylanib qolsa ajab emas!
Modomiki hotini turli asossiz sabablarga ko'ra bu narsaga qarshi turganlar toifasidan ekan eri unga bildirmay ikkinchiga uylanib ajab ish qilibdi! Ya'ni to'g'ri qilibdi. Boplabdi! Ayni damda butun dunyo jamiyatshunoslari ayollarning soni erkaklarga nisbatan katta tezlikda o'sib borayotganiga turli choralar izlashayotgan mahal - musulmonlarning bu adolatona ishlari jamiyatga har tomonlama yordam berishini dinsizlar ham inkor eta olmayapdi. Qolaversa qanchadan qancha ko'p farzandli beva yoki tirnoqqa zor bo'lib umri o'tayotgan turmush ko'rmagan ayollar judayam ko'p bo'lsa. Ularga o'sha ortiqcha dab-daba aslo kerak emas, faqatgina farzandlariga ota mehri va boshqa arzimagan narsalar... Shunday bechoralarni ko'ra bila turib ularni oila baxtidan, erni rozi qilishga harakat baxtidan mahrum qiluvchi erkatoy rashkchi muslima honimlarni kim deb atashlik mumkin?! Va yana savol: muslimalarga Jannat kerakmi? yoki kundoshsizlik?

Qayd etilgan


Shokir63  22 Dekabr 2009, 18:45:42

Iqtibos
Savol uchun rahmat. Qo'limdan kelgancha javob berishga xarakat qilaman.Albatta o'z qarashlarim asosida.
Ishonch nima?
 Ayol kishi o'z eriga ishonadi, chunki---Oilasidagi o'z o'rniva haq-huquqlaridan foydalanayotgan erim albatta oilamiz oldidagi o'z burchlarini ham bajaradi.--- deb o'ylaydi va ishonadi.Agar er aqlli o'z yaqinlarini va atrofidagilarni bir-birlariga g'animat ekanlarini tushunadigan bo'lsa, albatta oilasi oldidagi o'z burchlarini juda chiroyli bajaradi va juftining ishonchini oqlaydi.Bu narsa ko'zga ko'rinib turgan ishlarda o'z ifodasini topadigan xolat.Endi ko'zga ko'rinmaydigan ko'ngil ishonchiga keladigan bo'lsak barcha erkaklarimiz shuni unutmasinlarki ayol o'z eriga har qancha ishonmasin, baribir ko'ngillarining tub-tubida bitta hadik bo'ladi, bu hadik Erim mandan boshqa ayol bilan yashashlikni tasavvur qilarmikin? Ana shu hadik ayol ko'nglida goh-gohida o'zini borligini bildiraib turadi.Ana shu hadik sabab ayol ko'nglida rashk olovlanadi.Ana shu hadik sabab eriga muhabbati yanada oshib boradi, buning natijasida ayol eriga yanada go'zal mumala qilishga, uning ko'nglining tanho malikasi bo'lishga tirishadi va o'zining mehr muhabbatini har bir ishida bildirib turishga xarakat qiladi.Haqiqatan ham qattiq sevganligi sabab eri uchun shu hadik, yani -- erim mandan boshqa ayol bilan yashashliknihattoki tasavvur ham qilmasin--deya qilgan harakatlari sabab sizning ishonchingizga kiradi va o'zi ham sizga o'ziga ishongandek ishonadi. Va yana shu hadik sabab ko'nglida sizga ishonmaydiga nuqta ham bo'ladi, chunki inson qalbi tabiatan o'zgaruvchan bo'li yaratilgan, bu o'zgaruvchanlik uni sizga bo'lgan mehrini emas balki sizning o'ziga bo'lgan munosabatingizdan o'zgarib qolishidan cho'chitadi.

