Javoblar uchun rahmat.
Kapalak opa, sizning javobingizdan ikki xil xulosa kelib chiqadi: Birinchisi, ilk boshdan "siz" deb murojaat qilish kerak, ikkinchisi, ilk boshida "siz" deb keyinchalik "sen" deyishlik kerak. Sizning o'zbekchilikni e'tiborga olganingizni va to'qson foizdan ziyod o'zbeklarning ayollariga "sen" deb murojaat qilishlarini inobatga oladigan bo'lsak, siz oldin "siz" keyinchalik "sen" deb murojaat qilishlik tarafdorisiz. Balki siz haqdirsiz...
BelleQizcha, bu sizga universitet imtihoni emas topshirib o'tolmasangiz keyingi yil yana harakat qilib ko'radigan. Sizdan farqli o'laroq, agar o'zimga mos ish topganimda nafaqat O'zbekiston, balki qishlog'imdan ham chiqmagan bo'lardim. Qo'pollik qilgan bo'lsam uzr. Aytgancha men ham "chelak"ni "paqir" deyman.
Munisaxon, ha rostdan ham bu savolini berishimga sabab, agar bir kishiga "siz" deb murojaat qilsam, keyinchalik "sen" deyish men uchun juda ham qiyinligidandir. Oldimda ikki yo'l bor, biri ilk boshidan "siz" deb murojaat qilish, ikkinchisi ilk boshidan "sen" deb murojaat qilish, qaysi birini tanlashim, bo'lajak kelin bolaga bog'liq insa Alloh.
Hammangizga javoblaringiz uchun yana bir bor rahmat, bu men uchun muhim edi.