Qizlarga savollar...  ( 520102 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 85 B


Zuxurov  27 Yanvar 2011, 14:36:47

 Ajoyib

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  27 Yanvar 2011, 15:36:40

 :bsm:

Qizlar, ota-onangizga men sizni sevaman, jonimdan ortiq ko'rama  deya olasizlarmi?

Agar ayta olsangiz qay tarzda aytasiz?
Agar ayta olmasangiz nega ayta olmaysiz?

Sammiy javoblar uchun minnatdorman, olib qochgan gaplaringizga ham.

Qayd etilgan


Solihatun  27 Yanvar 2011, 15:55:07

:bsm:

Qizlar, ota-onangizga men sizni sevaman, jonimdan ortiq ko'rama  deya olasizlarmi?

Agar ayta olsangiz qay tarzda aytasiz?
Agar ayta olmasangiz nega ayta olmaysiz?

Sammiy javoblar uchun minnatdorman, olib qochgan gaplaringizga ham.

Kimga qanaqa bilmadim-u, onamlaga aytaman. Ba`zi sababla b/n oilamdan uzoqdaman. Sog`inchimni yashirmayman. Yaqinlaringizga yaxshi ko`rishingizni aytish ham savob qay ma`nodadir. Do`stim shunday degandila. Dadamlaga avvallari aytgan bo`lishim mumkin, lekin hoz sir bosadimi bilmadim umuman bunaqa gaplani aytolmayman. Savol u/n  teshekkur sizga ham :)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  27 Yanvar 2011, 16:36:05

Yo`q aytmaganman, aytolmayman. Sabab? Bimayman. Balki andishadir, balki boshqa... umuman olganda haqiqiy tuyg`ularni til bayon etishi shart emas, avvalo dilda bo`lsin. Ularni qanchalik sevishingni amalda isbotla, har kun, har onda yaxshilik qil, roziliklarni ol, ularning eng baxtli ota-ona bo`lishlari uchun harakat qil...
Eng yaxshi farzand bo`l, sen bilan og`izlarini to`ldirib fahrlanib yurishsin.
Eng mehribon farzand bo`l, seni dunyoga keltirib, voyaga yetkazganlaridan afsus chekishmasin.
Eng afzal yaxshiliklarni Xudodan ularga tila, umrlari uzoq bo`lishini so`rab duoda bo`l...
mana shu ularga aytgan "Sizni sevaman" degan so`zing bo`ladi...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  27 Yanvar 2011, 19:56:34

 :bsm:

Hozirgacha berilgan javoblar uchun minnatdorman. Yana javoblarni kutaman va xulosa urnida bu savolga uz mulohazamni, fikrlamni qoldiraman.

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Yanvar 2011, 03:22:09

Bemalol eta olaman.....manimcha bu ikkita soz bilan odami kuniini manimcha kayfiyatini kotarsa boladi...oshanchun bemalol sizi sevaman deya olaman......
Silaga etishga maslahat beraman... Endi hammagayam mas lekin..,,

Qayd etilgan


siddiqa  28 Yanvar 2011, 09:02:08

:bsm:

Qizlar, ota-onangizga men sizni sevaman, jonimdan ortiq ko'rama  deya olasizlarmi?

Agar ayta olsangiz qay tarzda aytasiz?
Agar ayta olmasangiz nega ayta olmaysiz?

Sammiy javoblar uchun minnatdorman, olib qochgan gaplaringizga ham.


Bir kunda kop marttalab shunaqa sevgi isxori qilaman ularga )))))))))  yahshi ko'rishni aytish sunnat .Onamlarga bu so'zni aytish oson ,dadamga nima diyman " e sizdaqa dadani topib bo'midide " ,bittaginasizde diyman .oldin ko'p aytkandirman ,lekin hozir uzoqlik ,hamma ishlarimini tashlab shu so'zlarni aytaman deymanu esimdan chiqib qoladi bunga sabab ularnimng muhabbatlari .aytsak ham aytmasak ham yahshi ko'raveramiz ,aytsalar ham aytmasalar ham, yahshi ko'raverishadi .

Qayd etilgan


Hadija  28 Yanvar 2011, 09:50:20

:bsm:

Qizlar, ota-onangizga men sizni sevaman, jonimdan ortiq ko'rama  deya olasizlarmi?

Agar ayta olsangiz qay tarzda aytasiz?
Agar ayta olmasangiz nega ayta olmaysiz?


Sammiy javoblar uchun minnatdorman, olib qochgan gaplaringizga ham.

Bu savol boshqa mavzuda ham yaqindagina berilgandi...

Otamga ham, onamga ham ularni "yaxshi ko'rishimni" tilimda aytib, amalda isbotlashga imkon qadar harakatdaman inshaAlloh. Inson, qalbidagi muhabbatini albatta izhor etishi kerak, keyin bu izhorni ayta olmadim deb o'zini kuyib yurgandan ko'ra. Har bir mo'min- musulmon fazandining burchlaridan biri ota-onasini haqqini ado etish ekan, LobarAziz aytganlariga qo'shimcha sifatida ularga bo'lgan muhabbatni ham aytib turish kerak. Ayniqsa-ki onajonlarimiz bundan ancha-muncha ruhlanadilar deb o'ylayman.

Kimga qanday-u, kimgadir iliq munosabtda bo'lsam, ayniqsa oila a'zolarimga bo'lgan mehrimni tez-tez aytib turishga harakat qilaman, avvalo bundan o'zim hotirjam, hursand bo'lsam bu narsadan ularni ham mamnun qila olaman degan fikrdaman...

P.S: Savol uchun tashakkur...

Qayd etilgan


_IYMONA_  28 Yanvar 2011, 11:32:04

Assalamu alaykum. Bizda bunaqa tuyg'ular ichimizda.... Hali bunaqa izhor qilmaganman, lekin yaxshi ko'rishimni bilishadi. Til bilan aytish juda mushkul ish bo'lsa kerak... Buni o'z ota-onamga ham aytolmayman....

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 15:36:06

:bsm:

Qizlar, ota-onangizga men sizni sevaman, jonimdan ortiq ko'rama  deya olasizlarmi?

Agar ayta olsangiz qay tarzda aytasiz?
Agar ayta olmasangiz nega ayta olmaysiz?

Sammiy javoblar uchun minnatdorman, olib qochgan gaplaringizga ham.

 :as:

Savol uchun rahmat:)

Qani endi ayta olsam..insonni ota-onasiga bo'lgan mehri-muhabbati shunchalar ulug'ki, bazan bir o'zingiz tashiy olmaysiz. Ayniqsa uzoqda bo'lsangiz bu sevgini faqat o'zingizgagina ayta olasiz...Orada ko'rib tursang, bag'riga boshingni qo'ysang so'zga hojat qolmas...lekin masofalar...eh...

Ayam ilgari menga hech "jonim" demasdilar, keyingi paytda ko'p ayta boshladilar bu so'zni, demak sevgilari "toshyabdi"...buni eshitib sog'inchim yanada o'rtaydi, demak sog'inibdilar, demak mendan havotir olyabdilar, deyman...

Rabbim barcha ota-onalarni panohida asrasin, orasida menikilarniyam...

Qayd etilgan