 Erning ikkinchi xotinga uylanishi anashu ishonchga hiyonatmi?
 Yuqoridagi qarashlarimdan kelib chiqib shuni ishonch  bilan aytamanki, aqlli, o'z oilasini qadrlaydigan erlar uchun bu narsa oilasiga, xotinining ishonchiga xiyonat emas.(Endi faqat o'z nafsini, o'z xuzurini o'ylaydigan xudbin erlar uchun xotinlarining ishonchiga xiyonat qilishlari  bu qiyin ish emas, buning uchun uylanish ham shart emas.) Chunki aqlli erlar o'sha ishonchning yaratilishi uchun ayoli ozmuncha mehnat qilmaganligini biladi va u mehnatlarni qadrlaydi.Ikkinchi ayolga uylansada o'zining ko'nglidagi birinchi ayoliga atab qurgan qasriga ikkinchi ayolini kiritmaydi,ya'ni birinchi ayoliga bo'lgan mehr muhabbati, muruvvatida davom etadi.Xattoki birinchi ayoli unga muruvvat ko'rsatib yana uylanishini tushunganligi uchun bu ayoliga oldingidanda mehrliroq bo'lib boradi.Chunki ikkinchi ayoli ming go'zal bo'lsin, ming aqlli bo'lsin hali bu erni qadriga oldingi ayoliday yetadimi, yo'qmi buni shu uylangan erning o'zi ham bilmaydi.Bu narsani bilishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
 Agar siz uylanadigan bo'lsangiz ayolingizga --yagona xotinimsan -- deyishda davom etmasligiyzi maslahat beraman.Lekin roziligini olmay uylanishga haqqingiz bor.Yolg'on gapirishlik, aldashlik sanaladi. ---Yagona--- degan so'zingizni davom ettirolmaysiz. Aldashlikning o'zi yolg'onchi munofiqlarning fe'llaridir.Yolg'onchilik va munofiqlik bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi, shu jumladan xiyonatni ham.
  Yana bir narsa sizni oilangiz bor, demak oila oldidagi erkaknning mas'uliyatini bilasiz.Ikkinchi ayolga uylanmoqchi ekansiz o'zingizga savol berib ko'ring:
1) Man oilam oldidagi mas'uliyatimni bajara oldimmi?
2)Kelishmovchiliklar qarshisida sabr va aql bilan ush ko'ra olamanmi?
3)Murosasizlar bilan murosa qila olamanmi?
4)Bu oilalalarimni oxirigacha olib keta olamanmi?
  Agar shu savollarga javob berishda qiynalmasangiz uylanish uylanmaslik sizning ixtiyoringizda. Agar uylanadigan bo'lsangiz ayolingizning nafsi ko'tara olmaydigan xolat bo'lsa keyinchalik noxush xolatlar chiqmasligi uchun forumdoshimiz Muhammad Sohib aytganlaridek ayolingizga asta-sekinlik bilan tushuntirib borib bu ishingizni amalga oshirsangiz bo'ladi.  
  Bu mani fikrim xolos, bergan savolaringizga javob bera olgan bo'lsam bo'ldi.

Javobingiz uchun tashakkur.

Shuni ma'lum qilayki Saltanat opa haqiqattan ham savolning mag'zini tushunishda, so'ralgan nuqtaga javob berishda biroz tajribangiz kamroq ekan, nazarimda, lekin men ham bir pur qusur banda bo'lganligim uchun, mening nazarim ham qusurli bo'lishi mumkin.

Ayol kishining qalbining tubidagi shubhaga kelsak, iltimos umum ayollar otidan gapirmaylik.

Xotinimga uylanganimdan keyin va birga kechirayotgan hayotimiz davomida bir narsani tushuntirishga harakat qildim, sen hech qachon men uchun xizmat qilma. Faqat va faqat Alloh rizoligi uchun harakat qil, mening ko'nglimni olishga harakat qilma, Allohning rizoligini olishga harakat qil dedim. Va o'zim ham uni  Alloh rizoligi uchun sevaman, uning o'tkinchi chiroyini emas Alloh tomonindan unga darj etilgan mehr,  shavqat, nazokat kabi jihatlarini sevaman, ular esa qarimas, bitmas balki doimiydir, u qarigan sari bu hislatlari inshaAlloh yanada ortajak va muhabbatimni yanada ko'proq orttirajak.

Ikkinchi xotin masalasiga kelsak. Bunga ruxsat bor va bu mening haqqim. Lekin men ortiqcha kuch quvvatim va mablag'imni ikkinchi xotinga emas islom yolida sarf etishni maqulroq deb hisoblayman. Qoldiki ayni kundagi muammolarni o'ylagan kishining ko'zlariga uyqu kirarmikin? Bir joyda Payg'ambar salollohu aleyhi vasallamning muborak ismlari nomuqul so'zlarla bir joyda ishlatilar ekan, ikkinchi xotinni o'ylash g'aflattan dalolat emasmi. Albatta bu mening qarashim.

