Qizlarga savollar...  ( 520829 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 85 B


Robiya  07 Iyun 2010, 22:46:55

Assalamu alaykum!

UzMuslim, savol uchun tashakkur. Javobga kelsak, farzand tarbiyasi u tug'ilmasdan boshlanishi kerak, ya'ni ona qornidaligida.. Endi e'tibor bering, bola 9 oy davomida ona bilan bir tan, bir jon bo'ladi, u bilan nafas oladi, u bilan taomlanadi, yig'laydi, kuladi va h.k.

Tug'ilgandan keyin ham asosiy tarbiyani ona bag'rida oladi: 2,5 yil ona suti bilan katta bo'ladi... Bulardan farzand tarbiyasida onaning o'rni kattaligini anglash qiyin emas..

Endi savolning 2-qismiga o'tsak...

Garchi farzandning katta bo'lgunicha vaqti ko'proq onasi bilan bo'lsa-da, uning qanday kishi bo'lib voyaga yetishi OTAga bog'liq. Keling, tug'ilmasdan oldingi vazifalar haqida fikr bildiraylik. Onaning homiladorlik davrida yegan luqmasining halol yoki harom bo'lishi farzand tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Bu o'rinda ma'suliyat nafaqa bilan ta'minlovchi OTA zimmasiga tushadi. Uning rafiqasining har bir luqmasi, taomi, kiyimini halol bo'lishini nazorat qilishi ham uning farzand tarbiyasiga befarq emasligini bildiradi..

Farzandi tug'ilgach ham shunday davom etiladi.. Bolani oziqlantirishda onaning tahoratli bo'lishi, kundalik aytajak so'zlarining mazmuni... Nazorat oila boshi OTA zimmasida bo'ladi...

Shunday ekan, OTAlar tarbiyaga qodir emasmi deyishning o'zi  ortiqcha. OTA nomining o'ziyoq farzandlar uchun tarbiya o'chog'i (ham ma'naviy, ham moddiy, ibratlanish yuzasidan)!

Ps.: bu savolga ko'pchilik erkak ko'chaning odami, shu sababli tarbiya ko'proq onaga bog'liq bo'ladi deya javob beradi.. Men esa bunga to'xtalib o'tirmadim..

Qayd etilgan


BelleQizcha  08 Iyun 2010, 02:16:45

Savol...
Avvalo Oilada farzandlarga birinchi tarbiani Onalar berishadi,Siz nima deb O'yleysiz erkak kishi bunga qodir emasmi>?
Man Uchun qiziq bu savolning javobi.Barchani O'z fikri bor mana shularni bilmoqchi edim.agar no o'rin yoki notog'ri savol bergan bo'sa oldindan uzur so'reyman//

Agar Bola Og'il bola bo'lsa ota ham tarbiya berishi mumkin, lekin qiz bola bo'lsa Qubolroqqq kotta bo'ladimi dib qo'rqaman... babir qizlar oyilariga o'xshasa yaxshi... Og'il bolla otasiga,,,
Agar birgalashib tarbiya berishsa undan-da zo'r masalan Cherez den.. (hazil)

Qayd etilgan


BilmasOY  09 Iyun 2010, 12:31:40

Robiya opani fikrlariga 100% qo'shilaman.
  Oilada tarbiyani faqat ona emas balki ota ham berishi kerak. Lekin bizda ya'ni o'zbeklarda ayol uyda ko'proq bo'ladi. Erkakning esa ko'p vaqti uydan tashqarida o'tadi shuning uchun u farzand tarbiyasi bilan ko'p shug'ullana olmasligi mumkin. Lekin har qanday holatda ham OTA baribir OTA. Buni farzandlar ham, otani o'zi ham unutmasligi kerak. Agar o'zi xohlasa har qanday ota ham farzand tarbiyasi uchun vaqt topa oladi. Ayniqsa o'g'il bola kattaroq bo'lganidan keyin ba'zi narsalarni faqatgina otasidan o'rganishi mumkin. Albatta yaxshi fazilatlarni. Xullas, otalar ham oilada tarbiya beruvchi shaxs bo'lishga qodir.

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Iyun 2010, 14:45:02

Savol:
Inson O'z hayoti davomida Juda ham Ko'p Hato qiladi,Lekin hatolarning Esda qolgani Bo'ladi,yani Bir hato ufayli eng yaxshi ko';rgan narsangizdan ayrilib qoldingiz?yana shunga o'xhsah Voqealar.Sizning Eng Katta Hatoingiz?Eslay olsangiz Albatta?Albatta Sababini ham keltirib o'tsangiz Yaxshi Bo'lardi...
Oldindan Javoblar uchun rahmat.


Qayd etilgan


Robiya  09 Iyun 2010, 15:10:21

Assalamu alaykum!

Menimcha, inson xatolarini oshkor qilishi yaxshi emas..

Alloh, xatolarimizni mag'firat qilib, xatosizlikda  sobit qilsin!

