Qizlarga savollar...  ( 519813 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 85 B

uzboy  12 Mart 2010, 04:55:36

8-mart kuni bir tanish qiz yozib qoldi 'bugun hech kim tabriklamadi ham sovgá ham bermadi" deb. Man ham bilmaslikka olib "nega, sabab nima" dedim. Shunda u "bugun 8-martku, Halqaro hotin qizlar bayrami" deb yozdi. Man esa bunaqa yana huddi bilmagandek "bunaqa bkun borligini bilmas ekanman" deb tabriklamay turaverdim. Shunda u "bilmasangiz uyat sizga" unaqa bunaqa deb gapirib ketdi. Ohiri jahlim chiqib unga bu bayram Islomda bayram emas deb sal tushintirishga harakat qilsam. U quyingi siz ham eskicha uylaydiganlardan ekansiz, bir tanishim bor edi u ham 31 dekabrni bayram qilmaydi, siz endi bunday deyapsiz shunaqa odamlarni yoqtirmayman desa buladimi. Afsuski aksariyat o'zbeklar haliyam shunaqa fikrlashadi, dinimizga amal qilgan holatda bir ish qilsak "eskicha" deyishadi...essiz...

Qayd etilgan

Robiya  15 Mart 2010, 23:38:09

Assalamu alaykum!

Qishda yanvar oylarida 7-sinflarga "Milliy an'ana va bayramlarimiz" mavzusini o'tgandim. Ko'pchilik o'quvchilar 8 martni ham milliy bayram qatorida aytishganda, yuqorida forumdoshlar tomonidan eslangan ma'ruzada eshitganim bo'yicha bu "bayram" tarixini aytib, aslida bu biz uchun isnod ekanini chiroyli qilib tushuntirgandim.. Yaqinda maktabda viloyat bo'yicha seminar bo'ldi. Har sinfdan 5 tadan o'quvchilarni qatnashuvchi sifatida tanladik. Tayyorgarlik kunlarining birida gap 8 mart haqida, qanaqa sovg'a olish haqida ketdi. Shunda o'sha 7-sinf o'quvchilari "ustoz, bu bizni bayram emas a?.." deyishdi... Alhamdulillah, O'zi qodir qilguncha bunday illatlardan o'zimiz ham, boshqalarni ham asrashga harakat qilyapmiz...
O'zimga kelsak, uyda alhamdulillah, dadam bunday bayramlar haqida ma'lumotga egalar, ortiqcha gap bo'lmadi. Oyijonga ham chiroyli qilib tushuntirdik.. Endi,dugonalardan kelgan tabrik-smslarni o'qimagandek tutdik.. Hech kim,nega tabriklamading demadi:-)

Qayd etilgan

Hadija  18 Mart 2010, 21:17:24

HUsh tipichniy SAVOL yana! agar MUMKUN BO"LSA! ;D

1) Birinchi Sevgizni (muhabbatizni) unuta olasizmi!

off: Sevgi muhabbatdan boshqa mavzu yo'qmi!

HUsh tipichniy SAVOL yana! agar MUMKUN BO"LSA! ;D

2) Yigitni uyiga sovchi qo'ygan qizlaga fikringiz...
3) Ich kuyovlikka munosabatingiz qanaqa...

2. Bu haqda hech eshitmagan ekanman! (Hadija onamizdan boshqa)

3. Alloh nasib qilgani bo'ladi. Alloh nasib qilishi uchun esa albatta harakat qilish kerak. Ichkuyovlik dangasalikdan boshqasi emas!

Qayd etilgan

Ansora  20 Mart 2010, 16:24:58

HUsh tipichniy SAVOL yana! agar MUMKUN BO"LSA! ;D

1) Birinchi Sevgizni (muhabbatizni) unuta olasizmi!
2) Yigitni uyiga sovchi qo'ygan qizlaga fikringiz...
3) Ich kuyovlikka munosabatingiz qanaqa...

1. Birinchi sevgimni hech qachon unutmayman, chunki birinchi sevgimni onajonimga berganman : )

2. Hindiston kinolarini ko'p tomosha qilganlar tabiiy holda yigitni uyiga sovchi jo'nataveradi-da : )

3. Bazi hollarda agar qizni onasi yolg'iz, kasalmand bo'lsa yaxshi qarshilayman ichkuyovlikni. Har ikki taraf sharotiga qarab ish tutsa, boshqasini moli-mulkiga ko'z olaytirmasa, nima uchun bo'lmasin-ki...

