Qizlarga savollar...  ( 519972 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 85 B

G_u_l_i  02 Oktyabr 2010, 05:18:28

Yana BIr Savol..
Qiz O'qigan,Yigit O'qimagan Bo'lsihi Mumkinmi?Yo'q O'qigangan O'qigan O'qimaganga O'qimagan To'ri bo'ladimi?

 :as:
 Ba`zi o`qimaganlar o`qimishlilardan yaxshiroq. Diplom hech narsani o`zgartirmaydi. Men ham o`qib tog`ni talqon qilayotganim yo`q. :(

Qayd etilgan

yoqutxon  02 Oktyabr 2010, 07:27:53

Yana BIr Savol..
Qiz O'qigan,Yigit O'qimagan Bo'lsihi Mumkinmi?Yo'q O'qigangan O'qigan O'qimaganga O'qimagan To'ri bo'ladimi?
Assalam aleykum. O'zi aslida bu savollingizga javob juda katta bo'ladi. Chunki siz aytgan narsa hayotdagi eng muhim narsalardan biri, muhim narsalar esa doim chigalliklar ustida turadi. Men har doim masalaga faqat bir tamonlama qarashni qoralaganman. Zero har bir fikrning o'z haqiqati bo'ladi. Keyin nima yahshi nima yomonligini Rabbimdan  hech bir o'zga zot bilmaydi.Avvalo o'qigan yigitga o'qigan qiz to'g'ri keladi,o'qigan bilan o'qimagan to'g'ri kelmaydi yoki o'qiganmi o'qigmaganmi farqi yo'q deydiganlarning barchasi haqiqatga asoslangan. Ya'ni sizga izohlab bersam:
O'qigan yigitga, o'qigan qiz deyilganda nimani anglash lozim? Avallo turmush bu umr savdosi. Siz turmush qurgan insonningiz bilan butun umringiz davomida yashaysiz. Hayotingiz o'sha inson bilan mazmunli  o'tishi uchun birga ham jihat, ham fikr bo'lib yashashingiz kerak. O'qigan er- hotin bir birlari bilan o'z sohalari haqida fikr almashishlari bilmaganlarini bir birlariga o'rgatishlari mumkin. Bunda o'rtalaridagi o'zaro hurmat oshadi, oila ham tinch totuv bo'ladi .
Endi o'qiganmi o'qimaganmi farqi yo'q degan gapga kelsak bu ham to'g'ri Chunki olim bo'lib odam bo'lmaganlar qancha oramizda.Rasululloh(s.a.v) ham yozishni bilmaganlar  Vahiylar kelishni boshlaganiga qadar. Masalan mening oilamda ham onam o'qigan, adam esa yo'q. Lekin bu hech narsaga ta'sir qilgani yo'q.Onamni hech noliganlarini ko'rmaganman.
 Hullas meni fikrim har bir odam,o'ziga bir insoni tanlab turmush qurar ekan, birinchi navbata Ollohga tavakkul qilshi zarur.Har tomonlama o'ylab, har bir fikrning tagida yotgan haqiqatlarni anglab, ularni taqqoslab keyin qaror qabul qilishi kerak.Vaallohu a'lam.

Qayd etilgan

Shukrona  02 Oktyabr 2010, 07:28:52

Yana BIr Savol..
Qiz O'qigan,Yigit O'qimagan Bo'lsihi Mumkinmi?Yo'q O'qigangan O'qigan O'qimaganga O'qimagan To'ri bo'ladimi?
Assalomu alaykum.Manimcha insonga o'qigan yoki o'qimaganiga qarab baho berilmiydi.Man u-n muhimi iymoni but bo'lsin.

Qayd etilgan

Hadija  02 Oktyabr 2010, 09:03:40

Yana BIr Savol..
Qiz O'qigan,Yigit O'qimagan Bo'lsihi Mumkinmi?Yo'q O'qigangan O'qigan O'qimaganga O'qimagan To'ri bo'ladimi?

O'qib uqumaganlar qancha. O'qishni istasalar o'qib uqumoqlikni erta-kechi yo'q. Faqatgina hohish, istak va harakat zarur.
Bunday niyat bo'lsama unda ham ahamiyatsiz, ammo qiz boladan ko'ra yigit kishiga o'qimoqlik muhimroq. Bu mani fikrim.

Qayd etilgan

Dilafruza  02 Oktyabr 2010, 13:56:48

Yana BIr Savol..
Qiz O'qigan,Yigit O'qimagan Bo'lsihi Mumkinmi?Yo'q O'qigangan O'qigan O'qimaganga O'qimagan To'ri bo'ladimi?

mani fikrimcha esa bilamizki, ilm olishlik farz hoh ayol kishi bo'lsin hoh erkak.
Oiladagi ko'p mommolar tushunmovchilikdan kelib chiqadi, o'qimagan odam boshqacharoq o'qigan boshqacharoq fikr yuritadi.
bu degani o'qiganlarning hammasi yaxshi degani emas, lekin o'qimagani ham yaxshimas. Ahir aytishadi-ku olimlar payg'ambarlarning merosxo'rlari deb.

