Va alaykum assalom!
Mansurbek aka. Avvalo forumimizga xush kelibsiz.
Inshaalloh Alloh sizga yaxshi zavja ato etadi. Chunki Alloh taolo Qur'oni karimda "Pokizalarga pokizalar, xinokorlarga zinokorlar" (ma'nosi) deb va'da bergan. Siz o'zingizni pok tutgan bo'lsangiz, inshaalloh sizga ham o'zingizdegi nasib etadi.
Zavja tanlashdan avval istixora o'qib ko'ring. Inshaalloh, bunda xayr bo'lsa, ko'nglingiz taskin topadi.
Agarda ichingizda albatta chiroyli bo'lgan soliha (eng kamida dinga moyilligi ) bo'lgan yoshi yetgan (17-20 yoshdagi) opa singillarni bilsangiz Alloh roziligi uchun bildirib qo'ying.
Bu yerdagi "albatta chiroyli bo'lgan" jumlasi ostida biz ojizmiz.
Bunaqa masalalarni qizlarning mahramlari, yaqinlari va ayol tanishlari orqali surishtirgan ma'qul deb o'ylayman.
Alloh sizga niyatingizdek jufti halol nasib etsin!