Savol/..
Necha Yoshda Turmushga chiqish Maqul deb o'ylaysilar?
Yana har doimgiday Uzmuslimni hamma uchun bri xilda javob berishimiz mumkin bo'lmagan savollaridan biri, rahmat:)
Har bir inson har xil bo'lganiday- turmushga tayyorlanishi, boshqa bir oilaning mas'uliyatini zimmasiga olish vaqti har xil bo'ladi.
Turmushga chiqdim, yoki uylandim bo'ldi degani bilan ish tugasa qani edi...
Lekin farzand uchun mumkun marotaba kech qolmaslik kerak, chunki ayol kishi 34 yoshdan keyin farzand ko'rishi riskka kiradi. Ayniqsa 3-4 farzand ko'rmoqchi bo'lsa, farzandlarni orasi kamida 4 yil bo'lishi hisobga oladigan bo'lsak, eng kechi bilan 22-25 yoshda turmush qurishlari ma'qul deb o'ylayman.
Xozirgi paytda baxtli bo'lish uchun bolani qator qilib tug'ib o'tirish ham yetmaydi, ularni ta'lim-tarbiyasi ham muhimdir!
Undan tashqari O'zbek xonadonida hamma bilan yaxshigina til topishish kerak, buning uchun esa kelin bolaning hayotiy tajribaga ega bo'lishi kerak.
Turmush qurishga qaror bergan qizlar butun bularni (yana qancha narsa bor aslida) yaxshilab o'ylab ko'rishi va shularga qarab qaror berishi kerak.
Eng boshda taqdir- nasib buni ham unutmaylik. Biz hamma narsa deymiz lekin peshonasiga yozilgani eng muhimi!!!