Qayd etilgan

BelleQizcha  02 Oktyabr 2010, 19:10:51

Rehmte sovolla uchun.

1-Hamma surani bilmasam ham, Lekin bilaman.. Sekin-sekin to aql ketib shattur qogangacha, suralarni yodluviza.
2-Nomozi boshlashim 11 yoshdan bo'gan lekin to'liq o'qimasdim. Sekin-sekin, manimcha 15yosh yokiy 16 yoshdan to'liq o'qishi boshlaganman.
3-to'risi kitoblarni o'qish uchun style kere mas, yaxshi kitoblarni o'qiyman, ko'pincha Hayotiy bo'sa yaxshi-ro.
The Kite Runner, kitobi juda-juda yoqqan,eng tasirli joyi manimcha.. ohiridagi hat bo'sa kere...

4-Avariya bo'ganini  ko'rmaganman-u lekin avariyadan kiyin va Avariyadan yomon narsa yo'qligini guvohi bo'ganman.

5-Maktab qiziqarli voqealarsiz o'tmaydu.Manimcha eng yoqqani, teslar paytida ko'chirilish va ko'z bilan gaplashish juda-juda qiziqarli tuyuladi.

6-Mirolim sovollariz, biri tog'dan kesa ikkinchisi bog'dan kevotti lekin babir.
Yo'q hudoga shukur, hiyonatga uchramaganman.. hech kimgayam bu nasib qilmasin.

7-Ibo hayo, man uchun bu qiz bo'lani bir bo'lagi, ibo hayo birovlaga shu orqali bemalol dars beriladigan aloqa.

Qayd etilgan

HMF  02 Oktyabr 2010, 19:28:20

Savol:  

Maktabda kim bilan ko'z qarashib gaplashardila :)

Savol egasiga faqat...

Qayd etilgan

Kvartet  02 Oktyabr 2010, 20:00:54

Iqtibos
Qizlarga savollar:
1. Qur'oni Karimdan nechta surani yod bilasiz, ular qaysilar?
2. Namoz o'qishni boshlaganizda necha yoshda edingiz?
3. Qande kitoblar o'qip turasiz? Biron bir o'qigan kitobingizdan ta'sirli joyi?
4. O'zingiz yoki biron bir odamni avariya bo'lganiga yuzma-yuz duch kelganmisiz?
5. Maktabdagi biron bir qiziqarli voqea esingizdami?
6. Hiyonatga uchraganmisiz?
7. Ibo-hayo deganda nimani tushunasiz?

1.Qur'onni o'qimaganman..
2.16 yoshda namoz o'qiy boshlaganman lekin keyinchalik tan olib aytaman o'qimay qo'yganman..
3.ohirgi o'qigan kitobim Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi(Tog'ay Murod)
4.Hayotimda 2 marta shunday holatga duch kelganman 1-bundan 6 yilcha oldin ohirgisi o'tgan yil Moskva shaxrida Allohga shukr hammasi  ortda qoldi...
5.Maktab ajoyib davr qiziqarli voqealar esa juda ko'p ancha sho'x bo'ganmiz
6.Endi buni hiyonat ham deb bo'lmaydi  yahshi ko'rgan qizim erga tegib ketgan bu voqeada asosan o'zimni ayblab kelaman qo'rqoqlik qilganman..bir tomondan o'zbekcha odob andisha uni uyiga sovchi kelayotganini uydagilardan yashirganman..hozirgacah shu haqda o'ylasam o'zimdna uyalib ketaman....
7.Qiz bola ibosi bilan go'zal deyashidi Alloh har birimizga iboli-hayoli qizni uchratsin...

Qayd etilgan

yoqutxon  02 Oktyabr 2010, 20:10:23

Assalam aleykum. Iya tushunmadim...... :7 Yo'q avvalo Mirolim akani qiziqtirgan savollarga javob berganiz uchun rahmat. Lekin bu adashmasam Qizlarga savollar mavzusi edi ;D

Qayd etilgan

Kvartet  02 Oktyabr 2010, 20:38:06

Iqtibos
Assalam aleykum. Iya tushunmadim......  Yo'q avvalo Mirolim akani qiziqtirgan savollarga javob berganiz uchun rahmat. Lekin bu adashmasam Qizlarga savollar mavzusi edi

Ey uzr uzr...man qiziqarli savollar deb o'qibman endi kechirib qo'yasila yosh ham bir joyga borib qogan ko'z sal hiralashganda...qarichilik qursin
:))))

Qayd etilgan