BU degani ko'pxotinlikka qarshiman degani emas.

Qayd etilgan


saltanat  23 Dekabr 2009, 05:56:52

 Tashakkur Shokir63.

Man bu savollarga javob berishda balki siz aytgandek savolning asl mag'zini tushunmagandirman, shu sababdan noqis bir javob bergandurman.Chustiyning va sizning savolingizga ham qo'limdan kelgancha bilganlarim asosida javob berdim, man bu javoblarim bilan na sizga na boshqalarga  o'z ta"sirimni o'tkazishni xoxlamadim, ahli donishlikni ham da'vo qilmadim,sizni va xotiningizni hayotda tanimaganim sabab va sizlarni islomiy yoki zamonaviy tarzda hayot kechirayotganlaringizni bilmaganim sabab umumiy tarzda javob berdim. Va man sizga manga alohida savol bering, man sizzi savolingizga donishmandlardek javob beraman demadim.Savol beribsiz,man qo'limdan kelgancha javob berdim.Javoblar sizzi qoniqtirgan ekan, buning uchun hafa bo'lmayman, chunki har bandaning qalbi yolg'iz Allohgayu o'zigagina ayon. Siz mani sinash uchun savol beribsiz, buning uchun sizga rahmat, bu sinovingiz javobini man bermayman. Salomat bo'ling.

Ko'pxotinlikka qarshilik qilish-qilmaslikdagi ayollarning qarashlarini bilish uchun forumdoshimiz  loloni fikrlarini o'qishni o'zi yetarli deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Shokir63  23 Dekabr 2009, 09:52:12

Er xotinni aralashtirmaylik.
Do'stning do'stiga bo'lsin, o'g'ilning otaga bo'lsin, fuqoroning yurtiga nisbattan bo'lsin XIYONATI deganda nimani tushunasizlar? Qaysi holatlarda ular xiyonat qilgan bo'ladi deb o'ylaysizlar?

Qayd etilgan


lolo  23 Dekabr 2009, 13:23:55

Er xotinni aralashtirmaylik.
Do'stning do'stiga bo'lsin, o'g'ilning otaga bo'lsin, fuqoroning yurtiga nisbattan bo'lsin XIYONATI deganda nimani tushunasizlar? Qaysi holatlarda ular xiyonat qilgan bo'ladi deb o'ylaysizlar?
    Assalamu alaykum!
    Ikki narsani HIYONAT deb hisoblayman: Yolg'onchilik va Ishonchni suiste'mol qilishlik.
    Yolg'onchilik hiyonat ekanligiga quyidagi hadis kifoya: So'fyon ibn U'sayddan rivoyat qilinadi, Rasululloh (sollallohu alayhi wasallam) dedilar: "Gapingga qattiq ishonadigan birodarlaringga yolg'on so'zni aytmog'ing katta xiyonatdir" (Buxoriy rivoyati).
    Endi mavzuni umumiy holda yoritadigan bo'lsak, jamiyatimizdagi turli hil munosabatlarda, masalan, do'stlar orasida bo'ladimi yoki ota-bola o'rtasidami, yoki xatto yurti-xalqi oldidami, hammasini orasida o'ziga yarsha haqlar, sirlar va obro' bo'ladi. Bularning barchasi omonatdir. Omonatni esa o'z mas'uliyati borligini anglashimiz kerak. Va shu mas'uliyatni his etgani holda o'z huquqiga rioya etishi vafoni (yoki sodiqlikni) anglatsa, rioya etmaslik esa o'z-o'zidan hiyonat hisoblanib qoladi. Chunki bu haqga rioya etmaslik odatda kishini obro'siga, joniga va moliga zarar yetishiga sabab bo'ladi.
    Alloh Qur'onda aytadi, ma'nosi: "Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz". Buni tafsirini o'qimaganmanu, lekin "Orani tuzatish" deganda shu "Ora"ga oid bo'lgan barcha haq-huquqni o'z o'rniga qo'yish, deb tushunaman.
    Forumda turli hil tushunchaga ega forumdoshchalarim borligini inobatga olib "o'z o'rniga qo'yish" jumlasini izohlab o'tsam: masalan, do'stga qilinadigan munosabat Otaga qilinmaydi va hokazo. Kimga qanday eng to'g'ri munosabatda bo'lish kerakligini esa dinimiz ta'lim berib keladi, alhamdulillah.
    Man masalani faqatgina umumiy ravishda yoritishga harakat qildim. Lekin masaladagi mayda elementlarning eng yirigi (xattoki asosiysi) bo'lmish - "Vada berish va bajarmaslik" muammosiga aniqlik kiritishni inshaalloh boshqa forumdoshlarim qoyillatadilar deb umid qilaman. Raxmat!

