Qizlarga savollar...  ( 519961 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 85 B


Sofdil  10 Sentyabr 2011, 00:58:00

Assalomu alaykum. Aziz forumdoshlar tasavvur qiling Sizda 100000$ bor. Shu pulni birinchi galda nimaga sarflagan bo'lardingiz va nima uchun? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat. Bu savolim barcha forum ishtrokchilariga

Orol sotvolip yashirdim ushatta

Qayd etilgan


Ansora  10 Sentyabr 2011, 12:27:11

Assalomu alaykum. Aziz forumdoshlar tasavvur qiling Sizda 100000$ bor. Shu pulni birinchi galda nimaga sarflagan bo'lardingiz va nima uchun? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat. Bu savolim barcha forum ishtrokchilariga

Valaykum assalom. Agar shuncha pulim bo'lib qolsa birdan agar:

O'zbekistonda judayam katta fabrika qurib, butun Rossiya, Qozog'istonga ishlagani ketgan odamlarni hammasi olib kelib, yaxshi maosh beradigan qilib  ishga joylagan bo'lardim...

(o'zi shuncha pul yetadimi?)

Qayd etilgan


Usmon  10 Sentyabr 2011, 12:41:10

Rossiyani bitta shaharini kichkintekkina rayonchasidan obkelsez yetib qolar diyman...

Qayd etilgan


Ansora  10 Sentyabr 2011, 13:03:29

Rossiyani bitta shaharini kichkintekkina rayonchasidan obkelsez yetib qolar diyman...

Shunisigayam shukr:)

Qayd etilgan


Safida  11 Sentyabr 2011, 09:06:04

wun4a pulim bb qolsa ota -onam bn Haj ga borardim!!!

Qayd etilgan


albatros  26 Sentyabr 2011, 14:03:38

Oila juda ham nozik masala.Shu o'rinda bir savol beraman.Bu savolga qizlarning javoblari boshqacha yigitlarning javoblari boshqacha chiqishi mumkin.
Savol shunday:Siz oila qurayotganingizda bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qaysi xislatlariga alohida e'tibor qaratasiz?
Tashqi ko'rinishiga;
Ma'lumotiga;
Xulq atvori(xarakteri)ga;
Mansabiga;
Boyligiga;
Nasl(avlod)iga va boshqa xislatlarni ham aytishingiz mumkin.Javoblarni ketma-ketlikda 1-o'rinda, 2-o'rinda,.. qilib yozing.Ana shundan keyin oilada "kim -kimni qanday tushinishi"ga biroz javob berish osonlashadi.

Qayd etilgan


Usmon  26 Sentyabr 2011, 15:11:29

Bu savolizga hammani javobi deyarli bir xil bo'ladi-de bunaqa hamma o'tgan-ketganni ko'zi tushadigan joyda..

Kim man boyligiga qariyman, mansabiga qariyman dib javob bersa qo'lini ko'tarsin..

dildagi javoblarni azizbek_mx okamizga pm qib yuborsela, samimiyroq chiqadi

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Sentyabr 2011, 15:36:54

dildagi javoblarni azizbek_mx okamizga pm qib yuborsela, samimiyroq chiqadi

Shu yeriga sal tushunmaydurmen mavlono... tinchlimikin ishqilib...  ;D

Qayd etilgan


Usmon  26 Sentyabr 2011, 15:44:45

:-) tinchlik taqsir, tinchlik, odam gavjum joyda bu savolga samimiy javob ololmaysiz IMHO degan istihola bilan aytdikda...
ashinchun pm orqali...maslahatde tekin, o'zbek maslahat berishga ustayu, akaginam

Qayd etilgan


Maysara  26 Sentyabr 2011, 18:36:51

Siz oila qurayotganingizda bo'lajak turmush o'rtog'ingizni qaysi xislatlariga alohida e'tibor qaratasiz?
Avvalo diniga qarash kerak albatta. Keyin esa, mening fikrimcha, u faqat o'zini o'ylaydigan emas, odamlarni sevadigan va ular uchun yordamga shoshiladigan, mehnatkash bo'lsa. Bundan boshqa jihatlarning barchasi esa ham yo'qolib ketishi mumkin, ham paydo bo'lib qolishi mumkin bo'lgan narsalarga kiradi. Sahiy va mehnatkash odamni har qanday yoshdagi, yo jinsdagi inson albatta yoqtiradi. Yigit kishigaku bu hislatlar shundoqqina chiroy berib turadi.

Qayd etilgan