Qayd etilgan


Muhseena  09 Iyun 2010, 23:47:34

 :as:
Albatta bu dunyoda aqlini tanib,voyaga yetgan har bir shaxs borki,hato qiladi.Hato ishni ko'p hollarda aqlimiz tarozisiga qo'ymay,shoshqaloqlik qilgan damlarimizda ko'proq qilamiz,ammo ba'zida aql bilan ish yuritib ham ko'p hato qilishimiz mumkin.Ammo muhimi bu emas,muhimi hatolarni ko'ra bilishlik va uni isloh qilishlik.Besh daqiqamizni orqaga qaytarolmaganimiz kabi,qilgan hatolarimizni ham yo'qota olmaymiz.Shuning uchun ham,Buyuk Rahmon biz uchun to Qiyomatgacha tavba eshiklarini ochib qo'ydi.Biz jannatga amallarimiz bilan kirmaymiz,balki Allohning rahmatiga sazovor bo'lgandagina kira olamiz.Ammo qachonki inson o'z hatolarini ko'rib,Rahmonning yo'lida sobit qolar ekan,Uning Rahmatiga umid bog'lashimiz zarurdir.Qiyomatda shayton ham Allohning rahmatiga ko'z tutishi shundan bo'lsa kerak.Shu asosda bir go'zal rivoyatni misol qilsam degandim,chunki o'zim har safar qayta qayta shu rivoyatni eslashga urunaman:
Abu Sa'id r.a.dan rivoyat qilinadi:
"Nabiy s.a.v.:
"Sizdan avval o'tganlarning ichida to'qson to'qqizta odamni o'ldirgan bir kishi bor edi.U yer yuzidagi eng olim kishi haqida so'radi.U bir rohibga yo'llandi.Bas, u uning oldiga borib,o'zining to'qson to'qqiz jonni o'ldirganini aytib,tavba qilsa bo'ladimi yoki yo'qligini so'radi.U bo'lmasligini aytdi.Shunda u uni ham o'ldirib yuztaga yetkazdi.Keyin yer yuzidagi eng olim kishi haqida so'radi.U bir olim kishiga yo'llandi.Bas,u uning oldiga borib,o'zining yuzta jonni o'ldirganini aytib,tavba qilsa bo'ladimi yoki yo'qligidan so'radi.U bo'lishini va u bilan tavbaning orasini hech kim to'smasligini aytdi.So'ngra,falon yergabor.U yerda Allohga ibodat qilayotgan odamlar bor.Ular bilan birga Allohga ibodat qil.O'z yeringga qaytma.Chunki u yomon yerdir,dedi.
U jo'nab ketdi.Yarim yo'lga yetganida unga o'lim yetdi.Rahmat farishtalari bilan azob farishtalari uni talashib qoldilar.Rahmat farishtalari:
"U tavba qilib,qalbi ila Alloh taolo tomon keldi",dedilar.
Azob farishtalari esa:"U hech qachon yaxshilik qilgan emas",dedilar.
Ularning oldilariga bir farishta odam suratida keldi.Ular bu farishtani hakam qildilar.Bas u:
"Ikki yer orasini o'lchab ko'ringlar.Qay biri yaqin bo'lsa,u o'shaniki bo'ladi",dedi.
O'lchashganda uning o'zi iroda qilgan yerga yaqin chiqdi.Uni rahmat farishtalari oldilar".
Ikki shayx rivoyati.

Alloh taolo barchalarimizni O'zining yo'lida behato amal qiluvchi,O'zi rozi bo'ladigan bandalaridan qilsin,Amiin.
Robiyaning gaplariga qo'shilaman,Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


siddiqa  11 Iyun 2010, 01:52:00

Savol:
Inson O'z hayoti davomida Juda ham Ko'p Hato qiladi,Lekin hatolarning Esda qolgani Bo'ladi,yani Bir hato ufayli eng yaxshi ko';rgan narsangizdan ayrilib qoldingiz?yana shunga o'xhsah Voqealar.Sizning Eng Katta Hatoingiz?Eslay olsangiz Albatta?Albatta Sababini ham keltirib o'tsangiz Yaxshi Bo'lardi...
Oldindan Javoblar uchun rahmat.



Xatolar hammada bo'ladi ,Robiyani fikriga qo'shilgan holda ularni oshkor qilmaslik zarur lekin kimgadir ibrat tarzida aytish mumkin bo'lgan voqealar aytilsa yomon bo'lmasa kerak .


Qayd etilgan


UzMuslim  16 Iyun 2010, 16:50:12

Savol...
Sevganmisiz?

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Iyun 2010, 17:35:20

Hali beri sevmaganman-u lekin yoqtirib qoganman.. birinchi sinifda  ;D ;D ;D ;D ;D ;D ;D

Qayd etilgan


Musliha  16 Iyun 2010, 19:08:46

Savol...
Sevganmisiz?

Xa bir marta shunaqanki rashq qiganman!Allohimni bir marta rashq qiganman unaqa tuyg'uni bir marta tuydim!Lekin yolg'iz  Allohimni sevaman!!!ALHAMDULILLAH!!!

Qayd etilgan