Qayd etilgan


lolo  23 Dekabr 2009, 18:26:18

Ha! Hiyonat! (deb qutilmasa bo'miydi bundan...)

O'zi javobini aniq bilib turib tasdiqlatib olishini qarela...

Qayd etilgan


Shokir63  24 Dekabr 2009, 00:55:43

Deylik, qaynonangiz eringizni sizdan rashk qilyapti, eringiz ham o'rtada hayron. Oyladagi vaziyatni o'nglanib ketishi uchun qanday chora tadbirlarni ko'rgan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


Ansora  24 Dekabr 2009, 01:14:57

Deylik, qaynonangiz eringizni sizdan rashk qilyapti, eringiz ham o'rtada hayron. Oyladagi vaziyatni o'nglanib ketishi uchun qanday chora tadbirlarni ko'rgan bo'lardingiz?

Bu holatni eng birinchi quroli- faqat Allohga yolvorib duo qilish, chunki bu hech oson narsa emas...

Keyin qaynonaga uning o'z farzandiday ekanligini ham til bilan ham hatti-harakat bilan ko'rsatishga harakat qilish kerak. Chunki qaynona buni his qilgandagina- "haa bu ham mening bolamday bo'libdi, men uchun jon kuydiryabdi", deydi.

Tabiiki insondan insonga farq qiladi, bazisiga zarra qadar ta'sir etmas ekan, bazisi qilganlaridan pushaymon bo'lib kelindan rozilik ham so'raydi.

Rahmatli buvimni duolari bor edi, Keng pehil (fe'l) ketmas davlat bergin, Xudoyim,...
Yurakni keng qilish kerak. Chunki erta-indin kelin ham qaynona bo'ladi, qaytar dunyo bu. Birovni ohini-qarg'ishini olib hech kim baxtli bo'lmagan, bo'lmaydi ham.

Sabr, sabr, sabr....

Masalan meni ho'jayinim onalariga qanchalik yaxshi muomala qilsam shunchalar quvonadilar, ko'zlari porlab ketadi. U kishing baxti mening ham baxtim, qaynonam-jonim onamdan ikki og'iz shirin so'zni nimaga qizg'onay-ki  : )

Alloh barchamizni xonadonimizga huzur bersin, biz kelinlarga ham bitmas-tuganmas sabr....Shirin so'z eritmaydigan- qalb yo'q bu dunyoda  : )

Qayd etilgan


Chustiy  24 Dekabr 2009, 19:05:47

 :as:

Rostini aytsam, forum orqa yo'llar bilan kiradigan bo'lgandan buyon tuzukroq forumgayam kiromayamman, kirgandayam chiqib ketaveradi... Shuning uchun biron bir mavzuni bemalol o'qiy olganim yo'q, shu jumladan bu yerdagi munozarani ham... Vaqt topib inshaAllah o'qib chiqaman... Fursatdan foydalanip Shayh MSMYning javoblarini keltimoqchiman... Ishqilib yuqorida hech kim keltiramidimi?  ::)


биринчи хотинидан сир тутган ҳолда иккинчи хотинга уйланиш мумкинми?

Атрофдагиларга билдирмасдан, шунингдек биринчи хотинидан сир тутган ҳолда иккинчи хотинга уйланиш мумкинми? Агар гувоҳлар билан никоҳ сқитилса, бундай никоҳ жоизми?

