Qizlarga savollar...  ( 520159 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 85 B

siddiqa  07 Mart 2010, 08:00:57

Assalomu alaykum!
Qizla, avtobus, tarnvay, metroga chiqsela o'ziladan kotta bolaga nega joy bermisila?

menimcha o'zidan katta odamni ko'rsa qizlar joy berishadi  ,men shunaqa deb o'ylayman ,yokida (kattalar) gap bn boplab turg'izib qo'yishadi  : )

Qayd etilgan

siddiqa  07 Mart 2010, 08:08:42

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

Bu masalada qiz hurmat qilib bo'lajak turmush o'rtog' sifatida tanlagan inson  farosati yetgan holda u qizni bunday holga tashlab qo'ymaydi ,o'zi bilib harakatini qilaveradi .

men bunaqa taklif qilishni nafaqat o'zim balki boshqa qizlar ham tasavvuriga sig'dira olmayman ,o'zbekoyimlarda g'urur ,hayo kuchliku ,
keyin bu taklifni qilishga u qiz ulgurmay ham qoladi . :)

Qayd etilgan

Hadija  07 Mart 2010, 14:01:56

Ota onayiz sizni boshqa yigitga unashtirishmoqchi SEVGANIM BOR DEB AYTA OLASIZMI!

Har bir masalada onam bilan maslahat qilib ishni boshlayman. Oila turmush masalasidaku eng to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi insonim bu onam. Siz etgandek holatga tushib qolsam, albatta onam bilan har tomonlama maslahatlashib taroziga solib ko'raman. Sevganim bor deyishni o'zi kimga qanaqayu man uchun or hisoblanadi. shunchalik "sevganim" degan nomni olgan insonni shu nomga arzisa o'zi harakat qilib mani bu gapni aytishimgacha olib bormasligi kerak. Agarda olib borsa u sevgi emas shunchaki havas bo'ladi. Har bir narsaning ham o'z isboti bor!... Haqiqiy sevgining isboti bu unga yetishishning harakatida!...

Qayd etilgan

Ansora  07 Mart 2010, 15:07:36

Ota onayiz sizni boshqa yigitga unashtirishmoqchi SEVGANIM BOR DEB AYTA OLASIZMI!

İlk marta sovchi kelganda yoshim 16 da edi, na sevgini bilardim, na sevgilini : )
Vaqt o'tishi bilan kelgan sovchilarni o'zlari "qizimga yoki oilamizga munosib, munosib emas" deb "sartirofka" qilishdi : )

Yosh o'ta boshladi, majbur bu safar o'zlari "Hay qizim sevganing ham yo'qmi, ayt uyalmay, deyishdi"  ;D

Javob esa: "Men sevgan emas, meni sevgan bor", bo'ldi :3

Tabiiy oson emas edi, bularni e'tirof etish, keyin bir qarabsizki, to'y bo'ldi, palahmon toshiday "otildik"....

Allohga shukr, baxtliman. Barchaga nasib bo'lsin....

Qayd etilgan

Ansora  07 Mart 2010, 15:26:39

Sizga yoqib qo'lgan yigitga qo'qqisdan turmush qurish taklifini qila olasizmi? Yuq, bulsa nega? Ha bulsa, qay usulda?
(Savol sal g'alati bo'ldiyu, lekin yaqinda bir qiz manga o'z o'zidan shunaqa deb aytganiga juda jahlim chiqdi, shunga boshqa qizlarni bunga fikri qanaqaligini bilmoqchi edimda)

248-bob. Birovni yaxshi ko'rsa, o'ziga bildirsin

552.  Miqtsom ibn Ma'di Karib aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz birodarini yaxshi ko'rsa, yaxshi ko'rganligini unga ma'lum qilsin", dedilar".

Qars ikki qo'ldan chiqadi, deganlaridek, muhabbat ham ikki tomondan bo'lsa, davomlidir. Ya'ni biron kishi uning salohiyati, yaxshi yo'lda borayotganligi kabi hollari uchun yaxshi ko'rsa, uning ko'nglini ko'tarish va shu ishlarini taraqqiy ettirishga targ'ib qilish uchun muhabbat quyganini o'sha odamning o'ziga bildirishi kerak.

554.  Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki kishi bir-birini yaxshi ko'rsa, ularning afzali shu birodariga muhabbati qattiqroq bo'lganidir", dedilar".

Shaxsiy fikrim: Yuqorida takidlanganidek qars 2 qo'ldan chiqadi. U yigitda ham shunday hohish bo'lib, qalbidagini oshkora qila olmayatgan bo'lsa, bunga biroz yordam darkor ammo, ochiqdan ochiq bunday taklifni bildirish muslimaga to'g'ri kelmaydigan holat. Yigit kishi befarq bo'lsayu qiznig ko'nglida umid bo'lsa, yaxshisi u umidni so'ndirgani yoki har ishda Allohdan hayirlisini so'ramoqligi lozim. Yaqinda, Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobidan bir hadis o'qib qoldim:
Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud Ummu Salama r.anhodan rivoyat qilishadi
Payg'ambar  :sw: ning "Qaysi bir bandaga musibat yetganda "Inna lillai va inna Ilayhi roji'un" desa, va so'ngra "Allahumma ajirni fi musiybati vaxluf li xoyrom minha"(Ey Alloh, menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini bergin) desa, albatta Alloh unga ajr beradi va unga buning o'rniga yaxshirog'ini beradi" deganlarini eshitdim.

