Yigitlarga savollar...  ( 317490 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 85 B


Abdumuhaymin  13 Mart 2010, 07:56:47

jgillarga savol:(lologa gap topildi) :P

Bolla bilan gaplashsam,uylanishdan oldin moshina olishim kere deyishadi ko'pincha..Yoki shu moshina olish degan narsaga jaa ko'p urg'u berishadi....

Siladayam shunaqami?uylanishdan oldin yoki keyin albatta moshina olish keremi?
Bu savolizzi 'qizlarga savollar' mavzusiga qo'ysezam bo'larkan (o'zi nuqul adashib yuribsiz, ha mayli, ruxsat berdim).
Ha, uylangan yigitni (ayniqsa islomiy bo'lsa) moshinasi bo'gani yaxshi. Hotinini ko'chada hammaga ko'z-ko'z qilib yurish yaxshi emas. Keyinchaliroq esa bolalari bn chuvalashib yurisham noqulay... Shunichun shaldiro arava bo'sayam bitta o'zini moshinasi bo'gan yaxshi.

Po'st qilishtan oldin mavzu nomini o'qmapsizde, yozip qo'yiptiyu Yigitlarga savollar deb.

Qayd etilgan


lolo  13 Mart 2010, 08:03:18

namuncha sevip qoganlaga o'xshab ketimdan postma-post izg'ib yuribsiz?! Abdumuhaymin!

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  13 Mart 2010, 08:09:44

namuncha sevip qoganlaga o'xshab ketimdan postma-post izg'ib yuribsiz?! Abdumuhaymin!
Sevip qolish uchunam sabap kerede.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Mart 2010, 18:49:39

jgillarga savol:(lologa gap topildi) :P

Bolla bilan gaplashsam,uylanishdan oldin moshina olishim kere deyishadi ko'pincha..Yoki shu moshina olish degan narsaga jaa ko'p urg'u berishadi....

Siladayam shunaqami?uylanishdan oldin yoki keyin albatta moshina olish keremi?

Assalamu alaykum.
Uylanish haqida o'ylashga hali erta.  :)
Lekin mashina olish niyatim bor,Alloh nasib qilsa.
Faqat uylanish uchun emas, ota-onamni mashinada olib yurish uchun ham olishni hohlayman. Alloh nasib qilsin...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  21 Mart 2010, 15:45:49



Bolla bilan gaplashsam,uylanishdan oldin moshina olishim kere deyishadi ko'pincha..Yoki shu moshina olish degan narsaga jaa ko'p urg'u berishadi....

Siladayam shunaqami?uylanishdan oldin yoki keyin albatta moshina olish keremi?
  BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM
AlhamdulILLAHI Robbil 'alamin va solatu va salamu 'ala hoyri holqihi Muhammad va 'ala alihi va sohbihi ajma'iyn! Amaba'd...
 Hurmatli birodarim ChehMik agar sizni islomdan habaringiz bulganda bu savolni boshqacharoq qilib bergan bulardingiz. Vallohua'lam. Nabiy s.a.v.:" Yigit kishini baxti to'rtga bo'linadi: keng hovli, yahshi qo'shni, foydali markab va soliha ayol" dedilar. Hadisga e'tibor beradigan bulsangiz, foydali markab soliha ayoldan avval kelyabdi. Sahobalar hayotida markab ot va tuyalar edi. Bizning davrimizdagi markablardan uzingizni habaringiz bor. ALLOH barchamizni hidoyatidan adashtirmasin! As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!

Qayd etilgan


Akbarjоn  21 Mart 2010, 19:05:46

Iqtibos
Nabiy s.a.v.:" Yigit kishini baxti to'rtga bo'linadi: keng hovli, yahshi qo'shni, foydali markab va soliha ayol" dedilar.

xadisni roviylari bilan yoki manba'sini xam keltirvorsangiz yaxshi bo'lardi birodar

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 Mart 2010, 21:21:41


savolni ma'nosi boshqacha,yuqoridagi javoblarni hammasi (sizzikiyam)--boshqacha...


Ha, endi ustoz, sizni faqat men tushunamanda.

ChehMikxon, aytayabdilarki, moshinasizam uylansa bo'maydimi? Moshina xozirgi davrda odamni nufuziga bironta plyus + deb baholanadimi? Moshinasizlarga qizini bermay qo'yishdimi? Yoki moshina olish keragakan, moshinasizlik uyatakan deb, kuchi yetmasayam qarzga botish, yoki o'zini qiynash shartmi?

Shu va shu kabi savollarga javob omoqchi bo'gan ustozim...

Qayd etilgan


Ansora  22 Mart 2010, 01:46:04

A.alaykum yigitlar.

Siz:

1. "Yigit yig'lamas", degan gapga qanday munosabatdasiz?

2. Hech yig'laganmisiz va sir bo'lmasa nima uchun?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  22 Mart 2010, 09:18:41

A.alaykum yigitlar.

Siz:

1. "Yigit yig'lamas", degan gapga qanday munosabatdasiz?

2. Hech yig'laganmisiz va sir bo'lmasa nima uchun?

1. Bo'magan gap. Yigit odam emasmi? To'g'ri hammani oldida yig'lab bo'lmaydi. Alohida bo'lsa ham yig'lab turish kerak. Ba'zida hayotni o'zi yig'lashga majbur qilib qo'yadi... Yig'lash sog'lik uchun ham foyda...

2. Ha, oldinlari ko'p yig'lardim. Ayniqsa bog'chaga bormayman deb rosa yig'laganman... :-))

Qayd etilgan


Habib  22 Mart 2010, 09:19:16

Assalomu Alaykum!
1.Aslida erkaklar ich ichidan yig'laydi. Qalbi yig'laydi,ko'zlari emas. Yig'lash sog'liqqa ham foydali. Yig'lagan insonni qalbi yumshoq bo'ladi.
2.Ko'p yig'laganmiz. Hozir ham bo'ladi. Charchaganda,qiynalganda,zada bo'lganda.
ENG GO'ZALI GUNOHLARIDAN QO'RQIB YIG'LAMOQLIKMASMI?

Erkak qachon yig'laydi?
http://muslimaat.uz/content/view/624/138/

Qayd etilgan