Javob: Бу савол ҳам бир кунда бир неча маротабадан такрорланадиган саволлардан. Аслида саволни қурилиши бузуқ, нотсғри. Бу ерда сркак кишилар сзининг шаҳвоний ҳожати учун бошқа, съни сзининг хотинини устига хотин олиш мақсадида ва уни бировдан сшириш, билдирмаслик мақсадида туғилган савол ҳисобланади. Бунинг срнига "исломда ксп хотинликка иккита аёлгоа уйланишга қсйилган шартлар нима?" деб ссралса схши бслар сди. Ҳозирги кунда мана шу масалани динда бор скан рухсат берилган скан, суннат скан, шунинг учун қиласпмиз деган пеш гапларни гапирилади, баҳоналарни топилади. Лекин, диндаги руҳсатни шартлари нима, дин қайси ҳолатларда рухсат берган, нима учун рухсат берган, бу маъноларни биров ссрашга ботинмайди ҳам, "ссрасам елкамга снги вазифа тушиб қолади" деган маънода бундай саволлардан қочишади. Балки биринчи хотин билмаса, ота-онам билмаса нима бслади маънодаги саволларни бераверади. Исломда бирдан ортиқ аёлга уйланиш учун асосий шартлардан бири-адолат. Яъни, бирдан ортиқ хотиннинг орасида адолат срнатиш асосий шарт ҳисобланади. Иккита хотини бор одам ҳамма жиҳатдан иккови хотинга тенг қараши керак. Уй жой масаласида, кийим-кечак масаласида, озиқ-овқат масаласида, дам олиш, даволаниш ва қсйинки оилада бсладиган ҳар бир сарф-харажат, муомала маъноларида тенг қараши керак. Шунингдек, кечаси бир кун биттаси билан, иккинчи кун бошқаси билан бирга ётишни ҳам таъминлаши керак. Ана шу асосий шарт ҳисобланади. Аллоҳ таоло Қуръонда: "œАгар адолат қила олмасликдан қсрқсангиз, битта билан кифосланинг" деган. Адолат сса ҳалиги ҳолат бслади. Мана шу ҳолатни, мана шу шартни ҳар бир одам схши билиши керак. Ҳозирги воқелигимизга қарайдиган бслсак, адолат масаласида амал қилаётган кишини ксришимиз маҳол иш, жуда кам, ниҳостда оз бслиши мумкин. Шахсан мен ва мени атрофимдаги кишилар ҳали ксриб "шу нарса ҳақиқатдан шариатда келган адолатни юритилётганлигига гувоҳмиз" дейдиган ҳолатимиз йсқ. Кспчилик хотинни иккита қилиб олади, катта хотин кучлироқ, забардастроқ бслса, қсрққанидан ундан кичигини умуман билдирмайди. Қачон бир қочиб беркиниб имконини топганда олдига кириб чиқади. Аксинча, катта хотин ёвошроқ бслса, соддароқ бслса, уни умуман ташлаб бола-чақаси билан иккинчи ёш хотинга стади, сша билан юради. Буни умуман одам срнида ксрадиган ҳолатлари тез-тез учрайди. Мана шу нарсаларга сътиборни беришимиз керак. А­нди, саволни сзига, агар нотсғри қсйилган бслса ҳам сзига қайтадиган бслсак, никоҳни никоҳ бслиши учун учта фарз бор. Унинг биттаси маҳр, съни ср бслаётган киши, хотин бслишга рози бслаётган аёлга, қизга маҳр бериши фарз. Иккинчиси, снг камида икки ср киши ёки бир ср икки хотин киши гувоҳ бслиши шарт. Учинчиси ижоб ва қабул: ср-хотин бслаётган кишилар бир-бирига шу никоҳ қуриб, съни оила қуриш нистларида сз розиликларини баён стишлари керак, бир-бирлари сшитишлари ва гувоҳлари ҳам сшитишлари лозим. Мана уч нарса фарз адо бслса никоҳ бслади. А­нди гувоҳларга "мени уйланганимни бировга айтма" деб шарт қсйса, уламолар ихтилоф қилган: "бу сир никоҳга айланиб қолади, бунда никоҳи тсғри бслмайди" деган гапларни айтганлари ҳам бор, "йсқ гувоҳ бслдими, ана шу билан иш битди" деган уламолар ҳам бор.
http://muslimaat.uz/content/view/347/25/

Qayd etilgan