Qayd etilgan

JaviK  21 Mart 2010, 11:54:04

Yigitlar sizlarni hafa qilgan paytlarda qanday yo`l tutgansizlar :D

Qayd etilgan

Ansora  21 Mart 2010, 12:59:58

Yigitlar sizlarni hafa qilgan paytlarda qanday yo`l tutgansizlar :D

Talabalikda bir marta shunday voqea yuz bergandi. Meni emas eng yaqin dugonamni yig'latgani uchun o'zimdan 3-4 yosh katta bolani rosa do'pposlaganman, chunki gapdan tushunadigan emas, mast edi ;D

Natijada esa: Qo'limda "yigitni" ko'ynagini tugmasi qolgandi :1

Eslatma: Haqiqiy yigit- bekordan bekorga qizlarni hafa qilmaydi!

Qayd etilgan

Shoxruh Mirzo  21 Mart 2010, 13:11:59

Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
  Ushbu berajak savolim barcha qalbida iymoni bulgan muslima opa-singillarimizga: Kelinlik uyiga borayotganingizda qanday sarpolar bilan borishni hohlaysiz, va eng yahshi sarpo nima deb uylaysiz? ALLOH im barchamizni hidoyatdan adashtirmasin! As-salamu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!

Qayd etilgan

Ansora  21 Mart 2010, 13:19:28

V.assalom. Duolaringiz uchun rahmat.

Men 1.5 yil oldin kelin bo'lgan biri sifatida shuni ayta olishim mumkin.
Moddiy hamma narsa topiladi, vaqti kelib eskiradi. Voy kelinni shunisi kam, bunisi arzon so'zlari ham bir kun, ikki kun eshitiladi keyin hammasi "so'nadi".
Lekin haqiqiy libos: Ma'naviy libos. Avvalo Allohga, taqdirimizga yuksak inonch lozim.
Eng boshda haloli juftingizni haqqini bilish va unga hiyonat etmaslik.

Undan keyin ikkinchi ota-onangizni hurmatlarini joyiga qo'yib, ularni hayir duolarini olishlik....

Liboslarning eng muboragi- Sabir libosidir. Siz bu libosga burkanganingiz sari ham siz ham oilangiz huzur ichida bo'ladi....

Erkak va ayol uchun turmush juda muhim narsa- bir narsani unutmasak bo'ldi azizlar: Bu turmushda bir-birimizni ko'nglini qanchalik olsak, qanchalik Alloh rizosini qozonsak Haqiqiy dunyodagi yerimiz ham shunchalik go'zal bo'ladi....

Qayd etilgan

Robiya  21 Mart 2010, 13:54:25

  Kelinlik uyiga borayotganingizda qanday sarpolar bilan borishni hohlaysiz, va eng yahshi sarpo nima deb uylaysiz?

 :vslm:

Kapalak opam, bu savolga juda chiroyli javob beribdilar,  :ms:

Men ham shu fikrlarga qo'shimcha qilgan holda quyidagilarni aytib o'tsam:

Haqiqatda turmushda bir-birini tushunish juda muhim. Undan tashqari, qaynota-qaynonaning ko'nglini olish... Bular uchun qalbda faqat ezgu niyat, shirin kalom, xayrli amallar bilan erishish mumkin deb o'ylayman.

Kelinlik uyiga borgandagi eng yaxshi sarpo - bizning xulqimiz, dinimiz va taqvoimiz deb bilaman... Hozirgi jamiyat qonun-qoidalariga ko'ra olib boriladigan "eng zo'r" sarpolar biz yuqorida tilga olgan sarpolar yonida qiymatga ega emas... Qachonki, xulqimiz, sabrimiz go'zal bo'lsa, zohiran olib borilgan sarpolarning ham qadri bo'lishi mumkin...

Wassalamu alaykum!

Qayd etilgan

Hadija  22 Mart 2010, 18:55:34

Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
  Ushbu berajak savolim barcha qalbida iymoni bulgan muslima opa-singillarimizga: Kelinlik uyiga borayotganingizda qanday sarpolar bilan borishni hohlaysiz, va eng yahshi sarpo nima deb uylaysiz? ALLOH im barchamizni hidoyatdan adashtirmasin! As-salamu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!

Wa alaykum assalam Wa Rohmatullohu Wa Barokatuhu!

Alloh rozi bo'lsin. Chiroyli savol ekan.

Bo'lajak kelinning boshqa bir uyga olib boradigan eng yaxshi o'zi uchun eng muhim sarposi uni Allohga haqiqiy qulligini his qilib, go'zal taqvosi, ibratli va o'rnak bo'luvchi husni-hulqi, shirin so'zligi, Allohning buyrug'ida sobitligi, Alloh buyurgandek haqiqiy HIJOBi...

(Qolgan buyumlari esa sarpo emas, mani nazdimda)

Qayd etilgan