Bilganimchalik bu Hadis- Shariflar do'stlar uchun aytilgan, chunki bu yerda "birodar" so'zi bor. Bir-birini sevgan inson uchun "birodar" so'zi ishlatilmasa kerak...

Qayd etilgan

Abu Muso  08 Mart 2010, 00:29:37

 :as:

Qizlarga savol:

Mana bugun, islomdagi farzlardan biri bo'lgan hijobga
qarshi bo'lgan "Hujum" harakati boshlangan kun 8-mart.
Bu harakat o'z nomiga munosib, hali ham harakatda...

Sizni bayram bilan tabriklashganda, o'zingizni qanday
tutasiz, sekingizna rahmat debmi, yoki bu kun bayram
emasligini tushunturasizmi? Umuman qanday javob
berasiz?

P.S.: Javoblar reallikdan kelib chiqqan bo'lishini so'rab qolaman!

Qayd etilgan

siddiqa  08 Mart 2010, 08:50:48

Agar haqni aytish shunchalar qiyin bo'lsa bunu kecha va bugun sezyapman ,
avvaliga kursdoshlar boshlashdi ,darsga bormay qo'ya qoldim ,

oilada kenja farzand bo'lganim un erkaroq muomala qilishadi avvaliga akalarim keyin

 dadam bunaqa tilaklarni hatto sevikli hayit bayramida ham eshitmaganman ,(bugun nima desalar ham mayli deyishganidek )

nima deyapsiz akajon ,dadajon bugungi kun vn meni qutlayapsizmi deya olmadim ,
 ojizligim ustun faqat qalbimgina o'ksidi .

birodarlarim ko'ngil ko'tarishdi ...........e Siddiqa eshitdingmi yangi bayram paydo bo'pqopti deb ?

yurakni sal bo'shatib kulib ham oldik ,lekin haqni o'z vaqtida aytish qo'limdan umuman kelmadi .

Qayd etilgan

Ansora  10 Mart 2010, 17:08:45

:as:

Qizlarga savol:

Mana bugun, islomdagi farzlardan biri bo'lgan hijobga
qarshi bo'lgan "Hujum" harakati boshlangan kun 8-mart.
Bu harakat o'z nomiga munosib, hali ham harakatda...

Sizni bayram bilan tabriklashganda, o'zingizni qanday
tutasiz, sekingizna rahmat debmi, yoki bu kun bayram
emasligini tushunturasizmi? Umuman qanday javob
berasiz?

P.S.: Javoblar reallikdan kelib chiqqan bo'lishini so'rab qolaman!

V.assalom. Turkiyada hech kim meni 8 chi mart bilan tabriklamadi, shuning uchun muammo ham bo'lmadi : )

Qayd etilgan

Ansora  10 Mart 2010, 17:38:27

uzboyning Tabriklar va qutlovlar mavzusida joylagan: Rafiq Qorining 8 chi marta haqidagi vaazlarini O'zbekistondagi ayol-qiz, onaxonlar-u erkaklar bir marta eshitishsa umuman hech kimni tabriklamay qo'yishadi aslida.

Lekin bu narsa Davlat siyosatiga qarshi fikr tarzida ham anglashilishi turgan gap...

Qayd etilgan

Mahdiyah  11 Mart 2010, 05:39:32

:as:

Qizlarga savol:

Mana bugun, islomdagi farzlardan biri bo'lgan hijobga
qarshi bo'lgan "Hujum" harakati boshlangan kun 8-mart.
Bu harakat o'z nomiga munosib, hali ham harakatda...

Sizni bayram bilan tabriklashganda, o'zingizni qanday
tutasiz, sekingizna rahmat debmi, yoki bu kun bayram
emasligini tushunturasizmi? Umuman qanday javob
berasiz?

P.S.: Javoblar reallikdan kelib chiqqan bo'lishini so'rab qolaman!

Assalamu alaykum.

Haqiqatda bunaqa holat o'qishda ishda bo'ladi.
Bu narsa odamlarga singib ketgani uchunmi bilib turib ham tabriklaydiganlar bor.
Ilgarilari hurmat yuzasidan Rahmat dirdim.
Lekin knchalik bu Hijob tashlangan kun va "..." ayollar kuni ekanligini bilib "Rahmat" ham bu "bayram"ga rozi ekanligimni bildirishini tushunganimdan keyin umuman indamay qo'yadigan bo'lganman.
Haddim siqqan, tushuntira oladiganim insonga tushuntiraman.
Ayrimlarga indamay qo'ya qolaman Rahmat ham etmiman.

Lekin juda qiyin vaziyat.
Ayniqsa ko'pchilik bn ishlaydigan dugonalarim juda qiynalishadi.

Shaxsan man o'sha ma'ruzani 1-1.5 yil avval ham eshitgandim.
Shunday kn 8 mart bn tabriklaganlarni o'zimga nisbatan haqorat deb bilaman.
Kimdur buni bilib qiladi, kimdur bilmay...

Alloh o'zi o'nglasin.

Qayd etilgan